Samarqand Davlat Universiteti Jahon tarixi kafedrasi IV bosqich talabasi Ismoilov Doniyornin “XX asrning ikkinchi yarmida Yaponiyaning iqtisodiy ahvoli” mavzusida yozilgan malakaviy bitiruv ishiga
TAQRIZ
Ismoilov Doniyor tomonidan tanlangan mavzu e’tiborga sazovor va murakkab mavzulardan hisoblanadi.Yaponiya XX asrning ikkinchi yarmida butun dunyoni qoyil qoldirib (urushning og’ir ahvoliga qaramasdan)aql bovar qilmaydigan suratlar bilan iqtisodiy ravnaqqa erishib eng rivojlngan davlatga aylanadi.yaponiya iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy modeli bunday o’sishning asosi bo’lib qolgani bugun ma’lum bo’ldi.yaponiya tajribasi Osiyoning qator davlatlari tomonidan o’rganildi va qolaversa hozirgi vaqtda ham o’rganilib kelinmoqda.Shu nuqtai-nazardan fikr yuritadigan bo’lsak tanlangan mavzu so’zsiz o’zining dolzarbligini namoyon etadi.
Mazkur bitiruv ishi kirish uch bob va xulosa qismlaridan iborat.Kirish qismida muallif ishning maqsad va vazifalariga qisqacha e’tibor berib ;uning dolzarbligini ko’rsata olgan.
Birinchi bobda,Yaponiyada okkupatsiya tartiboti davrida (1945-1952 yy) amalga oshirilgan jiddiy ijtimoiy va ichki siyosiy o’zgarishlar (amerikaliklar rahnamoligida)kelajakda jadal su’ratlar ila taraqqiyotga yo’l ochganini fakt va argumentlar asosida ko’rsatib berilgan.Bu davrda yaponiyada eski armiya ,harbiy va siyosiy muassasalar tarqatidi.Harbiy va siyosiy jinoyatchilar sudandi,demokratik tartiblar( liberal va sotsialistik partoyalari) tashkil topadi.
Ishda bitiruvchi 1947-yil 3-mayda kuchga kirgan yangi konstitutsiyaning ( amerika yuristlari tomonidan ishlab chiqarilgan ) mazmun –mohiyatiga ham to’xtalib o’tiladi.Konstitutsiya bo’yicha,Yaponiyada konstitutsion monarxiya saqlangan,ammo imperator butunlay siyosiy hokimiyatdan mahrum bo’lgan.Endilikda ikki palatali parlament oliy qonun chiqaruvchi organga aylandi,real ma’muriy hokimiyat hukumat qo’lida mujassamlandi.Konstitusiyadagi 9-modda Yaponiyaning urushdan voz kechgani xalqning suveren huquqi deb e’lon qilindi.Ushbu modda bo’yicha Yaponiyada armiya barpo etilishi ham ta’qiqlandi.Bitiruv ishining maxsus paragrafi San –Fransisko tinchlik shartnomasiga bag’ishlangan.Shartnoma 1951-yil 2-sentabrda imzolangan va 1952-yil aprel oyida kuchga kirgan.Shartnomaga muvofiq Yaponiya qator hududlardan, jumladan,Tayvan,Peskador ,Kuril,janubiy Saxalin orollaridan mahrum bo’lgan.San-Fransisko shartnomasi imzolanishi arafasida Yapon-Amerika xavfsizlik shartnmasi imzolanishi nazarda tutilayotganini hisobga olib SSSR o’z noroziligini bildirib,San-Fransiskodagi konferensiyani tark etadi.Natijada SSSR va yaponiya o’rtasida tinchlik shartnomasi imzolanmay qolgan.Bu ahvol, deb ta’kidlaydi bitiruvchi,hozirgacha saqlanib kelinmoqda.Yaponiya “iqtisodiy mo’jizasi” Dzimmuu davrida” (1955-1957- yy) boshlangani,va bu davrdagi iqtisodiy ko’rsatgichlar naqadar yuqori bo’lganligini raqamlar yordamida namoyon etiladi.Ishda ‘Yapon mo’jizasi” davrida (1955-1970-yy) yillik iqtisodiy o’sishnining su’rati 10-15 % hajmida bo’lganligi ko’rsatiladi.
Iqtisodiy mo’jizaning sabalari quyidagicha ta’kidlanadi:
Harbiy xarajatlarning bo’lmasligi;
Korxonalarda asbob-uskunalarning yangiligi;
Korxonalarning ko’p tarmoqliligi;
Yaponiyaliklarning mehnatchanligi va intizomi;
Davlatning xususiy korxonalar bilan yaqindan aloqasi va ularga ko’rsatgan yordami;
Ilmiy-texnikaviy ixtirolarga katta mablag’ ajratilishi
Yuqorida keltirilgan sabablar mo’jizaga asos bo’ldi, va Yaponiya 1968-yilga kelganda ichki milliy maxsuot hajmi bo’yicha Fransiya, Angliya va GFR dan o’tib dunyoda AQSH dan keyin ikkinchi o’rinni egallaydigan bo’ldi.
XX asrning 70-80 yillrida Yaponiyaning ivojlanish darajasi mo’jisa yillariga nisbatan pasaygan bo’lsada ammo mamlakat jaxon miqyosida yuqori texnalogiyalar sohasida yetkchilikni saqlab qoldi va o’ta yirik kreditor bo’lib qolaverdi.
Faqat o’tgan asrnig 90-yillarida Yaponiyada iqtisodiy yuksalish deyarli to’xtadi deb takidlaydi o’z ishida muallif.
199-yillar Yaponiya tarixida yo’qotilgan o’n yillik deb bekorga aytilmagan bo’lsa kerak. Mazkur ishda mamlakatning tashqi siyosiy qadamlariga katta o’rin ajratilgan.
San-Fransisko tinchlik shartnomasi, 1960-1970 yillarda AQSH va Yaponiya o’rtasida “xavsizlik shartnomasi” imzolangandan so’ng Yaponiya AQSH munosabatlari strategik sherikchilik darajasiga ko’tariladi. Shuning uchun ham deb yozadi ishda bitiruvchi, Yaponiya hududida yuzdan ortiq bazalar va minglab amerikalik soldat va afitserlar u yerga joylashtiriladi.
Shu bilan birga Yaponiya hukumati o’z qoshinlari bilan yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini o’rnatishga harakat qilagan. Ishida talaba Ismoilov Doniyor Sovaet ittifoqi – yaponiya, Xitoy – Yaponiya munosabatlariga alohda e’tibor bergan. Shu o’rinda 1956-yilda SSR va Yaponiya o’rtasida diplomatic munosabatlarning o’rnatilishi, 1957-yilda tovarlar aylanmasi va savdo hamkorigi to’g’risidagi shartnomasining imzolnishi ikki davlat o’rtasidagi munoabatlarni ma’lum darajada yaqinlshtirdi degan fikrni oqlab chiqdi bitiruvchi Ismoilov D. Ammo Sovet – Yapon keyinchalik Rossiya – Yapon munosabatlarining yana yuqori bosqichga ko’tarilishiga shimoliy hududlar (Xabomai, Shikotan, Kunashir va Iturup orollari) muammosi to’siq bo’lib qolaverdi. 1972-yilda Yaponiya – Xitoy diplomatik munosabatlari o’rnatildi, 1978-yilda esa ikki davlat o’rtasida tinchlik va do’stlik to’g’risida shartnomasi imzolandi. Osiyo tinch okeani mintaqasida 80-90 yillarda Yaponiyaning janubiy koreya Teivan, Tailnd, Malayziya Bilan raqobati kuchaygani mamlakat hukumron doiralarini tashvishga solganini ko’rishimiz mumkin degan fikrni ilgari suradi bitiruvchi ishida.
Taqrizchi sifatida mazkur malakaviy bitiruv ishga quyidgi munosabat bildirishni lozim topdik:
Muallif ish oldida turgan maqsadga erishgan va vazifalar yechimini topgan. Ishning nazariy saviyasi manbai bazasi talabga javob beradi degan fikrdamiz.
Ammo taqrizchiga sazovor bo’lgan mazkur ishda ayrim kamchilikarga yo’l qo’yilgan:
Yaponiyadagi ayrim siyosiy partiyalaning o’rni, ularning ish uslubi to’laligicha o’z ifodasni topgani yo’q.
Yaponiya O’zbekiston masalalariga qisqach ato’xtalib o’tsa to’g’ri bo’lar edi.
Imloviy xatolar ham uchrab turadi. Keltirilgan nuqsonlar ishning umumiy mazmuniga ta’sir ko’rsatmasada ammo ularni bartaraf etish lozim deb hisobalaymiz.
Yuqoridan kelib chiqqan olda Ismoilov Doniyor tomonidan yozilgan malakaviy bitiruv ishini ijobiy bahoga ariziydi desak maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Taqrizchi:
TATU, Samarqand filiali gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Mardonov R.S
Do'stlaringiz bilan baham: |