I.BOB XX ASRNING BOSHLARIDA XITOYNING IQTISODIY AHVOLI
1.1 20 –asr boshlarida Xitoy. Sinxay inqilobi. Sun Yatsenning birinchi tashkiloti.
XX asr boshlarida Xitoyda ijtimoiy ziddiyatlar kuchayib ketdi. Sin sulolasi inqirozga yuz tutdi. Xitoy sanoati rivojlanishi ancha orqada qoldi. Shunday bo’lsada har yili 50 tadan ko’proq korxona ishga tushirildi. Natijada , esport 1901 yildan -1911 yilgacha 122 mln. dollardan 245 mln. dollarga o’sdi. 1911 – yil chet elliklardan temir yo’l qurilishi uchun qarz olish haqida bitim tuzilgach, qurolli qarshilik harakati boshlandi. Inqilobchilar 11 oktabrda Uxanni qo’lga kiritdilar. Ular Respublika hukumati tuzdilar. Manjur sulolasi hukmronligi tugatilganligi e’lon qilindi. Bu inqilob Xitoy tarixiga “Sinxay inqilobi” nomi bilan kirgan. Sun Yat Sen 1905 – yilda “Xitoy uyushmalari ittifoqi ” degan tashkilot tuzib ittifoq dastur qabul qildi. 1911-yil 29 dekabrda Millat Majlisi to’plandi. Millat Majlisi Xitoyni Respublika deb e’lon qildi. Sun Yat Sen vaqtincha Prezident etib saylandi. Inqilob natijasida Xitoyda ikki hokimiyatchilik vujudga keldi. Ularning biri - Xitoy Respublikasi hokimiyati , ikkinchisi - shimolda saqlanib qolingan imperator hokimiyati edi. 1914-yilda Yuan Shikay Konstitutsiyaviy Kengash chariqdi. Unda “Yangi Xitoy Konstitutsiyasi” qabul qilindi. Yuan Shikay president bo’ldi. Harbiy diktatura o’rnatildi. Respublika boshqaruv organlari tugatildi. Shu tariqa 1911 –yil inqilobi mag’lubiyat bilan yakunladi.
Xitoyda xalq harakati. Ixetuanlar urushi.
Xitoyda olib borilgan agreseiyalar istilochilik harakatlarining boshlanishga sabab bo’ldi. 1898 yil SHanxay aholicb iyo’lda fransuz savdogarlaridan norozi bo’lib chiqdilar. Fransuzlar shaharning asosiy qismlarini egallab bormoqda edilar. O’sha paytda Xitoyning barcha rayonlaridan missionerlik tugatilmagan edi. 1898 yil aprelida Guansi hududlarida aholining shen'shi qatlami fransuz missionerlarini siqib chihardilar. May oyida SHashi shahrining aholisi yapon elchixonalarini, ingliz missionerlari va savdogarlarni turar binolarini buzib shahardan haydab chiharadilar. Eng yirik harakat kelgindilarga nisbatan martda bo’lib o’tdi. Aholi 30 ta uezdlarda harakat olib borishib, ularning soni 10 ming kishi edi. Siguanda. harakat olib borganlar: dehqonlar, qog’oz korxonasi ishchilari va shen'shi qatlamlari. Qo’zg’olonchilarning maqsadi, kelgindilarning shahardan quvish. Qo’zg’olon harakatchilari xrestian cherkovlarini buzadilar, oqibatda 20 ta missioner cherkovlari yo’qotildi. 4 mingta uylar va Xitoy-katoliklariga asosiy zarba berildi. Missionerlarga 1186 ming shan kompensasiya berildi bu harakatlar natijasi 1898 yil inglizlarda norozilik bildirdi. Ular polisiya, harbiy qismlarni o’z missionerlarini himoya qilish maqsadida yolg’ondan Xitoy hukumatiga kiritadi. Bu davrda aholi Yaponiya bilan urushda bo’lgan Xitoyning mag’lubiyatidan norozi edi.
2.Ixetuanlar harakatining boshlanishi 1898 yilda bir vaqtning o’zida 2 ta qo’shni provintsiyada SHimoliy Xitoyning - SHan'dun va CHjilida boshlandi. 1900 yilda SHan'dunda bu harakat aktivroq avjiga chiqa boshladi. Bu vaqtda Xitoyning boshqa rayonlari Sin imperiyasiga harashli bo’lib bu erlar kelgindilar ta`sirida edi. 1867 yil SHan'dunda xorijliklar uchun asosan inglizlar uchun port Yan'tay ochilgan edi. Bu vaqtda arzon mahsulotlar mustamlakalarga olib kelinar edi va mahalliy aholi bilan savdo-sotiq raqobat kuchayardi, dehqonlar va hunarmandlar noroziligini keltirib chihardi. Asosiy xalq noroziligiga kelgindi missionerlar: ular xitoyliklarning urf-odatlarini cheklab qo’yishdi. Xitoyning shimoliy hududlarida Yaponiya bilan olib borilgan urushida engilgani ixetuanlar qo’zg’olonining boshlanishiga asosiy sabab bo’ldi. Ixetuanlar tarkibiga "dehqonlar, norozi bo’lgan hunarmandlar, qayiqchilar, aravakashlar "xizmatchilar, soldatlar, armiyadan ish topolmaganlar va shen'she tabaqalari kiradi. Inqilobchilarning shiori "Sinni saqlab qolamiz va kelgindilarga o’lim" deb chiqishgan. Kelgindilar mag’lubiyatga uchraganlaridan so’ng ular qaytadan Sin davlatiga asos solmoqchi edilar. “Ixetuanlar qo’shini, xorijliklar bilan bo’ladigan kurashda o’zlarining tumor taqinchoqlariga va rohiblarga avliyolarning duolariga g’alaba keltiradi deb ishonar edilar. Ular SHan'dun provintsiyasi chegarasida, 1896 yil iyunda Szyansuda chiqishlar uyushtirdilar. "Dadao" maxfiy boshharuvi asosida. Ularning rahbari Lyu SHi Duan' edi. Uixetuanlar harakatini boshharib turdi. "Dadao"degani "Katta qilich". Ular bir qancha uezdlarni jumladan Saoszyan, SHan'syan, SHan'dun, Danshan', Syaosyan', Fensyan'ni bosib oldilar. Qo’zg’olonchilar bir necha ming dehqonlardan iborat edi. Qo’zg’olonchilar bir oy mobaynida ibodatxonalarga o’t qo’ydilar, xristian uylarini buzdilar, bir vaqtda boy feodallarga zarba berdilar. Lekin ularning 200 - 250 ta dan otliq otryadlari oddiy qurollar bilan : pichoqlar, nayza, qilichlar bilan, qurollangan edilar.Ular sin qo’shinlari olib borgan kurashda ularga qarshilik qila olmadilar.Sin qo`shinlari SHanadun va Szyansu feodallari bilan qo’shilishgan edi."Katta qilichlar" hujumi shu mag’lubiyatga uchragandan so’ng SHandunda yarim yil davomida vaqtinchalik himoyachilar tuzilgan edi.Ular 1897 yil bahori va yozida mustahkamlandi.1898 yil ixetuan harakatlari yana boshlandi.Yilning oxirigacha SHan'dun provintsiyasida 10 ta uezd va 25 ming kishi olindi. 1899 yilga kelib chiqishlar soni kuchayib ketdi, oydan-oyga o’z kulminatsion nuqtasini oktyabr, noyabr oylarida qo’lga kiritildi.40 ming kishi ishtirok etadi.Bu harakatga.temiryo’lchilar va boshqalar qatnashdi,nemis hukumati Izyaogjou rayonlarida harbiy qismlarni yo’nal-tiradi.qo’zgolonchilar otryadlari xristian cherkovlariga, nemis soldatlariga va ular (xristianlar) istehkomlariga hujum uyushtirib uylarini buzdilar.1899 yil sentyabr-oktyabr oylarida qo’zrolonchilar Pinyuan' uezdlariga chiqishar qilib mahalliy xristianlarni olib sotarligidan norozi edilar.Aholi ixetuan otryadlarga murojat qilib, yordam so’radi.Ular bu vaqtda shu rayon hududlarida edilar.Ixetuanlar Chjou Xun- den (osmon ajdarxosi laqabi) va rohib Yan Tyan'-shun',(haqiqiy min) boshchiligida harbiylarga qaqshatqich zarba berib CHipin uezdiga o’tdilar.Ular kelgindi missionerlarni va pomyoshchiklarni daxshatga soldilar.Bu vaqt gazetada Xuybao",birida (gazetaning nomi) CHju Xun-den 2 ming kishi kirib,Yuychen va CHipin rayonlarida ibodatxonalarni yoqmoqda va talamoqda deyilgan.1899 yil noyabrda hukumat CHju Xun -den va Yan Tyan'-shunni qo’lga olib o’limga hukum etiladi.Yuan SHi-kay soldatlari qo’zgolonchilar bilan vaxshiyona harakatlar olib bordilar.Dehqonlarni hamoqga oldilar, gumon qilinganlarni Ogir qiyin ahvolga Feychen uezdi aholisi mahkum etildi.1900 yil 18 yanvarda "dadao"maxfiy kishi tomonidan ingliz missioneri Bruks o’ldirildi. Bu davrlarda ixetuanliklar harakatida 100 ming otryadlarga bo’lingan, ular kin,Tyan'tszin,Baodin,Tunchjouda joylash-gan edi.Ihetuanlarning tanilgan yo’lboshchilari qayiqchi Chjan De – chen soldat Sao Fu tyan,boy dehqon Xan-I-li kichik savdogar o’gli Lyu SHi-szyo’lar ko’zga topilgan savdogarlardan edi.Qo’zgolonchilar Pekinda o’z harakatlarini hukumat qo’shinlariga qarshi olib bordilar. Qo’zgolonchilar bir kuch bo’lib birlashmadilar ular turlicha ishlar kichik-kichik va ulkan namoyishlar olib bordilar.Natijada ular engildilar.
Xitoy hukumatiga harakatlarni bostirish natijasida Angliya, Frantsiya,AQSH,Rossiya,Yaponiya,Italiya va Avstro -Vengriya tomonidan yigilish bo’lib,yigilishdà Xitoy hukumati tarkibiga qo’shimcha otryadlar yubordilar,kelgindi harbiylarni,suv kemalari bilan ikki kun mobaynida 15 ta chet el kemalari CHjiliga kelishdi.Har bir davlatning 50 tadan 100 tagacha kishisi Dagugaga kelishdi 30 may kuni .Bu Xitoyda inter-vensiyaning boshlanishiga sabab bo’ldi. 1900 yilning 12 oktyabrdan to 20 sentyabrgacha Sin hukumati ixetuanlarni holi qo’ymadi.Ularga qarshi tobora yangi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarni bajarar ekanlar Sin hukumati generallari Ixetuanlarning ommaviy qirg’in qila boshladi.Ansu uezdi (SHentszin prov) 100 dan ortiq ixetuanlar qatl qilingan.Sin hukumati bularning harakatini yo’qo’tish uchun imperialistlar bilan bir bo’ladi. Pekin qulagandan so’ng Sin hukumatining xonligi ko’zga yaqqol tashlanadi.Ixetuanlarning boshliqlari armiyadan voz kecha boshladidar. Faqat mardonavor botir jangchilar armiya safida qoldilar. Ular kelgindilarga qarshi kurashlar olib borib turdilar.Chjili va SHanshi hududida inqilobchilarning eng katta janglari bo’lib o’tdi. CHjilida ular 30 ta uezdlarda harakat olib bordilar,bir joyda jangni to’xtatmay ular bir uezddan boshqasiga o’tib turdilar. Avgust oylariga kelib ixetuanlar jang qiladilar.Sentyabrda Pekin rayonlaridagi intervant otryadlariga bosqinchilik qiladilar.Oktyabr oyigacha ixetuan otryadlari intervent armiyasi bilan bir necha marta to’qnashdilar. Shuli, Dinsiyan, uyezdlarida Baodina rayonida Ularning qarshiliklari hali etarli darajada edi.1901 yilda mamlakatning SHimolmy-Garb hududida qo’zg’olonchilar Imperator armiyasiga qarshi kurashdilar va bu qo’zg’olon martacha davom etdi.Bu kurashda Xay-lun dehqonlari yaxshi natija ko’rsatdilar,ularning boshlig’i Lyu Dan'-SHi edi. Shu yil interventlar kelgindilar ixetuanlarning harakatlarini siqib qo’yadilar va birin ketin tinchita boshlaydi.kelgindilar 24 dekabrdan tinchlik shartnomasini tuzdilar.Ular Sin davlatining imperatori, Sin xalqi nomi tomondan 901yil 7 sentyabrdan yarim mustamlakaga Xytoyning aylantirilishi haqidagi nizom qabul qildi.Xitoyliklar zimmasiga 450 mln lean kumush berish belgilandi 39 yilga.Sin hukumati hududida qurol olib kelish taqiqlandi.Bu inqilobda ixetuanlar engilishining zamonaviy qurollarga ega bo’lmasligi,ularning saflari mahalliy dehqonlaru va hunarmandlardan iborat ekanligi,harbiy taktikaning yo’qligi,kurashni pala- partish olib borishlari bilan izohlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |