Xx asrning 80-yillar oxirida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy vaziyati



Download 140,58 Kb.
bet4/12
Sana14.04.2022
Hajmi140,58 Kb.
#551091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
XX asrning 80-yillar oxirida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy vaziyati.

Farg'ona fojeasi yuz berdi. XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib sobiq ittifoqda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz jarayonlari kuchayib, betartiblik avj olib ketdi. O'z navbatida necha yillar davomida hal etilmagan, xalqning sabr kosasini to'ldirgan muammolar oxir-oqibatda ijtimoiy larzalarga, milliy nizolarga sabab bo'ldi. Bunday salbiy holatlar, afsuski, O'zbekistonni ham chetlab o'tmadi. 1989 yilning may oyi ohirlari, iyunning boshlari butun Farg`ona viloyati janjal-to'polonlar alangasi ichida qoldi. Dastlab 23 may kuni boshlangan fojia ikki kundan keyin Toshloq tumaniga, undan so'ng Marg`ilon va Qo'qon shaharlariga tarqaldi.
Qadimdan o'zining bag`rikenglik, mehmondo'stlik, mehr-shafqatlilik fazilatlari bilan shuhrat qozongan halq hech qachon birovga nisbatan adovatda bo'lmagan, qo'l ko'tarmagan. Biroq, sobiq ittifoqdagi buzg`unchi kuchlar ta'sirida ana shunday favqulodda kutilmagan fojia sodir etildi va begunoh insonlar qurbon bo'ldi, mingga yaqin kishi jarohatlandi, sakkiz yuzdan ortiq uyga o't qo'yildi, davlat va jamoat idoralarining binolariga ziyon etkazildi. Ommaviy chiqish va to'polonlarda o'ttiz mingga yaqin odam ishtirok etib, yetkazilgan ziyon bir necha million rubldan ortib ketdi.
Hukmron partiya va sovet hukumati rahbarlari bo'layotgan bu jarayonlardan manfaatdordek, fojia ildizlarini so'rab-surishtirishni o'ylamas edi. Ular ana shunday betayin pozitsiyasi bilan O'zbekistonda beqaror vaziyatni vujudga keltirish, ohir-oqibatda butun O'rta Osiyoda fuqarolar urushini, qonli fojialarni avj oldirishni ko'zlab yurgan, qizil imperiyani qanday qilib bo'lsa-da saqlab qolishga intilayotgan Markazdagi yovuz kuchlarga yo'l ochib berayotgan edi.
Farg’ona fojialari zamirida shovinizmga aloqador sabablar ham bor edi. Bu voqealar, aytish mumkinki, 1986 yili Qozog’iston poytaxti Olmaotada amalga oshirilgan “Metel” operatsiyasining davomi edi. Albatta, ssenariylar shakli, tashkiliy uslubi jihatidan ular har xil bo'lishi mumkin. Biroq, maqsad bitta: mavjud siyosiy tuzumni turli alg’ov-dalg’ovlar, to's-to'polonlar, milliy respublikalardagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni chigallashtirish orqali saqlab qolishga harakat edi.

Download 140,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish