Aim.uz
XX Asrning 20-30 Yillar O`Zbekiston Haqida Ingliz, Nemis Va Frantsuz Tilida Nashr Etilgan Asarlar Tarixshunosligi.
20-30 yillarda O`zbekistonda sharqshunoslikka doir tadqiqotlarning holati va rivojlanishi. O`zbekiston va Rossiyadagi tarixni “bol’shavoycha” tadqiq etish usullari. O`zbekiston va shakllanayotgan markazdagi “yangicha” tuzumning kuch siyosati haqida. Milliy-hududiy “parchalanish” yoki chegaralanishning sho`ro hukumati siyosati tarixshunosligi.
Ma`muriy-buyruqbozlik tizimining qaror topishi tarixshunosligi. 20-30 yillarda O`zbekistonda etnografiya masalalarining o`rganilishi. Xalqning moddiy ahvoli va ijtimoiy qiyofasidagi o`zgarishlar haqida eski va yangi adabiyotlar tarixshunosligi. O`zbekistonda arxeologiya tadqiqotlari. O`zbekiston tarixining 20 yillari ingliz tilida nashr etilgan adabiyotlari tarixshunosligi.
XX asrning dastlabki o`ttiz yilligida Germaniyada O`zbekiston xalqlari tarixini o`rganish. Frantsuz tarixshunosligida O`zbekiston tarixi muammolarining yoritilishi.
Kommunistlarning tarix sahifalarini “yangicha” yoritish bo`yicha, fabrikalar va zavodlar tarixi, fuqarolar urushi tarixini “bol’shavoycha” yozish haqida qarorlari va ularning oqibatlari.
XX asrning dastlabki o`ttiz yilligida O`zbekistonda tarixshunoslik jarayonlari. “Turkomstaris” tashkilotining 1921-1924 yillardagi faoliyati.
Tarixshunoslikda “partiya tarixi” yo`nalishi. Turkiston MIK qoshida tuzilgan Turkistonda revoluytsion harakatni o`rganish komissiyasi “Turk Istpart” tashkil etilishi. SHo`rolar davri yangi jurnal va nashriyotlarning roli. Professor Po`lat Soliev va uning asarlari. Milliy davlatchilik masalasi tarixshunosligi “Kengash”, “Najot”, “Ulug` Turkiston”, “Hurriyat” gazetalarida Munavvar Qori Abdurashidxonov, M.Behbudiy, A.Boytursunov, A.Buqayxonov, Ye.Norbo`tabekov, N.Xo`jaev, F.Xo`jaev, M.Cho`qaev va boshqalarning Turkiston kelajagiga qarashlari yoritilgan asarlari tarixshunosligi. Sulton Galiev, Zaki Validiy, Turor Rыsqulov va Nazir To`raqulov.
O`zbekistonda XX asr dastlabki o`ttiz yilligida tarixshunoslik. O`zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy tarixini o`rganishning asosiy yo`nalishlari. Turkiston uchun Rossiyada ro`y bergan fevral’ burjua inqilobi va oktyabr davlat to`ntarishi voqealarining ta`siri tarixshunosligi, Turkiston muxtoriyati. Istiqlolchilar harakati. Mustaqillik uchun kurashlar harakati tarixshunosligi. O`zbekiston madaniyati tarixshunosligining asosiy yo`nalishlari. O`ta “inqilobiy” o`zgarishlar siyosatining tanglikka uchrashi.
Do'stlaringiz bilan baham: |