Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi


XX asrning 50-80 yillarida musiqiy hayot



Download 214,93 Kb.
bet35/56
Sana27.07.2021
Hajmi214,93 Kb.
#130370
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56

XX asrning 50-80 yillarida musiqiy hayot.


XX asrning 50-80 yillarida musiqiy hayot.

 

Mavzu rejasi:

 

1.                  Respublikamiz madaniy hayotida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar.



2.                  Musiqiy o‘quv yurtlari faoliyatini takomillashtirish. Tanlov, festival, qo‘shiq bayramlari, simpozium va dekadalar.

3.                   Filarmoniya, O‘zbek estrada-konsert tashkilotlari va teleradio qoshidagi eski va yangi tashkil topgan jamoalar faoliyati.

Ko‘rib chiqilayotgan davr o‘zbek musiqa san’atining deyarli barcha sohalarda ulkan va jiddiy siljishlar davridir. Aynan mana shu davrga kelib O‘zbekiston kompozitrlarining asarlari respublika miqyosidan tashqarida ham tanila boshlandi. Jumladan: Ikrom Akbarovning “Shoir qalbi” poemasi va skripka uchun konserti, M.Burhonovning xor a’kapellalari, G.Mushelning fortepiano konsertlari va organ asarlari, A.Kozlovskiyning simfonik poemalari, S.Yudakovning “Maysaraning ishi” hamda M.Ashrafiyning “Dilorom” operalari[1].

O‘zbekiston musiqa san’ati, xususan kompozitorlik ijodiyoti uchun mazkur davr yuksalish, o‘sish davri hisoblandi. Millatga xos, mukammal o‘zbekona asarlarni yaratish imkoniga ega bo‘lgan Ikrom Akbarov, Sobir Boboev, Doni Zokirov, Xayri Izomov, Sulaymon Yudakovlar va kelgusi yillarda To‘lqin Qurbonov, Muxtor Ashrafiy, Mutal Burhonov, Manas Leviyev, Tolibjon Sodiqov kabi o‘zbek milliy kompozitorlari  mustaqil ijod yo‘liga chiqa boshladilar. Ular tomonidan yaratilgan asarlarda janrlar hilma xilligini alohida qayd etish lozim. 50-yillardan boshlab musiqiy janrlar qamrovi kengaya bordi va o‘zbek musiqa san’atiga “kantata”, “oratoriya”, “jo‘rsiz xor”, “organ musiqasi”, hamda “kino musiqa” kabi yangi janrlar kirib keldi. Mavjud janrlar  (opera san’ati, musiqali drama, cholg‘u musiqa, vokal musiqa, kino musiqa)da esa asarlarda ifoda vositalarining boyitilishi, muallifning musiqiy tilini yorqinroq ifoda etish, mukammallikka intilish kabi jihatlar sezilarli darajada o‘zgarganligini kuzatish mumkin.

Shuningdek mazkur davrda O‘zbekistonda Hindiston, Italiya, Fransiya, Yaponiya, Finlyandiya, Bolgariya, Yugoslaviya, Vengriya, Mongoliya, Gruziya, Ozarbayjon, Estoniya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston kabi mamlakatlarning milliy musiqa san’atiga bag‘ishlangan haftaliklar o‘tkazildi. O‘zbekiston san’atining dongdor vakillari ham (“Трибуна Азии”, Самаркандские международные музыковедческие симпозиумы и фестивали традиционной музыки Востока, 1978 va 1983 yillarda) Xalqaro anjuman, simpozium va festivallarda qatnashgan edilar.

An’anaviy, milliy san’atga bo‘lgan e’tiborning ortganligini aynan 1972-yilda Toshkent davlat konservatoriyasida “Sharq musiqasi” kafedrasining ochilishi, 1975-yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Макомы, мугамы и современное композиторское творчество” mavzusidagi ilmiy-nazariy konferensiya, 1979- yilda musiqiy sharqshunoslik masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan kengash, 1980- yilda Xiva shahridagi an’anaviy ijrochilik masalalariga bag‘ishlangan seminar va ko‘plab turli ko‘rik tanlovlar namoyon etdi.

Muntazam ravishda ijrochi, musiqashunos, kompozitor talabalar o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish an’anaga aylandi. Ushbu tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh te’dod egalari Toshkent davlat konservatoriyasiga imtiyozli tarzda qabul qilinish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu davrda O‘zbek davlat filarmoniyasining tarkibi yanada kengayib, faoliyati mustahkamlana bordi (1978-yilda Muhiddin Qori Yoqubov nomi beriladi). Uning tarkibida O‘zbekiston davlat simfonik orkestri (badiiy rahbar va bosh dirijyor Z.Haqnazarov), T.Jalilov nomidagi xalq cholg‘ulari orkestri (bosh dirijyor F.Sodiqov), xor kapellasi (bosh xormeyster A.Xamidov), Mukarrama Turg‘unboeva nomidagi “Bahor” xalq, raqs ansambli mavjud edi. 1969 yilda “Bahor” konsert zali ochilib, asosiy akademik konsertlar shu maskanda o‘tkazilishi rasm bo‘ldi.     




Download 214,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish