Romans janrining rivojiga 1948-yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi va 1949-yilda A.S.Pushkin tavalludining 150 yilliklari munosabati bilan o‘tkazilgan romanslar tanlovi ulkan hissa qo‘shdi.
|
Mazkur tanlov romans janri o‘zbek musiqasi uchun yaqin, xalq aytim san’atiga bevosita bog‘liqligini namoyon etdi. Davrning eng sara romanslari qatoriga S.Yudakovning Navoiy matni asrsida bastalagan “Basandast” romansini keltirish joiz. Romans band shaklida, folklor an’analariga tayanga holda yaratilgan.
A.Navoiy tavalludining yubileyi munosabati bilan yaratilgan yana bir e’tiborga molik asar – M.Leviyev qalamiga mansub “Dilistonim sen mening” romasidir. Romansda kompozitor rechitativga murojaat qilgan bo‘lishiga qaramay, kuy talqini o‘z xususiyatini saqlab qola olgan:
Romans ikki qismli, repriza shaklida yozilgan.
Romans janriga ta’lluqli asarlar milliy musiqadagi turli xil uyg‘unliklar me’yorida ishlatilganligi bilan qiziqarli. Bu o‘zbek musiqasi ritmik aylanma va parda intonastiyasi uchun tabiiy birikmalar (melodik yurishlar, past turdagi melodik harakatlar, o‘rnashgan joy va avjning “nolalari”, kadanslarda noturg‘un pog‘onalarning etishmasligi, sinkopik ritmlar), yYevropa professional musiqasida tarkib topgan.
Buning natijasida o‘zbek musiqasida yangi – romans janri paydo bo‘ldi. Romansning obraz qatorida, uning musiqiy tilida, milliy an’anaviy meros boyliklarini aniq ravshan ko‘rish mumkin.
30-yillarning ikkinchi yarmiga kelib ovoz va orkestr uchun yozilgan dastlabki katta asarlarning paydo bo‘lishi kiradi. Katta e’tibor bilan A.F.Kozlovskiyning simfonik orkestr jo‘rligidagi ayollar ovozi uchun yozilgan partituralar ijro etilgan. Bu asarni yaratishda kompozitor keng tarqalgan xalq qo‘shiqlari “Tanovar”, “O‘zgancha”, “Gulyuz uzra”, “Fig‘on” musiqalaridan foydalangan.
Mazkur asarlar Moskva konservatoriyasini tamomlab, 1936-yilda Toshkentga kelgan A.F.Kozlovskiyning o‘zbek folklori asosida qayta ishlangan kuy namunalarining ilk tajribalaridan biridir. Partituralarning barchasi 1938-yilda vujudga kelgan. Muallifning aytishicha o‘zbek xalq san’atini o‘rganish ishlariga ikki yil ketgan. Kozlovskiy yon daftarchasidan hech xam ayrilmagan, qayerda qanday kuy tinglasa, hoh cholg‘u kuyi bo‘ladimi, hoh raqs kuylari, hoh qo‘shiqlar deyarli barchasini mana shu yon daftarchasiga yozib borishga harakat qilgan. Bu musiqiy folklor yozuvlari keyinchalik musiqa asarlarining yaratilishida katta rol o‘ynagan. “Men ishondim, kompozitor uchun aynan o‘zining xalq musiqalari yozuvlaridan foydalanish zarur. Tembrlarni nota yozuvlariga tushirib bo‘lmaydi va yozuvlar – bu sxema” – deydi A.F.Kozlovskiy. O‘zbek xalq san’atiga bo‘lgan asl muhabbat, milliy nolalarning chuqur xarakterli xususiyati A.F.Kozlovskiyning partituralarida ko‘rsatilgan. Bu asarlarda “qayta ishlash” termini kam ishlatilgan. Ularning formasi qanchalik rivojlangan bo‘lsa, uning fakturasi shunchalik chiroyli, simfonik orkestrning o‘rni qanchalar yuqori bo‘lsa, ular vokal simfonik poema sifatida qabul qilinadi. Xalq kuylaridan – dardli “Tanovar”, nafis “O‘zgancha”, yorqin, lirik xarakterli “Gulyuz uzra” va fojiyaviy asar “Fig‘on”, asarlarni kompozitor boy simfonik imkoniyatlar orqali rivojlantirish, ularga yanaba jozibali sayqal berish mumkinligini yaxshi anglardi. Kuylarning asos kuy negizini saqlab qolgan holda, asosini o‘zgartirmasdan, simfonik orkestrning vositalari formasini rivojlantirishga erishdi. Kuylar orasida ayniqsa “Tanovar” kuyi o‘zgacha rang va boy sayqalga ega asar sifatida gavdalandi.
“Tanovar” O‘zbekiston xalq lirik qo‘shiqlari ichida eng mashhuri bo‘lib, farg‘ona folklorining xususiyatlari bilan sahnalashtirilgan. Sekin usulda yozilgan kuy, shiddatli yuksalish yumshoq va ravon kamayishlar bilan o‘zgaradi. Ritmik ko‘rinishning sinkopalari, ko‘tarilish paytidagi keng ifodali mavzusi va qaytish paytida toliqqan intonastiyalar, kuy jarayonlarning qaytarilishi, har bir bo‘limning tugallanishi va ko‘p shakllarda qo‘llanilgan asosiy butunlik – bularning barchasi aniq muhabbatning poetik obraziga, qahramonlarning nozik iztirobi, she’rlarda xalq qo‘shiqlarining kiritilganiga va uning musiqasi chuqur o‘zgarishlariga ega bo‘lgan.
Xalq ijodidagi bu chiroyli namunani garmonlashtirib Kozlovskiy uning o‘ziga xos ladlaridan frigiy ladini saqlab qolib, yorqin xarakterli “Tanovar” asarini yaratdi.
Aynan shu sabab kompozitor asarni yaratishda subdominanta guruh akkordidan foydalangan. Buni asarning boshlanishidan orkestrning kirish qismidanoq guvoh bo‘lish mumkin.
O‘zbek xalq musiqasining xususiyatlaridan noturg‘un II, III, IV, VII pog‘onalari “Tanovar” garmoniyasida ham mavjud. Bunday usullar garmoniya ifodali xususiyatlarini kengayishiga olib keladi, uning xalq ladlari tarkibini boyitadi.
Orkestr kirish qismining rivojlanishi poemaning asosiy qismiga olib keladi. Bu yerda qo‘shiqchi “Tanovar” mavzusini ijro etadi. Unga usul sifatida “re” notasining organ punkti va ko‘chirma ko‘rinishning xususiyatlari xizmat qilgan.
“Tanovar”ning organ punkti nafaqat konstruktiv, balki rang-bo‘yoq jihatidan ahamiyatga ham ega. Qiyin subdominanta garmoniyasi, tonika organ punktiga suyangan holda yarim xususiyat birlashuvini hosil qiladi. Xromotizm va alterastiyalar bilan boyitilgan ijro natijasida o‘zbek folklor tarkibida o‘ziga xos ladlar boyitilgan.
Poemaning cholg‘u asboblari bo‘limida kompozitor o‘zbek xalq musiqasidan asoslanib polifonik imkoniyatlarini rivojlantiradi. Kuy aylanmali qo‘shiqlardan foydalanib, Kozlovskiy partituraga imitatsiya, kontrast ovozlar qo‘shgan. Vaqti kelib qo‘shiqchi yakkaxon duet ichrochiligi va orkestrning bitta cholg’usidan tashkil topgan mavzuni kanon usulda ijro etish vujudga kelgan (masalan stretta ijroligida yozilgan fagot ozgina o‘zgartirilishlar bilan “Tanovar”, vokal partiyasi melodiya bilan bog‘lanib ketishi).
“Tanovar” partiturasidagi qiziqarli o‘zgarishlar xalq ijrochiligi va cholg‘uchilar jo‘rligi uchun yozilgan. Lekin, agar xalq musiqasida alohida bo‘lgan kichkina cholg‘uchilar ijrolari bo‘lgan bo‘lsa, Kozlovskiyda esa aksincha, orkestr chiqishida asosiy bo‘limlar orasida intermediya formasi usuli bo‘lgan. Forma bunday ko‘rinishda o‘z holatini saqlab qoladi, pyesa markazining orkestr epizodi shunchalik rivojlangan bo‘lsa, huddi shunday uning kirish va tugallanish qismlari ham rivojlantirilgan. Bu qo‘shimcha bo‘limlarning tematik materiali, 2 taktli qisqa ijro kabi folklor pyesa asosi bilan tor bog‘liq. Barcha qisqa ijrolar kuychanlik jihatidan bir xil: ular birinchi koy asosida yozilgan.
“Tanovar” partiturasida xalq cholg‘ularidan faqatgina nog‘ora qo‘llanilgan. Kompozitor simfonik orkestrning asoslaridan olib, o‘zbek cholg‘u ansamlini ijrosini o‘zgartirdi. Torli cholg‘ular guruhi jo‘rli cholg‘ular guruhiga aylantirildi: torli cholg‘ularning pitsikatosining ijrosi xalq cholg‘usini eslatadi. Birinchi skripkalar va alt partiyalarida xalq ijrochiligining usullaridan – nolish, birinchi tovushdan ikkinchi tovushga bo‘lgan glissandolar ishlatilingan.
Partiturada asosiy o‘rinni urma cholg‘ular egallaydi (litavralar, barabanlarning bir necha turlari, uchburchak cholg‘usi, tamburin, tarelkalar, nog‘ora). Lekin urma cholg‘ularning guruhlari to‘liq ijro bilan faqatgina kirish qismida ishlatiladi. Kirish qismning birinchi takti, bitta urma cholg‘uga berilgan, shundan so‘ng darhol ritmik akkomponiment ko‘rinishi aniqlangan va bu xalq ijrochiligi usullarida chaqiradi. Keyinroq akkomponiment funksiyasi bas torli cholg‘ulariga o‘tadi (violonchellar va kontrabaslar). Shunday qilib akkomponiment, xalq musiqasi usullaridan o‘sib, nafaqat ritmik, balki garmonik ifodaga ega. Ritm ovozni jo‘rligi kuy tayanchining turg‘uni bo‘lib, pyesaning barcha cho‘ziluvchan joylarida asosiy ahamiyatliligini saqlab qolishda davom etadi.
Obrazli mazmuni, qo‘shiqlari, uning ichki dinamikasi – sekin asta o‘sib boradigan hissiyotli kuchlanish, oxirida katta pasayish bilan uzilish – orkestr bayonotida ko‘rinadi. Boshlangandagi yorqin faktura avj joyida birdaniga kuchli va to‘liq ovozga aylanadi. Faqat shu yerdagina kompozitor orkestrda tuttidan foydalangan. O‘zining katta bo‘limlari bilan “Tanovar” partiturasi nozik sur’at, yumshoq, orkestr tembrining aralashmalari bilan ta’riflanadi.
“Tanovar” vokal-simfonik poemasi tinglovchilarning “chegirmalar” tayyorgarligisiz yozilgan bo‘lsada ko‘pgina olqishlarga sazovor bo‘ldi. Kozlovskiyning qiyin garmonik va orkestr usullari katta mashhurlikni egallashga to‘sqinlik qilmadi, chunki bu usullar “… o‘zbek xalq kuylari asosida betakror mazmunga ega ekanligi, ijodiy tomondan chuqurlantirilishi uning mazmuni va ichki kechinmalarni ko‘rsatib berganligi aniq bo‘ldi”.
Kozlovskiyning boshqa zamonaviy partituralari singari “Tanovor”ni ham mashhurlik darajasiga ko‘tarilishiga betakror va iqtidorli Halima Nosirova o‘zining qaytarilmas harakatlari va o‘zbek xalq qo‘shiqlarining yuqori pog‘onadagi aylanmalari bilan ko‘rsatib katta hissa qo‘shgan. Bu asar nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoga ham mashxur bo‘lgan asarlar qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |