Hamza Hakimzoda Niyoziy
“XX asr o‘zbek musiqasi tarixi” sahifalarida chuqur iz qoldirgan obro‘ – e’tiborga sazovor bo‘lgan xalqimizning sevimli bastakorlarining safida birinchilardan bo‘lib Hamza (1889-1929) yangi zamon ruhida shakllangan ijodda izlanib, yangilikka intildi. O‘zbek va boshqa xalqlarning qo‘shiqchilik an’analarini o‘rgandi.
Ularga suyanib ijodiy foydalandi. Uning 1918 – 1928 yillarda marsh, val’s shakllarda bastalangan quyidagi qo‘shiqlari: “Ishchilar uyg‘on”, “Biz ishchimiz”, “Hoy ishchilar”, “Uyg‘onmoq davrida” kabi qo‘shiqlari safdoshi hofiz Muhiddin Qoriyoqubov va boshqa xonandalarning ijrosida mashhur bo‘lib ketdi. Yangi hayot orzusida yashagan shoir, bastakor Hamza qo‘shiq bastalashda ko‘proq barmoq vaznini qo‘llashga ahamiyat berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |