XX asrning 20-40 yillarida o‘zbek musiqasi.
Mavzu rejasi:
1. Ijtimoiy va musiqiy-madaniy muhit. Badiiy havaskorlik jamoalarning tashkil topishi va professional san’atning rivojlanish jarayoni.
2. Respublikada maxsus musiqa o‘quv maskanlarning ochilishi, faoliyati.
3. Professional teatrlarning bunyodga kelishi. Ilk o‘zbek drama, opera va baletlari.
4. O‘zbekiston radio eshittirish komiteti tashkil topishi va musiqiy targ‘iboti.
5. Radio va O‘zbek davlat filarmoniyasi qoshidagi ijrochi jamoalar faoliyati.
6. O‘zbekiston kompozitorlar uyushmasining tashkil topishi va faoliyati. Bastakorlik san’ati namoyandalari.
1918-yildan boshlab madaniyat va san’at ishlarini davlat o‘z ixtiyoriga oldi. Milliy madaniyat va san’atni yuksaltirish sohasida hokimiyat turli qarorlar qabul qildi va ularni amalda joriy etishga astoydil kirishdi.
1919-yilda Turkiston respublikasi Xalq maorif tashkiloti qaramog‘ida teatr bo‘limi ochildi va uning zammasiga quyidagi vazifalar yuklandi:
1. Respublikadagi jamiki teatr ishlariga umumiy rahbarlik qilish;
2. Havaskor va professional ijodiy jamoalarning ish faoliyatini yuksaltirish va repertuarlarini boyitish;
4. Respublika bo‘ylab muntazam ravishda markaz va viloyatdagi tomoshabinlarga doimiy ravishda gastrollar uyushtirish.
Mazkur bo‘limning boshlig‘i lavozimiga Iskandar Valijonov tayinlandi. 1920-yil 28-aprelda esa “Musiqa – etnografiya” bo‘limi ham ochildi. Bu bo‘limga atoqli kompozitor va etnograf (kelgusida O‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti) V.A.Uspenskiy, uning o‘rinbosari qilib atoqli kompozitor – etnograf N.N.Mironov va bo‘lim xodimi qilib, atoqli shoir – dramaturg G‘ulom Zafariylar tayinlandilar. Zikr qilingan ikki bo‘lim birgalikda reja asosida ish olib borib, o‘zbek xalqini musiqiy va teatr merosini ilmiy o‘rganish, to‘plash va targ‘ibot qilish ishlari bilan band bo‘ldilar. Yillar davomida bu bo‘limlar turli tadbirlar o‘tkazdi va o‘zbek xalq san’atini targ‘ibot qilib keldi.
20 – 30 yillarda musiqa va teatr san’atlarining zamonaviy ruhda rivojlanishiga ma’lum imkoniyatlar yaratib berishga turli moliyaviy va ma’naviy choralar, yordamlar hokimiyat tomonidan berib turildi. O‘zbekistonning poytaxti va barcha viloyatlardagi zavod – fabrika, yirik korxonalar, o‘rta – ta’lim maktablarida, o‘rta va oliy hunar dargohlarida ashula va raqs ansambllar hamda teatr to‘garaklari birin – ketin paydo bo‘la boshladi. Ularning soni juda ham ko‘p edi. Bu havaskorlik to‘garaklarning ayrimlari kelgusida professional teatr, konsert tashkilotlarini bunyodga kelishida tamal toshini qo‘ydilar va iste’dodli san’at arboblari yetishib chiqishga ham zamin yaratdilar. Respublikada badiiy havaskorlar jamoalarining bunyodga kelishlarida va rivojlanish jarayonida kasaba uyushmalar tashkilotlarni roli ham samarali bo‘ldi. Ularning zimmasiga maorif xodimlari bilan birgalikda, klub, madaniyat va istirohat bog‘larida, qizil choyxonalarda, maktab, hunar texnikum va institutlarda, qishloq joylarda havaskor xalq ashula va raqs ansambllar teatr jamoalarini tashkil qilish, ularning san’atlarini namoyish qilish, ommaviy tantana – kechalar, ko‘rik – tanlovlar, karnaval – tomoshalar, maxsus tadbir kechalar o‘tkazish an’anaga aylandi.
Shuningdek mazkur davrda o‘zbek ashula va raqs ansambllaridan tashqari respublikaning katta korxonalarida baynalmilal xor va damli cholg‘ular orkestrlari, harbiy orkestrlardan tashqari, rus xalq cholg‘ulari orkestri va ansambllari, simfonik orkestr, maxsus raqs ansambl jamoalari bunyodga keldi. Ular orasida Toshkent temir yo‘l korxonasi qaramog‘ida 1923 yilda tashkil topgan o‘zbek va rus havaskorlar to‘garaklari, Toshkent tramvay tresti qaramog‘idagi, o‘zbek ashula va raqs ansambli, rus ashula va raqs ansambli va katta damli cholg‘u orkestr, xor jamoasi, 1927-yili havaskorlar simfonik orkestri, damli orkestr, bayanchilar ansambli, 1918-yilda respublika matbuot birlashmasi qoshidagi “Lira” nomli madaniyat uyida mashhur dirijyor V.V.Leysek o‘zbek dramto‘da, o‘zbek xalq ashula va raqs ansambli, rus xalq dramto‘da, rus xalq cholg‘ular orkestri, bolalar va kattalar ishtirokida ikkita damli orkestrlar tashkil qildi va ularga rahbarlik qildi. Nomlari tilga olingan havaskorlar jamoalari musiqiy va teatr san’atlarini rivoj topishlariga tamal toshini qo‘ydilar. Ular turli ko‘rik – tanlovlarda faol qatnashdilar va kundalik hayotda xalqqa xizmat qildilar. Dirijyor V.V.Leysek O‘zbekistonda badiiy havaskorlik san’atining rivojlantirishida qilgan ulkan xizmatlari uchun 1928-yilda O‘zbekiston respublikasi mehnat qahramoni va 1935-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
1918-yili “Turkiston Xalq konservatoriyasi” nomli musiqiy o‘quv dargohi tashkil topdi. Uning tashkilotchilari fizika, matematika o‘qituvchilari, havaskor violonchelchi A.M.Popov va skripkachi E.A.Chernyavskiylar mazkur o‘quv dargohini ochish niyatlarini matbuotda e’lon qildilar. E’londa ko‘rsatilgan muddatda Toshkentda istiqomat qilayotgan san’atkorlardan 32 kishi musiqadan yoshlarga dars berishga o‘z xohishlarini bildirlar. Xalq konservatoriyasi ish faoliyatini reja asosida boshqarish maqsadida 9 kishidan iborat Kengash tuzildi. Kengash raisi lavozimiga shifokor, kompozitor, dirijyor I.Gizler-Arskiy, bir yildan so‘ng xonanda V.A.Karelin, kengash kotibi lavozimiga E.A.Chernyavskiy va a’zolariga kompozitor, dirijyor N.N.Mironov, kompozitor V.A.Uspenskiy, xormeyster V.F.Sakovich, violonchel cholg‘usi ijrochisi general V.M.Kox, A.M.Popov va konservatoriyaning xo‘jalik ishlarini olib borishga D.A.Lukonin saylandilar. Mazkur Xalq konservatoriyasining asosiy vazifasi xalqqa musiqadan boshlang‘ich ma’lumot berish, birorta cholg‘u-sozda ijro etishni o‘rgatish va xonandalik mutaxassisligidan saboq berishdan iborat edi. O‘qish muddati va dasturi aniq belgilanmaganligi sababli har bir o‘qituvchi tashrif buyurgan o‘quvchi-talabaning qobiliyati va imkoniyatini nazarga olgan holda dars berganlar. Birinchi o‘quv yili musiqada o‘qishni xohlaganlarning soni 500tadan oshib ketdi. Ikkinchi o‘quv yilida esa 1000ga yaqinlashdi. O‘quv xonalari yetishmasligi sababli konservatoriyaning bir nechta filiallari tashkil etila boshlandi. Xususan: Toshkent temiryo‘lining ishchi va xizmatchi xodimlari uchun 1919-yili “Privokzalnaya” nomli bo‘lim (filial) ochilib, bu bo‘limni xormeyster V.F.Sakovich boshqardi. O‘sha yili Toshkentning baland masjid rohat bog‘ida “Eski shahar” bo‘limini kompozitor V.A.Uspenskiy boshqardi. U eng avval mashhur hofiz Shorahim Shoumarov bilan tanishdi. Ta’lim jarayoni ikki yo‘nalishda joriy etildi, ya’ni o‘zbek xalq musiqasini og‘zaki o‘zlashtirish hamda nota uslubi va ko‘p ovozli musiqa nazariyasini o‘rganishdan iborat edi.
Mazkur jarayonni amalda joriy etish uchun maxsus dastur tuzilib, shaharda istiqomat qiluvchi mashhur o‘zbek san’atkorlaridan: Hofiz Mulla To‘ychi Toshmuhammedov, tanburchi Shobarot aka, doirachi Shojalil, dutorchi-doirachi Abdusoat Vahobov, changchi Ismat, g‘ijjakchi Qurbonxon Hakimov, naychi Imomjon Hakimov, g‘ijjakchi Solixon Xoji kabi ustalarni yoshlarga dars, saboq berishga taklif qildilar. V.A.Uspenskiy talabalarga nota yozuvi va musiqa nazariyasidan dars berdi.
Pianinochi Saodatxonim Yenikeeva mazkur cholg‘uda dars berish bilan bir qatorda tarjimonlik vazifasini ado etardi. E.A.Dyakova bilan fortepianoda chalishni talabalarga o‘rgatishdi.
1919-1920 yillarda “Turkiston Xalq konservatoriyasi” kabi musiqiy muassasalar Samarqand, Farg‘ona, Namangan, Qo‘qon, Andijon shaharlarida ham tashkil topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |