Xx asr boshlarida butun Sharq mamlakatlari, jumladan Turkistonni ham milliy-ozodlik, demokratik xarakterdagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar qamrab oldi



Download 61,21 Kb.
bet1/5
Sana20.07.2022
Hajmi61,21 Kb.
#826320
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ergashova Saidaxon-XXSR


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI


TARIX TA’LIM YO‘NALISHI 3-BOSQICH 306-GURUH TALABASI ERGASHOVA SAIDAXON
O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN

XORAZM XALQ SOVET RESPUBLIKASI BOSHQARUVI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN


KURS ISHI
ANDIJON 2022

Mundarija


Kirish

  1. XXSR boshqaruvi va unda yuz bergan o’zgarishlar

  2. Xiva xonligi va uning tugatilishi

  3. Xiva xonligi ijtimoiy va siyosiy holati

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
XX asr boshlarida butun Sharq mamlakatlari, jumladan Turkistonni ham milliy-ozodlik, demokratik xarakterdagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar qamrab oldi. Mustamlakachilik va o‘rta asr qoloqligiga qarshi qaratilgan ma’rifatparvarlik, umuminsoniy, demokratik maqsadlarni ko‘zlagan Misr, Turkiya, Hindiston, Eron, Xitoy va boshqa davlatlarga qarab keng yoyilgan mazkur harakat namoyandalari o‘z mamlakatlarini dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida ko‘rishni orzu qilganlar. Ilg‘or, zamonasining yetuk shaxslarini birlashtirgan, jadidlar nomi bilan tarix sahnasiga kirgan Turkistonni hur va ozod ko‘rishni istagan fidoiy vatanparvarlar Chor Rossiyasi, Buxoro amirligi, Xiva xonliklaridagi mustabid tuzumning tazyiqlariga qaramay kurashga otlandilar.
Ma’rifatparvarlik, demokratik oqim Xiva xonligida ham «Yosh xivaliklar» timsolida namoyon bo‘ldi. Polvonniyoz Xoji Yusupov, Bobooxun Salimov, Nazar Sholikarov, Husayn Matmurodov va boshqa o‘nlab Xorazm vatanparvarlarining faol harakatlari tufayli, Xiva xonligida ilk bora 1917 yilga kelib Parlament monarxiya boshqaruvi, demokratik konstitutsiyaviy monarxiya tizimi o‘rnatildi. Ammo bu harakat mustabid xon hokimiyati tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi. Xivalik demokratik ma’rifatparvarlar, mavjud tarixiy va harbiy vaziyatni hisobga olib, shuningdek, bolsheviklarning «ozodlik», «hurriyat», «demokratiya» kabi balandparvoz shiorlariga ishonib, ularni Xivada mavjud siyosiy tuzumini ag‘darib tashlashda o‘zlariga ittifoqchilar deb bildilar.
Sovet hokimiyati bunday vaziyatdan unumli foydalandilar. Sharq xalqlarini
«sovetlashtirish», «butun dunyo proletariat inqilobi» kabi maqsadlarni ko‘zlagan bolsheviklar Xorazm va ayrim turkman vatanparvarlari kuchi va yordami bilan Xivaga tajovuz uyushtirdilar, natijada xonlik tuzumi tugatildi. «Yosh xivaliklar» darhol demokratik islohatlarni amalga oshirishga kirishdilar. Shu maqsadda Muvaqqat hukumat tuzildi. Milliy taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqdilar. Bunda mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari, milliy, diniy urf-odatlari hisobga olindi. Ammo bolsheviklar birinchi kunlardanoq yosh hukumatning ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralashdilar. Hatto taraqqiyot yo‘lini belgilashda «bolshevikcha» andozani tiqishtirishni boshladilar, natijada milliy demokratik taraqqiyot va bolshevistik sovet taraqqiyoti tarafdorlari o‘rtasida tinimsiz kurash boshlandi.
Bu kurash Xiva xonligi o‘rnida tashkil qilingan Xorazm xalq sovet respublikasi (1920–1924 y) davrida yanada kuchaydi. Sovet Rossiyasi Xorazm Respublikasining nafaqat tashqi siyosatiga, balki ichki siyosatini ham belgilab berish yo‘lini tutdilar. Shunday bo‘lsa-da, XXSR rahbariyati o‘z mamlakatining mustaqilligini mustahkamlash uchun kurash olib bordilar. Ularni hatto bolsheviklarning qatag‘onlari ham to‘xtatib qolmadi. Qizig‘i shundaki, XXSR qisqa muddatda Sovet Rossiyasi tomonidan qo‘yilgan cheklov va to‘siqlarga qaramay dunyoning ko‘pgina davlatlari bilan diplomatik, savdo aloqalarini o‘rnatishga
muvaffaq bo‘ldilar. G‘arb davlatlaridan Finlayandiya, Germaniya, Angliya, Boltiq bo‘yi respublikalari, shuningdek, Rossiya, Ukraina, Kavkaz orti respublikalari, Eron, Afg‘oniston, Xitoy kabi davlatlar bilan faol siyosiy-iqtisodiy aloqalar o‘rnatildi. XXSR G‘arb davlatlariga nafaqat xom-ashyo, balki tayyor sanoat mahsulotlarini ham eksport qildi. Hatto Rossiya iqtisodiyotiga sarmoya olib kelishga muvaffaq bo‘ldilar.
Dunyoda o‘z o‘rniga ega bo‘la boshladilar. Ammo, RSFSR da sovet hukumati mustahkamlanib borgan sari RSFSR, keyinchalik SSSR ning kommunistik rahbariyati Xorazm respublikasiga nisbatan har qanday mustaqil davlatning asosiy suveren huquqlaridan hisoblangan tashqi iqtisodiy faoliyatini erkin amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik siyosatini yurgizdi. 1924-1925 yillarda O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy davlat chegaralanishi natijasida XXSR tugatildi. Uning hududlari Turkmaniston, Qoraqalpoqiston, shuningdek O‘zbekiston Sovet respublikalariga qo‘shib yuborildi. O‘zbekiston SSR ga qo‘shilgan hududida Xorazm viloyati tashkil qilindi. Uch ming yillik davlatchilik an‘analariga ega bo’lgan o’zbek xalqi tarixida Xorazm davlatchiligi, uning boshqaruv tizimi alohida o’rin tutadi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqida “Tarixi qariyb uch ming yilga boradigan, buyuk fan va madaniyat o’lkasi bo’lgan, jahon sivilazatsiyasiga bebaho hissa qo’shgan ulug’ zotlar vatani,”Avesto” dek o’lmas asar yaratilgan tabarruk tuproq “Xorazm zamini butun dunyoga ma‘lum va mashhur. Bu yurt tengsiz allomalar, aziz avliyolar, podshohu sarkardalar, botir va pahlovonlarni ko’p ko’rgan”1, deb Xorazm tarixiga bo’lgan bugungi kundagi munosabatni yaqqol ko’rsatib bergan.




1 Kаrimоv I.А. Оzоd vа оbоd vаtаn, erkin vа fаrоvоn hаyot pirоvаrd mаqsаdimiz.-T.: ―O‘zbеkistоn‖, 2000. 75-b.

    1. Download 61,21 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish