Xx asr Amerika adabiyotida modernistik oqimlar



Download 196,66 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi196,66 Kb.
#794488
Bog'liq
amerika


XX asr Amerika adabiyotida modernistik oqimlar
URGANCH DAVLAT UNIVERSTITETI FILOLOGIYA FAKULTETI 194-GURUH TALABASI XUDAYBERGANOVA ROZANING JAHON ADABIYOT FANIDAN TAQDIMOT ISHI
Urganch-2022
REJA:
1. KIRISH
2.ASOSIY QISM
1.XX asr G’arb adabiyotidagi g’oyaviy jarayonlar
2.XX asr Amerika adabiyoti Namoyondalari
3.Uilyam Folkner haqida
3.HULOSA
XX asr G`arb adabiyoti ikki asosiy bosqichni bosib o`tdi. Birin-
chi bosqich imperializmning so‘nggi davrlariga mos keladi. Bu as-
rning birinchi yarmi, aniqrog`i 1945-yilgacha bo`lgan davri bo`lib, 
ilm-fanning rivojlanishi natijasida madaniyatning yangi shakllari 
radio va kinematograf paydo bo`ldi. Ikkinchi bosqich – 1945-yildan 
keyingi davr bo`lib, burjua jamiyatida chuqur qayta qurilishlar sodir 
bo`ldi: radikal demokratiyaning zamonaviy tizimlari paydo bo`ldi, 
“iste`molchilar jamiyati” shakllandi, jahon iqtisodiyotida globallashish jarayonlari jadallashdi. 
XX asrda adabiy jarayon ham tezlashdi, ko`plab yangi yo`nalishlar 
paydo bo`ldi, dabdabali murojaatnomalar qabul qilindi, yangi maktablar paydo bo`ldi. 
Amerika adabiyotidagi rang-baranglik bir yo‘nalishni ikkin-
chi yo‘nalish tomonidan to‘liq siqib chiqarishga yo‘l qo‘ymaydi, 
50–60-yillarda barakali ijod qilgan Jek Keruak, Lourens Ferlingetti, 
Gregori Korso, Allen Ginzberglar o‘rnini, postmodernizm vakillari 
(masalan, Pol Olster, Tomas Pinchon) egalladilar. Keyingi yillarda 
postmodernchi adib Don Delilloning asarlari mashhur bo‘ldi.
AQShda ilmiy fantastika (bu yo‘nalishning birinchi to‘lqini va-
killari Edgar Rays, Berrouz, Myurrey Leynster, Edmond Gamilton, 
Genri Katter asarlarida asosan kosmosga yetib borgan ilk sayyohlarn-
ing sarguzashtlari haqida hikoya qilingan), asr o‘rtalariga kelib mu-
rakkabroq fantastika ustunlik qila boshladi. Amerikalik fantast-yo-
zuvchilar Rey Bredberi, Robert Xaylayn, Frenk Xerbert, Ayzek Andre Norton, Klifford Saymak, Robert Sheklilarning nomi 
butun dunyoga ma’lum. XX asrning ikkinchi yarmidan esa fentezi 
adabiyoti keng rivojlandi.
Amerika fentezisining gullab-yashnashi 1930-yillarda Robert Govardning ijodi bilan boshlandi. XX asrn-
ing ikkinchi yarmida bu janr Rodjer Jelyazni, Pol Uilyam 
Anderson, Ursula Le Guin kabi yozuvchilar tomonidan rivojlantirildi. Fentezi yo`nalishining XXI asrdagi eng taniqli vakili Jorj 
R.R.Martin bo`lib, u hayolida yaratgan o‘rta asrlar haqidagi “ Taxtlar o`yini” kvazirealistik tarixiy romanining muallifi.
XX asrning so`nggi choragi – jahon adabiyoti tarixida yyyetarli 
darajada murakkab davr: bir tomondan ko`plab yozuvchilar bizning 
zamondoshlarimiz bo`lib, adabiy oqim “guruchni kurmakdan” ajratgani yo`q, qaysi asarlar adabiyotning oltin fondga kiradi, qay birlari “o`tkinchi” bo`lib, tez orada unutilib ketadi, buni vaqt sinovdan o`tkazadi. 
Teodor Drayzer (1871–1945). Dreyzer ijodi – XX asrning 
birinchi yarmi Amerika adabiyot va tanqidiy realizmning 
cho‘qqisidir. Dreyzer AQSh hayotidagi fojiaviylikni
ko‘rsata olgan yirik san`atkordir. 
Amerikaning mashhur yozuvchisi Folkner “rus adabiyoti 
Gogolning “Shinelidan” chiqqani kabi, bizlarning 
barchamiz ham Drayzerning romanlaridan chiqqanmiz. 
Bizlarning barchamiz – bu uning o`zi ham, Folkner ham, 
Fitsjerald, Xeminguey ham...”, – deb aytgan edi.
Uilyam Folkner (1897–1962). XX asr AQSh adabiyotining 
yirik namoyandalaridan biri. U “Nurafshon avgust”, “Shovqin va 
qahr”, “Shahar”, “Qo‘rg‘on”, “Qishloq”, “Ayiq”,
“Xoku turobni bulg`ovchi”, “Sahro”, “O‘lim to‘shagida”, 
“Sartoris”, “Avessalom, Avessalom”, “Rohibaga marsiya”, 
“Hikoyalar majmuasi” singari jahonga mashhur asarlar muallifi. 
“Rivoyat”, “O‘g‘rilar” romanlariga Amerikaning “Pulitser” 
mukofoti berilgan. 1950-yilda uning asarlari Nobel mukofotiga sazovor 
bo‘ldi. Folkner dunyoning o‘ziga xos, betakror, eng keskin uslubli 
adiblaridan biri. U inson fojialarini eng yuksak gumanizm nuqtai 
nazaridan yorita oldi. XIX–XX asr Amerika hayoti, tarixi reallikla-
rini, tang vaziyatlarni haqqoniy, qiziqarli tasvirlaydi. O‘ziga xos 
“tang” uslubda yozadi. Uning barcha asarlari, ularning voqealari, 
qahramonlari o‘zaro chambarchas bog‘lanib ketadi.
Amerika adabiyoti o’zinning ko’p yillik davrida. O’quvchi kitobxonlar nigohida yangilanishlarni boshlab berdi. Bu davrda ijod qilgan yozuvchilar o’z asarlarida zamonning adolatsizliklariga munosib javob qaytardi.
XX asrning birinchi yarmida AQSh adabiyotida katta umumlash-
malarga intilish kuchaydi, buni T.Drayzerning “Amerika fojeasi” 
romani misolida kuzatish mumkin. Tanqidiy realizm yo‘nalishida 
G.Spenser falsafiy qarashlarining ta’siri sezilarli ekanligi ko‘zga 
tashlandi. Spenser evolyusionizmining ta’siri T.Drayzerning “Istak 
trilogiyasi” va J.Londonning bir qancha asarlarida o‘z aksini topdi.
AQSh adabiyotida novella janri XIX asrdagi mavqeyini yo‘qotdi.
Uning o‘rnini realistik roman egalladi. Shu bilan birga, bir qator yo-
zuvchilar faqat novella janrida ijod qildi. Shunday yozuvchilardan 
biri O.Genri (Uilyam Sidni Porter) edi. U Amerika adabiyotida “hap-
py end”ning asoschisi bo‘ldi va novella janrining yangi yo‘nalishini 
belgilab
Hulosa
E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!
Urganch-2022
Download 196,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish