1927 yilning 1 sentyabrida KPSFni qayta tashkil etish amalga oshirildi. Buning natijasida tashkilotning KPSF faoliyatini yanada faollashtirishga qaratilgan yangi dasturi qabul qilindi. KPSFning qayta tuzilishi uni g'oyaviy mustahkamlashga ko'maklashadi. Xalqning og'ir ahvoli, joriy voqelikka salbiy munosabat avvalgidek KPSF yozuvchilari ijodining asosiy mavzulari bo'lib qoldi. Biroq 20-yillarning oxirida she'riyatda ma'murlarning zo'ravonligi va o'zboshimchaligiga qarshi kurashni tasvirlashga bag'ishlangan asarlar paydo bo'la boshladi.
1927 yilning 1 sentyabrida KPSFni qayta tashkil etish amalga oshirildi. Buning natijasida tashkilotning KPSF faoliyatini yanada faollashtirishga qaratilgan yangi dasturi qabul qilindi. KPSFning qayta tuzilishi uni g'oyaviy mustahkamlashga ko'maklashadi. Xalqning og'ir ahvoli, joriy voqelikka salbiy munosabat avvalgidek KPSF yozuvchilari ijodining asosiy mavzulari bo'lib qoldi. Biroq 20-yillarning oxirida she'riyatda ma'murlarning zo'ravonligi va o'zboshimchaligiga qarshi kurashni tasvirlashga bag'ishlangan asarlar paydo bo'la boshladi.
Adabiyot va san'atning demokratik printsiplarini o'zlashtirishda KPSF shoirlari va yozuvchilari - Li Sanxva, Son Yen, Li Giyen va boshqalarning publitsistik faoliyati ulkan rol o'ynadi. KPSF rahbarlaridan biri - Li Giyen koreys adabiyotida yangi nasr va she'riyatning shakllanishiga ulkan hissa qo'shdi. U o'z maqolalarida san'at va voqelikning uzviy bog'liqligi haqida yezdi: "Yozuvchi hayotni ijod etadi. Hayotdan chalg'igan adibning boshi faqat ichiga havo to'ldirilgan pufaklar va fantastik g'oyalarga to'la bo'ladi, chunki xayotning rivojlanishi voqelikni aniq aks ettirishni taqozo etadi" .
XX asr 20 yillarida tarixiy davr va madaniy jarayon. Naturalizm. Yom Samsop va Xon Djingon ijodida naturalistik va realistik unsurlar
"sukut saqlash ustasi"
Tabiiy-ilmiy nazariyalar hamda hozirgi ijgimoiy vaziyatni teran tahlil qilishga chaqirgan naturalistlar ijodi ta'sirida koreys adabiyoti funktsiyalari butunlay o'zgardi. XX asrning 20-yillarida koreys yozuvchilarining diqqat markazidan oilaviy konfliktlar, alkogolizm, katta shaharning g'am-tashvishlari, inson shaxsiyatiga muhitning shikastli ta'siri o'rin oldi. Yem Sansop asarlari Yevropa naturalistlari ijodiga mavzularning birligi bilan yaqin turadi. Ayni paytda ichdan yaxlit bo'lgan xikoya shaklining parchalanishi tendentsiyasi to'g'risida gapirish ham mumkin: ocherklar, saxnalar, impressionistik chizgilarning syujet bilan bog'liq bo'lmagan, hayotni "bevosita ko'rsatish" naturalistik printsipi bilan muvofiq keladigan unsurlari ham ko'zga tashlanadi.
Yem Sansop (1897-1963) koreys adabiyoti tarixida birinchi bo'lib shaxs ruhiyatini tadqiq etishga qo'l urdi. 1921 yilda uning "Namoyish zalidagi yashil qurbaqa" hikoyasi e'lon qilindi. Mustaqillik boy berilganidan so'ng mamlakatni chulg'ab olgan chorasizlik va aqlsizlik haqidagi bu hikoya naturalizmga xos bo'lgan tavsifiylik bilan yozilgan. Muallif bosh qahramonning og'riqlarini biologiya laboratoriyasida o'zini yorishlarini kugayotgan qurbaqaning iztiroblariga qiyoslaydi.
Hikoyada milliy nuqsonlar va kusurlar tanqidiga ancha katta o'rin ajratiladi. Unda ezuvchilar va eziluvchilarning o'zaro munosabatlari muammosi qay darajada muxim o'rin egallamasin, milliy muammolar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Koreyaliklarning milliy fojiasida yozuvchi eng avvalo ularning o'zlarini ayblar ekan, hikoya sahifalarida milliy xarakter va milliy hayot falsafasini rivojlantiradi. Yem Sansop o'z vatandoshlarida tarixan shakllangan "bechora millat"-ni ko'radi. U bunda milliy xarakter, milliy fikrlash uslubi va turmush tarzi aybdor, deb xisoblaydi. Yozuvchining tasavvurida koreyaliklarning milliy xarakteri taqdirga bo'ysunuvchanlik, qat'iyatsizlik, palliativ choralar ko'rishga moyillik, amaldorlar oldida qulluq qilish kabi xususiyatlardan tarkib topadi.