Aim.uz
XVIII-XIX Asrlarda estеtik taraqqiyot
Bu davrda tafakkur taraqqiyotida Darvesh Ali Changiyning «Risolai musiqiy», Malelio Samarqandiyning «Muzakkir ul-asxob», Zayniddin Vosifiyning «Bado‘ye ul-vaqoe’» asarlari muhim ahamiyat kasb etdi.
Maleho Samarqandiy «Muzakkir ul-asxob» asarida 160 dan ziyod ijodkorlar haqida yozib, o‘sha davr madaniyali, turmush tarzi, badiiy meros namunalari to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bayon etgan. Maleho ushbu tazkirasiga «Maleho» (go‘zallik) taxallusini tanlab, shoir va adiblar ijodiga alohida c’libor beradi.
Maleho Samarqandiy o‘z davrida ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan ijtimoiy adolalsizliklar, nojo‘ya ishlarga nisbatan befarq qaray olmagan. S’huning uchun o‘z davri tartiblariga (anqidiy munosabatda bo‘lgan, chunonchi, Subxonqulixon hukmronligi vaqtidagi poraxo‘rlik, o‘zboshimchalik, yovuzliklarni mana bunday tasvirlagan:«Subxonqulixon taxtga o‘tirishi bilan amaldorlarning yovuzligiga erkinlik berib qo‘ydi: odamlar izzat-hurmatga va katta mansabga erishish uchun xonning amirlari va yaqinlariga pora tarzida pul berdilar. Poraxo‘rlik shu darajaga borib yetdiki, ba’zi odanilar pora berish uchun qarz ko‘tarib amalga yetishdilar. Lekin ularning amaldorligi uzoqqa yetmadi, chunki boshqa bir odam yana pora berib, o‘sha mansabni sotib oldi va mansabdan tushgan amaldor, umr bo‘yi qarzdorlik tutqunligiga tushib qoldi».
Maleho faqat ko‘zga ko‘ringan Sayido Nasafiy yoki yoshi anchaga borib qolgan Hoja Same’ Saodat, Muhammadamin Sarafroz Samarqandiy, Lutfullo Shokir kabilar haqidagina emas, shuning bilan birga endigina ko‘zga ko‘rina boshlagan, imkoniyat-u harakati bo‘lsa katta shuhratlarga sazovor bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoshlar to‘g‘risida ham o‘z bashoratini bildira olgan. Chunonchi, Abdulla Mulham Buxoriy haqida u mana bunday deb yozgan: «Mulham - oti Abdullodir. U ham buxorolik bo‘lib, yoshdir. Maydonga endi kirib kelayotir. Uning kelajagi borligi ko‘rinib turibdi».
Xullas, Movarounnahr va Xuroson Uyg‘onish davri mutafakkirlari san’atning voqealikka munosabati muammolariga asosiy e’tibor qaratgan bo‘lsalar, XV-XVIII asrlarda yaratilgan risolalarda, tazkiralarda ijod amaliyotidan kelib chiqqan holda fikr-mulohazalar bayon qildilar. Demak, bu o‘rinda estetika nazariyasi bilan uning amaliy masalalari o‘zaro bog‘lanib ketganini ta’kidlash lozim bo‘ladi.
S’huningdek, bu davrda Nodira, Turdi, Mahmur, Gulxaniy, S’hermuhammad Munis, Ogahiy kabi bir qator zabardas nafosat namoyondalari yashab, ijod etdilar.
O‘zbekitsonda ilg‘or estetik g‘oya namoyondalari H. H. Niyoziy, Abdulla Avloniy, Behbudiy, Fitrat kabilar o‘zbek adabiyoti, teatri, san’ati sohalarida chuqur, sermazmun ijod qildilar. Abdurauf Fitrat «0’zbek musiqasi va uning tarixi» asarida qadimda xonaqohlarda aytiladigan «Naqshi Mullo» kuyi Abdurahmon Jomiy asari, S’hashmaqomdagi «Qari navo» kuyini esa Alisher Navoiy asari ekanini eslatib o‘tadi.
S’huningdek, u o‘zining 1913-yilda yozgan «Hind sayyohi» asarida me’moriy obidalarning achinarli ahvolda ekanligini kuyinib tasvirlaydi. O‘rta Osiyoda juda ko‘p ilg‘or estetik tafakkur namoyondalari yashab ijod etdilar. Ularning noyob asarlari hanuzgacha xalq ommasini tarbiyalash ishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
O‘rta asrlarda musulmon san’atining nazariy va amaliy tajri-balarini umumlashtirib, Ovro‘pa Uyg‘onish davri cautafakkir va san’atkorlari puxta o‘zlashtirdilar.
Bu qarashlar yangicha ijtimoiy-iqtisodiy umnosabatlar shakllanayotgan vaqtlarda ham Ovro‘po hududlari doirasida rivojlanib, yoyilib boraverdi. Bunga asosiy sabab, Sharq san’atkorlari G‘arblik kasbdoshlaridan ancha oldin san’atning ilohiy va dunyoviy mazmunini qaror toptirishga muvaffaq bo‘lgan edilar. O‘rta Osiyo xalqlari san’atining taraqqiyparvarligi va estetik jihatdan ahamiyatliligi xuddi ana shu tamoyillar bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |