Xvii-xix asrlardagi ijtimoiy siyosiy ahvol


NISHOTIY ASARLARI TILIDA NAVOIY AN`ANASINING DAVOM



Download 31,52 Kb.
bet7/10
Sana18.08.2021
Hajmi31,52 Kb.
#151226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MARUZA MAVZULARi

NISHOTIY ASARLARI TILIDA NAVOIY AN`ANASINING DAVOM ETTIRILISHI

Muhammadniyoz Nishotiy XVIII asrda etishgan iste`dodli lirik va epik Shoirdir. U adabiyotdagina emas, balki adabiy til sohasida xam Alisher Navoiy ana`nasini davom ettiradi.

Nishotiyning ijtimoiy - siyosiy fikr va mulohazalari «Husnu Dil» dostonida o`z ifodasini topdi. Bu asar Shoir tilini o`rganishda muhim manba hisoblanadi.

Nishotiy o`z dostonini xalq og`zaki ijodidan ustalik bilan foydalangan holda yozdi. Xalq og`zaki ijodidagi qoliplash usulidan foydalanib, uning ichiga ta`limiy tarzdagi bir qancha masalalarni kiritdi. Ular Nishotiy tilining sodda xalq tiliga yaqinlashishiga olib keldi.

«Husnu Dil» dostonining tili mumtoz epik She`riyat uslubi bilan chambarchas bog`liqdir. Bundan tashqari, dostonning ayrim boblari qofiyalangan nasr uslubida yozilgan. Masalan: «husni dilnavāz, vafābanum sāhib e`zāz va nāzi tannāz, g`amzai, gammāz gesui fusunsāz va mahliqāi aynapardāz va shahtakayayaumi sehrparvāra va mehribānui basөzu gudaz, qāmatsardāri balandparvāz, sarvi sarafrāz, ya`ni faudi sāhibning... xizmatga tayyar edilar».

Nishotiy xalq og`zaki ijodi uslubiga ergashdi, doston tilini ham ommabop qilishiga intildi. Shuning uchun xalq maqollari, hikmatli so`zlari va iboralarini asar misralari mazmuniga ustalik bilan singdirdi.

Nishotiy   o`z   asarlarida   xalq   maqollaridan   foydalanar   ekan,   ulardan ilhomlanib, o`zi ham xalq maqollari darajasida iboralar ijod qiladi:

                    Toyu aza xush turur ahbāb ilә,

                    SHadiyu g`am ham yana atrab ili.

Nishotiy o`z asarining mumkin qadar sodda, ma`noli, ravon va obrazli bo`lishi uchun xalq tili unsurlaridan ustalik bilan foydalanib, original o`xshatish, istiora, kinoya, mubolag`a, sifatlash, majoz va qarama - qarshi qo`yish usullarini qo`lladi. Masalan:

Boldi ayān turfa kitali kabir,

Qorqusisidin tashladi hamlāni SHer.

Shoir   bu   misrada   ishq   lashkari   bilan   aql   navkari   o`rtasidagi   jang tasvirini   berar   ekan,   urushning   shiddatidan   SHer   ham   qo`rqib,   o`z   qornidagi homilasini tashlab qo`ydi, deb mubolag`a qiladi. Shoir dostonida   omonim so`zlardan ham o`rinli foydalanadi. Bir so`z bilan bir necha ma`noni ifodalashga harakat qiladi:

Yүz uzә churuk yag`ach erdi burun,

Har yera barsa, barban ul burun.

Bu   parchada   birinchi    misradagi    «burun»   so`zi   odam   a`zolaridan   biri  ma`nosida, ikkinchi misrada avval, ilgari ma`nosidadir.

XVII - XVIII asrlarning boshqa Shoir-yozuvchilarida bo`lgani kabi Nishotiyning «Husnu Dil» dostonida ham mahalliy shevalarga xos xususiyatlar uchraydi. Doston tilida Buxoro va Xorazm shevalariga xos so`z va iboralar hamda grammatik unsurlar topiladi. Masalan, margi nav muborak, himmati sipahdar, husni dilnavoz, Nazi Tannaz kabilar.

Nishotiy asarlari tilida morfologik jihatdan quyidagi xususiyatlarni uchratish mumkin.

«Xusnu Dil» dostonida turlanish kategoriyasi hozirgi o`zbek tiliga o`xshaydi. Ammo qaratqich kelishigining qo`shimchasi -niң, -ң shaklida ishlatiladi.

Arshning astida erur ganji raz ...

Qāmating ag`ushiga qildi nigāh...

TuShum kelishigi qo`shimchasi –ni/-ni, -i/-i shaklida, chiqish kelishigi qo`shimchasi —din/-din shaklida keladi:

Qorqusidin tashladi hamlani SHer,

Kelturung aqli dedi kishvarsitan.

Navoiy  va  Fuzuliy  asarlarida bo`lgani  kabi  Nishotiy  asarida jo`nalish kelishigi qo`shimchasi —ga/-a tarzida ishlatiladi:

Har biriga nam edi bir ehtiram,

Har yera barsa, bariban ul burun.

Olmoshlar Nishotiy  asarlari tilida hozirgi o`zbek tilidagi olmoshlarga o`xshaydi. Uchinchi shaxs kishilik olmoshlari ul,  an tarzida, Shuningdek, qayu so`roq olmoshi, nimarsa, kimarsa so`roq-gumon olmoshlari ishlatiladi:

Xar ne yoq, andin yaman, and`sh yaman –

Parvarish aylar ani ayvān ara,

Vah qayu ayvanki dilu jān ara.

Nishotiy tilida ravish -lik affiksi bilan xosil qilinadi. Ravishdosh esa —iban affiksi orqali ifodalanadi:

Talpiniban oylaki suvsiz baliq,

Jān yoq edi anga bugun taңlaliq.

YOrdamchi so`zlardan bilan, birla, ila dag`i kabi ko`makchilar; Kim, -ki, gar, agar, ne, lek kabi bog`lovchilar ishlatiladi. Bog`lovchilardan na Nishotiy dostoni tilida ko`p qo`llanadi:

Anda na zavqu, na huzuru, na nur...

Anda na ilmu, na amal, na yaqin...

«Husnu   Dil»   dostoni   leksikasida   ulus,   kabir,   qapu   (eshik),   gulgula, valvala, dag`i, karam kabi so`zlar uchraydi.

Mazkur asar    XVIII asr o`zbek dostonchiligidagina emas, balki o`sha davr o`zbek adabiy tili tarixida ham o`rin egallagan ajoyib She`riy hissa hisoblanadi.

XVII - XVIII asrlardagi ilg`or adabiyotning o`sib, kamol topishida xalq og`zaki ijodining roli katta bo`ldi. Adabiy tilda esa xalq tili unsurlari, sheva xususiyatlari o`z ifodasini topdi. Xalqning boy og`zaki adabiy merosidan, til boyligidan ta`sirlanish natijasida o`sha davr Shoirlari tilida frazeologik iboralar, turg`un birikmalar ko`plab ishlatila boshlandi. Bu bilan ular o`z asarlarining xalqchiligini, realistik ekaligini isbotlaganlar.




Download 31,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish