Xvii asr ikkinchi yarmi va XVIII asrda Germaniya



Download 88,5 Kb.
Sana25.02.2022
Hajmi88,5 Kb.
#464699
Bog'liq
germaniya


XVII asr ikkinchi yarmi va XVIII asrda Germaniya
Reja:

  1. O`ttiz yillik urushdan keyin Germaniyaning ahvoli.


  2. Brandenburg-Prussiya davlatining tashkil topishi.


  3. Fridrix I ning tashqi siyosati va Prussiyaning qirollikka aylantirilishi.


  4. Germaniyada xalq harakatlari.


  5. Nemis milliy mavdaniyati taraqqiyoti.



O`ttiz yillik urush Germaniya iqtisodiyotining umumiy turg’unligiga va hatto tushkunlikka yuz tutishiga olib kelgan birdan – bir yoki eng muhim sabab bo`ldi, deb hisoblash to`g’ri emas edi. Lekin urush natijasida yuz bergan vayronagarchilik mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotida reformaciya davri hamda dehqonlar urushi etilgan vaqtdan buyonko`rina boshlangan tendenciyalarni batamom oshkora ko`rsatib berdi. Germaniyaning hamma erida soldatlar beboshligi hukm surdi. Hamma joyda kontribuciyalar solinar, aholi talanar, uy-joylarga o`t qo`yilar, kishilarga jabr-zulm qilinar va o`ldirilar edi. Germaniya jahon savdosidan chetga chiqib qolgan edi, jahon savdosining yo`llari esa yangi tomonlarga o`tib ketgan edi. Italiya va Germaniyaning shu vaqtgacha mavjud bo`lgan iqtisodiy markazlari o`zining ilgarigi ahamiyatini yo`qotgan edi. 30 yillik urushdan keyin Germaniya G’arbiy Evropadan ancha taraqqiy etgan mamlakatlardan ya`ni Gollandiya, Angliya va Fransiyadan orqada qolgan va ularga qaram bo`lgan davlat edi. XVI asr boshlaridagi dehqonlar urushi mag’lubiyatga uchraganligining salbiy oqibatlari ham o`z ta`sirini ko`rsatmoqda edi. Chunki, shu salbiy oqibatlari natijasida mamlakatning siyosiy jihatdan parchalanishi kuchayib ketgan edi. XVII va XVIII-asrlarda Germaniya savdo-sotiq rivojlangan Gollandiyaga hamda sanoati taraqqiy etgan Angliyaga ko`p jihatdan qaram bo`lgan edi. Bu davrda eng katta iqtisodiy o`zgarishlar Germaniyaning faqat qishloq xo`jaligida yuz berdi, chunki qishloq xo`jaligi kapitalistik jihatdan ancha taraqqiy etgan mamlakatlarning kapitalistik manufakturasi uchun sanoat xom-ashyosi hamda g’alla etkazib beruvchi bo`lib qolgan edi. 30 yillik urushdan keyin qashshoqlashib qolgan aholi jumladan, dehqonlar ommasi kuchayib ketgan feodal-krepostnoylik ekspluataciyasining jabridan batamom xonavayron bo`lgan edi.
Urush vaqtida birgina Vallenteyn armiyasi talonchilik qilib qolmadi, balki qaroqchilar otryadining boshliqlari, ya`ni katolik, protestant armiyalarining oficyerlari dehqonlarni talashda bir-biridan o`tib tushdilar, ulardan ba`zilari million-million boylik egasi bo`lib oldilar. Vallenshteynning urushda topgan boyligi qariyb 9 million gel`denni tashkil qildi. Graf Kenichsmark Shveciya armiyasida harbiy mansablarga ko`tarila boshlaganda, cho`ntagida sariq chaqasi ham yo`q edi, umrining oxirida kelganda esa shunday boylik egasi bo`lib qolgan ediki, bu boylik unga har yili 130 ming teler daromad keltirar edi. XVII asrning ikkinchi yarmida ular aholini ortirgan boyliklarini ekon deb, er mulkiga aylantirdilar va natijada ular ham nemis dvoryanlari safiga qo`shildilar. Urugdan zarar ko`rgan pomeShchiklar, knyazlar va dvoryanlar dehqonlarning to`lovlari va majburiyatlarini to`xtovsiz oshirib borib, ular hisobiga o`z ishlarini o`nglab ola boshladilar. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari bahosining pastligi oqibatida dehqonlarning ko`pchiligi uzolmaydigan qarzdor bo`lib qoldi. Pomeshchiklar bu holdan foydalanib, dehqonlar eri hisobiga o`z mulklarini kengaytirdilar. Ular zo`ravonlik qilib, dehqonlarga va qishloq jamoalariga qarashli dalalarni, yaylov va boshqa er-suvlarni bosib olar edilar.
Dehqonlarning ersizlanishi turli joylarda turli darajada yuz berdi. Sharqiy Germaniyada (Brandenburg, Prussiya, Pomeraniya, Maklenburgda) dehqonlar eng ko`p zarar ko`rdi. Mahalliy dvoryanlar bu erda chorvachilikni rivojlantirishni o`zlari uchun eng foydali ish deb bildilar, shuning uchun XVII-XVIII asrlarda Maklenburgdagi dehqonlarning ersizlanishi va o`z oqibatlari jihatidan Angliyadagi g’ov tutishni eslatar edi. Pomeshchiklar dehqonlarning yerlarini bosib olib, ularni chorva mollar boqiladigan yaylovga aylantirar, dehqonlarning o`zlarini esa pomest`ega berkitib qo`yilgan batraklarga aylantirar edilar.
Dehqonlar mulki cheklab qo`yilgan edi. Badenda, Vyutenbergda va Janubiy G’arbiy Germaniyaning knyazliklarida yirik er egalari uchun barshchina u qadar asosiy ahamiyatga ega emas edi. Bu yerlarda Fransiyadagi sen`or rejimiga o`xshash munosobatlar tarkib topdi. Yirik er egasi chek yerlar uchun obrok yoki boshqa to`lovlar tarzida feodal er rentasi to`lar, dehqonlarning shaxsiy qaramligi bilan bog’liq bo`lgan to`lovlar va majburiyatlar esa daromadning ikkinchi darajali manbai hisoblanar edi.
Tovar mahsulot ishlab chiqarish xarakteriga ega bo`lganligiga qaramay, pomeshchiklarning barshchina xo`jaligi kapitalistik xo`jalikdan shu bilan tubdan farq qilar ediki, pomeshchiklar juda kamdan-kam hollardagina yollanma mehnatdan foydalanilar edi. Dehqonlar pomeshchiklarning yerlarida barshchina asosida ishla berardilar. Ular ish kuchinigina emas, balki erning ishlash uchun zarur bo`lgan jonli va jonsiz inventarlarni ham etkazib berar edilar. Dehqon xo`jaligining o`zini esa pomeshchik barshchina o`tash uchun ish kuchi va inventar bilan ta`minlab turadigan xonadon deb qarar edi. O`ttiz yillik urush vaqtida erdan mahrum bo`lgan dehqonlarning juda katta armiyasi tashkil topdi. Urushdan keyin bunday dehqonlar soni yollanib ishlovchilar hisobidan yanada ko`paydi. Shu tariqa qishloqda krepostnoy batraklarning alohida guruhi vujudga keldi. Ularning ko`pincha kichkinagina kulbachasi-yu, bir parcha eri bo`lar edi. O`ttiz yillik urush qishloqni shunchalik xarob qildiki, dehqonlar qarshilik ko`rsatishga ham ojiz bo`lib qoldilar. Pomeshchiklar hech bir monesiz sud hokimiyatini o`z qo`llariga oldilar. Er egasi dehqonlarning mulkiy va shaxsiy huquqlarini o`z bilganicha cheklayverishi uchun zotchina sudi etarli darajada ishonchli vosita bo`lib xizmat qildi. Dehqonlarning yoppasiga krepostnoylarga aylantirilishi Germaniyaning butun ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotiga katta ta`sir ko`rsatdi. Dehqonlarning krepostnoylashtirilishi XVII-XVIII asrlarda Germaniyada sanoatning taraqqiy etishiga halal bergan asosiy sabablardan biri bo`ldi. Germaniyaning qishloq xo`jaligi o`ttiz yillik urush tugagandan keyin mavjud sharoitga moslashishdi. Shahar sanoati tamomila boshqacha ahvolda edi. Chet el tovarlarining kirib kelishi unga halokatli ta`sir qildi. Nemislarning ulgurji va chakana savdogarlari Gollandiya, angliya va Fransiya kapitalining dallollari va agentlariga aylanib qoldilar. Prussiya qiroli Fridrix II ning aytishicha, uning davlatida “savdogar chet el savdosining dasyori edi”
1874 — 1898 yillarda Ispaniya. Ispaniya XIX asrning so’nggi choragida ko’proq agrar mamlakatligicha qola berdi. XIX asr davomida Ispaniyada besh marta burjua inqilobi bo’lganligiga qaramay, ispan qishlog’ining umumiy manzarasi uncha o’zgarmadi. Inqiloblardan birontasi ham oxiriga etkazilmadi va tub islohotlar qilinmadi. Er juda ham notekis taqsim qilinganligicha qola berdi; haydalib ekiladigan yerlarning 67 foizi 2 foiz mulkdorlar qo’lida edi, eri 1 gektardan ham oz bo’lgan dehqonlarning 39 foizi qo’lidagi er haydalib ekiladigan yerlarning 1,1 foizini tashkil qilardi. Mamlakatning janubida — Andalusiya va estremadurda, markaziy provinciyalarda — Toledo, S’yudad-Real va Salamanka provinsiyalarida ham eng ko’p er bir to’da latifundiyachilar qo’lida to’plangan edi. Bu provinciyalarda 164 zamindor qo’lida 456393 gektar er bor edi; asosiy aholi ommasi qishloq xo’jalik ishchilari bo’lib, ular yarim och holda umr kechirardilar. Aksincha, mamlakatning shimoli-g’arbida, Galisiyada er juda mayda-mayda bo’laklarga bo’linib ketgan edi, er uchastkalari 1 va undan ham kam bo’lardi (bir a=100 kvadrat metr).
Mamlakatning janubi va markazidagi yirik er egaligi yarim feodal latifundiyalar edi, bu latifundiyalarda xo’jalik qoloq, o’rta asr usullari bilan olib borilardi. Butun yerning 48 protseiti ishga solinmasdan yotardi. 1890 yilgacha Ispaniya qishloq xo’jaligi deyarli mashina va o’g’it ishlatishni bilmasdi. 1896 yilda ham mamlakatga bori-yo’g’i 10263 pesetlik qishloq xo’jalik mashinalari keltirilgan edi, xolos. 1900 yilda mamlakatda faqat 159339 tonna mineral o’g’it ishlatildi, xolos, holbuki mamlakatda mineral o’g’it ishlab chiqarish uchun hamma zarur narsalar bor edi.
Statistika ma’lumotlariga qaraganda, 1881 yilda ispan yer egalaridan 47 foizi ijaradorlar edi. haqiqatda esa ijaradorlar soni bundan ham ko’p edi, chunki statistikada uzoq muhlatga ijaraga olishning ko’p turlari ham dehqonning o’z mulki deb qaralgan edi. Bularning ba’zilari o’rta asr feodal formalarini saqlab qolgan edi. Masalan, Ispaniyaning 1889 yil fuqarolik kodeksida rasmiy suratda tan olingan turli xil «senso»lar mavjud edi. Sensoning ma’nosi shuki, har xil majburiyatlar er egasi yoki shaxsan ijaradorning zimmasiga yuklatilmasdan, dehqonchilik qiladigan kim bulishidan qat’i nazar, bu majburiyatlar shu yer uchastkasining ustiga yuklanardi.
1889 yildagi fuqaro kodeksida ijaraning o’rta asr formalari: «foro», «rabasa morta» va boshqalar e’tirof qilingan edi. Foro formasi Galisiya, Asturiya viloyatlarida va shularga yondosh rayonlarda rekonkista zamonidan buyon mavjud edi. Foroga muvofiq, dehqon umrbod «dominium utile»1 dan foydalanadi, lekin dehqon har yili mahsulotining ma’lum qismini haq tariqasida to’lab turishi kerak. Shu bilan birga foro ayrim uchastkalarda bo’lishi bilan birga, butun-butun qishloqlarga ham rasm bo’lgan edi. Foro erini dehqonning mulk qilib sotib olishi mumkin emas edi, lekin u bu erda ishlash huquqini boshqa bir shaxsga «sub foro» berishga haqi bor edi. Rabasa mor­ta munosabatlari Kataloniyada ko’proq yoyilgan edi. Bu formaning ta’rifi shuki, mulkdor pomeshchik o’z yer uchastkasini dehqonga uzum — tok o’tqazish uchun ma’lum muddatga berardi, ijarador — rabasayr esa er egasiga xar yilgi hosilkning yarmidan tortib uchdan birigacha berib turishi lozim edi, shu bilan birga, agar uzum novdalarining uchdan ikkisi halok bo’lib ketsa, pomeshchik haligi dehqonni muddatidan ilgari erdan haydab-yuborishiga haqi bor edi. Pomeshchik erdan foydalanish jihatidan bir qancha huquqlarni, masalan, shu erda mol boqish huquqini o’zida saqlab qolardi; tok barglariga ham pomeshchik xo’jayinlik qilardi, bu barglarni u molga edirardi.
Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish formalaridagi bu feodalizm sarqitlari mamlakatning kapitalistik taraqqiyotiga to’siqlik qildi. Bu sarqitlar agrar masalani keskinlashtirib ispan dehqonlari va Ispaniya qishloq xo’jalik ishchilarining qattik isyon ko’tarishlariga sabab bo’ldi.
Pomeshchiklar qishloq xo’jaligining kam mahsuldorligi o’rnini qoplash uchun ichki bozorda qishloq xo’jalik mahsulotlari narxini oshirib yuborardilar, bunga yuqori bojxona tariflari belgilash siyosati vositasi bilan sun’iy suratda yordam berilardi.
Lekin shunga qaramasdan, qishloq xo’jaligida kapitalizm, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, sekinlik bilan bo’lsa ham, prus yo’li bilan rivojlanib bordi. Yollanma mehnat ishlatishning o’sishi, sohibkorlik qishloq xo’jaligida erning pulga ijaraga olinishi buning dalilidir.
Ispaniya qishloq xo’jaligida Kapitalizmning rivojlanishi mamlakat janubida qishloq xo’jalik proletariat ommasining vujudga kelishiga olib bordi. Kapitalizmning sekin rivojla­nib borishi proletariat ahvolini juda ham og’irlashtirib yubordi: qishloq xo’jalik ishchilari yilning katta qismida ish bilan ta’min etilmas edi. Mamlakat janubidagi qishloq xo’jalik proletariatining revolyutsion faolligi ancha kuchli edi; bu proletariat revolyutsion xarakatlarda juda qizg’in ishtirok qilardi, pomeshchiklarning yerlarini tortib olish hodisalari tez-tez bo’lib turardi.
Kapitalizmning rivojlanishi shunga olib bordiki, yirik pomeshchiklar korxona egalariga aylandilar, o’z yerlarida texnika o’simliklari ekadigan bo’ldilar, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar ko’rdilar (1900 yilda Ispaniyada 45 qand zavodi bor edi, bulardan ko’pchiligi pomeshchiklarniki edi), o’z kapitallarini temir yo’llar qurilishiga, davlat zayomlari obligaciyalariga va hakazolarga sarf qildilar.
Masalan, yirik pomeshchik, shu bilan birga moliyachi, korxo­na egasi bo’lgan graf Romanonesning 15132 gektar eri bor edi, shu bilan birga u «Madrid — Aragon» temir yo’l kompaniyasining maslahatchisi, qo’rg’oshin chiqaruvchi «Pen’yarroyya» kompaniyasining ma’muri, Ispaniya ipotika banki va boshqa bir qancha korxonalarning maslahatchisi edi. Ispan Burbonlari qirol xonadonining a’zolari ham xuddi shunday edi, bu xonadonning faqat Ispaniyada emas, hatto chet ellarda ham juda turli joylarda ko’p er-suvlari, turli korxona va banklarda akciyalari bor edi.
Bularning hammasi qishloqdagi keng xalq ommasini yarim feodal usul bilan ekspluataciya qilish ustiga ularni kapitalistik usul bilan ekspluataciya qilish ham kelib qo’shilib, bir-biri chirmashib ketganligini ko’rsatardi. Dehqonlarning ikki tomonlama ekspluataciya qilinishi kasridan asosiy aholi ommasining xarid qobiliyati juda pasayib ketgan edi, bu hol sanoatning rivojlanishiga to’sqinlik qilardi.
Ispaniya hukmron sinflari XIX asrning oxirigacha o’z kapitallarini sanoatga emas, balki qimmatli qog’ozlarga va davlat zayomlari obligaciyalariga solishni o’zlari uchun hammadan, foydali deb bilardilar.
1874 yilda davlat qarzi 10500 million peset bo’lgan bo’lsa, 1881 yil oxiriga borib 11 milliard pesetga yetdi. Bu zayomlar yuzasidan olinadigan foizlar yirik ispan burjuaziyasi, burjualashgan pomeshchiklar va cherkovning katta daromad manbai bo’lib qolgan edi. Shuni aytish kifoyaki, 1891 —1892 yillardagi davlat byudjetidan davlat qarziga 291539593 peset harajat qilingan edi, bu byudjetning 31,69 foizini tashkil kilardi.
Asosan ko’pdan-ko’p general va oficyerlar, zamindor aristo­kratiya farzandlarining maoshlari uchun sarf qilinadigan harbiy chiqimlar byudjetning 24,67 foizini tashkil kilardi. Shunday kilib, davlat qarzi va armiya uchun sarf qilinadigan pullar byudjetning yarmidan ko’prog’ini yutib yuborardi, holbuki ishlab chiqarish maqsadlari uchun byudjetning faqat 8,4 foizi sarf qilinardi.
Ispaniya sanoati ajnabiy kapitalning kirib kelishi uchun ochiq qola bergan edi. Boy mis va temir ruda konlari, oltin-gugurt kolchedani, qo’rg’oshin, rux va boshqa foydali konlar aj­nabiy kapitalning ayniqsa e’tiborini o’ziga tortardi Bu boyliklarni ekspluataciya qilish maqsadida yirik-yirik chet el va aralash kompaniyalar tuzildi.
Shuni aytish kifoyaki, 1885 yilda inglizlar import qilgan temir rudaning 89,8 foizini ispan temir rudasi tashkil qilgan edi.
Ispaniyadagi temir yo’l qurilishlariga ham ajnabiy kapital kirib bordi. Temir yo’llar to’g’risidagi statistika mamlakatda kapitalizm va moliya kapitalining o’sish sur’atlarini aks ettirib ko’rsatardi; 1870 yilda Ispaniyada temir yo’llarning uzunligi 5600 kilometr edi, 1896 yilda esa 11500 kilometrga yetdi. Kapital koncentraciyasi temir yo’llarda hammadan ko’prok. edi: 1886 yilda qurilgan temir yo’llarning
60 foizi eng katta uch kompaniya: «Norte», «Madrid— Saragosa — Alikante», «Andalusa» kompaniyalari qo’lida edi.
Chet el kapitali Ispaniya sanoatining temir yo’l transporti va kon sanoati singari eng muhim poziciyalarini o’z qo’liga kiritib olib, Ispaniyadan mineral boyliklarni tashib chiqib ketishga harakat qildi, Ispaniya sanoatini ehtimol tutilgan raqobatchi deb bilib, uning rivojlanishiga to’sqinlik qildi, Ispaniyani chet el sanoat tovarlari sotiladigan bozorga aylantirdi. Ispaniyada ko’proq kon sanoati rivojlanib bordi, rudalar esa asosan ishlanmagan holicha mamlakatdan chetga tashib ketilardi.
1864 yildan 1900 yilgacha o’tgan davrda temir ruda qazib 34 marta oshgani holda (253121 tonnadan 8675000 tonnaga etgan edi), Ispaniya metallurgiya sanoatining mahsuloti shu vaqt ichida faqat marta oshdi (95333 tonnadan 293000 tonnaga yetdi).
Shu davr ichida akciyali savdo jamiyatlari juda rivojlanib ketdi. Ularning kapitali 1884 yildan 1900 yilgacha 4 mar­ta oshdi.
Ispaniyaning tashqi savdosida Fransiya bilan savdo birinchi o’rinda, Angliya bilan savdo ikkinchi o’rinda turardi. Tashqariga ruda chiqarish bilan bir qatorda Ispaniya eksportining eng muhim moddalarini qishloq xo’jalik mahsulotlari: vino, meva, sabzavot, probka po’stlogi tashkil etardi.
Mamlakat hayotida katoliklar cherkovi muhim faktor edi. 1875 yilda konkordat2 va 1859 yili papa bilan tuzilgan bitim yana o’z kuchiga kirdi. Chernov kongregaciyalari mamlakatga yana qaytib keldilar. Iezuitlar va monaxlar boshlangich ta’lim ustidan nazorat qilib turdilar, shu bilan birga o’zlarining ko’pgina oliy o’quv yurtlarini tutib turdilar. Ispaniyada cherkov har qanday mulkni sotib olishga hakli edi, ilgari cherkovga qarashli bo’lgan va inqilob yillarida sotilgan yerlari evaziga cherkov uzoq muddatli davlat zayomi obligaciyalari tarzida kompensaciya olardi. XIX asr oxirida katoliklar cher­kovi vositachi shaxslar orkali banklarga, temir yo’llarga, kemachilik kompaniyalariga, kon sanoatiga, omonat kassalari va boshqalarga katta-katta kapitallar soldi. Shundai qilib Ispaniyada katoliklar cherkovi juda katta kapitalistga aylanib qoldi.
1874 yil 31 dekabrda, 1868—1874 yilardagi burjua inqilobsi engilgandan keyin, konservatorlar partiyasining rahbari Kanovas del’ Katil’o konservatorlar hukumatini tuzdi, bu hukumat Respublika davrida chiqarilgan hamma dekret va qonunlarni bekor qilda, ishchi tashkilotlari faoliyatini taqiqladi, mamlakat shimolidagi karlistlar qo’zg’olonini bostirdi. Korteslarga saylov 1876 yil 20 yanvarga belgilangan edi. Hukmron pomeshchik-burjua bloki o’z hokimiyatini mustahkamlash uchun ikki partiya: yano-vas del’ Kastil’o boshliq konstitucion-konservativ parol va Sagasta boshliq liberallar partiyasi tuzdi. Konservativ par­tiya asosan zamindor aristokratiya va cherkov vakillarini birlashtirgan edi, liberallar partiyasi esa burjualashgan pemeshchiklar, moliya va yirik savdo burjuaziyasini birlashtirgan edi. Har ikkala partiyaning fikri bir asosiy maqsadga qartilgan edi, u ham bo’lsa, mamlakatda revolyutsion ishchilar, dehqonlar va respublikachilar harakatini bostirish, karlistlar harakatini yo’q qilish va pomeshchik-kapitalistik tuzumni mustahkamlash edi.
1876 yil iyunida korteslar konstitutsiya qabul qildilar, bu konstitutsiya 1931 yilgacha biron muhim o’zgarishsiz davom qilib keldi. 1876 yil konstitutsiyasiga muvofiq ijrochi hokimiyat qirol qo’liga berilgan edi, qirol hukumatni tayinlardi va korteslarni tarqatib yuborish huquqiga ega edi. Kortes­lar ikki palatadan: senat va deputatlar palatasidan iborat edi. Senatda hukmron dinastiya a’zolari, grandlar — qirol tomonidan umrbod tayinlanadigan a’zolar va bir yillik daromadi kamida 60 ming peset bo’lgan yirik mulkdorlar orasidan saylangan senatorlar majlis qurardi.
Konstitutsiyada deputatlar palatasiga saylovlarda qatnashuvchi saylovchilar uchun mulk cenzi haqida xech narsa deyilmagan edi, lekin cenz 1890 yilgacha davom qili6 kelgan maxsus saylov qonunida belgilangan edi.
Konstitutsiya Ispaniyada monarxiyachi pomeshchik-burjua tuzumini mustahkamlashga qaratilgan edi. Monarxiya tiklangandan keyin dastlabki birinchi o’n yil davomida monarxiya hokiimiyati juda zaif edi. Korteslarda hukumat siyosatini respub­likachilar jiddiy tanqid qilib turardilar.
Hukumatning Kubada olib borayotgan siyosati mamlakatda juda katta norozilikka sabab bo’lgan edi, Kubada 1875 yildan boshlab 10 yil davomida ispanlar hukmronligiga qarshi xalq qo’zg’oloni davom qilib kelayotgan edi. 1876 yil oktyabrida orol gubernator qilib tayinlangan general Maritnes Kampos mustamlakani idora qilish yuzasidan tubdan islohotlar o’tkazish zarurligini: mullikni yo’q qilish, Ispaniya bilan orol o’rtasida erkin savdoni joriy qilish, Kuba qandi uchun Ispaniya bozorini ochib qo’yish, Kubaning chet eldan galla sotib olishiga imkon berish va shu kabi choralarni amalga oshirish zarurligini tushunardi. Lekin bunday islohotlar loyihasi muhokamaga qo’yilganda konservativ pomeshchiklar juda qattik qarshilik ko’rsatdilar. 1880 yil yanvarida, nihoyat, Kubada qullikni yo’q qilish to’g’risidagi qonun qabul qilindi, lekin hukumat quldorlarga katta-katta to’lov puli ajratishi lozim edi. Sobiq qullar er olmadi va besh yilgacha o’z xo’jayinlarining patronat-xomiyligi ostida kun kechirib turdi.
Respublikachilar, sanoat va mayda burjuaziya hamda liberal intelligenciya vakillarining mamlakatda ta’siri zo’r edi-yu, lekin ular bir qancha oqimlarga bo’linib ketgan edi.
1881 yil fevralida Sagasta boshchiligida liberal partiya tuzildi. Bu hukumat ba’zi demokratii islohotlar o’tkazdi: matbuot erkinligi, jamiyatlar ozodligi va shu kabilarni e’lon qildi. Shu bilan birga Sagasta savdo va moliya burjuaeiyasining manfaatlarini ko’zlab, bojxona tariflarini pasaytirdi, 1882 yilda — Ispaniya-Fransiya savdo shartnomasiga qo’l qo’ydi. Bu shartnomaga muvofiq, Ispaniya arzon fransuz mollariga to’lib-toshib ketdi. Shu bilan birga Sa­gasta sanoat korxonalariga solinadigan soliqni oshirdi. Bu choralar burjuaziyaning katta noroziligiga sabab bo’ldi, 1882 yil fevralida Madrid sanoatchilari sanoat soliri to’lashdan bosh tortdilar. Asosiy iqdisodiy talabi chetdan keltiriladigan sanoat mollariga protekcionistik bojxona bojlari solishdai iborat bo’lgan Kataloniya burjuaziyasi Fransiya bilan tuzilgan savdo shartnomasiga qarshi norozilik bildirdi.
1883 yilda bir qancha garnizonlarda respublikachilarning deyarli birdaniga qo’zg’olonlari boshlanib ketdi. Qo’zg’olon xalq ommasidan uzilib qolganligi sababli, hukumat qo’shinlari uni darrov bostirdi.
1885 yilda qirol Al’fons XII uldi. Uning xotini Mariya Kristina regent deb e’lon qilingan edi. Xuddi shu vaqtda konservatorlar partiyasi bilan liberallar partiyasi rahbarlari— Kanovas bilan Sagasta o’rtasida bir ahdnoma tuzilgan edi, bu ahdnoma keyinchalik el’ Pardo pakti degan nom bilan3 mashhur bo’lgan edi. Har ikkala partiya, ya’ni konservatorlar partiyasi bilan liberallar partiyasi monarxiyani qo’llab-qo’ltiqlash, mavjud rejimni mustahkamlash maqsadida bir-birlariga yordam berish va muntazam suratda navbatma-navbat hokimiyat tepasida turish majburiyatini o’z ustlariga olgan edilar. Ispaniya mamlakatni navbatma-navbat talagan ikki siyosiy partiyaning o’ljasi bo’lib qoldi. Hokimiyat tepasida shu ikki partiyadan qaysi biri tursa ham mamlakatda qoloqlik, g’aznani o’g’irlash, isrofgarchilik hukm sura berdi.
Poraxo’rlik va aldamchilik hamma hukumatlarning eng xarakterli quroli bo’lgan edi. Har bir partiya xokimiyat tepasiga kelgandan keyin korteslarni tarqatib yuborib, yangi saylov belgilardi, bu saylov vaqtida hukumat davlat mashinasidan shunday foydalanar ediki, deputatlik o’rinlarining earur ko’pchiligini o’z qo’liga kiritib olishga muvaffaq bo’lardi. Shu bilan birga saylovlarga keng aholi ommasining qatnashmasligi umumiy hodisa bo’lib qolgan edi.
XIX asr oxirida hukmron partiyalar bir-birlari bilan asosan bojxona siyosati masalalarida kurash olib bordilar.
Yirik zamindor aristokratiya partiyasi bo’lgan konservatorlar partiyasi ichki bozorda qishloq xo’jalik mahsulotlari narxini qiymatligicha saqlab turish uchun baland agrar boj siyosatini amalga oshirishni talab qilardi. Savdo va moliya burjuaziyasi manfaatlarini ifoda qiluvchi liberallar partiyasi fritrederlik siyosatini amalga oshirishni talab qilardi. Ispaniyaning sanoat burjuaziyasi, ayniqsa kataloniyalik sanoat egalari pomeshchiklar bilan birgalikda protekcionistik siyosat uchun qattiq turib kurash olib bordilar. 1891 yilda protekcionizmni g’alabaga olib kelgan narsa ham shu bo’ldi.
Kapitalizmning rivojlanishi Ispaniyada milliy masalaning keskinlashishiga olib bordi. XIX asr oxiriga borib, basklar bi­lan galisiyaliklarning millat bo’lib tarkib topish jarayoni tugallandi (kataloniyaliklar bundan ham ilgariroq millat bo’lib tarkib topgan edilar) va shu munosabat bilan uch rayonda: Kataloniya, Baskoniya va Galisiyada milliy harakat kuchayib ketdi.
Ispaniyaning milliy oblastlarida, Kataloniya va Baskoniyada proletariat bilan burjuaziya o’rtasidagi sinfiy kurash ayniqsa keskin tue oldi. Buning sababi shu ediki, Ispaniyaning eng rivojlangan oblastlari shu Kataloniya bilan Baskoniya edi. Agar XIX asr oxirida butun Ispaniyada 243867 kishi sanoatda band bo’lgan bo’lsa, shulardan 117 ming kishi, ya’ni yarmiga yakini Kataloniya bilan Baskoniyada edi. Holbuki, Kata­loniya aholisi butun Ispaniya aholisining soniga nisbatan 10,5 % ni tashkil qilardi. Ispaniyaning qolgan qismi asosan agrar xarakterga ega edi va Kataloniya bilan Baskoniyaning sa­noat mollari sotiladigan bozor edi.
1892 yili Kataloniya milliy burjuaziyasi delegatlari Manresada assambleyaga to’planib, tarixda «Manresa negizlari» dyogan nom bilan mashhur Kataloniya milliy harakati programmasini ishlab chiqdilar. Kataloniya burjuaziyasi ichki soliq solishda, maorif, fuqarolik, jinoiy va savdo qonunchiligi sohasida hokimiyatga ega bo’lgan o’z avtonom korteslarining tuzilishini talab qildi.
Bask yirik burjuaziyasi Baskoniyadagi milliy harakatga gegemon bo’lib olib, 1894 yilda basklarning Milliy partiyasini tuzdi. Bu partiya keng bask dehqonlari qatlamini va proletariatning bir qismini o’z ta’siri ostiga kirita oldi. Shuni aytib o’tish kerakki, inglizlaoning katta-katta kapitallari konchilik. va metallurgiya sanoatiga solinganligi shu vaqtdan boshlab bask milliy burjuaziyasini ingliz imperializmiga juda qaram qilib qo’ygan edi. 1897 yili Galisiyada burjua millatchilarning birinchi tashkiloti — Galisiya ligasi tuzildi.
Andalusiya qishloq aholisining ko’pchiligi juda og’ir ahvolda qolganligi, buning ustiga 1881 —1882 yillarda hosil bo’lmay qolib, ularning ahvoli yana ham og’irlashib ketganligi munosabati bilan pomeshchiklarga qarshi «qora qullar» harakati degan harakat paydo bo’ldi. Ochlikdan toqati toq bo’lib, juda og’ir kunga tushib qolgan Andalusiya batraklari to’g’ri kelgan narsa bilan qurollanib, pomeshchiklarning omborlariga hujum qildilar, ularning hosillarini tortib oldilar, binolariga o’t qo’ydilar, bu rayondagi barcha pomeshchiklar va ular­ning gumashtalarini dahshatga soldilar. 1883 yili hukmdorlar bu harakat ishtirokchilarining jazosini berish uchun bir qancha sud jarayonlari o’tkazdilar. Yuzlab batraklar va dehonlar turmalarga tashlandi yoki Afrikaga surgun qilindi, 1883 yili Xeres-de-la-Fronteradagi sud aybdorlardan 15 kishini o’lim jazosiga hukm qildi, bu hukmni Oliy Tribunal 1884 yilda tasdiqladi. Lekin shunday qattiq choralar ko’rilgandan keyin ham g’alayon davom qilaverdi. Qishloq xo’jalik proletariati harakatining xarakterli tomoni shu ediki, bu harakat stixiyali tarzda bo’lib, tarqoq edi, unga yagona rahbarlik yo’q edi. Shu sababli hukmron sinflar ularni osonlik bilan bartaraf qildilar. 90- yillarning boshlarida mamlakatning janubi yangi agrar harakat to’lqini ostida koldi.
Ispan ishchilarining og’ir mehnat sharoitlari sinfiy kurashning keskinlashuviga sabab bo’ldi. 90- yillar oxirida Ispaniyada ish kuni 10 soatdan 12 soatgacha davom qilardi. Ishchilar bir kunda 1,75 pesetdan 3—4 pesetgacha ish haqi olardilar, holbuki, bir kilogramm non o’rta hisob bilan 0,5 peset, 1 kilogramm go’sht 2,5 peset turardi. eng malakali ishchi bir kunda 5—6 peset ish haqi olardi. Xotin-qizlarga erkaklarning ish haqidan 40 foiz kam ish haqi to’lash qonun bo’lib qolgan edi.
Ispan ishchilari orasida anarxistik g’oyalar juda katta ta’sir o’tkazib turardi. Ishlab chiqarishning hunarmandlikka asoslanganligi, sanoatning sekin sur’atlar bilan rivojlanayotganligi, proletariatning tarqoqligi, yarim feodal va kapitalistik ekspluataciyaning bir-biriga chirmashib ketganligi bu anarxistik g’oyalarni oziqlantirib turuvchi zamin edi.
1881 yili turli anarxistik tashkilotlar, bakuninchi «Al’­yans» qoldiqlari «Ispaniya oblasti mehnatkashlari federaciyasi» degan tashkilotga birlashdilar. 1882 yilda bu federaciyaning 60 ming a’zosi bor edi. Lekin «qora qullar» harakati vaqtida ta’qib ostiga olinganligi munosabati bilan bu tashkilot a’zolarining soni 1883 yildan keyin juda ham kamayib ketdi (haqiqatda anarxistlar Federal komissiyasi bu harakat bilan har qanday hamjihatlikni rad qilib kelgan edi).
80-yillarda ispan ishchilari harakatida marksizm poziciyalari mustahkamlandi. 1879 yil mayida Madrid shahrida podpol’edagi bir gruppa sotsialistlar Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasini (ISIP) tuzadilar, Partiyaning programmam qabul qilingan va rahbar ijrochi komissiya saylangan bo’lib, bu komissiyam Pablo Iglesias (1925 yilgacha partiyaning rahbari), Xose Mesa, Garsiya Kexido va boshqalar kirgan edi.
Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasi sinfiy kurash pozciyalarida turgan edi. 1879 yilda qabul qilingan programmada, ISIPning maqsadi: ishchilar sinfining siyosiy xokimiyatni qo’lga olishidan, ishlab chiqarish vositalarining xususiy mulkligini tugatib, millat mulkiga aylantirishdan iborat, deyilgan edi. Programmada bu maqsadga erishish vositalari sifatida siyosiy ozodlik, soyuzlarning huquqlari, ish tashlashlar tashkil qilish huquqi, ish kunini qisqartirish va shu kabi talablar ilgari surilgan edi.
Programmaning asosiy kamchiligi shundan iborat ediki, unda proletariatning hokimiyatni qo’lga olish yo’llari ko’rsatilmagan edi, proletar inqilobsi va proletariat diktaturasi to’g’risida bir og’iz ham so’z aytilmagan edi.
1881 yildan boshlab, Sagasta hukumati vaqtida Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasi podpol’edan chiqdi. 1882 yilda 10 shaharda sotsialistlar gruppalari bor edi. Bu gruppalar hali ishchilarning asosiy ommasi bilan bog’lanmagan edilar pa tashkil qilingan vaqtlaridan boshlab anarxistlarga qarshi pa ularning omma o’rtasidagi ta’siriga qarshi qattiq kurash olib borishlari lozim edi. Sotsialistlar bilan anarxistlar o’rtasidagi bu kurash 80- yillarda Kataloniyada ayniqsa shiddatli bo’lgan edi.
1888 yil avgustida Barselonada Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasining I s’ezdi bo’lib, bunda 20 tashkilotdan 18 delegat qatnashdi. Bu s’ezd butun kuchlarni ishga solib, stachka ko’rashini rivojlantirishga madad berishni ma’qul topdi.
1888 yil avgustida Barselona o’sha vaqtlarda kasaba soyuz a’zolaridan 3355 kishini birlashtirgan «Umumiy mehnatkashlar ittifoqi»ning Ta’sis s’ezdi chaqirilgan edi. «Umumiy mehnatkashlar ittifoqi» sotsialistik ishchi partiyasi yordamida tuzilgan bo’lib, bu ittifoqqa shu partiya arboblari boshchilik qilardi. Keyinchalik bu ittifoq sotsialistik ishchi partiyasi­ning ishchilar sinfi orasidagi eng kuchli tayanchi bo’lib qoldi. UMIning birinchi prezidenti kilib Garsiya Kexido (1856-1927) saylangan edi. U sotsialistik ishchi partiyasini, keyincha-lik esa Ispaniya Kommunistlar partiyasini tuzganlardan biri bo’ldi.
1888 yili Ispaniya oblasti mehnatkashlari anarxistik federaciyasining Valensiyadagi s’ezdida ajralish yuz berdi. Federaciya siyosiy faoliyatni inkor qilgan ayrim-ayrim anar­xistik tashkilotlarga va kasaba soyuzlariga ajralib ketdi. 90-yillarda Barselona anarxistlarning ko’pdan-ko’p terroristkk harakatlari maydoni bo’lib qoldi. 1897 yilda bosh ministr Kanovas del’ Kastil’o anarxistlar tomonidan o’ldirildi.
Kataloniya, Saragos, Valensiyada va Andalsiyaning bir qismidagi ishchilar o’rtasida anarxistlar ta’siri ustunlik qilardi. Sanoatning rivojlanish sur’atlari va ishchilarning koncentraciyasi yuksaqroq bo’lgan Bil’bao va Asturiyada sotsialistlar ishchilar ommasi bilan mustahkamroq bog’langan edilar. Sotsialistlar rahbarligi ostida Bil’baoda 1890 iildan 1906 yilga qadar 17 marta ish tashlash bo’ldi, bulardan to’rttasi umumiy ish tashlash edi. 1890 yilda Bil’bao kon ishchilari ish kunini qisqartirish va turmush sharoitini yaxshilashni talab qilib, ish tashlash e’lon qildilar Ish tashlash verflar va metallurgiya korxonalariga ham yoyildi. Ish tashlashga kon ishchilarining tashkilotchisi Fakundo Peresagua rahbarlik qildi. hukumat butun rayonda harbiy holat e’lon qildi. Ish­chilar shunday yakdillik bilan qarshilik ko’rsatdilarki, xo’jayinlar yon berishga majbur bo’ldilar. Bu g’alaba sotsialistlar ta’sirini mustahkamladi. 1895 yilda Bil’bao municipalitetiga saylovlarda birinchi marta sotsialistik partiyaning nomzodi saylandi. 1890 yilda Ispaniyada 1 May kuni bayram qilindi.
Ispaniya monarxiyasining chiriganligi va iqtisodiy qoloqligi Ispaniyaning mustamlakachilik siyosatida hammadan ravshanroq namoyon bo’ldi. Ispaniya mustamlakglarida — Kubada, Filippinda, Puerto-Rikoda mehnatkash aholidan mustamlakachi ispan amaldorlarining haddan tashqari katta soliqlar olishlari va mustamlakalarning iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishiga ispan hukmron doiralarining to’siqlik qilishlari orqasida mehnatkash aholi jabr-sitam ichida juda qiynalib ketgan edi.
1895 yil fevralida Kuba orolida xalq qo’zg’oloni boshlanib ketdi, mamlakatni mustaqillikka erishtirish maqsadida boshlangan bu qo’zg’olonga milliy Kuba burjuaziyasi boshchilik qildi. Ispaniya hukumati bu qo’zg’olonni bostirishga Kubaning sobiq gubernatori general Martines Kamposni yubordi. U 1895 yil aprelida Kuba oroliga etib kelib, orolning partizanlar kurashi avj olgan sharq qismida harbiy holat e’lon qildi.
1895 yil sentyabrida insurgentlarning vakillari Ta’sis assambleyasiga to’planib, Kubani respublika deb e’lon qildi­lar. Bu narsa qo’zg’olonning butun orolga tarqalishiga sabab bo’ldi. Insurgentlarni qurol kuchi bilan bostirish mumkin emasligiga ko’zi etgan Martines Kampos hukumatdan tezlik bilan islohotlar o’tkazishni talab qildi. Lekin bu talab Is­paniya hukmron sinflarining qattiq qarshiligiga duchor bo’ldi. Ispan eksportyerlari va paroxod egalari, pomeshchiklar va sanoatchilar foydali mustamlaka bozoridan mahrum bo’lishni xoxlamas edilar. Kuba bojxona to’lovlari bilan garantiyalangan Kuba zayom obligaciyalarini sotib olganlar o’z daromadlaridan mahrum bo’lgilari kelmadi va mustamlaka ma’muriyatidagi har qanday yangilikka qattiq qarshilik ko’rsatdilar. 1896 yil yanvarida Martines Kampos chaqirib olinib, uning o’rniga general Veyler tayinlandi. Veyler orolda «koncentraciya» rejimi degan tartib joriy qildi: Kubaning partizanlar harakat qilib turgan rayonlardagi qishloqlarda yashovchi hamma aholi majburan lagyerlarga haydab kelindi. Veyler shu tariqa Kuba erini xarobaga aylantirib, partizanlar urushini bartaraf qilmoqchi bo’lgan edi, lekin bundan hech narsa chiqmadi. Kuba vatanparvarlari o’z yurtlarining ozodligi uchun qahramonlarcha jang qildilar.
1896 yil yozida Filippin orollarini Ispaniyadan ajratish uchun harakat boshlandi. 1897 yilda kubaliklar katta g’alabalarga erishdilar.
Kuba va Filippin orollaridagi urush Ispaniya ekonomikasiga katta zarar keltirdi. Ilgari mustamlaka bozorlarida sotiladigan sanoat mollarining kattagina qismi endi o’ziga xaridor topolmay qoldi. Kataloniyada fabrikalar bekitib qo’yildi yoki ancha qisqa vaqt ishlaydigan bo’ldi. Urush juda ko’p mablag’ va talaygina odam talab qildi. 1897 yilda Ispaniya Kubaga 200 mingga yakin kishini yubordi, Filippin orollariga 25 ming, Puerto-Rikoga 4480 kishi yubordi. Ispaniyada norozilik kuchayib bordi. 1879 yil sentyabrida konservatorlar hukumati o’rnini liberallar hukumati olib, bu hukumat yon berishlar yo’li bilan ahvolni tuzatmoqchi bo’ldi. General Veyler chaqirib olindi, 1897 yil 25 noyabrda maxsus dekret asosida Kuba bilan Puerto-Rikoga Ispaniya suvereniteti ostida avto­nomiya berildi. Lekin Ispaniya mustamlakalaridagi yangi sta­tut Ispaniyani bu mustamlakalardan uzil-kesil mahrum bo’lishidan qutqarib qololmadi.
Kuba, Puerto-Riko, Guam va Filippin orollariga AQSh ekspansiyasi tobora qat’iyroq tarqala boshladi. 1898 yil yan­varida AQSh Kubani 300 million dollarga sotinglar, deb taklif qildi, lekin Ispaniya hukumati bunday bitim tuzishdan bosh tortdi. Shundan keyin oradan bir oe o’tgach, Ispaniya bilan AQSh o’rtasida boshlangan urushda Ispaniya mag’lubiyatga uchradi. Ispaniya bilan AQSh o’rtasida 1898 yil 10 dekabrda Parijda tuzilgan sulh shartnomasiga muvofiq Ispaniya Kubadagi o’z suverenitetidan voz kechdi. Puerto-Riko bilan Guamni AQShga berdi va Filippin orollarini AQShga 20 million dollarga sotdi.
Ispaniya uzoq yerlardagi mustamlakalarini o’z qo’lida saqlab qololmaganligi tufayli, 1899 yil fevralida Tinch Okeandagi mustamlakalarini — Korolina va Mariana orollarini Germaniyaga sotib yubordi.
Ispaniyaning okean naryog’idagi so’nggi mustamlakalaridan mahrum bo’lishi Ispaniya hukmron sinflarining butun XIX asr davomida yurgizib kelgan butun mustamlakachilik siyosati batamom barbod bo’lganligini, Ispaniya monarxiyasining qoloqligi va chiriganligini ko’rsatdi, mamlakatda chuqur larzaga sabab bo’ldi.
Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish