Angliya va Hindiston. Shunday sharoitda Hindistonga yevropaliklarning kirib kelishi kuchaydi. Yevropa imperiya davlatlari hukmron doiralarining maqsadi, Hindistonning bitmas-tuganmas boyliklariga, unumdor yerlariga ega bo`lish edi. Yevropa davlatlari hukumatlari endilikda o`z maqsadlarini ro`yobga chiqarishga kirishishdi.
Chunonchi, 1757- yilda ingliz qo`shini Bengaliyani bosib oldi. Bu boy hudud inglizlarning keyingi bosqinchilik rejalarini amalga oshirishda tayanch vazifasini o`tadi. Shu tariqa Angliyaning Hindistonni asta-sekin o`z mustamlakasiga aylantirish davri boshlandi.
Jaholatparast - ilm-ma`rifatdan yiroq bo`lgan shaxs.
Jogir - harbiy xizmat evaziga in 'om etilgan yer.
Xurofot - biror diniy e 'tiqodga qattiq berilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |