XVI-XVII ASRLARDA YEVROPADA ILM-FAN TARAQQIYOTI
Bu davrda Yevropada ilm-fan taraqqiyotiga Nikolay Koper-У* nik, Jordano Brano va Galileo Galiley kabi buyuk olimlar juda katta hissa qo'shdilar.
Nikolay Kopernik. Polshalik olim Nikolay Kopernik o'zigacha fa-lakiyot fanida hukm surib kelgan qoida va tasawurlarning noto'g'ri ekanligini isbotlab berdi.
K opernikkacha falakiyotda qanday qoida hukmron bo'lgan edi?
Milodning ikkinchi asrida yunon olimi Ptolemey Yer — olam markazidir, degan qoidani fanga kiritgan edi. Bu qoidaga ko'ra Quyosh, Oy va yulduzlar Yer atrofida aylanadi degan fikr xukm suradi. Ptolemey qoidasining xato ekanligini birinchi bo'lib Nikolay Kopernik isbotladi.
U 30 yillik kuzatishlar natijasida Ptolemey nazariyasini rad etdi. Kopernik Yer bir sutkada o'z o'qi atrofida bir marta, bir yilda esa Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishini isbotlab berdi. Demak, Quyosh Yer atrofida emas, Yer Quyosh atrofida aylanadi. Olamning markazi Yer emas, Quyoshdir. Bu — fandagi buyuk kashflyot edi. Kopernik «Osmon jismlarining aylanishi haqida» kitobida o'z kashfiyotini keng bayon qiladi. Mazkur kitob tezda mashhur bo'lib ketgan. Jordano Bruno. Jordano Bruno yoshligidanoq falakiyot faniga katta qiziqish bilan qaradi. Shu soha olim-larining asarlarini qunt bilan o'rgan-di. Nikolay Kopernik qoidasini yoqlab chiqdi. U hayot faqat yer-dagina mavjud emas, deb baralla aytdi. Uning fikricha, olam chek-sizdir. Olam son-sanoqsiz yulduz-lardan iborat. Ularning har biri Yerdan ancha uzoqda joylashgan Quyoshdir. Jordano Bruno bunday fikrlari uchun ruhoniylar tomo-nidan zindonga tashlanadi. Biroq sakkiz yillik zindon azobi ham uni o'z fikridan qaytara olmadi. Brunoning dushmani bo'lgan
ru honiylar uni 1600- yilda gulxanda yoqib o'ldirdilar.
Keyinchalik Brunoning vatandoshlari unga haykal o'rnatganlar va
haykalga: «U hamma xalqlar uchun fikr erkinligini talab qildi va shu
talabi uchun qatl etildi», deb yozib qo'yganlar. Galileo Galiley. Galiley Italiya olimi. U dunyoda birinchi bo'lib Nikolay Kopernik va Jordano Bruno aytgan fikrlar to'g'riligini osmon jismlarini teleskop yordamida kuzatish orqali isbotlab berdi. 1633- yilda ruhoniylar uni diniy qarashlarga zid fikrlari uchun qattiq ta'qib ostiga olganlar va o'lim bilan qo'rqitganlar. Natijada Galiley o'z
fikridan voz kechishga majbur bo'lgan. Biroq u ichida Kopernik ta'limotining tarafdori bo'lib qolavergan
Do'stlaringiz bilan baham: |