4.Harbiy len tizimi-1570 yillarning oxirida podshoh bir necha asrlardan beri mavjud bo’lgan harbiy-len
tizimini bekor qilishga, harbiy xizmatlari uchun ajratiladigan yer o’rniga pul bilan to’lashni joriy
qilishga harakat qildi. Bunga qarshi turli joylarda isyonlar bo’lganligi sababli islohotni
to’xtatishga to’g’ri keldi. Akbar davlat xizmatidagi feodallar uchun mansablar tizimini joriy
qilish bilan cheklandi.
5.Shox Jahon-(1592.5.1, Lohur 1666.22.1, Agra) — Boburiylar saltanati hukmdori (1627—58), Jahongirshohning 3-oʻgʻli. Asl ismi Xurram. 1616 yil Dekan (toʻgʻrirogʻi — Dakan)dagi gʻalabasidan soʻng Sh.J.nomini olgan. 1622—25 yillar otasi Jahongirshohga qarshi urushib, yengilgan. 1627 yilda taxt uchun kurashlarda gʻolib boʻlib, "Abul Muzaffar Shahobiddin Muhammad Sohibqironi Soniy" taxallusini olgan. Taxtga oʻtirgan zahoti bir qancha isyonlarni bostirishga majbur boʻlgan. Sh.J. poytaxtni Agradan Dehliga koʻchirgan. Bu davrda adabiyot, sanʼat, musiqa va boshqalar fanlar rivoj topgan. Sh.J. bir qancha muhtasham obidalarni bunyod ettirgan — Agrada Tojmahal, Qizil qalʼa, Dehlida Jome masjid, Lohurda Shalimar bogʻi va boshqalar Sh.J. davrida Boburiylar saltanati tanazzulga yuz tuta boshlagan. 1630—33 yillarda Gujarat va Dekanda qattiq qurgʻoqchilik tufayli ocharchilik boʻlgan, xalqning ahvoli ogʻirlashgan, shuning uchun Sh.J. mazkur oʻlkalardagi yer soligʻini kamaytirgan. Sh.J. davrida Yevropa savdo kompaniyalarining Boburiylar davlatiga suqilib kirishi kuchaygan, Shu kezlarda uning oʻtillari oʻrtasida taxt uchun kurash avj olgan. Bu kurashda katta oʻgʻli Avrangzeb gʻolib kelib, taxtni egallagan. Sh.J. Tojmahal maqbarasida xotini Mumtoz Mahal yoniga dafn etilgan.
6.Avrangzeb- Olamgir (asl ismi Muhyiddin Muhammad) (1618–1707 yil mart, Ahmadobod) – Hindiston pod-shosi (1658–1707), boburiylar sulo-lasidan, Shoh Jahonning uchinchi o‘g‘li, Zebunniso begimning otasi. Onasi – Mumtoz Mahal nomi bilan mashhur bo‘lgan Arjumand Bonubegim. A. inisi Murod-baxsh bilan ittifoq tuzib, Dehlida taxtni egallagan (1658). A. podsholik yerlarini qo‘shni xonliklar – Bijapur va Golkonda hisobiga kengaytirdi (1686–87). Lekin soliqlarning ko‘payishi, hindlarning davlat ishlaridan uzoqlashtirilishi, butxonalar mol-mulkining musodara qilinishi, hindlar orasida islomni joriy ettirish jarayoni natijasida mamlakatda g‘alayonlar ko‘tarilib turdi (Maharashtra, Panjob, Dehli – Agra viloyatlarida). Shivaji (1630–80) boshchiligidagi kurash natijasida Ma-harashtra alohida xonlik bo‘lib ajraldi (1674). A.ning hukmdorlik davrida Janubiy Hindiston bir necha xonliklarga bo‘linib ketdi. Bu esa Hindistonda bo-buriylar saltanatining yemirilishini boshlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |