Xvi bob. O ilaning konstitutsiyaviy asoslari


-§.  S a y lo v   tizim i  va  sa y lo v   huquqi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/37
Sana31.12.2021
Hajmi1,58 Mb.
#278890
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
vIJW2MoqsO8IrTKYvIKC0CQoFito7avykwaIHu2r

2-§.  S a y lo v   tizim i  va  sa y lo v   huquqi

O 'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  saylov  tizimi 

maxsus  bobda  (XIII  bob)  mustahkam langan.  Hamma  mamlakat- 

larning  Konstitutsiyalarida  saylov  tizimi  uchun  maxsus  bob  ajra- 

tilmagan,  masalan,  Rossiya  Konstitutsiyasida.  O'zbekiston  Kons­

titutsiyasida  saylov  tizimining konstitutsiyaviy asosda  belgilanishi 

bu  huquqiy  institutning  ahamiyati  yuqori  ekanligini  ко  rsatadi.

1  K arim ov  I.  A .  M a m la k a tim iz d a   dem okratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 

fuqarolik  ja m iy a tin i  rivo jlantirish  konsepsiyasi.  —  Т.:  O zb e k is to n ,  2010. 

35-bet.

281


www.ziyouz.com kutubxonasi


Konstitutsiyaning  saylov  tizimi  bobi  bitta,  y a ’ni  117-moddadan 

iborat  bo'lib,  u  fuqarolarning  saylov  huquqini,  saylov  huquqi  prin- 

siplari,  qaysi  organlar  saylov  yo'li  bilan  tashkil  qilinishi,  saylov 

o'tkazishning muddatlari,  Oliy Majlis  Senati  a ’zolarini  saylash  tartibi- 

ni,  kimlar  saylovda  qatnashmasligini  belgilovchi  qoidalardan  iborat.

Agar  Konstitutsiyamiz  nuqtayi  n azarid an   q arasak,  unda  qayd 

qilingan  shu  m asalalar  yig'indisi  saylov  tizimi  hisoblanadi.  Ha- 

qiqatan  ham  shunday.  Lekin,  ilmiy  nuqtayi  n azardan   qaralsa, 

saylov  tizimi  Konstitutsiyada  belgilangan  qoidalar  yig'indisidan 

ancha  keng.  Chunki,  saylov  m u n o s a b a tla ri  an ch a  k e n g   bo'lib, 

ularning  ham m asini  K onstitutsiya  bilan  ta rtib g a   solish  imkoni- 

yati  yo'q.  Saylov  m unosabati  ko'plab  q o n u n   va  boshqa  normativ 

hujjatlar  bilan  ham  tartibga  solinadi.  Saylov  tizimi  barcha  saylov 

o'tkazilishi  bilan  bog'liq  tartiblar va  barcha  tartiblarni  mustahkam- 

lovchi,  o'rnatuvchi  huquqiy  normalar  yig'indisidir.  Saylov  huquqi 

normalari  fuqarolarning  saylov  huquqlarini,  saylovni  tashkil  qilish 

va  o'tkazish,  ovoz  berish  natijalarini  aniqlash  masalalarini  tar­

tibga  soladi.  Saylov  tizimi  -   bu  saylov  o'tkazilishi  tartibi  va  shu 

tartiblarni  mustahkamlovchi  huquqiy  n o rm alar  yig'indisidir.  Say­

lov  o'tkazish  tartiblari  huquqiy  norm alar  bilan  belgilanadi  va  ular 

birgalikda  saylov  tizimini  tashkil  etadi.

B a’zida  saylov  tizimi  tor  m a ’noda  say lo v n ing   b a ’zi  jihatlari, 

xususiyatlariga  ham  tatbiq  qilinadi,  m asalan,  ovoz  berish  nati- 

jasini  aniqlashga  qo'llanilganda  proporsional  va  majoritar  say­

lov  tizimi  degan  tushunchalar  kelib  chiqadi.  Aslida,  majoritar  va 

proporsional  saylov  deputatlikka  nom zodlar  k o 'rsatish   va  ularga 

ovoz  berish  hamda  natijalarini  aniqlashdagi  alohida  tartibdir.

Proporsional  tizimda  ovozlar  partiya  ro'y x ati  bo'yicha  berilib, 

deputatlik  o'rni  olingan  ovozlarga  nisbatan  taqsim lanadi.  Bu  tizim 

Rossiyada  parlament  saylovlarida  qo'llaniladi.

Majoritar  tizimda  saylovchi  aniq  bir  nomzodga  ovoz  beradi  va 

saylovchilarning  yarmidan  ko'pchilik  ovozini  olgan  nomzodlar  say- 

langan  hisoblanadi.  0 ‘zbekistonda  majoritar saylov tizimi  qo'llaniladi.

Keng  m a ’noda  saylov  tizimi  faqat  ovoz  berish,  uning  nati­

jalarini  aniqlash  tartibi  bilan  cheklanm ay,  saylov  tizimi  saylov 

huquqi  prinsiplari,  qoidalari,  saylov  o 'tk az ish   tartibi  yig'indisi



282

www.ziyouz.com kutubxonasi




hisoblanadi.  Unda  fuqarolarning  saylash  va  saylanish  huquqlari; 

saylov  huquqining  asosiy  prinsiplari;  turli  darajadagi  hokimiyat 

organlariga  saylov  o ‘tkazish;  saylov  belgilash;  saylov  ishtirok- 

chilari  (subektlari),  kimlar  saylovda  ishtirok  eta  olmasligi  kabi 

masalalar  belgilanadi.

Saylov  huquqi  atam asi  bir  necha  m a ’noda  ishlatiladi.  Saylov 

huquqi  deganda,  birinchidan,  mamlakatda  saylovlarni  tashkil  etuv- 

chi  huquq  normalari  tushunilsa.  ikkinchidan,  fuqarolarni  saylash 

va  saylanishga  bo'lgan  huquqlari  tushuniladi  (aktiv  va  passiv  say ­

lov  huquqi).  Saylov  bilan  bog'liq  munosabatlar,  masalalar  faqat 

Konstitutsiya  normalari  bilan  tartibga  solish  bilan  chegaralanmay- 

di,  boshqa  m ax su s  qonunlar  bilan  ham  tartibga  solinadi.

O 'zbekiston  Respublikasida  “O'zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisiga  saylov  to 'g 'r is id a ”,  “O'zbekiston  Respublikasi  Preziden­

ti  saylovi  to 'g 'r is id a ”,  “Xalq  deputatlari  viloyat,  tum an,  shahar 

Kengashlariga  saylov  to 'g 'ris id a ”gi  qonunlar  qabul  qilingan  bo'lib, 

birinchi  Q onun  Oliy  Majlisga  deputat  va  senatorlar  saylash,  ik­

kinchi  Q onun  O 'z bekiston  Respublikasining  Prezidentini  saylash, 

uchinchi  Q onun  mahalliy  vakillik  organlariga  deputatlar  saylash 

masalasini  tartibga  soladi.

Bundan  tashqari,  “M arkaziy saylov  komissiyasi  to ‘g'risida”gi, 

“Fuqarolar  saylov  huquqlarining  kafolatlari  to ‘g'risida”gi  qo­

nunlar  ham  saylov  o'tkazish,  fuqarolarning  saylov  huquqlarini 

qo'shimcha  himoya  qilish,  t a ’minlashga  qaratilgandir.

0 ‘zbekiston  mustaqillikka  erishgach  saylov  tizimini  demokra­

tik  m am lakatlar  saylov  tizimiga  mos  ravishda  tashkil  qilish  im­

koniyati  tug'ildi.  Natijada,  saylovlar  xalqaro  andozalarga  mos 

o'tkaziladigan  bo'ldi.

Saylovlarning,  ko'ppartiyaviylik  asosida  o'tishi,  nomzod- 

lar  sonini  saylanadigan  deputatlar  soniga  nisbatan  ko'p  bo'lishi 

demokratiya  tantanasi  bo'ldi.

Saylovlar  siyosiy  jarayon  bo'lib,  uni  tashkil  qilish  va  о  tka- 

zishga  qarab,  jahon  hamjamiyati,  xalqaro  tashkilotlar  mamlakatda 

demokratiya  qanday  ekanligiga  baho  beradi.

2007-yiI  dekabrdagi  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

saylovi  va  2008-yil  dekabr  oyida  O'zbekistonda  mahalliy  vakillik

283

www.ziyouz.com kutubxonasi




organlari  va  Oliy  Majlisga  bo'lib  o 'tg a n   saylovlar  demokratiya 

tamoyillariga,  xalqaro  andozalarga  mos  ravishda  o'tkazilganligini 

saylovlarda  ishtirok  etgan  xalqaro  tashkilotlar  va  xorijiy  mam­

lakatlarning  kuzatuvchilari  e ’tirof  etishdi.

O'zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  siyosiy  havotdagi  islo- 

hotlar.  jamiyat  va  davlat  hayotidagi  erkinlashtirishlar,  saylov  tizi- 

miga  ham  t a ’sir  qildi.  Bu  o 'zgarishlar  K onstitutsiya  va  qonunlarda 

o'z  iiodasini  topdi.

K onstitutsiyaga  kiritilgan  o 'zg artirish lar  natijasida  vakillik 

organlari  va  Prezident  saylovi  kuni  aniq  belgilab  qo'yildi.  En- 

di  mamlakatimizda  saylovlar  u larning  vakolati  tu g ay d ig an   yil- 

da  dekabr  oyi  uchinchi  o'n  kunligining  birinchi  yakshanbasida 

o'tkaziladigan  bo'ldi  (K onstitutsiyaning  117-moddasi  ikkinchi  xat- 

boshisi).  Saylovlarda  (S en at  a ’zolarini  saylashda)  pog'onali  say­

lov  prinsipi  qo'llaniladigan  bo'ldi  (K on stitu tsiy an in g  117-moddasi 

uchinchi  xatboshisi).

Prezident  ilgari  surgan  Konsepsiyada  har  bir  shaxsning 

davlat  hokimiyati  vakillik  organlariga  saylash  h u qu q in in g   erkin­

ligini  kengroq  t a ’minlash  muhim  vazifa  ekanligi,  o 'tg a n   davrlarda 

yurtimizda  samarali  va  dem okratik  saylov  tizimi  shakllanganligi 

va  bu  boradagi  ishlar  davom  ettirilishi  zarurligi  uqtirildi1.


Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish