XVI asrning ikkinchi yarmida universitet
bilimdonlari» deb atalmish qator drama
turglar yetishib chiqib, ular Uygʻonish davri teatrini yangi bosqichga koʻtarishga muhim hissa qoʻshadilar. Bular Shekspirning zamondoshlari jon Lili, Kristofer Marlo, Robert Grin, Tomas Kid va boshqalardir.
Universitet bilimdonlaridan Jon Lili (1558—1606) dramaturgiyada “tuban” va “yuqori ” komediya janriga asos solgan yozuvchi boʻlib, uning dastlabki asari “Evfues yoki donolik anatomiyasi” (1579) romanidir. Asar qahramoni afinalik yengiltak yigit Evfues doʻsti Filavit bilan aristokratiya muhitida juda koʻp sevgi sarguzashtlarini boshlaridan kechiradilar. Londonga boradilar. U yerda ham muvaffaqiyatsizlikka uchragan Evfues umidsizlikka tushib, oʻz yurtiga qaytadi.
Bu asar serhasham uslubda yozilgan boʻlib, u evfuizm» deb ataladi. Roman tilining rang-barangligi bilan adabiy tilni boyitgan. Lekin asarning muhim kamchiligi ham bor: unda sunʼiylik, quruq dabdaba, metafora, oʻxshatishlar nihoyat koʻp va asar aristokratiya ruhi bilan sugʻorilgan.
Dramaturg sifatida Lili koʻproq mifologik temada va nafis ishlangan pastorallar tipidagi “Oydagi ayol” (1584), “Endimion” (1588) kabi komediyalarni yaratib, allegorik obrazlarda saroy hayoti va sevgi intrigalarini aks ettiradi. Lili ijodining oʻziga xos va ingliz dramaturgiyasi uchun yangilik tomoni shundaki, u tomoshabinda “qattiq kulgi emas, balki yengil tabassum” qoʻzgʻashni koʻzlaydi. Lili ijodining bu prinsipi keyinchalik lirik komediya (masalan,
Shekspirning “Yoz kechasidagi tush” kabi asarlari)ning rivojlanishida zamin vazifasini oʻtadi.
DETTІ
Ingliz gumanistik adabiyotining tarixiy Ingliz gumanizmi
rivojlanish bosqichlari bor. Uning dastlabki bosqichi XV asrning oxiri va xүI asrning 60—70- yillarini oʻz ichiga oladi. Bu bosqichning muhim xususiyati shundaki, bu vaqtda yashagan gumanistlar antik dunyo madaniyatini qiziqib oʻrganadilar, uning hayotbaxsh progressiv gʻoyalarini targʻib qilish bilan bir qatorda oʻrta asr morolitesidan foydalanib tragediya va komediya janrini yaratishga kiri shadilar.
Uygʻonish adabiyotining ikkinchi va gullagan bosqichi XVI asrning oxirlaridan xүII asrning boshlarigacha (Shekspir vafotigacha) boʻlgan davrga toʻgʻri keladi. Bu davr mobaynida yirik yozuvchilar, xususan, dramaturglar yetishib chiqa
187
www.ziyouz.com kutubxonasi
dilar, ular oʻz asarlarida davrning muhim ijtimoiy voqealarini katta badiiy umumlashmalarda aks ettiradilar.
Gumanistik adabiyotning uchinchi bosqichi esa (XVII asrning boshlaridan, yaʼni 1616-yildan to shu asrning 40- yillarigacha boʻlgan davr) teatrlarning yopilishi, Uygʻonish gʻoyalarining tushkunligini ifodalashi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |