Xv mavzu: Oila psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Download 22,33 Kb.
bet2/2
Sana14.07.2022
Hajmi22,33 Kb.
#798415
1   2
Bog'liq
XV MAVZU Oila-psixologiyasi

PSIXOLOGIK TEST
Oila muqaddas qo`rg`on. Uning poydevori mustahkam bo`lmasa, totuv hayot kechirishi amri mahol. Umrimizning birinchi choragida turmush o`rtoq tanlashimizni inobatga olsak, hayotimizning aksar qismini o`z oila qo`rg`onimizni qurish va mustahkamlash bilan band bo`lamiz. Siz bu ma`suliyatli ishga qanchalar tayyorsiz? Quyidagi test ushbu savolga javob topishga yordam berishi shubhasiz! Javoblaringiz orasida qaysi harflar ko`pligini yozib boring.
1. Quyidagi so`zlardan qay birini nutqingizda ko`p ishlatasiz?
A) Shunday bo`lishini xohlayapman.
B) Qila olaman.
V) Bajarishim shart.
2. Sevgan insoningiz bilan o`rtangizda bo`lib o`tgan so`nggi kelishmovchilikni yodga oling. Sizning fikringizcha kim aybdor edi?
A) Faqat u.
B) Ikkimiz birdek aybdormiz.
V) Hech kim, bu haqda gapirishni istamayman.
3. Adolat haqida qanday fikrdasiz?
A) Agar haqiqat bo`lganida edi... (bu gapni bemalol davom ettira olasiz).
B) Dunyoni adolat ustunlari ushlab turibdi!
V) Ochig`i, aniq bir nima deyolmayman. Buning uchun biror bir vaziyatga qarab xulosa chiqarish mumkin.
4. Mehnat qilib, ishlab topgan mablag`ingizni qanday sarflaysiz?
A) Hammasini turmush tashvishlari va xursandchilik uchun ishlataman.
B) Mablag`imning ma`lum bir qismini ishlatib, qolganini jamg`arib boraman.
V) Huda-behudaga pul sarflamayman, asosan yig`aman.
5. Baxtingiz va xotirjamligingiz kim yoki nimalarga bog`liq deb hisoblaysiz?
A) Atrofimdagilarning menga munosabatiga.
B) Barchasi o`zimga bog`liq.
V) Yaqinlarim tinch bo`lsa, men ham tinchman.
JAVOBLARINI HISOBLAYMIZ!
«A» harfi ko`p bo`lsa...
Siz hozircha oilaviy hayotga tayyor emassiz. Turmush qurish hamda farzandli bo`lishga shoshmaganingiz ma`qul. Yaxshisi, o`z ustingizda ishlang. Dunyoqarashingizni kengaytiring, sayohatga chiqing, xorijiy tillarni o`rganing. Maslahatimiz, falsafiy badiiy filmlar tomosha qiling, ko`proq psixologik kitoblar o`qing.
«B» harfi ko`p bo`lsa...
Siz mas`uliyatli insonsiz. Har bir qadamingizni o`ylab bosasiz, gapirishdan avval esa aytar so`zingizni mulohaza qilasiz. Bu xislatlaringizga tasanno aytmay iloji yo`q. Vaqtni boy bermay, oila qurishga shoshiling! Chunki siz sevikli umr yo`ldosh va mehribon ota yoki ona bo`lishga tayyorsiz!
«V» harfi ko`p bo`lsa...
Oila qurishga tayyorsiz. Nima istayotganingiz, buni qanday amalga oshirish kerakligini yaxshi bilasiz. Kirishimli ekanligingiz oilaviy hayotda uchrashi mumkin bo`lgan turli vaziyatlarda asqatadi.
AGAR...
Harflar miqdori teng bo`lsa, siz hozir o`tish bosqichidasiz. Hayotingizda muhim o`zgarishlar ro`y berishi kutilmoqda. Avvalo o`zingiz ulg`aymoqdasiz. Bu ishda sizga omad tilab qolamiz!
2-test
Savollarga javob bering va ballar toplang, testning oxirida to’plagan ballaringizga qarab izoh oling
a)= 1 ball
b)= 2 bal
v)= 3 ball
Test:
1. Sizning shaxsiy hayotga bo‘lgan munosabatingiz . . .
a) Oila va uy – bu mening haqiqiy hayotim, mehnat esa iqtisodiy mablag‘larni ta’minlash uchun kerak;
b) Oila davrasida yaxshi dam olsa bo‘ladi, ammo shu bilan birga ishni ham unutmaslik kerak;
v) mening hayotim – ish, faqat ishxona o‘zimni to‘laqonli kishidek his qilaman;
2. Kiyinishga qanday qaraysiz?
a) Men qulay va toza kiyinishga harakat qilaman;
b) Xorij kiyimlari menga ko‘proq yoqadi;
v) Kiyim – haqiqiy ishbioarmon kishi imidjini belgilaydi;
3. Sizdan muhim va deyarli bajarish mushkul bo‘lgan ishni qilishni so‘rashdi
a) Band ekanligimni vaj qilib ko‘rsatib, uzr so‘rayman;
b) O‘ylab ko‘rib, uning iltimosini bajarishga harakat qilaman;
v) Hamma aloqalarimdan foydalanib, uning iltimosini erda qoldirmayman;
4. Hordiq olish soatlaringizni qanday o‘tkazasiz?
a) Dam olish vaqtida barcha muammolarimni unutishga harakat qilaman;
b) Oxirgi marta qachon ta’tilga chiqqanimni eslay olmayman;
v) Agarda muhim Ishim chiqib qolsa, hordiq olishni chetga surib qo‘yaman.
5. Qo‘l ostingizdagilarga munosabatingiz . . .
a) Men o‘zim oddiy lavozimda ishlayman;
b) Ularni tushunishga harakat qalaman;
v) Qattiqqo‘l rahbarman;
6. Farzandlaringiz o‘qimishli bo‘lishini istaysizmi yoki biron hunarni egallab, ertaroq sizning yoningizga kirgani ma’qulmi?
a) Tezroq, biron-bir hunarning egasidan tutgani ma’qul;
b) Farzandlarimning ra’yiga qarayman;
v) Albatta, o‘qimishli bo‘lishini istayman;
7. Ishingizdagi kamchiliklarni ko‘rsatib, sizni tanqid qilishsa . . .
a) Vaziyatga qarab ish tutaman;
b) Tanqid – kelajatning mevasi;
v) Kamchilmklarimni aytishsa, o‘zimni qo‘yarga joy topolmayman;
8. Xotiningiz ishlashiga munosabatingiz . . .
a) Ishlashga umuman qarshiman;
b) Menga farqi yo‘q;
v) Ishlashsa yaxshida, menga ancha yordam bo‘ladi.
Natija:
20–24 ballgacha
Bunday mehnat xususiyatiga ega kishi kamdan kam uchraydi. Siz uchun ish – hayot mazmuni. Siz shu darajada ishingizga bergansizki, ishdan chalg‘ib, oila a’zolaringizga e’tibor bermaysiz, do‘stlaringizni esa ishdagi hamkor sifatida qaraysiz. Axir bu turishda yakka-yolg‘iz qolib ketasizku!
11–19 ballgacha
Siz ishga butunlay berilib ketmagansiz va u siz uchun yagona maqsad bo‘lib qolmagan. Xonadoningiz a’zolariga, ayniqsa, xotiningiz va farzandlaringizga hamisha alohida vaqt topasiz. Biroq, shu bilan birga ishingizni ham tashlab qo‘ymaysiz.
10 ballgacha
Siz o‘z ishingizga nihoyatda beparvo shaxssiz. O‘ta parishonxotir yurasiz. Biroq, siz oilangiz davrasida juda xushmuomala va g‘amxo‘rsiz. Ammo, ishga panja orasidan qarash, sizga hech ham yarashmaydi.
Download 22,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish