217
50 -
40 -
30 -
20 -
10-
10 20 30 40 50 % oilalar foizi
Mutloq tenglikni ifodalovchi to‘g‘ri chiziq bilan Lorens egri chizig‘i o‘rtasidagi
tafovut daromadlar tengsizlik darajasini ifodalaydi.
Bozor munosabatlari aholi
daromadlarining mutloq tengligini inkor etadi. Shu bilan birga 10 % aholi
daromadlarining 100 % ini o‘zlashtirib olishi mumkin ham emas. Chunki bunday holda
90 % aholi daromadsiz qolib, qashshoqlikga mahkum etilgan bulur edi.
Bozor munosabatlari sharoitida aholining bir qismi daromadlari kam bo‘lganligi
sababli moddiy va manaviy ehtiyojlarini to‘liq qondira olmaydi.
Aholining bunday
qatlamini kambag‘allar deyiladi. Aholi daromadlari va kambag‘allik darajasini
oilalarni tanlab kuzatish yo‘li va normativ usul bilan aniqlash mumkin.
Tanlab
ko‘zatish usulida oila daromadlari mamlakat o‘rtacha daromadidan bir necha baravar
past bo‘lsa, bu oila kambag‘al hisoblanadi. Ko‘pincha, shu jumladan O‘zbekistonda
ham normativ usulda kambag‘allik aniqlanadi. Bu usulda eng zaruriy oziq-ovqatlar,
iste’mol buyumlar va xizmatlar to‘plami (iste’mol savati) qiymati asosida aniqlanadi.
Bu qiymat iste’mol budjetini tashkil etadi. Eng kam iste’mol budjetiga yoki uning bir
qismiga (misol 50 % foizi) to‘g‘ri keladigan daromad kambag‘allik chegarasi (kch)
deyiladi. Hukumatimiz kambag‘allik chegarasidan past darajada yashovchi aholiga
turli yordam ko‘rsatib, o‘zining ijtimoiy himoyasiga olgan.
Mamlakat yoki hudud bo‘yicha kambag‘allikning vaqt (davr)
mobaynida
o‘zgarishi statistikada kambag‘allik indeksida ifodalanadi. Kambag‘allik indeksi (Jk)
ushbu davrdagi kambag‘allik koeffitsientini (KK
1
) taqqoslanayotgan bazis davr
kambag‘allik koeffitsientiga (KKo) bo‘lib topiladi. Ya’ni Jk = KK
1
: KKo:
O‘z navbatida kambag‘allik koeffitsientlari esa joriy davr yoki bazis davrlarda
kambag‘allik chegarasidan past daromadga ega bo‘lgan aholi (KCHPA)
sonini barcha
aholining tegishli davrdagi o‘rtacha soniga bo‘lib topamiz.
KK
1
=
1
1
А
КCHPА
; KK
0
=
Ао
КCHPАо
;
Bu ko‘rsatkichlarni statistik o‘rganish natijasida davr mobaynida kambag‘allik
darajasining chuqurlashib borayotganligini yoki sayozlashayotganligini aniqlash
mumkin. Bu yerda Jk >1 bo‘lsa, kambag‘allik darajasi chuqurlashayotganini bildiradi.
Kambag‘allik darajasining sayozlashuvi umuman
aholi turmush darajasining
yaxshilanib borayotganligidan dalolat beradi.
Kishilarning yashash minumimi – eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari,
nooziq-ovqat iste’mol buyumlari va xizmatlar to‘plami qiymatlarining yig‘indisidir. U
«istemol savati» nomi bilan ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: