15.4-jadval
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarning asosiy turlarini yetishtirish dinamikasi
Mahsulot
turlari.
O‘lchov
birligi
1990
2000
2010
2016
2016 yil
1990 yilga
nisbatan,%
Don
ming tn.
2038,2
4101,4
7504,3
8261,3
405,3
213
Kartoshka
ming tn.
336,4
731,1
1694,8
2958,4
879,4
Sabzavot
ming tn.
2842,5
2644,7
6346,5 11275,8
396,6
Poliz ekinlari
ming tn.
1000,0
451,4
1182,4
2044,9
204,5
Meva
ming tn.
660,4
790,9
1710,3
3042,8
460,7
Uzum
ming tn.
744,7
624,2
987,3
1735,8
233,1
Go‘sht
(tirik vaznda)
ming tn.
789,1
841,8
1461,4
2172,5
275,3
Sut
ming tn.
3034,2
3632,5
6169,0
9703,4
319,8
Tuxum
ming tn.
1231,8
1254,4
3061,2
6152,5
499,5
Jadval malumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mustaqillik yillarida qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini yetishtirish barcha turlari bo‘yicha kamida 2 barobardan ko`proq
ko‘paygan. Ayniqsa don ekin maydonning ko‘payishi va hosildorligining ortishi
natijasida don mahsulotlari yetishtirish 2016 – yilda 1990 yilga nisbatan 4 barobarga
ko‘paygan. Shuningdek, ushbu davrda kartoshka yetishtirish 8,5 barobarga, meva va
sabzavot yetishtirish 4,0 barobardan ko‘proqga, tuxum tayyorlash 5,0 barobarga,
go‘sht va sut tayyorlash esa qariyib 2 barobarga ko‘paygan. 2016 yilda qishloq xo‘jalik
mahsulotlaridan yuqori hosil olingan bo‘lib, 8 million 261 ming tonna g‘alla, 3 million
tonnaga yaqin kartoshka, 131 million tonnadan ortiq sabzavot va poliz mahsulotlari
tayyorlangan.
Aholining oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli bilan bir vaqtda, nooziq-ovqat
mahsulotlari iste’moli ham o‘rganiladi. Ayniqsa, bunda aholining madaniy – maishiy
ehtiyojini qondiradigan tovarlar miqdori ko‘payib borsa, turmush tarzining yaxshilanib
borayotganligini bildiradi. Shuning uchun har bir oilaga yoki 1000 kishi hisobiga
to‘g‘ri keladigan televizorlar, muzlatkichlar, yengil mashinalar, kir yuvush mashinalari
kabi tovarlarning to‘g‘ri kelishi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichning o‘zgarishi aholining
turmush darajasini ifodalaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mustaqillikning dastlabki yillarida
O‘zbekiston iqtisodiyoti bir tomonlama, faqat paxta xom ashyosini qisman qayta
ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, xalq ehtiyoji uchun tayyor mahsulotlarning ko‘p qismi
chetdan keltirilar edi. O‘sha davrda O‘zbekistonda iste’mol qilinayotgan kiyim –
kechaklarning 25 % , trikotaj buyumlari va ip gazlamaning 30 %dan ko‘prog‘i,
poyafzalning deyarli 50 % chetdan keltirilar edi .
1
Shuning uchun ham Hukumatimiz o‘z faoliyati boshidanoq respublikamizning
xalq iste’moli mollari jihatidan bunday qaramligini tugatish uchun sharoitlarni
yaratishga katta e’tibor qaratdi. Natijada O‘zbekiston mustaqillik yillarida ( 1990-2016
yillar ) yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 4,6 marta ko‘paydi. Hozirgi paytda
to‘qimachilik sanoati korxonalari soni 2200 tadan ko‘proq bo‘lib, ular zamonaviy
jihozlar bilan jihozlangan.
O‘zbekiston sanoati mustaqillik yillarida mutlaqo yangi mahsulotlar ishlab
chiqarishni o‘zlashtirdi. Bunday mahsulotlarga raqamli televizorlar, mobil telefonlar,
DVD pleyerlar, kompyuterlar, elektron texnikalar, avtomashinalarni kiritish mumkin
.
214
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz sanoati aholining sifatli mebel, gilam mahsulotlari,
yengil aftomobillarga bo‘lgan yehtiyojini to‘liq ta’minlab ularni chetga eksport ham
qilmoqda. Mamlakatimizda televizorlar, muzlatkichlar, konditsionerlar va shu kabi
tovarlar ishlab chiqarish hajmi yildan – yilga oshib bormoqda. Shu bilan bir vaqtda
aholi daromadlarining oshib borishi ularning uzoq muddat ishlatiladigan madaniy –
maishiy tovarlarni ko‘proq Xarid qilishida namoyon bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |