Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021= 5.423
251
w
www.oriens.uz
2021
March
mavjudot hisoblanganligi sababli tabiatda alohida o‘rin egallaydi va hayvonot olami
vakillaridan ijobiy tomonlari bilan ajralib turadi. Aql tufayli u tabiatning tasodifiy va
kutilmagan kuchlariga kifoya qiladigan ta’sirdan holi va o‘zining nazariy va amaliy
amallarini “donishmandlik tarozisi” talablariga bo‘ysundiradigan shaxsga aylanadi.
Aynan inson aqli mavjudligi boisidan uning hayoti hayvonot olami yashash
tarzidan tubdan farq qilib, anchagina mazmunli, yaxshi va turfa xil bo‘ladi. Ilmga
bo‘lgan ishtiyoq, mehnat faoliyati, maqsadga erishishga bo‘lgan insonlarning abadiy
intilishi aql, donishmandlik quvvati bilan bog‘liq. Shu munosabatda inson nafaqat
ajoyib tashqi qiyofa, yuksak axloqiylik sohibi sifatida maydonga chiqadi, balki
yuksak axloqli fazilatlar ijodkori ham hisoblanadi
6
.
MUHOKAMA
Mutafakkirning asarlarida, jumladan, “Tadbir-e manzil” da inson tabiati avval
boshdan fazilatli yoki axloqsiz bo‘lishi mumkin emasligi haqidagi muhim fikr
ta’kidlanadi. Odamlar avvaldan tayyor shaxsiy sifatlar, odatlar va ko‘nikmalar bilan
tug‘ilmaydilar, balki ularni shaxsiy tajriba, o‘ziga o‘xshashlarning tajribasi, ilgarigi
avlodlarning an’analari, ta’lim va tarbiya jarayonida zaminiy shiddatli hayot
mobaynida shakllantiradilar. Ta’lim-tarbiya yo‘li bilan boshqa odamlar ta’siri ostida
odam yoki maqtaluvchi axloqiy fazilatlarni orttiradi, yoki “yaramas do‘stlar”, ya’ni
salbiy odat, fe’l-atvor va his-tuyg‘ularning sub’ektiga aylanib qoladi. Bu o‘rinda
qaysidir ma’noda qonun kuchiga ega bo‘lgan odatning ahamiyati ham kam emas. Bu
shunday holatki, odam o‘zida maqtaluvchi ijobiy fazilatlarni shakllantirishi qanchalik
qiyin bo‘lsa, shakllanib bo‘lgan yomon salbiy sifat va odatlardan qutulish shunchalik
mushkul.
Biroq yaramas odatlardan qutulish jarayonida inersiya lahzasining mavjudligi
axloqiy takomillashuvga xuddiki ta’lim-tarbiyaning chegarasizlik imkoniyati kabi
chegara bo‘lib xizmat qilmasligi mumkin. Shuning uchun Ibn Sino bolalarni juda
yoshligidan tarbiyalash lozimligini uqtiradi. O‘z davrining an’analariga muvofiq, Ibn
Sino ta’lim-tarbiyani Qur’oni Karimni o‘qishdan, dinni anglash va grammatika
qoidalarini o‘rganishdan boshlashni taklif qiladi.
Darvoqe, shuni ta’kidlash kerakki, alloma odamlar o‘rtasidagi mavjud
notenglik haqida gapira turib, bunday holatni jamiyatning tabiiy holati hisoblaydi. Ibn
Sino fikriga ko‘ra, jamiyatning barcha a’zolarini qashshoq va hech vaqosi yo‘q
kishilarga aylantirish ham, barchani hukmron kishilarga aylantirish ham tasavvur
qilib bo‘lmaydigan ijtimoiy falokatga olib kelardi. Bundan tashqari, u xizmatkorning
mehnatidan foydalanishni to‘lig‘icha normal holat hisoblaydi, chunki buningsiz
6
O‘sha joyda.
Do'stlaringiz bilan baham: |