Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. So‘z urg‘usiga bo‘lgan
qiziqish va samarali tadqiqotlar asosan XX asrning boshlariga borib taqaladi.
Dastlab, 1920-yillarda o‘tkazilgan tajribalarda ingliz tili so‘z urg‘usining
darajalariga aniqlik kiritila boshlandi.
5
Bundan tashqari, olib borilgan
tadqiqotlardaso‘z urg‘usining so‘zdagi pozitsiyasi
6
, ahamiyati
7
, so‘zga bo‘lgan
semantik ta’siri, so‘z urg‘usining stilistik xarakterining turli jihatlari o‘rganilgan.
Ingliz va rus tilshunoslari tomonidan so‘z urg‘usining fonetik va fonologik
xususiyatlari, urg‘uning amaliy tasnifi yoritilgan tadqiqot ishlari bir qanchani
tashkil etadi. Chunonchi, G.P. Torsuyev rus va ingliz tillarini qisman
taqqoslashdan tashqari u ingliz tili so‘z urg‘usining fonetik tabiati va aksentual
qolipi masalalari bo‘yicha qilgan ishlari muhim ahamiyatga egadir.
8
A. Gimson,
D.B. Fray, P.Rovch, Vrabel va boshqa bir qator olimlar esa so‘z urg‘usining o‘ziga
xos xususiyatlari uni o‘rganish, tahlil va tasnif qilish muammolarining
yechimlariga aniqlik kiritdilar.
9
5
Sweet H. A primer of phonetics. ─Oxford.: 1929.
6
Roach P. English phonetics and phonology.A practical course second edition.─Cambridge.: Cambridge University
press, 1991.
7
Halle M, Keyser J. English stress. Its form, its Growth and its Role in Verse. ─NewYork.: 1970.
8
Торсуев Г.Вопросы акцентологии современного английского языка. ─Москва.: 1960
9
Gimson A. An introduction to the Pronunciation of English. ─London.: 1962; Fry D. 1958. Language
and speech Vol. 1: Experiments in the Perception of Stress; Vrabel T.
LECTURES IN THEORETICAL
PHONETICS OF THE ENGLISH LANGUAGE AND METHOD-GUIDES FOR SEMINARS. Poliprint. Ungvár.:
2009
9
O‘zbek tilshunosligida ham urg‘u va uning ahamiyati, urg‘uning farqlash
funksiyasi, uning stilistik vosita sifatida keng qo‘llanishini isbotlovchi qator
tadqiqot ishlari olib borildi.
10
Dastlabki, ingliz va o‘zbek tillari so‘z urg‘usi qiyoslanishi masalalariga
bag‘ishlangan adabiyotA.Abduazizov tomonidan yaratilgan manbalarda ko‘zga
tashlanadi.
11
Bundan tashqari, so‘z urg‘usining umumiy va xususiy tavsifi tasnifi
bo‘yicha ,,Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili‘‘, ,,Tilshunoslikka kirish‘‘ rukni
ostidagi qo‘llanma va darsliklarda ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, S.Jalilov
urg‘uni til fonetik-fonologik tizimining muhim supersegment birligi sifatida
qo‘llash masalalarini,
12
Z.Xolmanova so‘z urg‘usiga ta’sir qiluvchi omillarni
yoritib berilgan.
13
Ingliz va o‘zbek tillarining so‘z urg‘usi qiyoslanishi kurs ishi
sifatida tahlil qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |