Xususiyatlari reja: 1



Download 363 Kb.
bet3/3
Sana29.05.2022
Hajmi363 Kb.
#619179
1   2   3
Bog'liq
2 5460960958773993094

faoliyatning asosiy
  • sohalariga quyidagilar kiradi:
    • -elektron marketing (Internet-marketing);
    • -elektron magazinlarni tashkil qilishni moliyalashtirish, shuningdek ularni
    • sug‘urta qilish;
    • -buyurtma olish, tovarni sotish va to‘lovdan iborat biznes operatsiyalari;
    • -bir nechta kompaniya tomonidan yangi mahsulot yoki xizmatni birgalikda
    • ishlab chiqish;
    • -mahsulotni birgalikda ishlab chiqarishni tashkil qilish;
    • -biznes ma’muriyati (soliqlar, bojxona, ruxsatlar, konsessiyalar va h.k.);
    • -transport xizmatlari, yuk tashish texnikasi va ta’minot usullari.
    • Tadbirkorlik faoliyati O‘zbekistonda ko‘p asrlik tarixga ega. O‘zbekiston
    • katta hajm iqtisodiy resurslarga ega bo‘lgan lekin, o‘z sanoatga sarflashdan
    • manfaatdor bo‘lmaganlar. Ular xom ashyo xarid qilib, tayyor mahsulotoarni
    • respublikaga olib kelganlar.
    • SHunga qaramasdan, XIX asrning oxirlarida tadbirkorlikning bozor shakli
    • rivojlana boshladi. Sanoat, bank, savdo kapitali vujudga keldi. Marg‘ilonda 1868
    • yilda birinchi bo‘g‘ dvigateli bilan ishlaydigan sanoat korxonasi ishlay boshladi. XX
    • asrning boshlarida bu erdagi tadbirkorlarning shuhrati boshqa davlatlarga ham
    • yoyildi.
    • Jumladan, O‘zbekistonda Doitboy Xo‘jaev, Fo‘zailov, Qalandarov,
    • Xokimboev, Abdullaev, Davidov kabilarning tadbirkorlik faoliyati monopoliya
    • darajasiga ko‘tarildi. Lekin ularning egalari chet elliklar edi (Eron va O‘rta Osiyo
    • davlatlari bilan aloqalarni amalga oshiruvchi Moskva savdo-sanoat uyushmasi, aka-
    • uka SHlossberglar uyushmasi, Emil Sindel hissadorlik jamiyati va h.z.). Mazkur
    • firmalarning ko‘plab filiallari bo‘lib, ular paxtani qayta ishlash bilan
    • shug‘ullanganlar.
    • 1912 yilda mavjud zavodlarning 96 tasi chet el firmalariga qarashli bo‘lgan.
    • Ularning ayrimlarigina chet ellik tadbirkorlar bilan raqobat qila olgan. Lekin shunga
    • qaramay vatandoshlarimiz o‘ziga yarasha yutuqlarga erishgan.
    • SHu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi. Tadbirkorlik faoliyati nima? Bizneschi?
    • Tadbirkor deganda, o‘z mablag‘i yoki qarzga olingan mablag‘ hisobiga tavakkal ish
    • yurituvchi shaxs faoliyati tushuniladi.“Siyosiy iqtisod” ensiklopediyasida
    • “tadbirkor” tushunchasi haqida ma’lumot berilmagan, lekin tadbirkorlik daromadi
    • haqida ma’lumot, unda tadbirkorlik daromada xususiy ishlab chiqarish bilan bog‘liq,
    • deb tushuntiriladi. YA’ni, unda notijorat, ijtimoiy tashkilotlar faoliyati tadbirkorlik
    • faoliyatini o‘z ichiga olmaydi.
    • Hozirgi kunda mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari, biznes maktablarida
    • o‘qitilayotgan “Ekonomiks” darsligi tadbirkorlik qobiliyati haqida gap ketadi. Bu
    • faoliyat iqtisodiy resurs sifatida ta’riflanadi. Muallif faoliyat mohiyatini uning
    • vazifalaridan kelib chiqib, yoritadilar:Tadbirkor – er, kapital va mehnatni
    • uyg‘unlashtirgan holda mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni amalga
    • oshirish jarayonida qo‘llashni o‘z zimmasiga oladi.Tadbirkor sham va katalizatorni
    • yoquvchi, shu bilan birga, ishlab chiqarishni harakatlantiruvchi kuchi va vositachisi
    • bo‘lib, iqtisodiy resurslarni faoliyat yuritish va foyda olishga sarflaydi. Tadbirkor
    • – yangi mahsulotlar, yangi texnologiyalar, hattoki biznesni tashkil etishning yangi
    • turlarini tijorat asosida amalga oshiradigan shijoatkor shaxs.
    • Tadbirkor – murakkab masalalarni (faoliyat yuzasidan) o‘z zimmasiga
    • oladigan shaxs. Tadbirkor – xatarga tik qaraydigan kishi. Buni yuqoridagi
    • vazifalardan xam ko‘rish mumkin.
    • Kapitalizm tizim tadbirkorlikni, foyda olishni kafolatlamaydi. Uning harakat
    • va qobiliyati oxiri bankrot bilan tutashi mumkin. Qisqacha qilib aytganda tadbirkor
    • vaqtini, mehnatini, faolligi va mablag‘ini (shaxsi, sherigi yoki hissadorlarning)
    • xatarga ko‘yadi. Jan Batist Sey (1767-1832) kapitalistik xo‘jalikda tadbirkorlik
    • faoliyatiga e’tibor bergan olimlardan biri hisoblanadi. Uningcha tadbirkor –
    • shijoatkor, g‘ayratli, ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanadigan inson.
    • Ingliz iqtisoschisi Xayek Fridrix Avgust birovlarning hohishiga bo‘ysunmaydigan,
    • mustaqil ish yuritadigan, lekin kishilik jamiyati konunlariga zid ish yuritmaydigan
    • kishilarni tadbirkor deb hisoblaydi. O‘zbekistonda amal qiluvchi qonunchilikka
    • asosan tadbirkorlik faoliyati deb, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlar tomonidan
    • daromad olish maksadida o‘z mulklari miqyosida va tavakkalchilik asosidagi
    • faoliyatiga aytiladi. Tadbirkor korxona egasi, sohibkor deb ta’riflansa Qodirov A .
    • SHodmonov M.SH., Juraev T.J. darsliklarida «Tadbirkorlik – foyda olishga
    • karatilgan faoliyat» deyiladi. Matveev V.G.: «Tadbirkorlik ist’emolchilarni har xil
    • tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlaydigan turli xildagi faoliyat turi» - deb ta’rif
    • beradi. Bizningcha tadbirkorlik faoliyati doimo foydaga qaratilmaydi. Ijtimoiy
    • tashkilotlar, jumladan biz dissertatsiya ishida tahlil etgan biznes – inkubator
    • faoliyatining maqsadi foyda emas. Qariyalar, etimxonalar qurgan kishini biz
    • tadbirkor deb ataymiz. Hayriya ishlari ham tadbirkorlik xisoblanadi. Biz tadbirkor
    • deganda o‘z mablag‘iga yoki qarz hisobiga tavakkal ish yuritadigan, shijoatkor,
    • yangiilikni tezda ilg‘ab oladigan, jamiyatga foyda va naf keltiradigan kishilarni
    • tushunamiz.
    • Olimlarning fikrlaricha dunyoda mavjud bo‘lgan insonlarning 15-20% gina
    • tadbirkorlik faoliyati bilan shung‘ullana oladi. Amerikaliklar tadbirkorlikni
    • mamlakatning oltin fonda deb hisoblaydilar.
    • «Tadbirkor» va «biznes» tushunchalari o‘rtasida nazariy jihatdan farq
    • bo‘lsada, amaliyotda ular o‘rtasida farqni ajratish qiyin.
    • Biznes – «ish», «faoliyat» tushunchasini ifodalaydi, uning o‘ziga xos
    • xususiyati bor. Tadbirkorlik qonun doirasidagi faoliyat hisoblansa, biznes – qanday
    • bo‘lishidan qat’i nazar, pul topishga karatilgan faoliyat hisoblanadi.
    • Tadbirkorlik ilmining asoschilari deb R.Kantilon, A.Smit, J.B.Sey, D.Klark,
    • Y.SHumpeter, F.Xayek kabilarni aytib o‘tish mumkin .
    • “Tadbirkor” tushunchasini birinchi marta XUSH asr boshida iqtisodiyot
    • nazariyasiga ingliz iqtisodchisi R.Kantilon (1680-1734) kiritgan. U tadbirkor
    • sifatida muayyan bahoda o‘zgalarda tovarlar sotib olib, uni ma’lum baholarda sotib,
    • belgilanmagan miqdorda daromad oluvchi kishi deb qaraydi, tadbirkorlikning
    • muhim tavsifiy xususiyatlaridan biri sifatida tavakkalchilikni ajratib ko‘rsatadi.
    • Tadbirkorlik tashabbuskorlik faoliyati bo‘lib, shaxsiy moddiy mas’uliyat
    • asosida foyda olishga yo‘naltirilgan. Foyda, daromad va xarajatlar ayirmasi
    • bo‘lganligi uchun ham tadbirkorlikni biznes deb atash mumkin, ammo biznesning
    • maqsadi har doim ham foyda olish hisoblanmaydi.
    • Biznes bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari orasidagi munosabatlarni
    • qamrab oladi, faqat ishbilarmonlarning emas, balki iste’molchilarning, yollangan
    • ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining hatti-harakatlarini ham o‘z ichiga
    • oladi. Bu holatda, biznes so‘zining sinonimlari bo‘lib, ma’lum ma’noda, tijorat,
    • savdo-sotiq kabi tushunchalar hisoblanadi. Umumiy ko‘rinishda, biznes —
    • kishining bozor munosabatlari tizimidagi ishchanlik faolligi.
    • Tadbirkorlik faoliyati biznesning bir shakli sifatida namoyon bo‘ladi, uning
    • turli sohalarida amalga oshiriladi. «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonunga asosan,
    • tadbirkorlik — fuqarolarning foyda yoki shaxsiy daromad olishga yo‘naltirilgan
    • mustaqil, tashabbuskor faoliyati bo‘lib, u fuqaroning o‘z nomidan, o‘zining
    • tavakkalchiligi bilan hamda o‘zining yoki yuridik shaxsning (korxonaning) mulkiy
    • javobgarligi asosida amalga oshiriladi. SHunday qilib, tadbirkor to‘la yoki qisman
    • moddiy mablag‘ga yoki moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan g‘ayratli inson bo‘lib, u
    • ushbu resurslarni o‘z ishini (biznesini) tashkil qilish uchun ishga soladi. Uning
    • tomonidan bunyod etilgan firma (tashkilot, shirkat, korxona) mamlakatdagi taraqqiy
    • etayotgan kichik biznesning bir qismiga aylanadi. Dunyo amaliyotida hozirgi
    • kungacha katta va kichik korxonaning ajratib beruvchi yagona mezon
    • o‘rnatilmagan, ular bir-biridan ajratuvchi alohida belgilarini aniqlash
    • korxonalarning muhim sohalari bo‘yicha umumiy belgilari katalogini bunyod etish
    • orqali amalga oshirilmoqda. Jamoaviy, shirkat, oilaviy, xususiy korxonalar, firma va
    • boshqa yuridik maqomga ega bo‘lgan korxonalar katta yoki kichik korxonalar
    • bo‘lishi mumkin. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir.
    • Boshqacha qilib aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida
    • tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo‘yicha
    • mulkdorlar yoki ularning vakillarini ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatdir.
    • O‘zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatini kafolatlash
    • to‘g‘risida"gi Qonunida tadbirkorlikka quyidagicha ta’rif berilgan: "Tadbirkorlik -
    • mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy
    • javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat
    • ko‘rsatishidir".
    • Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati – tadbirkorlikni qo‘llab-
    • quvvatlashning nazariy asoslari konsepsiyasi, dasturlari, amalga oshirish
    • mexanizmi, yo‘llari, yo‘nalishlari, vositalari, usullari, chora- tadbirlari majmui.
    • Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati,
    • dasturlari, mexanizmi va ularni amalga oshirishni tashkil etishni ta’minlashga
    • mas’ul davlat organlari va nodavlat tashkilotlari majmui hisoblanadi.
    • Tadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali oydinlashadi:
    • -tadbirkorlikning
    • sub’ekti
    • kim
    • bo‘lishi
    • mumkin?
    • O‘zbekiston
    • Respublikasining Konstitutsiyasi va «O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik
    • to‘g‘risida» gi Qonunga muvofiq, balog‘at yoshiga etgan har bir fuqaro o‘z mulki
    • asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o‘z ixtiyori bilan Qonunga zid
    • bo‘lmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin;
    • -yuqoridagi ta’rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni, mazmuni ifoda etilgan
    • bo‘lib, u mazmunan boy, xilma-xil ko‘rinishga ega. Tadbirkorlik faoliyatini tanlash,
    • uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyatan davlat, jamiyat ahamiyatiga molik ish
    • bo‘lmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.
    • Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3
    • guruhini ko‘rsatishish mumkin:
    • 1. YAngi mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat loyihasini tashkil etish.
    • Tadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari - innovatsiya tadbirkorlari
    • shug‘ullanadi.
    • 2. Ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar, tovarni
    • sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi
    • tadbirkorlar.
    • 3. Maqsad jihatidan tadbirkorlikning quyidagi ikki turini ajratish mumkin:
    • a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad qilganlar;
    • b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi,
    • sog‘liqni saqlash) erishishni maqsad qilganlar.
    • Tadbirkorlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:
    • -SHug‘ullanayotgan soha bo‘yicha ilm, bilimga egalik.
    • -Tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul qilish bo‘yicha tashabbuskorlik
    • qobiliyati.
    • -Iqtisodiy jarayonlar haqida chuqur fikrlay olish.
    • -Qonunlarga itoatkorlik.
    • -Innovatsion faollik.
    • -Maqsad sari intiluvchanlik.
    • -Tashkilotchilik.
    • -Tejamkorlik.
    • -O‘z so‘zining ustidan chiqish.
    • -Ruhiy poklik va halollik.
    • Bozor iqtisodiyotining muhim prinsipi iqtisodiy tanlov bo‘lib, bunga ko‘ra,
    • eng tadbirkor, eng ishbilarmon, eng yaxshi ishlab chiqaruvchi, eng yaxshi xizmat
    • ko‘rsatuvchi raqobatda yutib chiqadi. Iqtisodiy tanlovning o‘zi bo‘lishini belgilaydi.
    • Totalitar iqtisodiy tizimda tanlov bo‘lmaganidan daromadlar bir tekisda taqsimlanib,
    • kishilarni iqtisodiy jihatdan tenglashtirishga intilish etakchi o‘rinda turadi, boy
    • bo‘lish taqiqlanadi, daromadlar ma’lum miqdor bilan cheklanadi. Natijada, yashirin
    • iqtisodiyot vujudga keldi.
    • Tadbirkorlik bozor iktisodietiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshkacha
    • aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va
    • xizmatlarni ishlab chikarish va ayirboshlashni tashkil etish buyicha mulkdorlarning
    • yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. “Tadbirkorlik va
    • tadbirkorlar faoliyatini kafolatlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
    • qonunida tadbirkorlikka kuyidagicha ta’rif berilgan: “Tadbirkorlik-mulkchilik
    • sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida
    • amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdir”.
    • Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri
    • tadbirkorlik qobiliyatidir.
    • Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi
    • kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo‘shilishini ta’minlaydigan,
    • tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan,
    • javobgarlikdan qo‘rqmaydigan kishilarga aytiladi. Bu xislatlar majmui esa
    • tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi.
    • Tadbirkorlikning mohiyati kuyidagilar orkali yanada oydinlashadi:
    • Birinchidan, tadbirkorlikning sub’ekti kim bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston
    • Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik
    • to‘g‘risidagi Qonunga muvofik balogat eshiga etgan xar bir fukaro o‘z mulki
    • asosida eki mulk egasining vakolati asosida o‘z ixtier etgan Qonunga zid bulmagan
    • faoliyat turi bilan shugullanishi mumkin.
    • Ikkinchidan, yukoridagi ta’rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni mazmuni
    • ifoda etilgan bo‘lib, u mazmunan boy, xilma xil kurinishiga ega. Tadbirkorlik
    • faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish moxiyat jixatidan davlat,
    • jamiyat axamiyatiga molik ish bulmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.
    • Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3
    • guruxini aloxida ko‘rsatish mumkin:
    • -yangi tovar yoki xizmat loyixasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi
    • bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shugullanadi;
    • -ishlab chikarishni tashkil etish bilan shugullanuvchi tadbirkorlar;
    • -tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan
    • shugullanuvchi tadbirkorlar.
    • Uchinchidan, maqsad jixatidan tadbirkorlikning ikki turini:
    • a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad kilgan;
    • b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muxofazasi, yosh avlod tarbiyasi,
    • soglikni saklash) erishishni maqsad kilgan turlarini ajratish mumkin.
    • Tadbirkorlarga xos xususiyatlar kuyidagilardan iborat:
    • 1. SHugullanaetgan soxa buyicha ilm, bilimga egaligi.
    • 2. Tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul kilish buyicha tashabbuskorlik
    • kobiliyati.
    • 3. Iqtisodiy jaraenlarni chukur fikrlay olish.
    • 4. Qonunlarga itoatkorligi.
    • 5. Innovatsiyachilikning faolligi.
    • 6. Maqsad sari intiluvchanlik.
    • 7. Tashkilotchilik.
    • 8. Tejamkor bo‘lishi.
    • 9. O‘z so‘zining ustidan chikish.
    • 10. Ruxiy poklik va xalolligi.
    • 11. O‘z jamoasi uchun ko‘rashuvchanlik.
    • Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi:
    • -Mulk munosabatlarining uygunlashuvi. Bozor iktisodieti sharoitida mulkiy
    • munosabatlar uch jixat bilan belgilanadi:
    • -egalik kilish, ya’ni mulk egasi sifatida mulkka to‘la xukumronlik kilish: sotish,
    • ijaraga berish, xadya etish;
    • foydalanib turish, ya’ni mulk egasining nazorati asosida ma’lum shart va to‘lov
    • evaziga mulkdan vaktincha foydalanish;
    • operativ tezkor boshkarishni, yangi mulk egasining nazorati ostida resruslarni
    • taksimlash va ishlab chikarishni tashkil etish buyicha mulkni boshkarish huquqini
    • joriy etish.
    • Tadbirkorlarga o‘z kobiliyatini to‘la namoen etish uchun quyidagi iqtisodiy
    • erkinliklarning berilishi:
    • - maxsulot assortimenti turlarini ava ishlab chikarish usulini tanlash erkinligi;
    • xamkorliklarngi mustakil tanlash;
    • -mablaglarni qonunga zid bulmagan soxalarga mustakil sarflash erkinligi va x.k.;
    • 1. Bozorning ochikligi, ya’ni tovarlar, sarmoyalar, ma’lumotlar, ish kuchi,
    • xom ashe xarakati uchun sun’iy goyalarning yukligi.
    • 2. Bozor infratuzilmasining mavjudligi.
    • Bunga kuyidagilar kiradi:
    • -tijorat banklari;
    • -tovar, fond, mexnat, valyuta birjalari;
    • -tijorat tavakkalchiligi va mulk sug‘urtasi;
    • -ma’lumot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloqa
    • vositalari;
    • -ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati
    • tashkilotlari, arbitrajlar va x.k.
    • 5. Tadbirkorlik uchun huququiy kafolatning mavjudligi, ya’ni tadbirkorlikni
    • ximoyalovchi Qonunchilikning mavjudligi.
    • 6. Yangi korxonalarga kadrlar tayyorlash, kredit olish, soliq to‘lash, tabiiy
    • boyliklardan foydalanish buyicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va x.k.

    Download 363 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish