Xususiyatlari bitiruv malakaviy ishi



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/21
Sana18.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#821015
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
ozbek tilida modal sozlar va ularning uslubiy xususiyatlari

raisning uyida ham aytilgan edi
( Said Nazar ) kabi. 
2. Fikrning noaniqligini ifodalovchi modallar o‗z navbatida
quyidagicha guruhlanadi: 
1) fikrning taxminiy ekanini ifodalovchilar:
shekilli, chog„i,
chamasi
kabi:
Ha, yana bir ta‟ziringni beradigan bo„ldim, chamasi!
( Uyg‗un ).
Bu gapim raisga og„ir botdi, shekilli, o„zi bosh bo„lib
bolalarini dalaga olib chiqdi
( O‗tkir Hoshimov ) kabi; 
2) fikrning gumonli ekanini ifodalovchilar:
ehtimol, balki
kabi:
 
Balki, u yerlarda ko„p dilbar Manzaralar jilva qilgandir…
( Uyg‗un ).
Boshqa payt bo„lganida Latofat, ehtimol, bu faryodga chidab
turolmasdi
( Odil Yoqubov ) kabi; 


32 
3) fikrning tusmolli ekanini ifodalovchilar:
hoynahoy, aftidan,
mazmuni
kabi:
Sharofat, aftidan, bunaqa gaplar bilan…shu yerda
biron mojaro boshlab dod solmoqchi edi
( Abdulla Qahhor ) kabi; 
4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham ifodalovchilar:
har qalay, har holda
kabi:
Jahonning kattaligi aniq o„lchangancha
yo„q; har holda bir soldatning qalbidan kichik bo„lur
( G‗afur
G‗ulom ) kabi. 
Ayrim modallar yuz bergan voqea – hodisadan so‗zlovchining
taajjubini, afsusini ifodalaydi:
ajabo, attang, esiz, tavba, xayriyat
kabi:
Ajabo, shu o„zimizning Saodatmi?!
( G‗afur G‗ulom ).
Attang,
shunday dolzarb vaqtda eng yaxshi brigadirimiz yotib qoldi – da
(Abdulla Qahhor ) kabi. 
Modal so‗zlar gap tarkibida ko‗pincha kirish so‗z bo‗lib keladi.
Modal so‗zlar kirish bo‗lak bo‗lib kelganda gapga qanday ma‘nolarni
yuklaydi? Bu haqda quyidagi tasnifdan bilib olsak bo‗ladi: 
 
1. So‗zlovchining anglatilayotgan fikrga ishonch darajasini
ifodalaydi. Bu vazifada, asosan, modal birliklar, qisman boshqa
turkumlarning birliklari, jumladan, sifat kelishi mumkin:
Rost, narigi
xo„jaliklar undan ancha keyin, asosan, shu yil bahorda ish
boshlashgan
( Odil Yoqubov ).
… nizo ham o„shandan boshlandi,
to„g„rirog„i, ilgariroq boshlangan olovga o„sha kun lampamoy sepildi
( Odil Yoqubov ) kabi. 
2. So‗zlovchining anglatilayotgan fikrga his – tuyg‗u jihatidan
munosabatini ifodalaydi:
attang, ajabo, xayriyat, obbo, ofarin
kabi:
Xayriyat, atrofda deyarli hech kim yo„q ekan
( Asqad Muxtor ).
Voy
o„lmasam, qizim, ko„taring boshingizni, nima bo„ldi
( Asqad Muxtor ).
Sekinroq aytasizmi, uka?!
( O‗tkir Hoshimov ) kabi. 


33 
3. Anglatilayotgan fikrning kimga qarashli ekanligini bildiradi:
nazarida, menimcha, aytishlaricha, eshitishimcha, eshitishimga qaraganda
kabi. …
nazarida himoya degan narsa bunaqa oppa – oson bo„lmasligi
kerak
( Odil Yoqubov ).
Eshitishimga qaraganda, qishloq
biylari…Qudratxo„jani yuzboshi qilib tayinlamoqchi emish
( Odil
Yoqubov ) kabi. 
4. Eslatishni, e‘tibor jalb qilishni bildiradi:
zotan, qarabsizki
kabi:
Ha, aytmoqchi, Vohidxo„janing o„g„li Qudratxo„ja hali ham tirik
( Odil
Yoqubov ).
Zotan, qarigan chog„ingda uning ishiga bosh suqib nima
qilasan
( Odil Yoqubov ).
Qarabsizki, biri kombinat direktori, biri – 
bosh injener
( Odil Yoqubov ) kabi. 
5. Fikrlarning o‗zaro munosabatini ko‗rsatadi: 
1) Izohlovchi fikrga o‗tishni bildiradi:
masalan, jumladan, chunonchi,
ya‟ni, boshqacha qilib aytganda
kabi.
Boshqacha qilib aytganda,
masala nihoyatda murakkablashib ketdi
( Odil Yoqubov ); 
2) Zid fikrga o‗tishni bildiradi:
aksincha
kabi: …
 hech kim undan
nolimas, aksincha, hamma uni … yaxshi ko„rardi
(Odil Yoqubov ) kabi; 
3) Umumlashtiruvchi fikrga o‗tishni bildiradi:
qisqasi, umuman,
binobarin, demak, xullas ( xullasi kalom ), shunday qilib
kabi: … 
shu
yosh olim o„tkazgan tajribalarga, umuman, uning ilmiy ishiga shubha
bildirmoqchisiz
( Odil Yoqubov ).
Shunday qilib, O„tap bu cho„lgashta
oilani Qumqishloqqa boshlab ketdi
( Hamid G‗ulom ) kabi; 
4) Fikrlarning oldin –ketinligini bildiradi:
avvalo, avvalambor, nihoyat
kabi:
Avvalambor, bu ko„rikka salkam ikki yuz kishi to„plandi
( Odil
Yoqubov ).
Nihoyat, o„zini bosib olib, bosh vrachdan g„amgin
ohangda so„radi
( Hamid G‗ulom ) kabi. Bunday vazifada chiqish
kelishigidagi
birinchidan, ikkinchidan
kabi tartib son ham ishlatiladi. 


34 
6. Kishilar orasidagi muomala – munosabatni anglatadigan
assalomu-
alaykum, vaalaykum assalom, xayr, marhamat, rahmat, hormang – salomat
bo„ling ( bor bo„ling )
kabi leksemashakllar ayrim manbalarda kirish
bo‗lak deyiladi; asli bular gap deb baholanishi to‗g‗riroq.
Ibodulla
o„zini boshdan oyoq ko„zdan kechirayotgan yigitga qo„l uzatdi: “ 
Assalomu alaykum…”
( Hamid G‗ulom ).
Mavlon aka qo„shdan boshini
ko„tarib Qamchiga javob qildi: “ Bor bo„l, Qamchivoy”
( Hamid
G‗ulom ) kabi va boshqalar. 
Umuman olganda, tilshunoslikda modal so‗zlarning tasnifi va
tarkibiga oid hali to‗la – to‗kis bir qarorga kelinmagan. Ilmda
to‗xtalish bo‗lmaganidek, bu masalaga ham aniq bir yechim toppish
juda mushkul. Chunki o‗zimiz ko‗rganimizdek, modal so‗zlar nafaqat
tasniflanish bobida, balki boshqa jihatlardan ham o‗rganilishi kerak
bo‗lgan yuzlab qirralarga ega. Modal so‗zlar tasnifi va tarkibi esa ana
shu yuzlab qirralarning bor - yo‗g‗i bir jihati xolos. 


35 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish