11. O’zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to’g’risida» gi qonuninng 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:
Yakka tartibdagi tadbirkorlik,
Xususiy tadbirkorlik,
Jamoa tadbirkorligi.
Aralash tadbirkorlik,
Yakka tartibdagi tadbirkorlik – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli bo’lib, uni tashkil qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o’z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish bilan shug’ullanadilar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik o’z navbatida ikki turga bo’lina-di:
shaxsiy tadbirkorlik;
birgalikdagi tadbirkorlik,
Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha bayon etiladi: «Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o’zi tomonidan mulk huquqida, shuningdek, mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo’l qo’yadigan o’zga mulkiy huquq tufayli o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi».
Ushbu qonunning 16-moddasiga binoan birgalikdagi tadbirkorlikka quyidagilar kiradi:
er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;
dehqon xo’jaligining umumiy birgalikdagi mulki negizida amal-ga oshiriladigan dehqon xo’jaligi;
o’zlariga umumiy ulushi mulk huquqida tegishli bo’lgan umumiy mulk negizida yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo’jaligi.
Yuridik shaxs tashkil qilmay, o’z faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan jismoniy shaxsga davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi haqidagi guvoxnoma beriladi va u jismoniy shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish reestrida qayd qilinadi. Ushbu guvohnoma bankda hisob-kitob varag’i ochish, soliq organlaridan ro’yxatdan o’tish, muhr va boshqa rekvizitlarni tayyorlash uchun asos bo’lib hisoblanadi.
O’zbekistan Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi Nizom»da xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta’rif beril-gan:
Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o’zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir.
Xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu erda faoliyat ko’rsatuvchilar o’z faoliyatini yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida ish ko’radilar va o’z korxonalarini davlat ro’yxatidan o’tkazishga majburdirlar.
Jamoa tadbirkorligi – bu bir guruh fuqarolarning o’zlariga ma’qul bo’lgan mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil qilishlari va shu asosda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlaridir.
Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o’z ifodasini topadi. Firma – muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko’rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir.
12. Barcha ko'rinishdagi tadbirkorlik faoliyatlari turli belgilariga qarab toifalarga ajratiladi: xususan, faoliyat turi, mulkchilik shakli, mulkdorlar soni, tashkiliy-iqtisodiy shakllari, yollanma mehnatdan foydalanish darajasi va hokazolar bo'yicha. Bulardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz. Turi yoki qoʻllanilishi bo'yicha tadbirkorlik faoliyatlari - ishlab chiqarish, moliyaviy, tijorat-konsultativ va boshqa turlarga bo'linadi. Bular barchasi birgalikda yoki alohida faoliyat koʻrsatishi mumkin.
Mulkchilik shakli bo'yicha korxona mulki xususiy, davlat, munitsipal bo'lishi shuningdek, Jamoa birlashmalari (tashkilotlarl) Ixtiyorida bo'lishi mumkin. Bu borada mulkka egalik qilish huquqini belgilashda, mulkni xususiy, davlat, munitsipal yoki jamoa ixtiyorida ekanligidan qatiy nazar turli cheklamalarga yoki Imtiyozlarga davlat tomonidan ko'rsatma berilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Mulkdorlar soni bo'yicha tadbirkorlik faoliyati yakka tartibli yoki jamoa shaklida bo'ladi. Yakka tartibli tadbirkorlikda mulk bir jismoniy shaxsga tegishli bo'ladi. Jamoa tadbirkorligida esa mulk bir necha subyektga tegishli bo'lib, ularning mulkka egalik hissalari aniqlangan yoki aniqlanmagan bo'lishi mumkin. Bu borada mulkka egalik, undan foydalanish va ishlatish barcha mulkka egalik qiluvchilarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
13. Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati
Nisbatan mustaqil bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati turlari o‘zaro chambarchas bog‘lanib, bir-birini to‘ldiradilar. Bunda ustuvorlikni tadbirkorlik faoliyatining hamma turlarini belgilab beruvchi va eng murakkabi bo‘lgan ishlab chikarish tadbirkorligiga berish kerak. 3-chizmadan ko‘rinib turganidek, ishlab chiqarish tadbirkorligiga innovatsion, ilmiy–texnik faoliyat, bevosita tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, ularning ishlab chiqarish uchun ishlatish, shuningdek bu sohalardagi axborot faoliyati kiradi.
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanishni istagan har qanday tadbirkor konkret qaysi tovarlarni ishlab chiqarishi, qaysi xizmat turlarini ko‘rsatishni xohlashini belgilab olishi kerak. So‘ngra bu tadbirkor marketing faoliyatiga kirishadi. Tovarlarga bo‘lgan ehtiyoj iste’molchilar, tovarlarning xaridorlari, ulgurchi, ulgurchi–chakana savdo tashkilotlari bilan aloqaga kirishadi. Tadbirkor va tovarning bo‘lajak xaridorlari o‘rtasida tuzulgan kontrakt muzokaralarini rasmiy (farmal) yakuni bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bunday kontrakt tadbirkorlik (xavfi) tavakalni eng kam (minimal) darajaga tushuradi. Aks holda tadbirkor tovar ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatini faqat og‘zaki kelishuvga ega bo‘libgina boshlaydi. Endigina yuksalayotgan bozor munosabatlari sharoitida og‘zaki kelishuvlarning ishonchliligi uncha katta emas, (tavakal) esa sezilarli darajada baland.
Ishlab chiqarish tadbirkorligining navbatdagi bosqichi ishlab chiqarish omillarini sotib olish yoki ijaraga olish (yollash). Ishlab chiqarish tadbirkorligi agar olinadigan foyda yig‘indilar xarajatlaridan 10-15 foizdan ortiq bo‘lgandagina ijobiy ma’noga ega bo‘ladi.
14. Tijorat tadbirkorligining faoliyat maydoni bo‘lib tovar birjalari va savdo tashkilotlari xizmat qiladilar.
Tovar birjasi – bu ulgurji tovar bozorining xaridor tovarlarining namunalarini oldindan qo‘rqmaydigan va tovarlarning minimal partiyalari oldindan belgilanmaydigan ko‘rinishidir.
Tovar birjasida tijorat vositalari va ularning xizmatchilari savdo amallarini birgalikda ishlab chiqilgan va birdek rioya qilinadigan qoidalar bo‘yicha o‘tkazish uchun ixtiyoriylik asosida birlashadilar.
Bunday birjaning maqsadi – erkin raqobatni boshqarish mexanizmini yaratish va uning yordamida hamda talab va taklifni hisobga olgan holda real bozor baholarini aniqlash. Tovar birjasi muntazam ishlab turgan ommaviy tovarlarning o‘rnini bosuvchilar (don, kumir, metall, neft, yog‘och va boshqalar) ulgurji bozorining rivojlangan shaklidir. Bunday bozorlar iktisodiy rivojlangan mamlakatlarning hammasida ko‘p yillardan beri ishlab turibdi.
15. Konsalting — maxsus kompaniyalarning iqtisodiy, moliya, tashqi iqtisodiy faoliyat, firmalarni tashqil qilish va roʻyxatdan oʻtkazish, tovarlar va xizmatlar bozorlarini, innovatsiyalarni tadqiq etish va prognozlashga oid masalalarda maslahatlar, tavsiyalar berishdan iborat faoliyati. K. kompaniyalari bozor (tovarlar, xizmatlar, litsenziyalar, nou-xau va boshqalar)ni oʻrganish, prognozlar berish, jahon tovar bozorlaridagi narxnavolarni, xalqaro hamkorlik obʼyektlarini texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish va qoʻshma korxonalar tashqil etish va boshqa boʻyicha oʻz xizmatini taklif etadi. K. firmalari maslahat xizmatining ayrim sohalari boʻyicha ixtisoslashishi mumkin. Yangi tashqilotni tashqil qilishda taʼsis hujjatlari majmuini tayyorlash ham K.ga kiradi.
Har bir konsalting kompaniyasi bunday xizmatlarni taqdim etadi:
Moliyaviy konsalting - samarali, ishonchli boshqaruv tizimini qurishga qaratilgan xizmatlar majmui. Unga ko'ra, kompaniyaning faoliyatini tavsiflovchi tabiiy ko'rsatkichlar guruhini hisoblash, tushuntirish, baholash ishlari olib borilmoqda.
Menejment bo'yicha konsultatsiya - uning yordami bilan siz zaif tomonlarni o'z vaqtida topishingiz va kompaniyangizni diqqat bilan o'zgartirishingiz mumkin.
Buxgalteriya hisobi - kompyuter dasturlarida buxgalteriya hisobi va faoliyatining yangi usullari haqida maslahat beradi, buxgalteriya hisobi bo'yicha yangi xodimlar va menejerlarni xabardor qiladi.
Huquqiy - qonun hujjatlarida muntazam o'zgarishlarni amalga oshirish vaqtida tashkilotga o'z vaqtida va munosib ko'mak berishni ta'minlaydi.
Soliq maslahati - soliq to'lovlarini muntazam ravishda ishlab chiqishda, soliq solish sohasidagi qonunbuzarliklarga yo'l qo'ymaslik, tuzilgan xatolarni bartaraf etishga yordam beradi.
Marketing bo'yicha maslahat - operatsion biznesning istalgan filialiga maslahatlar.
Ekspert konsalting - konsalting xizmatlari, ularni diagnostikasidan so'ng amalga oshirish uchun echimlar ishlab chiqish va amalga oshirishni nazarda tutadi.
16. Yakka tartibdagi tadbirkorlik – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli bo`lib, uni tashkil qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom» bilan belgila-nadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o`z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish bilan shug`ullanadilar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik o`z navbatida ikki turga bo`linadi: – shaxsiy tadbirkorlik; – birgalikdagi tadbirkorlik.
Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha bayon etiladi: «Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o`zi tomonidan mulk huquqida, shuningdek, mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo`l qo`yadigan o`zga mulkiy huquq tufayli o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi».
17. ???????
18. Aksiyadorlik jamiyatlarining turlari
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari o‘zlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz erkin tasarruf etishi mumkin bo‘lgan jamiyat ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati deb hisoblanadi.
Ochiq turdagi aksiyadorlik muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi. Ochiq turdagi jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqli bo‘ladi.
Ochiq o‘tkaziladigan obunadan maqsad - nizomli sarmoyani ko‘paytirish, moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, cheklangan miqdorlarda tez-tez obuna o‘tkazish eng ko‘p foyda beradi: katta pul qilingan obuna uning muvaffaqiyat bilan yakunlanishini kafolatlamaydi, reklama kompaniyasi uchun katta mablag‘larni band qiladi, dividendlar darajasini pasaytirib yuboradi. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi 2.6 - rasmda keltirilgan.
Ochiq turdagi jamiyat :
jamiyatning yillik hisobotini, buxgalteriya balansini, foyda va zararlar hisob varag‘ini;
jamiyat aksiyalari emissiyasi ma’lumotnomasini;
ushbu qonunda nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarni;
jamiyat kafillagan shaxslarning ularga qarashli aksiyalar soni va turlarini ko‘rsatgan holda tuzilgan ro‘yxatlarini;
vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan boshqa ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida har yili e’lon qilishi shart.
Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan boshqa muayyan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan jamiyat yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Yopiq turdagi jamiyatning muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi (2.7 - rasmga qarang).
Yopiq jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga yohud ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas. Yopiq turdagi jamiyat aksiyadorlarining soni ellik nafargacha bo‘lishi kerak. Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aksiyadorlarning chegaralagan limitidan ortib ketgan shaxslar aksiyadorlar reyestrida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran olti oy ichida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach, sud tartibida tugatilishi lozim.
19. Holding, holding kompaniya (inglizcha: holding — egalik) — asosiy faoliyati korxonalarning aksiyalarini oʻz tasarrufiga olish orqali ularning ishini nazorat qilish va boshqarishdan iborat boʻlgan kompaniya, bosh korxona. Holding tarkibida asosiy korxona va shoʻʼba korxona yoki bir necha shoʻʼba korxonalar mavjud boʻladi. Xolding kompaniyaning oʻzi ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanmasligi mumkin, lekin koʻp hollarda Holdinglar aksiyalarni boshqarish bilan bir qatorda moliya-kredit, savdo, transport va boshqa faoliyat turlari sohasida tadbirkorlik bilan shugʻullanadi. Ish oqilona tashkil etilganda holding yagona ilmiy-texnika, investitsiya, tashqi iqtisodiy siyosatni oʻtkazish, ayrim xizmatlarni markazlashtirish imkoniyatini yaratadi. Holding boshqa korxonalar aksiyalarining paketlariga egalik qilish orqali nazoratidagi korxonalarning direktorlar kengashi, boshqaruvi va boshqa rahbar organlariga oʻzi taklif etadigan nomzodlarning saylanishini taʼminlash imkoniyatiga ega boʻladi. Holdingning asosiy belgisi bir korxona (bosh korxona) boshqa korxona yoki korxonalar (shoʻʼba korxonalar) tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni nazorat qilish imkoniyatiga egaligida. Bir qancha korxonalarni boshqarishning Holding shakli ularning mustaqilligini bekor qilish bilan bir korxonaga birlashtirish, bir markazga toʻliq boʻysundirish va oʻzaro faoliyatni muvofiqlashtirish uchun teng huquqli korxonalar assotsiatsiyasini tashkil etish oʻrtasidagi oraliq shakl hisoblanadi. Oʻzining tashkiliyhuquqiy shakliga koʻra, Holding, odatda, aksiyadorlik jamiyati qatoriga kiradi. Oʻz navbatida, aksariyat hollarda, Holding aksiyalariga uning oʻzi nazorat qiladigan korxonalar egalik qiladi, bu esa korxonalarning manfaatlarini oʻzaro va Holding kompaniya manfaatlari bilan uygʻunlashtirish imkoniyatini yaratadi.
20. INJINIRING (ing . injineering — ixtirochilik,) muhandislikmaslahat xizmatlari — tijo-ratchilik qoidalariga asoslangan holda i.ch. ni tashkil etishni taʼminlash, mahsulot sotishni uyushtirish va b. yuzasidan maslahat berish. Bu ish bilan max-sus ixtisoslashgan I. firmalari, be-vosita yirik sanoat va qurilish firmalari shugʻullanadi, ular bir vaqtning oʻzida bir necha mijozlarga xizmat qiladi. Eksport I. firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat koʻrsatadi, mu-rakkab va katta loyihalarni amalga oshiradi. I. firmalari bozorning muhim ishtirokchisi hisoblanadi. Xalqaro I. xizmati ishning texnik-tashkiliy va tijorat tomonlari koʻrsatilgan kontrakt shaklida rasmiylashtiriladi. I. mohiyati bilan muayyan pulli xizmatlarga buyurtmaning bir koʻrini-shidir. I. xizmatlari 2 guruhga boʻlinadi: i.ch. jarayonini tayyorlash bilan boglits xizmatlar, i. ch. va mahsulotni sotish jarayonini meʼyorda borishni taʼminlash boʻyicha xizmatlar. Xizmat larning birinchi guruhiga loyihaga qadar, loyiha, loyihadan keyingi va maxsus xizmatlar; ikkinchi guruhga korxonani ishlatish, boshqarish jara-yonlarini optimallashtirish va uning mahsulotlarini sotish bilan bogʻliq ishlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |