“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №2, апрель, 2021 йил. ISSN: 2181-1016
3
etish 2019 yilda 44 foizga, keyingi yillarda 50 va undan ortiq foizga yetkazishga
erishilishi ko‘rsatib o‘tilgan[5].
N.Sharopovaning “Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning xorijiy
tajribalari va uni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari” nomli maqolasida DXSh
mexanizmini joriy etishning ahamiyati maktabgacha ta’lim
muassasalarining
xarajatlarini rejalashtirish va sarflash shaffofligini oshirish choralarini ko‘rish,
faoliyatining ochiqligi va ularning mustaqilligi oshirilishi davlat-xususiy
sheriklikni yo‘lga qo‘yish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va ularning investision
jozibadorligini keltirib o‘tilgan[6].
Bilimga asoslangan iqtisodiyot sharoitida ta'limni moliyalashtirish va
rivojlantirish uchun ijtimoiy sheriklikning ahamiyati va zarurligi haqidagi farazni
ilgari suradi va tasdiqlaydi. Keltirilgan farazlarni tasdiqlash uchun ijtimoiy o‘zaro
ta'sir va ijtimoiy javobgarlik kontseptsiyalarining evolyutsiyasi o‘rganiladi, bilimga
asoslangan iqtisodiyotda ijtimoiy
sheriklik qonunlari asoslanadi, bu uchburchak
modeldan foydalanib, o‘zaro ta'sir o‘tkazish zarurligini ko‘rsatmoqda. Davlat,
universitetlar va korporatsiyalarni innovatsion rivojlanish yo‘lida oldinga siljitish.
Maqolada yaqinda Rossiyada qo‘llanilgan maktabgacha ta'limda davlat-xususiy
sheriklik shakli sifatida imtiyozlardan foydalanish muhokama qilinadi.
Xalqaro
ilg‘or tajribalarni o‘rganish asosida mualliflar investitsiya fondlaridan, xususan,
ta'limga investitsiyalarning istiqbolli texnologiya sifatida ta'sir mexanizmidan
foydalanishni taklif qilishmoqda. Ushbu muammolarni hal qilish usullaridan biri
bu mablag‘larni intellektual mulkka o‘zaro investitsiya qilishdir.
Bilimga
asoslangan iqtisodiyotda ta'lim va innovatsiyalarni moliyalashtirish uchun fondlar
fondlarini shakllantirish ham keng tarqalgan[7].
Maktabgacha ta’lim xizmatlari nodavlat sektorini yanada rivojlantirish,
bolalarning maktabgacha ta’lim tizimiga kengroq qamrab olinishini ta’minlash
hamda maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sherikchiligi uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining
“Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-sonli qarori qbul qilindi.
Bugungi rivojlanish jarayonlarida O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat
notajorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notajorat tashkilotlari faoliyatini
kafolatlari to‘g‘risida”, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik
to‘g‘risida”, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Davlat
- hususiy sheriklik
to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4
maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining
rolini tubdan oshirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi 5430 sonli Farmoni va
keyingi yillarda qabul qilingan boshqa me’yoriy -
huquqiy hujjatlar nodavlat
notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning mustaqilligini
ta’minlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligi bilan
ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: