Xususiy sektor
Xususiy sektor - iqtisodiyotning xususiy mulkchilik va xoʻjalik yuritishning erkin bozor
usullariga, iktisodiy aloxidalashuviga asoslangan sohasi. Bozor shtisodiyoti davlat va nodavlat
sektorlaridan iborat. Oʻz navbatida, nodavlat sektori xususiy va jamoa sektorlariga boʻlinadi.
Xususiy sektor nodavlat sektorining bosh boʻgʻini. Xususiy sektordagi moddiy va moliyaviy
resurslar, yaratilgan mahsulot va xizmatlar xususiy mulk hisoblanadi. Bu sektor xususiy
korxonalar, firmalar, moliya kompaniyalari, xoʻjaliklar, banklar, jamgʻarmalardan iborat va
iktisodiyotning hamma tarmoqlarida amal qiladi.
Xususiy sektor tarixan anʼanaviy tizim davrida ibtidoiy jamoaviy xoʻjaliklar vayronalarida yuzaga
kelgan. Mehnat unumdorligi oʻsib, jamoadan ajralgan holda yakka tarzda mehnat kilib tirikchilik
oʻtkazish imkoni paydo boʻlishi bilan xususiy xoʻjaliklar yuzaga keladi. Ular koʻpayib ketgach,
Xususiy sektor paydo boʻladi. Chunki Xususiy sektor ayrim xoʻjalik emas, balki xoʻjaliklar majmui
xisoblanadi. Xususiy sektor bir necha ming yillar davomida saqlanib qolgan jamoaviy sektor bilan
yonmayon rivojlandi. Biroq davlat paydo bulishi bilan davlat sektori yuzaga keldi. Shu davrdan
eʼtiboran iktisodiyotning sektorlarga aniq ajralishi yuz berdi. Anʼanaviy tizim boskichida Xususiy
sektor naturalisteʼmolchi iktisodiyotga xizmat qilgan, u oʻzini oʻzi taʼminlashi uchun mahsulotlar
yaratgan, unda barter aloqalari boʻlgan, ondasonda tovarpul aloqalari uchrab turgan. Bozor
iqtisodiyotiga oʻtilishi munosabati bilan Xususiy sektor tovar ishlab chiqaruvchi korxona va
xoʻjaliklar majmuasiga aylandi. Bu sektor bozor qonunqoidalariga binoan rivojlanadi, pul
munosabatlari iqtisodiy aloqalarning asosini tashkil etadi, iqtisodiy faoliyat foyda topishga
qaratiladi, u erkin yollanma mehnatni qoʻllashga asoslanadi, mehnatdan iqtisodiy manfaatdorlik
paydo boʻlib, iqtisodiy stimullar kuchga kiradi. Natijada Xususiy sektor jadal usadi.
19-asr oʻrtalaridan industrial mamlakatlarda Xususiy sektor bozor tizimining bosh boʻgʻini
sifatida rivojlanib keldi. 21-asr boshlariga kelib Xususiy sektor tartibli rivojlana boshladi. Bu
yerdagi iktisodiy faoliyat oʻzining ijtimoiyligi, yaʼni jamiyat farovonlikni taʼminlashga qaratilishi
bilan ajralib turadi, uning tartiblanib turishida bozor kuchlari bilan birgalikda davlat xam
qatnashadi. 20a oxiri — 21-asr boshlariga kelib sobiq sotsialistik mamlakatlarning rejali tizimdan
bozor iqtisodiyotiga oʻtishi bilan jahondagi 25 mamlakatda (bular jumlasiga Oʻzbekiston ham
kiradi) koʻp sektorli iktisodiyot paydo boʻldi, uning tarkibida ilgari davlat sektorini tashkil etgan
korxonalarni xususiy korxonalarga aylantirish; korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish,
yangi xususiy korxonalar ochish; tomorqa xoʻjaligini xususiy dehqon xoʻjaligiga aylantirish; sobiq
jamoa xoʻjaliklari (kolxoz)lar asosida fermer xoʻjaliklarini tashkil etish va boshqa yoʻllar bilan
davlatning faol ishtirokida, uning rahbarligida oʻtkazilgan bozor islohotlari jarayonida Xususiy
sektor koʻlami kengaydi. Xususiy sektorning iktisodiyotdagi oʻrni 3 koʻrsatkich bilan baholanadi:
1) asosiy kapitaldagi hissa; 2) ishlovchilar sonidagi hissa; 3) yalpi ichki mahsulot (YAIM)dagi
hissa. Bular orasida Xususiy sektorning YAIMdagi hissasi asosiy, unga qarab Xususiy sektorning
iktisodiyotdagi mavqei anikdanadi.
Oʻzbekistonda Xususiy sektor xususiy korxonalar, asosan, kichik va oʻrta biznes korxonalar idan,
yakka tadbirkorlardan, fermer va dehqon xoʻjaliklari va xususiy banklardan iborat. 2003-yilda
Oʻzbekistonda 92,4 ming xususiy korxona, 87,6 ming fermer xoʻjaligi va 97,2 ming yakka
tartibda tadbirkorlik kiluvchilar faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston iqtisodiyotida Xususiy sektorning
YAIMdagi hissasi 2003-yilda 74,5% ni tashkil etdi, 2148,1 ming gektar yerga ega boʻlgan fermer
xoʻjaliklarida 603 ming kishi band boʻldi. Oʻzbekiston milliy iqtisodiyotining turli sohalarida
Xususiy sektor har xil mavqega ega. Uning rivojlanish darajasi boʻyicha savdosotiq va yoʻlovchi
transporti, qurilish va qishloq xoʻjaligi oldingi oʻrinlarda boʻlsa, sanoat, yuk transporti, havo
transporti, aloqa va bank sohasi keyingi oʻrinlarda turadi.
Ahmadjon Oʻlmasov, Farrux Vahobov.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Xususi
y_sektor&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Soʻnggi tahrir 2 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Xususiy_sektor&oldid=239158
9
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |