96. Litiydan =1015 Hz chastotali yorug‘lik ta`sirida urib chiqarilgan elektronlar qanday maksimal energiyaga ega bo‘ladilar?
97. Fotoelektronlarni maksimal tezligi max=2000 km/s bo‘lishi uchun, seziy sirtiga qanday to‘lqin uzunligidagi yorug‘lik bilan ta`sir etishi kerak? Seziy uchun fotoeffektning qizil chegarasi о=690 nm.
98. Biror bir metall sirtiga navbat bilan 1=0.35 mkm va 2=0.54 mkm to‘lqin uzunlikdagi yorug‘lik bilan ta`sir etilganda shu narsa aniqlanadiki, fotoelektronlarni mos ravishda maksimal tezliklari n=2 marta farq qilar ekan. Shu metall sirtidan chiqish ishi aniqlansin.
99. Boshqa jismlardan uzoqlashtirilgan mis sharchaga =140 nm to‘lqin uzunlikdagi elektromagnit nurlanish bilan ta`sir etilsa, u qanday maksimal potensialgacha zaryadlanadi.
100. Ruh uchun fotoeffektning qizil chegarasi aniqlansin va о=250 nm to‘lqin uzunlikdagi elektromagnit nurlanish ta`sirida urib chiqarilayotgan fotoelektronlarni maksimal tezligi topilsin.
101. =55.8 nm to‘lqin uzunlikdagi rentgen nurlanishi grafikda sochilmoqda. Tushayotgan oqim yo‘nalishiga nisbatan =60о burchak ostida sochilayotgan yorug‘lik to‘lqin uzunligi topilsin.
102. Kompton yorug‘lik to‘lqin uzunlikning maksimal o‘zgarishi aniqlansin: 1) erkin elektronlarda; 2) erkin protonlarda.
103. Erkin elektron bilan urilgan fotonni sochilish burchagi aniqlansin, agar sochilishdagi to‘lqin uzunlikning o‘zgarishi =3.62 nm ga teng bo‘lsa.
104. Energiyasi Е=0.4 MeV bo‘lgan foton erkin elektronda =90о burchak ostida sochildi. Sochilgan fotonni energiyasi Е va tepki olgan elektronni kinetik energiyasi T topilsin.
105. To‘lqin uzunligi =7.08 nm bo‘lgan rentgen nurlarini parafinda kompton sochilishi yuz bermoqda. Q1=- va Q2= burchak ostida sochilgan rentgen nurlarini to‘lqin uzunligitopilsin.
106. Grafitda =60о burchak ostida Kompton sochilgan rentgen nurlanishini to‘lqin uzunligi =25.4 nm bo‘lsa, rentgen nurlarining to‘lqin uzunligi sochilishga qadar bo‘lgan?
107. To‘lqin uzunligi =2 nm bo‘lgan rentgen nurlarini =90о burchak ostida Kompton sochilishi yuz bermoqda. Tepki olgan elektronning energiyasi topilsin.
108. Kompton hodisasida tushayotgan foton energiyasi sochilgan foton va toki olgan elektron orasida teng taqsimlangan. Sochilish burchagi =- . . Sochilgan fotonning energiyasi va impulñi topilsin.
109. Rentgen nurlarining energiyasi Е=0.6 MeV. Agar kompton sochilishdan so‘ng to‘lqin uzunlik 20% o‘zgargan bo‘lsa, tepki olgan elektronning energiyasi aniqlansin.
110. Agar energiyasi tinch holatdagi elektron energiyasi teng bo‘lgan foton =180о burchak ostida sochilgan bo‘lsa, Kompton effektida tepki olgan elektronning impulse Р aniqlansin.
111. Kompton effektida tepki olgan elektronga foton energiyasining qanday qismi to‘g‘ri keladi, agar foton =180о burchakka sochilgan bo‘lsa. Sovigunga qadar foton energiyasi Е=0.255 MeV.