Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari tơĞrisida



Download 79,5 Kb.
Sana03.04.2017
Hajmi79,5 Kb.
#5954

XUSUSIY BANK VA MOLIYA INSTITUTLARI HAMDA ULAR FAOLIYATINING KAFOLATLARI TƠĞRISIDA


 Qonunchilik palatasi tomonidan 2012 yil 8 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2012 yil 5 dekabrda maъqullangan

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari

Ushbu Qonunning maqsadi xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlari (bundan buyon matnda xususiy bank va moliya institutlari deb yuritiladi) hamda ular faoliyatining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonunning asosiy vazifalari xususiy bank va moliya institutlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taъminlashdan, bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratishdan, bank xizmatlari va boshqa moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni kengaytirishdan hamda mijozlarga xizmat kơrsatish sifatini oshirishdan iboratdir.

2-modda. Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari tơğrisidagi qonun hujjatlari

Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari tơğrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar Ơzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Ơzbekiston Respublikasining xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari tơğrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bơlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qơllaniladi.

3-modda. Xususiy bank va moliya institutlari

Xususiy bank va moliya institutlari ustav fondida (ustav kapitalida) muassislar (ishtirokchilar) bơlgan jismoniy shaxslarning ulushi kamida ellik foizni tashkil etishi lozim bơlgan banklar va boshqa kredit tashkilotlari, suğurta tashkilotlari, shuningdek faqat moliyaviy xizmatlar kơrsatuvchi ơzga yuridik shaxslardir.

Xususiy bank va moliya institutlari tadbirkorlik subъektlaridir.

Quyidagilar xususiy bank va moliya institutlarining muassislari (ishtirokchilari) bơlishi mumkin emas:

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bơlgan yuridik shaxslar;

davlat organlari, shuningdek siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va diniy tashkilotlar.

Davlat organlarining mansabdor shaxslari xususiy bank va moliya institutlarida haq tơlanadigan lavozimni egallashi mumkin emas.

4-modda. Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatining mulkiy asosi

Xususiy bank va moliya institutlari faoliyati ularning ơz mol-mulki va (yoki) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin.

Xususiy bank va moliya institutlarining ơz faoliyatini amalga oshirishiga asos hamda vosita bơlgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquq va majburiyatlarning belgilanishi, ơzgartirilishi va (yoki) bekor qilinishi bilan boğliq oldi-sotdi, garov, ijara hamda boshqa bitimlar obъekti bơlishi mumkin.

5-modda. Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatini tashkil qilish

Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tashkil qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Qonun hujjatlariga muvofiq bank, suğurta, lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar kơrsatuvchi tashkilotlar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish vazifalari zimmasiga yuklatilgan davlat organlari xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilish bơyicha maxsus vakolatli davlat organlaridir.

Maxsus vakolatli davlat organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda faoliyatning tegishli sohasida xususiy bank va moliya institutlari rahbarlariga nisbatan malaka talablarini belgilashi, shuningdek, xususiy bank va moliya institutlari bajarishi uchun majburiy bơlgan iqtisodiy normativlarni va jalb etilgan mablağlar hisobidan amalga oshiriladigan investitsiyalarning eng kơp miqdorlarini belgilashi mumkin.

Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

6-modda. Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatiga soliq solish

Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatiga soliq solish soliq tơğrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi hamda ular uchun soliqlar va boshqa majburiy tơlovlar bơyicha imtiyozlar hamda preferentsiyalar nazarda tutilishi mumkin.

2-bob. Xususiy bank va moliya institutlarining huquq hamda majburiyatlari

7-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining huquqlari

Xususiy bank va moliya institutlari:

mustaqil ravishda ơz faoliyatini amalga oshirishga hamda bank xizmatlari va moliyaviy xizmatlar kơrsatishga;

bank xizmatlari va moliyaviy xizmatlar bozorida rivojlanish strategiyasini hamda ishtirok etish dasturlarini tanlashga;

ơz faoliyatidan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olishga va uni taъsis hujjatlariga muvofiq ơz xohishiga kơra tasarruf etishga;

belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga haqli.

Xususiy bank va moliya institutlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bơlishi mumkin.

8-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining majburiyatlari

Xususiy bank va moliya institutlari:

ơzlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi;

soliqlar va boshqa majburiy tơlovlarni tơlashi;

mehnat shartnomasi (kontrakt) bơyicha ishlayotgan shaxslarning mehnat haqini qonun hujjatlarida Mehnatga haq tơlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bơyicha belgilangan miqdordan oz bơlmagan miqdorda belgilashi, ular bilan ơz vaqtida hisob-kitob qilishi, shuningdek ish beruvchi sifatida ơz fuqarolik javobgarligini suğurta qilishi;

mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi;

raqobat tơğrisidagi va isteъmolchilarning huquqlarini himoya qilish tơğrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;

joylashgan eri (pochta manzili) va boshqa rekvizitlari ơzgarganligi haqida qonun hujjatlariga muvofiq tegishli davlat organlarini ơz vaqtida xabardor qilishi;

buxgalteriya hisobi va hisobotini qonun hujjatlariga muvofiq yuritish talablariga rioya etishi;

ơz faoliyati tơğrisidagi hisobotlarni tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi shart.

Xususiy bank va moliya institutlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bơlishi mumkin.

9-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining birlashmalari

Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ơz huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga birlashishi mumkin.

3-bob. Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatining kafolatlari

10-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining huquqlari hamda qonun bilan qơriqlanadigan manfaatlarining kafolatlari

Davlat xususiy bank va moliya institutlariga teng huquqlarni kafolatlaydi hamda moddiy-texnika, moliyaviy, mehnat, axborot resurslaridan va boshqa resurslardan foydalanish uchun teng imkoniyatlar yaratadi.

Davlat xususiy bank va moliya institutlarining tadbirkorlik faoliyati erkinligini hamda huquqiy jihatdan muhofaza qilinishini kafolatlaydi.

Xususiy bank va moliya institutlariga nisbatan kamsitishlarga yơl qơyilmaydi.

11-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining mulk huquqi kafolatlari

Xususiy bank va moliya institutlari, shuningdek ular muassislarining (ishtirokchilarining) mulk huquqi daxlsiz va davlat himoyasidadir.

12-modda. Xususiy bank va moliya institutlari mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmasligining kafolatlari

Xususiy bank va moliya institutlarining mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Xususiy bank va moliya institutlarining mulki bơlgan mol-mulkni, shu jumladan er uchastkasini ular natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib qơyish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bơlmasa, xususiy bank va moliya institutlariga uning bozor qiymati, shuningdek bunday olib qơyish munosabati bilan xususiy bank va moliya institutlariga etkazilgan zarar tơliq qoplanishi sharti bilangina amalga oshiriladi.

Xususiy bank va moliya institutlari ơz mulkidagi mol-mulkning natsionalizatsiya, musodara hamda rekvizitsiya qilinishi tơğrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.

13-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari

Davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari xususiy bank va moliya institutlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Agar davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasa, ular ơz vakolatlari doirasida va aniq qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan tơğridan-tơğri boğliq chora-tadbirlarni kơrishi mumkin. Davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan xususiy bank va moliya institutlarining boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki bunday faoliyatni cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.

Davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ular mansabdor shaxslarining xususiy bank va moliya institutlari faoliyatiga, shu jumladan mazkur institutlar hamda ular filiallarining rahbar xodimlarini tayinlashga aralashishi, xususiy bank va moliya institutlarining mablağlari hisobidan turli tơlovlar hamda badallar talab qilishi taqiqlanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning xususiy bank va moliya institutlarining tadbirkorlik tavakkalchiliklarini, shu jumladan kredit portfeli hamda aktivlarini shakllantirish bilan boğliq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarishga doir faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi.

14-modda. Kơrsatiladigan moliyaviy xizmatlar uchun haq tơlash miqdorini mustaqil belgilash kafolatlari

Moliyaviy xizmatlar kơrsatganlik uchun haq tơlash miqdori xususiy bank va moliya institutlari tomonidan mustaqil belgilanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

15-modda. Daromadni (foydani) tasarruf etish erkinligi kafolatlari

Xususiy bank va moliya institutlari barcha xarajatlarning, shu jumladan taъsis hujjatlarida belgilangan xarajatlarning ơrni qoplanganidan, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy tơlovlar tơlanganidan keyin qolgan daromadni (foydani) ơz xohishiga kơra tasarruf etadi, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno.

16-modda. Axborotdan foydalanish kafolatlari

Davlat organlari va boshqa organlar, ularning mansabdor shaxslari xususiy bank va moliya institutlariga mazkur xususiy bank va moliya institutlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor qonun hujjatlari, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini taъminlashi shart. Axborotdan foydalanish qonun hujjatlarini, hujjatlarni, qarorlarni va boshqa materiallarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmoği orqali davlat organlari va boshqa organlarning rasmiy veb-saytlarida eъlon qilish va tarqatish yơli bilan taъminlanadi.

4-bob. Xususiy bank va moliya institutlarining huquqlarini himoya qilish

17-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining ishchanlik obrơsini himoya qilish

Xususiy bank va moliya institutlari ơz ishchanlik obrơsiga putur etkazadigan maъlumotlarga, agar bunday maъlumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga tơğri kelishini isbotlay olmasa, raddiya berilishini sud tartibida talab qilishga haqli.

Agar xususiy bank va moliya institutlarining ishchanlik obrơsiga putur etkazadigan maъlumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan bơlsa, bu maъlumotlarga raddiya ayni shu ommaviy axborot vositalarida berilishi lozim. Agar tashkilotdan olingan hujjatda shunday maъlumotlar bơlsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.

Xususiy bank va moliya institutlari ơz ishchanlik obrơsiga putur etkazadigan maъlumotlar tarqatilganda, bunday maъlumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida etkazilgan zararning ơrni qoplanishini va maъnaviy zarar kompensatsiya qilinishini talab etishga haqli.

18-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining oshkor etilmagan axborotini muhofaza qilish

Xususiy bank va moliya institutlarining tijorat siri bơlgan, uchinchi shaxslarga maъlum bơlmagan axboroti (oshkor etilmagan axborot) uchinchi shaxslarga maъlum bơlmaganligi sababli haqiqiy yoki potentsial tijorat qiymatiga ega bơlgan, undan qonuniy asosda erkin foydalanish mumkin bơlmagan hamda axborot egasi uning maxfiyligini saqlashga doir choralar kơrgan taqdirda, muhofaza qilinadi.

Oshkor etilmagan axborotni undan qonunga xilof ravishda foydalanishdan muhofaza qilish huquqi ushbu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni davlat rơyxatidan ơtkazishdan, guvohnomalar olishdan va hokazodan) qatъi nazar vujudga keladi.

Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish qoidalari qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri bơla olmaydigan maъlumotlarga (yuridik shaxslar, mol-mulkka bơlgan huquqlar hamda uning xususida tuzilib, davlat rơyxatidan ơtkazilishi kerak bơlgan bitimlar haqidagi maъlumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etilishi kerak bơlgan maъlumotlarga va boshqalarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.

Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqatgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs axborotdan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun bu axborotning qonuniy egasiga etkazilgan zararning ơrnini qoplashi shart.

Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi maъlumotlarni mustaqil ravishda va qonuniy tarzda olgan shaxs, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qatъi nazar, bu maъlumotlardan foydalanishga haqli va bunday foydalanganlik uchun uning oldida javob bermaydi.

19-modda. Xususiy bank va moliya institutlariga etkazilgan zararning ơrnini qoplash

Xususiy bank va moliya institutlariga etkazilgan zararning ơrni, shu jumladan boy berilgan foyda bu zararni etkazgan shaxs tomonidan tơla hajmda qoplanishi kerak. Zarar etkazuvchi bơlmagan shaxs zimmasiga qonunga binoan zararning ơrnini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin.

Davlat organlari va boshqa organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi va boshqa organning qonun hujjatlariga muvofiq bơlmagan hujjat qabul qilishi natijasida xususiy bank va moliya institutlariga etkazilgan zararning ơrni davlat tomonidan va boshqa organ tomonidan sudning qarori asosida qoplanishi kerak. Davlat organlari va boshqa organlarning mansabdor shaxslari aybi bilan etkazilgan zararning ơrnini qoplash sud qarori bilan mazkur mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshiruvlardan ơtkazish, shuningdek davlat organlari va boshqa organlar xodimlarining, shu jumladan ular tomonidan tekshirishlar ơtkazishga jalb qilingan shaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida xususiy bank va moliya institutlariga etkazilgan zararning ơrni, boy berilgan foydani hisobga olgan holda, zarar etkazgan davlat organlari yoki boshqa organlar tomonidan tơla hajmda qoplanishi kerak.

Xususiy bank va moliya institutlariga etkazilgan zararning ơrnini qoplagan davlat organlari va boshqa organlar mazkur organlar xodimlarining, shuningdek ushbu organlar tomonidan tekshirishlar ơtkazishga jalb qilingan shaxslarning aybi bilan xususiy bank va moliya institutlariga etkazilgan zarar bơyicha ularga nisbatan regress talab qơyish huquqiga ega.

20-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirishlarni cheklash

Nazorat qiluvchi organlar tomonidan ơtkaziladigan xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirishlar qonun hujjatlariga muvofiq nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bơyicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan rejali tartibda kơpi bilan besh yilda bir marta amalga oshirilishi mumkin.

Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirishlar ơttiz kalendarь kundan oshmasligi hamda xususiy bank va moliya institutlarining tơlaqonli faoliyat yuritishiga xalaqit qilmasligi lozim.

Nazorat qiluvchi organ rejali tekshiruv ơtkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni ơtkazish boshlanishidan kamida ơttiz kalendarь kun oldin xususiy bank va moliya institutlarini, tekshiruvdan ơtkazish muddatlari va tekshiruv predmetini kơrsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart.

Qơzğatilgan jinoyat ishining mavjudligi prokuratura, ichki ishlar va Ơzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshiruvlardan ơtkazish uchun asos bơladi. Bunda xususiy bank va moliya institutlarining qơzğatilgan jinoyat ishi bilan boğliq faoliyatigina tekshiruv bilan qamrab olinishi mumkin, bu haqda tekshiruv tayinlanganligi tơğrisidagi qarorda kơrsatilishi kerak.

Xususiy bank va moliya institutlari tekshiruv ơtkazish uchun asoslarga ega bơlmagan shaxslarning tekshiruv ơtkazishiga yơl qơymaslik, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning vakolatiga kirmaydigan masalalar bơyicha ularning talablarini bajarmaslik hamda ularni tekshiruv predmetiga taalluqli bơlmagan materiallar bilan tanishtirmaslik huquqiga ega.

Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatini tekshirishlar natijalari dalolatnoma (maъlumotnoma) bilan rasmiylashtirilib, tekshirish tugagan kuni uning bir nusxasi tekshirilayotgan xususiy bank va moliya institutida qoldiriladi.

Xususiy bank va moliya institutlari faoliyati tekshiruvlardan ơtkazilayotganda qonun hujjatlari normalarining qơllanilishida yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bơlmaydigan kelishmovchiliklar va noaniqliklar xususiy bank va moliya institutlari foydasiga talqin qilinadi.

Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan xususiy bank va moliya institutlari faoliyatini tekshirishlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning rahbarlari, xodimlari, shuningdek tekshirishlar ơtkazishga jalb qilinadigan shaxslar xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirishlarni qonunga xilof ravishda amalga oshirganlik uchun, shu jumladan qonunga xilof qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bơladi.

21-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirishlarni amalga oshiradigan mansabdor shaxslarga qơyiladigan talablar

Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirishlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.

Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirishga kirishishiga mazkur shaxslarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bơyicha maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshiruvlar ơtkazish rejasidan kơchirma yoki rejadan tashqari yoxud muqobil tekshiruv ơtkazish tơğrisida ushbu organ tomonidan qabul qilingan qarorning kơchirma nusxasi, shuningdek nazorat qiluvchi organning tekshirish maqsadlari, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi va tekshiruv ơtkazish muddatlari kơrsatilgan buyruğining kơchirma nusxasi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tekshiruvlar ơtkazishga ruxsat berilganligi tơğrisidagi maxsus guvohnomasi hamda shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi bơlgan taqdirda yơl qơyiladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshiruvdan ơtkazayotganda tekshirishlarni rơyxatdan ơtkazish kitobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirayotganda xususiy bank va moliya institutlarining tijorat siri, xizmat siri va qonun bilan qơriqlanadigan boshqa sirlari, shuningdek oshkor etilmagan axboroti sir saqlanishini taъminlashi shart.

22-modda. Davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish

Xususiy bank va moliya institutlari davlat organlari hamda boshqa organlarning xususiy bank va moliya institutlari faoliyati bilan boğliq qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan ơz xohishiga kơra bơysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud bevosita sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

Bơysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat berilganligi shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.

Xususiy bank va moliya institutlari davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini amalga oshirish bilan boğliq ơz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi tơğrisida sudga murojaat qilganida davlat boji tơlashdan ozod etiladi.

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

23-modda. Nizolarni hal etish

Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.

24-modda. Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari tơğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari tơğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bơladi.

25-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bơlgan ơz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta kơrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.

26-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy eъlon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

 

Ơzbekiston Respublikasining Prezidenti


I. KARIMOV
Download 79,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish