Xushbo’y suvlar va qiyomlar. Tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi.
Reja
1. Qiyomlar tavsifi va tasnifi.
2. Qiyomlarni tayyorlashdagi texnologik bosqichlar.
3. Oddiy qand qiyomi texnologiyachsi, standartizatsiyasi va ishlatilishi.
4. Xushbo’y suvlar tavsifi va tasnifi.
5. Efir moylarini suvda eritib tayyorlanadigan xushbo‘y suvlar.
Tayanch iboralar: farmatsevtik eritma, qiyom, xushbo‘y suv, erituvchi, reaktor, aralashtirgich.
Ma’ruzaning maqsadi: Talabalarni korxona sharoitida ishlab chiqariladigan farmatsevtik eritmalar tavsifi va tasnifi bilan tanishtirish. Eritmalarni tayyorlashdagi texnologik bosqichlar. Qiyomlar va xushbo‘y suvlarni tayyorlash texnologiyasi.
Ajratilgan vaqt - 2 soat.
Farmatsevtika korxonalarida suvli va suvi bo‘lmagan (spirtli va moyli) suyuq dori shakllari ishlab chiqariladi.
Qiyomlar (Sirupi) qandning suvdagi eritmalari yoki ularning dori moddalar bilan aralashmasiga qiyomlar deb ataladi. Qiyomlar quyuq va tiniq suyuqlik, o‘ziga shirin ta’mli va ichish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Asosan dori moddalarning yoqimsiz hidi va mazasini yaxshilash uchun va shuningdek dori modda sifatida ham ishlatiladi. Odatda qiyomlar qand eritmasida tayyorlanadi. Oddiy qand qiyomi ekstraktlar, nastoykalar meva sharbatlari bilan aralashtirib, kerak bo‘lsa, tayyorlanadp. Tayyor qiyom qalin material mato yoki filtr kog‘ozi orqali suziladi. Isitib tayyorlangan qiyomlar esa issiq holda suziladi. Ba’zi xollarda qiyomlarga konservant sifatida etil spirti qo‘shiladi. Qiyomlar zichligi, sofligi va dorivor moddaning miqdori bo‘yicha baholanadi. Qiyomlar ishlatilishiga binoan ta’m beruvchilarga va dorivorlarga bo‘linadi. Ta’m beruvchi qiyomlarga: qand, olcha va maymunjon (malina) qiyomlari kiradi. Qiyomlar tibbiyotda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, bolalar va qariyalar uchun tayyorlanadigan dorilarning ta’mini yaxshilaydi, dorilarning tanada ko‘rsatadigan noxush ta’sirini susaytiradi yoki yuqotadi. Lenin biofarmatsiyaga amal qilinadigan bo‘lsa, ularni ko‘r-ko‘rona ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Biofarmatsiya ta’limotiga kura, eritmalarning ta’mini qiyomlar yordamida yaxshilab berilishi ularning terapevtik faolligiga ta’sir etadi. Masalan: kalsiy xlorid, tetratsiklin, amidopirin, izoniazid eritmalarining ta’mini yaxshilash uchun qo‘shilgan qand olcha, karag‘at qiyomi, ularning so‘rilish tezligi va terapevtik faolligini pasaytiradi. SHuning uchun dori turlarining noxush ta’m va hidini o‘zgartirishda texnologiya, fiziologiya va biofarmatsiya nuqtai nazaridan yondashish
Do'stlaringiz bilan baham: |