Xurramova zilola ilhom qizi bitiruv malakaviy ishi turkiston jadidlari qarashlarida xotin- qizlar va


- birini ko‘rmay turmush  quradi, natijada hayotlarida davomida bir -



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/33
Sana06.06.2022
Hajmi0,64 Mb.
#642330
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Bog'liq
turkiston jadidlari qarashlarida xotin- qizlar va yoshlar masalasi

-
birini ko‘rmay turmush 
quradi, natijada hayotlarida davomida bir
-
birlaridan nolib yurishadi. Nikoh 
nizomining o‘zi ham odilona insoniy huquqlardan kelib chiqib tuzilmagan edi. 
“Turkiston viloyatining gazeta” sonlaridan birida bu borada jadidlarning 
fikriga hamohang quydagicha munosabat bildirilgan: Olloh taborak va taoloning 
irodasi bo‘yicha qiz bolalar balog’atga yetib qo‘lidin ish keladurg’an bo‘lgandin 
so‘ngra erga tegib bir erkakning zaifasi bo‘ladur. To erga tekkuncha ul qizlar ota
-
onasining va yoki bir boshqa kishining tarbiyasida bo‘lib parvarish topadur. 
Mazkur tarbiyatgirlar qiz balog’atga yetkuncha yaxshi tarbiyat qilib o‘ziga ta’lluqli 
ishlarni ta’lim berib, andin so‘ngra munosib joy topilsa ul qizning roziligi bilan 
turmushga berish kerak degan fikrlar bildirilgan. 
Xotin
-
qizlar turmushga bergandan so’ng , ularning muhabbat va sadoqat, 
tenglik va hurmatga asoslangan oila qurish masalasi Ibrohim Davronning “Sevib 
xotun olmoq maqsadimizdir”,–deb nomlanuvchi maqolalaridan birida berilgan
39

Jadidlarning matbuot organi bo‘lmish “Sadoi Turkiston” gazetasining 
sahifalarida oila
-
nikoh muammolariga munosabat bildirilgan. Nikohdan o‘tayotgan 
qiz va yigitlarning qo‘llarida ularning salomatliklari va yuqumli kasalliklardan holi 
39
Раҳимова. Г. Иброҳим Давроннииг Апгори нисвон тўплами ҳакида баъзи мулоҳазалар. –T.: Адабий мерос, 
1989. –Б.5-11.


40 
ekanliklariga doir shahodatnomalari bo‘lishi va bular nikohdan 15 kun avval 
shifokordan olingan bo‘lishi shart. Agarda uylanayotgan yigit va qizning qo‘llarida 
ana shunday shahodatnoma bo‘lmasa, imomning nikoh o‘qishga haq-huquqi 
bo‘lmasligi kerak. Nikoh faqat qiz va yigitning roziligi va ishtirokida o‘tishi, 
nikohga oid har bir vazifa masjidlarda xalqqa ona tili ila imomlar va voizlar 
tarafidan so‘zlanishi, balog’atga yetmagan qiz bolalarga nikoh o‘qigan imomlar, 
bunga rozilik bergan ota-onalar javobgarlikka tortilishi lozimligi haqida to‘g’ri va 
qimmatli fikrlar bildirishgan. 
Turkiston jadidlari orasida oila masalasi bilan shug’ullanganlardan 
Mahmudxuja Behbudiydir. O‘zining “Hifz-i sihat-i oila” (“Oila sog’lig’ining 
himoyasi”) maqolasida oilaning ahvoli va yosh avlodning kelajagi ko‘pincha 
insonning o‘z sog’lig’iga nisbatan munosabatiga bog’liqdur, deb hisoblagan.
XX asr boshlarida M. Behbudiy o‘zining kichik-kichik maqolalarida oila, 
xotin
-
qizlar mavzusiga murojaat qilgan.
M.Behbudiy balog’atga yetayotgan 
qizlarni to‘y – hashamlarga kamroq olib chiqishlarni tayinlaydi. Chunki ko‘pchilik 
to‘ylarda yengil tabiat ayollar bo‘lib, har xil bo‘lmag’ur yallar, o‘yinlar qilib, qizlar 
axloqiga yomon ta’sir etishi mumkinligini aytib o‘tadi. Behbudiy yana o‘sha 
vaqtlardagi Turkistonda nikohning 17 yoshli yigitcha bilan 14 yashar qizning oilasi 
mukammal bo‘lmasligini ta’kidlaydi . Ular bu yoshda bolalik odatlaridan qutila 
olmagan bo‘ladi . “ Jami hifsi sihat mualliflari uylanmoqg’a erkak uchun 25-30 , 
ayollar uchun 20-22 yoshlarni tayin tayin qilmoq fikridadurlar”.–deb yozadi
40

Jadidlarning 
mashhur 
namoyandalaridan 
biri 
Munavvarqori 
Abdurashidxonov faoliyatining dastlabki yillaridanoq rus ma’murlariga va ularning 
o‘lkadagi siyosatiga nisbatan nafratli munosabatda bo‘lgan, u o‘zining juda uzoq, 
davr jaholatga kirishi, xotin- qizlar ozodligi, oilani isloh qilish uchun kurash olib 
borganligi borasida quyidagicha fikrda edi: “Men ko‘p vaqtdan beri ayollarni 
ancha tezroq, ozod qilish yo‘lida turli xil usullarni qo‘llash bilan ishlab 
kelmoqdaman” O‘sha davr gazeta va jurnallarida Munavvarqorining oila 
to‘g’risidagi diniy qadryatlarni poymol qiladigan bid’at va xurofotlarni tanqid 
40
Жадид педагогика асослари(Ўқув қўлланма).–T.: 2004.–Б. 57-58.


41 
qiladigan ko‘plab maqolalari ham e’lon qilingan. U tariqatchilikni oilaviy ma’rifat 
manbai 
sifatida 
qaraydigan 
islohotchi 
edi. 
Shu 
bois 
Munavvarqori 
maslakdoshlarini dam bid’atga qarshi kurashga chaqirdi, dinning ijobiy 
tomonlarini targ’ib qilishga undadi. 
Ma’rifatparvar jadidlar o‘sha davrning o‘ziga xos bir xislati–ko‘pxotinlikka 
qarshi chiqib, bu muammoga o‘z munosabatlarini bildirganlar. Vaholangki, ko‘rib 
chiqillayotgan davrda dindorlarning siyosiy birlashmasi sifatida yuzaga kelgan 
“Shuroyi ulamo”jamiyati g’oyalarini targ’ib etuvchi “Al-isloh” jurnalining bir 
maqolasida “Ko‘pxotinlikni yoqlab, xudo payg’ambarga ko‘pxotinlikka ruxsat 
bergan, oddiy musulmonga to‘rtta xotin olishga ruxsat etilgan, biroq, ular o‘rtasida 
adolat hukmron bo‘lishi lozim,”–deb yozilgan. Ismoilbek Gasprinskiy kabi aynan 
shu illatni Munavvarqori jamiyat taraqqiyotiga xalaqit berayotgan nuqsonlarlardan 
biri deb biladi va uni umummilliy muammo darajasigacha kutaradi. “Bu zamondan 
yuz yillardan buyon , muqaddam zamondan boshlab ohista
-
ohista millat 
devorlarining har tarafiga raxna paydo bo‘ldi. Bunga sabab - insofsiz xonlarimiz va 
dindorlarimiz millatga qilgan xizmatlari uchun ko‘ngillari istagan ayolni xotin qilib 
ola boshladilar. Millat nima va shariat nima bilmadilar. Shuning uchun millat 
devoridagi raxnalari tobora ziyoda bo‘ldi” -degan Munavvarqorining fikriga 
Hamza qo‘shiladi va o‘z she’rida quydagi misralarni keltiradi. 
Eshonlar to‘plab oltun, olur yilda bir xotun, 
Maishiatda tunu- kun, yig’la, millat, yig’laylik . 
Bu masalani “Turkiston viloyatining gazetasini” ham chetlab o‘tmagan edi. 
“bul vaqtda bizning erlarimiz bizlarga ozodlik bermay mahbus qatorida to‘rt devor 
ichida bizlarni saqlaydurlar va xohlagan vaqtlarida yaxshi ko‘rgan xotunlarini 
oladurlar va necha martaba nikoh qiladurlar va lekin bizlarga doimo zulm 
ko‘rsatib, bizlar aksar sil kasalga mubtalo bo‘lub bevaqt umrimiz tamom 
bo‘ladur”.–deb yozadi xotin-qizlar nomidan yozilgan maqolada. 
Abdulla Avloniyning “Advokatlik osonmi” dramasida
41
o‘lka ijtimoiy
-
iqtisodiy madaniy hayoti yoritilib, xotin-qizlar masalasiga ham alohida urg’u 
41
Авлоний А. Танланган асарлар.–Т.: Маънавият, 1998. –Б. 76.


42 
berilgan, asarda Davronbek ismli yosh adovakat yevropada o‘qib kelib Turkistonda 
ishlay boshlaydi, bir kuni uning oldiga Mehrinso ismli bir ayol kelib, juda erta 
turmushga chiqib, eri yaxshi emasligi, qimor o‘ynashi, har kuni uni haqorat qilishi, 
bu haqida qozi yoki ellikboshlariga arz qilsa, ular eridan pora olib , bu ishlarning 
barchasida uni ayblashayotganini aytib , yordam berishini so‘raydi, Davronbek 
unga yordam berishini aytadi va ayol ketgach, o‘ziga
-
o‘zi shunday deydi: “Oh 
zolim madaniyat , bizim turkistonliklarning orasiga qachon kelub tomir yoyasan? 
Qachon bizim bu jaholat zindonidan xalos qilasan? Bizda uy tarbiyasi boshlanub, 
xotun
-
qizlarimiz ilm-u maorif ila nurlanmag’uncha, bizning oramizda shunday 
ko‘ngilsiz hollatlar davom etsa kerak, Mana bu xotun bechorani eriga berg’on 
vaqtlarida o‘z xoxishlari bilan, o‘zining rizolig’i bilan, o‘zi ko‘rib xohlag’on eriga 
bermasdan hayvon kabi kuchlab, qo‘lidan tutib, bir zolimning qo‘liga berganlar.Bu 
mushtipar ma’sumaning butun umri azob – mehnatda , qayg’u va kulfatda o‘tub 
dunyog’a kelg’oniga
-
da, ming marotabadan pushaymon yeb g’am zindonda 
yashog’on. Mana bizning oramizdan munday ko‘ngilsiz holatlarning yo‘q qilmoq 
uchun butun kuch quvvatimizning xotin
-
qizlarimizning o‘qutmoq, maorif va 
madaniyat ila oshno qilmoq yo‘linda sarf qilmog’imiz zarur. Shundagina bizlar 
ham boshq qavmlar orasinda yashamog’imiz mumkindir”.–deb aytadi
42
. Bundan 
bilib olishimiz mumkinki bu drama orqali Abdulla Avloniy o‘z qarashlarini bayon 
etib, xalqning ong –u shuuriga ta’sir qilishga , jamiyatdagi zararli urf
-
odatlardan 
voz kechishga undaydi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Turkiston jadidlari ijtimoiy-siyosiy, 
madaniy-ma’naviy qarashlarida oila masalalariga alohida e’tibor berganliklari 
jadidchilik harakatining Turkistonni ravnaq ettirish yo‘lidagi xalq ma’naviyati va 
madaniyatini rivojlantirishdagi intilishlarini yaqqol ko‘rsatib berdi. Bu intilishlar 
jadidlarning quyidagi g’oyalarining hayotga tadbiq etilishlarida namoyon bo‘lgan, 
oilada ayollarning o‘rnini belgilash orqali, ularning jamiyatdagi mavqeyini 
oshirish, xotin

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish