19
uylantirganda
bazm qilmasa, unga nisbatan odamlar tomonidan turli malomat
toshlari ag’darilishi, To‘ylarda ko‘plab yallachilarning behayo qo‘shiqlari,o‘yinlari
ularga erkaklar tomonidan aqchalarning, sochilishi qanchalik aqlga sig’maydigan
hodisa bo‘lsa, onalarimiz tomonidan to‘y-u bazmlarga yosh bolalarni olib borilib
bu hodisalarni ko‘rsatishi ularning tarbiyasiga yomon ta’sirni o‘ylamaslik
onalarimizning
xatosidir deb, Munavvarqori o‘z maqolasida to‘y marosimlardagi
kamchiliklarni bayon qiladi. Yana bu asarda 1907-yilda tarqqiyparvarlar
tomonidan yangi usuldagi o‘g’il va qizlar uchun umumiy maktab ochilgani haqida
ma’lumotlar berib o‘tilgan. Fevral inqilobidan so‘ng jadidlar va Rossiya imperiyasi
vakillari xotin- qizlarni o‘qishga va davlat ishlariga jalb etish borasida bir xil fikrda
edi ( biroq maqsad boshqa boshqa bo‘lgan ).Inqilobdan so‘ng o‘qituvchilarning
birinchi quriltoyi chaqirilib ,uning tarkibiga ayollar
ham kiritilgani haqida
malumotlar keltirilgan
25
.
Begali Qosimovning “Milliy uyg’onish” asarida shunday ma’lumot keltiradi.
Toshkentda nashr qilingan “Al-isloh” jurnalining 1915-yilgi sonlarining birida
“xotin qizlarni pardada tutish” degan she’r bosilib chiqadi. She’rda paranjisi yo‘q
ayollar fohishaga tenglashtiriladi. Ko‘p o‘tmay bunga javoban bir she’r paydo
bo‘ladi. She’r muallifi o‘zbek mumtoz shoirlari maktabining kengashi vakillaridan
biri Nozimaxonim edi. Nozimaxonim Toshkentdan bo‘lib, XX asrning boshlarida
o‘z she’r maqollari orqali mustaqillik , xotin- qizlar masallari, mehnatkashlar haq-
huquqlarini talab qilib chiqqan ma’rifatparvar ayolardan edi. O’z she’rida
shoira
xotin-qizlarni ilm olib ma’rifatli bo‘lishga va qullik kishanlaridan qutilishga
chaqiradi
26
. Bundan bilib olishimiz mumkinki, ayollarning ijtimoiy mavqeyi o‘sha
davrda qanchalik yerga urilmasin ,ayni vaqtda ular ham o‘z
haq-huquqlari uchun
kurash olib borganlar.
Jadidlar faoliyatining tadqiqotchisi Begali Qosimovning
ilmiy izlanishlari natijasiga ko‘ra jadidlar shunday og’ir sharoitdan xotin-qizlarni
olib chiqish uchun intilganlarini, ular uchun
maktablar ochganlarini va
kutubxonalar tashkil qilganliklarini va bu harakatlarni mablag’ bilan ta’minlash
25
Мунавварқори Абдурашидхонов. Хотираларимдан. –T.: 2001. –Б. 73,77.
26
Қосимов Б. Миллий Уйгониш. –Т.: 2002. –Б. 211-213.
20
uchun yo‘llar qidirganini bilib olishimiz mumkin. Shunday yo‘llardan biri - teatr
orqali edi. Masalan, 1914 yilning boshida Andijonda qo‘yilgan “Padarkush
spektalidan tushgan mablag’ 1500 sumni tashkil etib, shundan 20 foizi Andijonda
qurilayotgan “qizlar gimnaziyasi” foydasiga berilgan, deb xabar beradi “Sadoi
Turkiston” gazetasida.
Otamurod Qo‘shjonov va Ne’matjon Polvonovning “Xorazmdagi ijtimoiy
-
siyosiy jarayonlar va harakatlar” asarida xivalik jadidlarning
faoliyati haqida
qimmatli ma’lumotlar keltiradi va unda birinchi jahon urishi vaqtida Xonlikda
jabr-zulm kuchayishi Xiva xoni Asfandiyorxon barcha bekliklarda yosh va go‘zal
qizlarni xon haramiga keltirish to‘g’risidagi farmoni endigina uyushib kelayotgan
yosh xivalik jadidlarning noroziligiga sabab bo‘lishi va bunga qarshi yosh
xivaliklar rahnomosi Bobooxun
Salimovning qarshi chiqishi,uning mehnatkash
xalqning haq
Do'stlaringiz bilan baham: