Xurillayev omadbek



Download 32,48 Kb.
bet9/9
Sana17.01.2022
Hajmi32,48 Kb.
#381317
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hujjat (1)

:

3. Salib yurishlari — 1096-1270-yillarda Gʻarbiy Yevropa zodagonlari va katolik cherkovi tomonidan Yaqin Sharqqa (Suriya, Falastin, Shimoliy Afrika) qilingan bosqinchilik urushlari. Salib yurishlarining bosqinchilik mohiyati diniy shiorlar (gʻayridin (musulmonlar)larga qarshi kurash va „xudo qabri“ hamda „muqaddas yer“ (Falastin)ni ozod qilish) bilan niqoblangan.

Salibchilar, odatda, kiyimlariga salib (xoch) belgisini tikib olishgan (yurishlarning nomi shundan). XI-asrning soʻnggi choragida saljuqiylar tomonidan Vizantiyaning Kichik Osiyodagi yerlarini hamda diniy anʼana boʻyicha „muqaddas shahar“ boʻlgan Quddusni egallab olishlari salibchilarning Oʻrta dengizning sharqidagi yerlarga bostirib kirishiga sabab boʻlgan. Vizantiya saljuqiylarga qarshi kurashish uchun Gʻarbdagi davlatlardan bir necha bor harbiy yordam soʻragan. Salib yurishlarining bevosita tashkilotchisi boʻlgan Rim papasi bundan foydalangan. Papalar katolik cherkovining taʼsirini kuchaytirish va kengaytirish, pravoslav cherkovini Rimga boʻysundirish maqsadida diniy fanatizmni avj oldirganlar. Salibchilarning koʻpchiligini qashshoqlashib qolgan ritsarlar, yirik senʼorlar hamda dehqonlar tashkil qilgan.

Birinchi salib yurushi (1096—99) 1095-yil Klermonda papa Urban II tomonidan eʼlon qilingan. Yigʻilgan odamlarga quyidagicha murojaat qilgan: "U yerga borgan har bir kishi, vafot etgan taqdirda, gunohlari kechiriladi. Ular kofirlarga qarshi moʻl-koʻl neʼmatlar keltiradigan jangga chiqsinlar… U yerning daryolarida sut va asal oqadi. Ha, oldin qaroqchi boʻlganlar, oʻz birodarlari va qabilalariga qarshi kurashganlar jangchilarga aylanadi. Bu yerda oʻkinganlar, u yerda boy boʻladi". 1099-yil iyulda salibchilar saljuqiylardan Quddus (Iyerusalim) shahrini tortib olishgan va Quddus qirolligini tashkil etishgan.

Ikkinchi salib yurushi (1147—49)ga 1144-yil saljuqiylarning Edessa shahrini bosib olishlari bahona boʻlgan. Bu yurish magʻlubiyatga uchragan.

Uchinchi salib yurishlari (1189—92)ning boshlanishiga 1187-yil Misr sultoni Salohiddin tomonidan Quddusning egallab olinishi sabab boʻlgan. Bu yurish ham barbod boʻlgan.

To'rtinchi salib yurushi (1202—04)ni 1199-yil papa Innokentiy III uyushtirgan. Uning natijasida fransuz, nemis va italyan salibchilari dastlab Misrga moʻljallangan yurishning yoʻnalishini oʻzgartirib, xristianlar yashaydigan shaharlar — Zadar (Dalmatsiya, 1202-yil noyabr, Konstantinopol (Vizantiya poytaxti, 1204-yil, aprel))ni bosib olib, Lotin imperiyasini tuzishgan.

Beshinchi (1217—21), Oltinchi (1228—29), Yettinchi (1248— 54), Sakkizinchi (1270), Toʻqqizinchi (1271-72) salib yurishlari samarasiz boʻlgan. 1291-yilda Akra shahrining musulmonlar qoʻliga oʻtishi natijasida salibchilar Sharqdagi mulklarini butunlay yoʻqotganlar.

Nemis zodagonlarining XII—XIII-asrlarda slavyanlar va boshqa Boltiqboʻyi xalqlariga qarshi yurishlari hamda 1209—29-yillarda papalik tashabbusi bilan Shimoliy Fransiya ritsarlarini Janubiy Fransiyadagi diniy harakat qatnashchilari — albigoychilarga qarshi Albigoy urushlarini ham koʻpincha Salib yurishlari deb atashadi.[1]

Test

1

2



3

4

5



6

7

8



9 A

10 B


11C

12

13



14

15

16



17

18

19



20

21 D


22 A

23 B


24C

25 C
Download 32,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish