Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,kasallik keltirib chiqaruvchi bir hujayralilar yer yuzida juda keng tarqalgan. Ular inson , hayvon organizlariga juda katta zarar keltiradi. Ular keltirib chiqargan kasalliklar organizmda og`ir asoratlar qoldiradi. Xususan : Uyqu kasali tripanozomasi (Trypanosoma rhodesiense) Afrikaning tropik qismida yashovchi xalqlarda og'ir uyqu kasalini keltirib chiqaradi. Tripanozoma qon plazmasida va limfa suyuqligida yashaydi. Keyinchalik orqa miya suyuqligiga o'tib oladi. Kasallanish alomatlari isitmalashdan boshlanadi va sekin-asta organizm og'ir xastalikka chalinadi. Kasai kishi ko'p uxlaydi va juda ozib ketadi; davolash choralari ko'rilmaganda halok bo'ladi. Uyqu kasali tripanozomasi tabiatda yovvoyi hayvonlardan antilopalar qonida uchraydi. Leyshmaniyalar (Leishmania) ham tripanozomalarga birmuncha o'xshash tuzilgan lekin odam terisida va ichki organlarida parazitlik qiladi. Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin hosil qil- maydi, harakatsiz bo'ladi. Uzunligi 4-7 mkm bo'lgan bu parazitlaming ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi vakinetoplasti bor. Leyshmaniyalaming ikki turi odamda parazitlik qilishi ma’lum.Tropik leyshmaniya (Ltropica) yuz, qo‘l va oyoqlar terisida parazitlik qilib, sumnkali pendinka yarasini paydo qiladi. Koksidiyalar hayvonlaming ichagi, jigari, bo ‘yragi va boshqa organlari epiteliy hujayralari ichida parazitlik qiladi. Ular orasida ichburug' amyobasi Entamoeba histolytica odamlaming amyobiaz, ya’ni qonli ichburug' bilan og'rishiga sabab bo'ladi. Ichburug' amyobasining kat- taligi 20-30 mkm bo'lib, yo'g'on ichakda yashaydi vaichak epiteliysini jarohatlaydi. Ichburug' amyobasining ektoplazmasi ancha qalin bo'lib, endoplazmadan aniq ajralib turadi. Parazit ko'p sonli kalta va yo'g'on psevdopodiylari yordamida juda faol harakat qiladi. Bu psevdopodiylar asosan ektoplazma hisobidan hosil bo'ladi.
Taxmin qilinishicha, koksidiya mikroporalar hujayra og'izchalari (mikrotsitostomlar) funksiyasini o'taydi. Ular orqali hujayra ichiga xo'jayin organizmidan oziq moddalar o'tadi. Shunday qilib, koksidiyalar hujayra ichida parazitlik qiluvchi boshqa organizmlar singari butun tana yuzasi orqali, ya’ni osmotik oziqlanmasdan, og'izchasi orqali, oziqni so'rib oladi. Koksidiyalar orasida eymeriya avlodi vakillari turli uy hayvonlariga parazitlik qilib, katta ziyon keltiradi. Koksidiyalar keltirib chiqaradigan kasalliklar koksidioz deyiladi. Eimeria magna, E.perforans, E. intestinalis va boshqalar quyonlarda juda xavfli koksidioz paydo qiladi. Bu kasallik ayniqsa, yosh quyonlar uchun xavfli bo‘lib, ko‘pincha ulaming yoppasiga qirilib ketishiga sabab bo'ladi.
28
Do'stlaringiz bilan baham: |