1-rasm. “Hilal Hotel” mehmonxonasining kartadagi ko‘rinishi2.
“Hilal Hotel” mehmonxonasi Toshkent shahrining Chilonzor tumanida qoq markazida joylashgan bo‘lib, bu yerdan shaharning istalgan burchagiga xoh yayov, xoh transport orqali borishingiz mumkin. Mehmonxonamizga yaqin atrofida "MediaPark", "Atlas", "Carrefour", "Parus", “Andalus”, “Korzinka.uz”, “Makro”, “Farhod dehqon bozori”, Chilonzor metro bekati, Mirzo Ulug’bek metro bekati kabi savdo markazlari va metro bekatlari joylashgan. Sport ixlosmandlari uchun xalqaro va mahalliy musobaqalarga mezbonlik qiladigan "Bunyodkor" stadioni ham bor. Bundan tashqari, “G’afur G’ulom” nomidagi istirohat va ko‘ngilochar maskani ham turistlar uchun ayni muddao. Milliy taomlarimizdan bahramand bo‘lishni istagan har qanday turist va mehmonlar uchun ajoyib kafe va restoranlar ham ushbu hududda talaygina. Eng asosiysi, mehmonxonaning metro stantsiyalariga yaqin hududda joylashganligi va Xalqaro aeroportga yaqinligi turistlar uchun juda qulay.
2-rasm. “Hilal Hotel” mehmonxonasining tashqi interyeri.3
2.“Hilal Hotel” mehmonxonasining mijozlarga xizmat ko‘rsatish dasturi.
Toshkent markazida joylashgan “Hilal Hotel” mehmonxonasi 2016-yildan boshlab keng qamrovdagi renovatsiya ishlarini amalga oshirdi va o‘z mavqeyini “to‘rt yulduzli” darajasigacha ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda mehmonxonaning ichki dizayni, xizmat ko‘rsatish sifati qaytadan yangilandi. “Hilal Hotel” mehmonxonasi mamlakatimizda o‘z faoliyatini 2010-yilda boshladi. Bugungi kunda mehmonxona xodimlari dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyuruvchi sayyohlarga xalqaro standartlar bo‘yicha yuqori darajada xizmat ko‘rsatib kelmoqda va O‘zbekistonning mehmonxona rivojiga katta hissa qo‘shmoqda. Alohida ta’kidlash joizki, hattoki Covid-19 virusi tufayli mamlakatimiz va butun dunyo davlatlarida iqtisodiy inqiroz jadal sur’atlarda keskinlashib borayotgan bir paytda “Hilal Hotel” o‘zining iqtisodiy barqarorligini ushlab qola olgan yirik mehmonxonalardan biri hisoblanadi. Buning boisi, karantin davrida ham mehmonxonaning uzluksiz va to‘xtamay ishlagani, mijozlarni qabul qilgani va qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatgani sababli o‘z daromadini ushlab qoldi.
Mehmonxonalarning “yulduzli” toifalarga bo‘linishi mijozlarning o‘ziga mos mehmonxonani tanlashiga yordam beradi. 2017-yildan boshlab O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakatimizdagi mehmonxonalarni sertifikatsiyalash va tasniflash bo‘yicha mas’ul etib tayinlandi. Endilikda qo‘mita mehmonxonalarning tashqi va ichki ko‘rinishi, jihozlanishi, xizmat ko‘rsatishi darajasi va boshqa mezonlarga ko‘ra baholab boradi. “Hilal Hotel” mehmonxonasi esa Turizm qo‘mitasining mazkur tekshiruvidan birinchilardan bo‘lib muvaffaqiyatli o‘tdi va “to‘rt yulduz” maqomiga ega bo‘ldi.
Mehmonxona qayta ta’mirlanganidan so‘ng xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ham bir necha sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Mehmonxona o‘z mijozlariga yanada ishonchli hamkorlikni taklif qilgan holda Wyndham Rewards dasturini joriy qildi. Unga ko‘ra, mehmonlar har bir sarflangan dollar uchun 10 balldan yig‘ib borishadi. Wyndham Rewards esa mazkur ballarni maxsus jamg‘arma kartasiga tushirib beradi. To‘plangan bonuslar orqali mehmonxonada bepul qolish, onlayn xarid qilish yoki aviachiptaga ega bo‘lish mumkin.
Yana bir aksiya – Greet and Meet (“Iliq qabul”) deb nom olgan bo‘lib, mehmonxona xodimlari mehmonlarni aeroportning o‘zida kutib olishadi. Yangi xizmat o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
mehmonni aeroportning ichida kutib olish;
bojxona nazoratidan o‘tishga yordam berish;
yuklarni bepul aravada tashish hamda
mehmonxonagacha maxsus mashinalarda olib kelish.
Shuningdek, joriy yilda mehmonxona qoshida yangi Citizen Travel sayyohlik firmasi ishga tushdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |