Xulosa chiqarishning turlari ko’p bo’lib, biz nisbatan ko’proq uchraydigan xillarini o’rganamiz. Ularni turlarga ajratganda, dastlab asoslarning sonlarini xisobga olamiz. Agar xulosa bir asosdan chiqarilgan bo’lsa, bevosita xulosa chiqarish, ikki yoki undan ko’proq asoslardan chiqarilgan bo’lsa, bavosita xulosa chiqarish deymiz. To’g’ri xulosa chiqarish jarayonining o’zi xar doim biror vosita yordamida amalga oshiriladi. Mantiqda bir xukmdan boshqasi keltirilib chiqarilgani uchun bevosita, to’g’ridan to’g’ri xulosa chiqarish deyiladi.
Bevosita xulosa chiqarish mantiqiy kvadrat orqali va xukmlarning shaklini o’zgartirish orqali bo’ladi. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish bevosita xulosa chiqarishning shunday turiki, unda moddiy jixatdan bir xil xukmlarning munosabatini aniqlash orqali yangi bilim olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |