Yer osti boyliklarining madaniy — sog`lomlashtirish funksiyasi — yer qa`ri va minerallarning foydali xususiyatlarini insonlarning dam olishi va salomatligini tiklashda ishlatilishi. Yer osti boyliklarining o`ziga xos tomonlaridan biri ularni tugallanadigan va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslar toifasiga kirishidir. Agarda o`simlik va hayvonot dunyosining qayta tiklanish davri bir necha daqiqadan bir necha o`n yillarni, tuproq — yuzlab yillarni, suv — 10 yildan 5000 yilni o`z ichiga olsa, minerallarning tiklanish davri yuz minglab yoki millionlab yillarni talab etadi. Insoniyat tarixida bu jarayon juda uzoq muddatli davr bo`lgani uchun ham biz ularni tiklanish imkoniyati yo`q yoki tiklanmaydigan tabiiy resurslar toifasiga kirgizamiz. Agarda o`simlik va hayvonot dunyosining qayta tiklanish davri bir necha daqiqadan bir necha o`n yillarni, tuproq — yuzlab yillarni, suv — 10 yildan 5000 yilni o`z ichiga olsa, minerallarning tiklanish davri yuz minglab yoki millionlab yillarni talab etadi. Insoniyat tarixida bu jarayon juda uzoq muddatli davr bo`lgani uchun ham biz ularni tiklanish imkoniyati yo`q yoki tiklanmaydigan tabiiy resurslar toifasiga kirgizamiz. Bizga ma`lumki, ayrim minerallar (qum, tosh, toshko`mir va h.k.) yer usti va suv ostida ham uchraydi. Lekin ularning aksariyati (90% dan ortig`i) yer qa`rida uchragani uchun ham biz shartli ravishda ularni — «yer osti boyliklari» deb ataymiz. Ular nafaqat tabiiy resurs sifatida, balki tabiiy boylik (ob`yekt) sifatida ham qaralib, ularni muhofaza qilish esa ekologik tizimlarning harakatini saqlab qolish demakdir. O`zbekistonda yer osti boyliklaridan 100 dan ortig`i mineral resurslar sifatida ishlatilib kelinmoqda. Ularning moliyaviy potensiali 3,3 trln, yillik qazib olishning iqtisodiy ko`rsatkichi 5,5 mlrd AQSH dollariga tengdir. Shuning uchun ham mineral xom ashyo bizning asosiy boyligimiz hisoblanadi. Ulardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish haqida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov o`zining «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» degan asarida O`zbekiston sobiq Ittifoqning mineral xom ashyo bazasi bo`lgani va undan o`ta shafqatsizlarcha — «tagi yo`q bochka» kabi foydalanganliklarini alohida ta`kidlab o`tgan. Natijada ular ekologik tizimlarning buzilishiga, «oy landshafti»ga o`xshash chiqindi moddalar tepaliklarini paydo qilishga, radioaktiv xavfli tegralarni vujudga keltirishga sabab bo`lganini aytib o`tgan. Endilikda bunday qayta tiklanmaydigan zaxiralardan qat`iy mezon asosida foydalanish, ularni qazib olish va qayta ishlash chog`ida isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslik kerak. Buning uchun eskirgan qayta ishlash va qazib olish uskunalarini yangi texnologiyalar bilan almashtirish, rekonstruksiya qilish zarur. Тog`-kon sanoatining chiqindilarini o`zlashtirishni yanada kengaytirish hamda buzilgan yerlarni qayta yaroqli holga keltirish talablarini amaliy qo`llash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |