10. Diagramma hosil qilish, tanlash, o’lcham va joylarini o’zgartirish.
MS Excelda hisob-kitob ishlaridan tashqari olingan natijalarning o’sish foizi va grafiklarini ham chiqarish imkoniyatlari bor. Bu imkoniyatlar asosan «Вставка» menyusining «Диаграмма …» va «Функций…» bandlarida amalga oshiriladi. Ana shi menyu bandlari bilan yaqindan tanishib chiqamiz (10-rasm).
Bu menyuning bandlari katak, satr, ustun, varaq, diagramma, belgilar, funksiyalar ustida amallar bajarish uchun muljallangan bo’lib ularning mazmuni quyidagicha:
10-rasm
Mazko'r bo’limning dastlabki to’rtta bandi dastur ishlashi davomida vujudga keluvchi joriy vazifalar (yangi katak, ustun va satr hosil qilish) ni bajarishga muljallangan. «Диаграмма» bandi esa dastur natijalaridan foydalanib, grafiklari, gistogramma va diagrammalari hosil qilinadi. Bandga murojaat qilinganda ekranda «Мастер диаграмм» muloqat oyna hosil bo’ladi (11-rasm).
11-rasm
Mazko'r oynada elektron jadvalda olingan natijalarini tasvirlashning 75 xil usuli foydalanuvchi uchun taklif qilinadi. Masalan, «График» ko’rinishi taklif qilinsin. «График» diagramma tanlab olingandan so’ng, «Далее» tugmasi bosiladi va ekranda
12-rasm
qiymatlarning chegarasini belgilovchi va tasvir hoshiyalarida izohli yozuvlar hosil qiluvchi «Диапозон данных» deb nomlanuvchi oyna paydo bo’ladi. Bu yerda kerakli izohlar yozilgandan so’ng, «Далее» tugmasi orqali tasvir parametrlarini aniqlovchi «Параметры диаграммы» deb ataluvchi oynaga o’tiladi.
13-rasm
va tasvir nomi, koordinata o’qlaridagi belgilashlar hamda tasvir ko’rinishi aniqlanadi (13-rasm).
14-rasm
So’ngra diagrammani joylashtirish usuli «Поместить диаграмму на листе:» oynasida so’ralgan ma’lumotlar kiritilib «Готово» tugmasi orqali natija sahifaga olinadi (14-rasm).
Diagrammalar va ularni tanlash.
«Мастер диаграмма» muloqot oynasida «Стандартные» (Standart type) ni tanlaymiz (14-rasm). «Тип» (Chart type) guruhida Siz «Гистограмма» (Column) tanlasangiz, «Вид» (Chart subtype) guruhida gistogrammalar ko’rinadi. «Далее» (Next) tugmasi orqali diagramma ko’rinishini almashtirishingiz mumkin.
15-rasm
Alohida varaqda diagramma chizish uchun «Вставка» (Insert) menyusiga kirib, «Диаграмма» (Chart) buyrug’i tanlanadi. «Мастер диаграмм» ning muloqat oynasi ochiladi va unda Siz diagramma turini va ko’rinishini tanlaysiz, masalan «Стандартные» guruhini tanlab, «Тип» guruhida «Гистограмма» ni, «Вид»
guruhining yuqori satridagi birinchi diagrammani tanlang, «Далее» ochiladi. «Название диаграммы» (Chart title) maydonida Siz diagrammaga nom quyishingiz mumkin. «Подписи данных» (Date tabels) va «Подписи значений» (Date tabels) guruhlari yordamida diagrammalarga izohlar berishingiz mumkin. Natijada misol uchun olingan 15-rasm dagi diagramma hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |