11. «Мастер функции» (Funksiyalar ustasu) bandi, tarkibi va asosiy bajariladigan amallar.
Formula va funksiyalar bilan ishlash
Excel da tayorlanadigan ma’lumotli jadvallar matn yoki sonlar bilan to’ldirilishini yuqorida aytib o’tgan edik. Ba’zan yacheykalardagi qiymatlar ustida ayrim hisoblashlarni bajarish zaruriyati tug’iladi, bunday vaziyatlarda formulalardan foydalaniladi.
Excel yacheykasidagi formulaning dastlabki simvoli hamma vaqt «=» (tenglik) hisoblanadi. So’ngra , arifmetik operatsiya belgilari bilan o’zaro bog’langan arifmetik ifodalar teriladi. Masalan, 15-rasmdagi E8 yacheykada =Сумм(E4:E7) formula yozilgan bo’lsa, E8 ning qiymati E4 dan E7 gacha bo’lgan qiymatlar yig’indisi (405 ekanligi) dan iborat ekanligidan dalolat beradi.
Excel da arifmetik amal belgilari ham ishlatiladi. Bular quyidagilardan iborat:
+ (qo’shish);
- (ayirish);
* (ko’paytirish);
/ (bo’lish);
^ (darajaga ko’tarish).
Matematik funktsiyalar.
Product (Произвед)-argument qiymatlarining ko’paytmasini hisoblaydi;
Sqrt (son) (ildiz)-sonning kvadrat ildizini hisoblaydi;
Fact (son ) (Faktor)- argument sifatida berilgan butun songacha bo’lgan natural sonlar ko’paytmasini hisoblaydi;
Rand (tasodifiy son)-0 va 1 oralig’idagi tasodifiy sonni hisoblaydi;
Abs (son)-argument qiymatining modulini hisoblaydi;
Ln (son)-sonning natural logarifmini aniqlaydi;
Exp (con)-sonning eksponentasini hisoblaydi;
Sin (con)-sonning sinusini hisoblaydi;
Cos (son)-sonning kosinusini hisoblaydi;
Tan (son)-sonning tangensini hisoblaydi (radianda);
Statistik funktsiyalar
Averge (argumentlar ruyxati)-barcha argumentlar qiymatining o’rta arifmetigini hisoblaydi;
Max (argumentlar ruyxati)-argumentlar ruyxatidan eng kattasi (maksimal son) ni topadi;
Min (argumentlar ruyxati)-argumentlar ruyxatidan eng kichigi (minimal son) ni topadi;
Sum (argumentlar ruyxati)-barcha argumentlar qiymatining yig’indisini hisoblaydi;
Дисп (argumentlar ruyxati)-barcha argumentlar uchun dispersiyasini hisoblaydi.
Доверить (а;b;n)
a-ishonchlilik darajasi uchun tanlab olingan qiymat. Masalan, a 0 ga teng bo’lsa, ishonchlilik 100% ni tashkil qiladi, agar a 0,05 bo’lsa, ishonchlilik darajasi 95% ni tashkil qiladi.
b-tanlab olingan tajriba natijasi to’plami uchun o’rtacha farqlanish bo’lib, oldindan ma’lum deb faraz qilinadi.
c-tanlanmadagi elementlar soni.
Mantiqiy funktsiyalar
Ayrim amaliy masalalarni yechishda hisoblashlar u yoki bu shartlarga bog’liq bo’lishi mumkin. Bunday holat IF shartli funktsiyasidan foydalanish mumkin. Bu funktsiyaning formati quyidagicha: IF(; 1-ifoda; 2-ifoda) Uning ishlash printsipi quyidagicha:
ning qiymati «chin» (1) bo’lsa, <1-ifoda>, «yolg’on» (0) bo’lsa,< 2-ifoda> bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |