www.arxiv.uz
MS Excel dasturi.
Reja:
Kirish.
Microsoft Excel imkoniyatlari tavsifi.
MS Exsel menyulari
MS Exsel da jadvallar tuzish
MS Exsel da formulalar va funksiyalar bilan ishlash
Ishchi kitobi bilan ishlashning asosiy usullari.
Ishchi varaq bilan ishlashning asosiy usullari va tavsifi
Yacheykalar, satr va ustunlar bilan ishlashning asosiy usullari..
MS Excel elektron jadvali va oynasining tuzulishi. Katakchalar va ularning manzillari.
Varaqlar bilan ishlash. Ma’lumotlarni kiritishning avtomatik yo’llari. Satr va ustunlar ustida amallar bajarish.
Diagramma hosil qilish, tanlash, o’lcham va joylarini o’zgartirish.
«Мастер функции» (Funksiyalar ustasu) bandi, tarkibi va asosiy bajariladigan amallar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash ularni tahlil qilishni ancha soddalashtiradi, hisob-kitoblar samaradorligi va sifatini oshirish uchun avtomatlashtirilgan hisoblash ishlarini amalga oshirishda elektron jadvallardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Jadval ko’rinishida tasvirlanadigan masalalrni yechish uchun maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqilgan bo’lib, ulardan biri elektron jadvallar deb ataladi.
Elektron jadvallar-avvalo iqtisodiy masalalrni hal qilish uchun muljallangan, lekin uning yordamida muhandislikka doir masalalarni yechishda ham, masalan, formulalar bo’yicha hisob-kitoblarda muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
Elektron jadvallar qo’llanilayotgan sohalar juda ko’p bo’lib, ular:
moliyaviy buxgalteriya;
ish haqini hisoblash;
har xil iqtisodiy-texnik hisoblar;
kundalik, xo’jalik mahsulotlarni sotib olish hisoblari va boshqalar.
Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows OS muhitida ishlovchi va ma’lumotli elektron jadvallarni tayyorlash hamda qayta ishlashga muljallangan amaliy dasturlardan biri.
MS Excel da tayyorlangan har bir hujjat (fayl) ning ixtiyoriy nomi va .xls kengaytmasi bo’ladi. Microsoft Excel da, tayyorlangan bunday fayl «Ish kitobi» (Workbook) deb yuritiladi. Excel ning asosiy ish sohasi-bu «Ish kitobi» bo’lib, u bir yoki bir necha ish varaqlaridan iborat. Ish varag’ida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar va hisoblar satr hamda ustunlarda joylashgan bo’ladi.
Excel ning buxgalter kitobidan asosiy farqi shundaki, barcha hisob ishlarini jadvalning o’zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |