Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Buxoro amirligining Xiva va Qo’qon xonliklari bilan savdo munosabatlar



Download 50,51 Kb.
bet3/3
Sana09.07.2022
Hajmi50,51 Kb.
#765606
1   2   3
Bog'liq
JASURBEK

1.2. Buxoro amirligining Xiva va Qo’qon xonliklari bilan savdo munosabatlar.
Buxoro amirligi siyosiy jihatdan qo’shnilari Xiva hamda Qo’qon xonliklari bilan ko’p hollarda kelishmagan bo’lsada, bu vaziyat ushbu mamlakatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarining to’xtab qolishiga sabab bo’la olmagan. Buxoro amirligi Qo’qon xonligi bilan yaqin savdo aloqalari o’rnatgan. Qo’qonga Buxorodan quyidagi karvon yo’llari kelgan: Buxoro - Samarqand – Jizzax – Zomin – O’ratepa – Xo’jand – Mahram– Beshariq -Qo’qon. Buxoro – Samarqand - Yangiqo’rg’on – Jizzax – Ravot – Jom - O’ratepa - Xo’jand- Mahram – Beshariq - Qo’qon.Buxorodan Qo’qonga oziq-ovqat mahsulotlari ham keltirilgan. P.I. Demezonning yozishicha, Buxoroda yetishtirilayotgan guruch aholi ehtiyojini qondirmayotgani uchun, uni Qo’qondan keltirishga to’g’ri kelgan5. Buxorodan Qo’qonga ipak matolar, qorako’l terisi, hind baqqollik mollari, mal-mal, kobul kamarlari va sallalari keltirilgan. Qo’qon aholisi asosan tilla yoki kumush bilan to’qilgan kimxob ipak matosiga talabgor bo’lgan. Uning eni bir arshin bo’lib, 10 tillodan 45 tillogacha sotilgan.Savdo aloqalarining doimiy, bir me’yorda davom etishi va rivojlanishi transport va karvon yo’llarining ahvoliga bog’liq bo’lgan. Bu o’rinda Qo’qon bilan Buxoro o’rtasidagi savdo aloqalari alohida mavqyega ega bo’lgan. Ular o’rtasidagi karvon yo’li tekis bo’lib, tovarlarni tashishda aravalardan foydalanilgan. N.V.Xanikovning bergan ma’lumotlariga ko’ra, ikkita asosiy Qo’qon karvonining birinchisi Buxoroga yozning boshida va ikkinchisi kuzning oxirida kelgan, kichik karvonlar esa yil davomida qatnab turgan. Qo’qonliklar Buxoroga mahalliy hunarmandchilik buyumlaridan tashqari, xitoy tovarlari - choy, kumush yombi, chinni buyumlar va marjon hamda boshka rus tovarlarini olib kelgan6.Qo’qondan Buxoroga eksport qilinadigan asosiy tovarlar ipak va ipak gazlamalar bo’lib, har yili 8 ming pudgacha keltirilgan. Eng sifatli ipak «chilla» deb atalib, u Qo’qonda ishlab chiqarilgan. Qo’qon bilan Buxoro o’rtasida yaxshi savdo aloqalari o’rnatilgan. Qo’qon tovarlari na faqat Buxoro bozorlarida, hattoki Buxorodan Kobulga olib borib sotilgan. Qo’qon ipagi sifati jihatidan Buxoro ipagidan ustun turgan. Shuning uchun uning narxi bir pudi 16 tillo, Xo’jand ipagi esa 15 tillo turgan7. Buxoro bozorlarida qo’qonlik savdogarlar tomonidan choy, chinni idishlar, qisman xitoy va qo’qon ipak gazlamalari va ko’plab rus temir, cho’yan va po’lat buyumlari sotilgan. Toshkentning Sibir chegaralariga yaqinligi, toshkentlik savdogarlarga qisqa muddatda tovarlarni Buxoro bozorlariga yetkazib berishga imkoniyat bergan. Bu temir, cho’yan va po’lat buyumlarning kattagina qismi Xisor, Badaxshon, Xulm, Maymand va boshqa joylarga toshkentlik va xivalik savdogarlar tomonidan olib borib sotilgan.Qo’qon Buxoro orqali Hindiston bilan ham savdo qilgan. Jumladan, Peshavordan Buxoro orqali Qo’qonga ingliz-hind tovarlari keltirilgan. Peshavordan Kobul, Qarshi, Samarqand va Qo’qon yo’li orqali O’rta Osiyoga har yili 10-15 ming tuyada tovarlar keltirilgan. Keltirilgan tovarlar asosan oq mal-mal, gul tikilgan ko’ylaklik matolar, shakar, indigo, qalin surp va chitlardan iborat edi. Peshavordan O’rta Osiyoga keltirilgan 10-15 ming tuya tovarlardan 1000 tuyasi bombey choylari bo’lgan. O’z navbatida Buxoro ham Qo’qon xonligi hududidan o’tib Sharqiy Turkiston va Xitoy bilan savdo aloqada bo’lgan. Sharqiy Turkistonning Buxoro, Xiva, Hindiston, Afg’oniston va ayniqsa, Rossiya bilan tashqi savdosi Qo’qon orqali bo’lar edi. Qo’qon-Qoshg’ar savdo aloqalari yo’l qiyinchiligiga qaramay (yo’l tog’dan o’tardi) yaxshi bo’lib, karvonlar tez-tez borib turardi, chunki osoyishta edi. Bu esa, karvonlarning har hafta safarga chiqishida asosiy omil bo’lib hisoblangan. Qo’qon bilan Qoshg’ar oralig’idagi masofa 23 kunlik yo’l bo’lgan. Karvonlar 1000-1500 ot yuk bilan odatda iyun oyining boshlarida yo’lga chiqqan. Bu karvonlarga chodir, kiyimlar va oziq-ovqatlar ortilgan. Karvonda kobullik, eronlik, buxorolik, toshkentlik savdogarlar ham bo’lishgan. Qo’qondan Hindistonga va Afg’onistonga «chilla» deb ataluvchi ipak gazlamasi olib ketilgan. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, xuddi Buxoroda bo’lganidek Qo’qonda ham hindlar va afg’onlar yashagan bo’lib, ular Qo’qon-Buxoro aloqalarida muhim rol o’ynagan. Ma’lumotlarga ko’ra, ular Buxoroda 70 ga yaqin bo’lishgan.Qo’qon Buxoro orqali Hindiston bilan ham savdo qilgan. Jumladan, Peshavordan Buxoro orqali Qo’qonga ingliz-hind tovarlari keltirilgan. Peshavordan Kobul, Qarshi, Samarqand va Qo’qon yo’li orqali O’rta Osiyoga har yili 10-15 ming tuyada tovarlar keltirilgan. Keltirilgan tovarlar asosan oq mal-mal, gul tikilgan ko’ylaklik matolar, shakar, indigo, qalin surp va chitlardan iborat edi. Peshavordan O’rta Osiyoga keltirilgan 10-15 ming tuya tovarlardan 1000 tuyasi bombey choylari bo’lgan.Hindistonda Qo’qon ipagiga talab katta bo’lgan. Har yili Qo’qondan, Buxoro va Hindistonga 1000 tuyada ipak jo’natilgan. Bundan ko’rinib turibdiki Buxoro amirligi bilan Qo’qon xonligi o’rtasidagi savdo munosabatlar juda faol bo’lgan. Lekin bunday fikrni Buxoro amirligi bilan Xiva xonligi o’rtasida bo’lgan savdo munosabatlari haqida bildirish mushkul. Chunki Xiva xonligida savdoga bo’lgan e’tibor boshqa O’rta Osiyo davlatlaridagiga qaraganda kuchli bo’lmagan. Buxoro bozorlarida Xiva savdogarlari ko’p bo’lmagan. Xiva savdogarlari Orengburgga Buxoro hududi orqali ham o’tishgan. O’rta Osiyodagi agrar masalalar bilan shug’ullangan Ye. Zelkina o’rta asrlar boshlarida Yevropa bilan Hindiston o’rtasidagi savdo aloqalarida O’rta Osiyoning alohida o’rni bo’lganligi, bu davrda savdo-sotiq juda ham gullab yashnaganligi, ammo, XVI-XVII asrlarda bu savdo bir oz sekinlashgan bo’lsa, XVIII asrda yana jonlanish sezilganligini ta’kilaydi. Muallif o’rta asr bozorlaridagi qul savdosiga ham e’tiborini qaratgan. Qulchilik bozori ko’proq Xivada bo’lganligi ehtimol. Zelkina ma’limotiga ko’ra, Xivaning katta bozorlarida 200 tagacha qullar bo’lgan, O’rta Osiyoda qullar mehnati samarasiz bo’lib, ular asosan uy ishlarida va dalalarda ishlatilgan. U Xiva va Buxoroning Eron bilan chit, movut va qullar orqali qizg’in savdo qilganligini ta’kidlaydi. XVIII-XIX asrlarda Xiva xonligi muayyan dinamik taraqqiyot bosqichiga erishgan edi. Qo’shni Buxoro amirligi, Qozoq juzlari va bebosh turkman urug’larining murakkab o’rovi sharoitida bo’lishiga qaramay, xonlikda ba’zi stabil holatlar kuzatiladi. Xiva xonligi hunarmandchilik va savdo munosabatlari qo’ng’irotlar davriga kelib ancha rivojlandi. me`morchilikning yuksalishi kulolchilikda ham o`z ifodasini topdi. Kulollar faqat alohida-alohida buyumlar tayyorlabgina qolmasdan, bir necha yuzlab lagan, tovoq va kosalardan iborat butun bir to`y marosimini o`tkazishga yetadigan to`y majmualarini ham tayyorlaganlar. Alohida tantanalar uchun maxsus to`y va podshoyi tovoqlar ham tayyorlangan. XIX asrning 30–40-yillariga oid manbalarda Xivada zargarlik hunari mahorati yetakchi hunarlar qatorida turgan. Xivaning bosh taqinchog`i – jig’a O’rta Osiyoning boshqa mintaqalariga ham keng tarqalgan. Sirg`alar, uzuklar, injular, bilaguzuklar esa qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Bilaguzuklar har birining og`irligi 300 grammgacha bo’gan.Xiva shahrida hunarmandchilikning yog`och o`ymakorligi, badiiy to`qimachilik, gilamchilik, kashtachilik, naqqoshlik kabi o`nlab turlari ham mavjud bo`lgan. XIX asrda Xiva yog`och o`ymakorligi maktabi xonlikda oldingi o`rinda turadi. U o`z badiiy yuksakligi bilan ajralib turardi. Xiva shahri ayni paytda XX asr boshlarigacha xonlikda yagona shoyi to`qish markazi bo`lib qoldi.XIX asrda Xivada matoga gul bosish san`ati o`zining kulrang uyg`unligi va mayda gullari bilan o`rta Osiyoning boshqa gul bosish markazlaridan farq qilib turadi.Xiva xonligi savdogarlari Buxoro amirligi hududi orqali Afg’onistonga, undan o’tib Hindistonga borishgan. Xiva xonligi savdogarlari yana Buxoro hududi orqali Qo’qon xonligiga, undan o’tib Sharqiy Turkiston va Xitoyga borishgan. Shuning uchun ham Xiva tashqi savdo munosabatlarida Buxoro amirligi muhim ahamiyat kasb etgan.Xivalik savdogarlar Buxoro amirligi bozorlarida asosan gilam, shoyi matolar va zargarlik buyumlarini keltirib sotishgan. Ular u yerdan har xil sifatli gazlamalar, paxtadan ishlangan matolar, metalldan ishlangan buyumlar, choy va boshqa mahsulotlarni Xiva xonligi bozorlari va Rossiyaga sotish maqsadida sotib olishgan.Buxorolik savdogarlari Qo’qon, Afg’oniston, Hindiston, Xitoydan mollarini o’z hududida yoki Xiva xonligi bozorlarida xivalik savdogarlarga sotishgan. Bu ma’lumotni juda ko’p manbalar tasdiqlaydi.Buxoro aholisini chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari, tuyalar hamda hunarmandchilik buyumlari bilan ta’minlovchi Xiva turkmanlari bilan keng savdo olib borilgan. Ular xom teri, shuningdek, qo’y terisini turli ranglarga bo’yab tikkan kamzullari bilan ham mashhur edilar. Bundan tashqari turkmanlar Buxoro bozorlariga zotdor otlar olib kelib sotardilar.Bu mahsulotlar Buxoro bozorlarining eng xaridorgir mahsulotlari edi. Buxoroning qozoqlar bilan savdo aloqalarida qoraqalpoqlar vositachilik qilar edilar.


1


2


3


2


3


4

5


6


7


Download 50,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish