Salbiy tomonlari: bunda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa boshqaruv samaradorligining, kasb mahorati darajasining o’sishini ta'minlaydi, funktsional sohada muvofiqlashtirish ishini yaxshilashga erishiladi. Xizmatchilar bunga yaxshi va tez ko’nikma hosil qiladilar, moddiy harajatlarni kamaytiradi va boshqarishdagi takrorlanishlarga chek qo’yadi va hokazo. Ijobiy tomonlari: Funktsional organlar o’ziga topshirilgan funktsiyalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo’lib, "begona" funktsiyalar uchun ham, butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi. Bunda har bir rahbar o’z funktsiyalari bo’yicha farmoyish berish huquqiga ega bo’ladi. Binobarin, bu narsa: yakkaboshchilik tamoyillarining buzilishiga, ijrochilar mas'uliyatining susayishiga olib keladi, chunki ijrochi bir boshliqqa emas, bir necha boshliqqa bo’ysinadi, ko’pincha ulardan bir-biriga zid ko’rsatmalar oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |