Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati kirish


Auditorlik faoliyatini tashkil etishning normativ huquqiy asoslari



Download 67,47 Kb.
bet2/5
Sana10.06.2022
Hajmi67,47 Kb.
#649842
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishi audit Bahronov Humoyun

Auditorlik faoliyatini tashkil etishning normativ huquqiy asoslari.

O’zbekiston Respublikasidagi Auditorlik faoliyatini tashkil etish bo’yicha qonunlar qiyidagilar hisoblanadi:

  • O’ZBEKISTON AUDITORLARINING KASBGA OID AHLOQ KODEKSI O’BAMA.26.08.2005y., O’AP 25.06.2005y.

  • Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibito’g’risida NIZOm O’zR VM ning 2000-yil 22-sentyabrdagi 365-son qarori (O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son Qarori, O’zRPrezidentining 02.07.2008 y. PQ-907-son Qarori o’zgartirishlari bilan)

  • AUDITORLIK TASHKILOTLARI TO’G’RISIDA NIZOM O’z. Res.Prezidentining 4.04.2007 yil PQ-615-son qarori Professional birlashmalar darajasida auditorlik faoliyatning maxsus masalalarini tartibga solidi.

  • KORXONALARDAGI IChKI AUDIT XIZMATI TO’G’RISIDA NIZOM Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qaroriga 2-ILOVA

  • Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risida NIZOM 13.10.2000 y. N 977 (quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan O’zR AV 20.04.2004 y., O’zR AV 18.10.2005 y.)2

Respublikamizda 99 ta auditorlik tashkiloti faoliyat ko'rsatib kelyapti, auditorlar soni 572 kishini tashkil qiladi. Yaqin paytga qadar amalda bo'lgan “Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi qonun 2000-yilda qabul qilingan. So'nggi 20 yil ichida bu bozorda katta o'zgarishlar ro'y bergani va qator islohotlar amalga oshirilgani tufayli u bugungi kun talabiga to'liq javob bermasligi ayon bo'lib qolgan edi. Zamonaviy talablar va xalqaro amaliyot printsiplariga asoslangan auditorlik faoliyatini tartibga solishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish, qoida va normalarni hamda me'yoriy hujjatlarni yagona normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiyalash va tizimlashtirish maqsadida 2021-yil 25-fevralda yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi qonun qabul qilindi. Qonun bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan auditorlik xizmatini tashkil etishga, ushbu kasbning nufuzini va ular ishining sifatini oshirishga qaratilgan bo'lib, pirovard natijada jamiyat manfaatlarini qondirishga va investorlar himoyasini kuchaytirishga yo'naltirilgan. Ushbu huquqiy hujjatda amaldagi qonunning eskirgan va havolaki me'yorlari qayta ko'rib chiqildi va auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi yagona me'yoriy hujjat ko'rinishida to'g'ridan-to'g'ri amal qiladigan qonun sifatida qabul qilindi. Dunyoda auditorlik xizmatlaridan foydalanish rivojlanib boryapti. Xususan, IFAC – Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining rasmiy hisobotiga ko'ra, 130 ga yaqin davlatda 175 dan ziyod professional buxgalterlar uyushmasi, 3 milliondan ziyod professional auditor, 100 mingdan ortiq auditorlik tashkiloti mavjud. Birgina Deloitte tashkilotining o'zi 150 ta davlatda 1600 dan ziyod shartnoma asosida auditorlik tekshiruvlarini o'tkazib, 46,2 milliard AQSH dollari miqdoridagi daromadni qayd etdi. Respublikamizda 2021-yilning 1-yanvar holatiga 99 ta auditorlik tashkiloti faoliyat ko'rsatib kelyapti, auditorlar soni 572 kishini tashkil qiladi. 19 ta mahalliy auditorlik tashkiloti yirik xalqaro tarmoq va uyushmalar a'zolari hisoblanadi. YUrtimizda ham katta to'rtlik (Big-4) - “Ernst &Young”, “PricewaterhouseCoupers”, “Deloitte and Touche” va “KRMG” xalqaro auditorlik tashkilotlarining sho''ba jamiyatlari faoliyat yurityapti. Qonun auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish, uni litsenziyalanadigan turlar tarkibidan chiqarish, maxsus vakolatli davlat organi sifatida Moliya vazirligi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari (Auditorlar palatasi hamda Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi) bilan birgalikda, moliya-xo'jalik sohasiga aralashmagan holda, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o'tkazish, majburiy auditorlik tekshiruvidan o'tishi zarur bo'lgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan tashkilotlar ro'yxatini shakllantirishni nazarda tutadi. Ayni kezda unda auditorlar malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, jahonning ilg'or tajribalarini tatbiq qilish, tartibga soladigan qoida va normalarni hamda me'yoriy hujjatlarni yagona normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiyalash va tizimlashtirish, manfaatlar to'qnashuvining oldini olishga yo'naltirilgan auditorlar professional faoliyatining axloq qoidalarini joriy etish kabi muhim masalalar ham qamrab olingan. Hujjatda qonunning maqsadi, auditorlik faoliyati to'g'risidagi qonunchilik, asosiy tushunchalar, printsiplar va uning standartlari yoritilgan. Mustaqillik, xolislik va halollik, kasbiy bilimga egalik hamda axborotning maxfiyligi sohaning asosiy printsiplari hisoblanadi. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni ishonchli axborotlar bilan ta'minlash maqsadida O'zbekistonda auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlar asosida amalga oshirish belgilangan. Bu esa, o'z navbatida, moliyaviy axborotlarning ishonchliligini oshiradi va axborot xatarini kamaytiradi. Qonunda auditorlik faoliyati boradasigi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan. Auditor va uning yordamchisi, auditorlarni sertifikatlash tizimida to'g'ridan-to'g'ri amal qiladigan normalar asosida batafsil ifodasini topgan. Unga ko'ra, auditor faqat bitta auditorlik tashkilotida auditorlik xizmatlarini ko'rsatishi hamda o'zi ishlaydigan faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo'lishi mumkin. SHuningdek, auditorlik faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablarini buzganligi sababli Auditorlik tashkilotlari 3reestridan chiqarilgan auditorlik tashkilotini ilgari boshqargan auditor uch yil mobaynida boshqa auditorlik tashkiloti rahbari bo'lishi mumkin emasligi qat'iy belgilab qo'yilgan. Ichki audit xizmatining asosiy vazifalari Kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo’yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash; Ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish; Davriy asosda kiritilgan ichki audit amallarining samaradorligi monitoring qilish; Xo’jalik yurituvchi sub’ektining bo’linmalari bilan ichki audit tizimini tuzish masalalari bo’yicha o’zaro xamkorlik qilish. Xalqaro tajribadan kelib chiqib, auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, uning amal qilishini navbatdagi o'n yillik muddatga va keyinchalik muddatsiz davrga uzaytirishni nazarda tutuvchi normalar kiritildi. Bu hujjatni olish uchun talabgor oliy ma'lumotga hamda oliy ta'lim tashkilotini tamomlaganidan keyin oxirgi o'n yildan kamida uch yil buxgalteriya hisobi va audit sohasida ish stajiga ega bo'lishi lozim. Xalqaro buxgalter sertifikatiga yoki kamida o'n yillik uzluksiz auditorlik ish stajiga ega bo'lgan auditorlarga malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish imtihon topshirmasdan amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotlariga qulaylik va engilliklar yaratish maqsadida bir qator yangi normalar kiritildi. Jumladan, auditorlik tashkilotlarining ustav kapitali miqdoriga bo'lgan talab bekor qilindi. Ustav fondi (ustav kapitali) auditorlik tashkiloti o'z faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalanadigan mol-mulkdan, shu jumladan, pul mablag'laridan shakllantiriladi. Tashkilot o'z faoliyatini amalga oshirishda mustaqil bo'lib, vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar hamda boshqa davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas. Unda asosiy ish joyi hisoblangan kamida to'rt nafar auditor bo'lishi, filialining rahbari esa, albatta, auditor bo'lishi kerak. Tadbirkorlik sub'ektlarining yagona davlat reestriga kiritilgan sanadan e'tiboran uch oy davomida u haqidagi ma'lumotlar Auditorlik tashkilotlari reestriga kiritilmagan tijorat tashkiloti o'z nomida “auditorlik tashkiloti” degan so'z birikmasidan foydalanishga haqli emas. Qonunga ko'ra, xalqaro amaliyot asosida auditorlik xizmatlarining tarkibi aniqlandi. Aynan shunday xizmat turlari MDH mamlakatlari qonun hujjatlarida va auditning xalqaro standartlarida mavjud. Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlari va auditorlik xizmatlarini ko'rsatadi, shartnoma asosida ish olib boradi. Qonunda auditorlik tekshiruvlarini o'tkazish tartibi bayon qilingan. Unda manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelishining oldini olishga yo'naltirilgan va audit mustaqilligini ta'minlovchi auditorlik tekshiruvi o'tkazishdagi cheklovlar sanab o'tildi. Xususan, ketma-ket etti yildan ko'proq ayni bir xo'jalik yurituvchi sub'ektning auditorlik tekshiruvini o'tkazishga haqli emas. Soha tashkilotlarining majburiy auditorlik tekshiruvini o'tkazishi uchun shtatida kamida ketma-ket uch yillik uzluksiz ish stajiga yoki xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo'lgan kamida ikki nafar auditor bo'lishi hamda ish sifatini tashqi nazoratdan o'tkazish natijalariga ko'ra, qonunchilik buzilishi hollari mavjud bo'lmaganda ruxsat berildi. Qonun bilan Auditorlik tashkilotlari reestri va uning yuritilishi hamda mazkur reestrlarga kiritish va chiqarish masalalari tartibga solingan. Shu bilan birga, vakolatli organ hisoblangan Moliya vazirligining veb-saytida auditorlik tashkilotlari va malaka sertifikatiga ega bo'lgan auditorlar haqida ma'lumotlar joylashtirib borilishi va ularni monitoring qilish tizimi joriy etildi. Hujjatda auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazoratini o'tkazish muddati va asoslari, asosiy ko'rsatkichlari va uni baholash mezonlari belgilab qo'yildi. Lekin ish sifatining tashqi nazoratini o'tkazishda auditorlik tashkilotining moliyaviy-xo'jalik faoliyatiga aralashishga yo'l qo'yilmaydi. Qonunda xalqaro xamkorlik masalalarini tartibga soluvchi, nizolarni hal etish va auditorlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikni belgilovchi qoidalar ham mavjud. Muxtasar aytganda, “Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi tartibga solish va audit jarayonidagi tartib-taomillarning shaffofligini, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni ishonchli audit xulosasi bilan ta'minlaydi, xalqaro standartlar asosida mustaqil audit o'tkazish amaliyotini tatbiq etadi, auditorlik tashkilotlari xizmatlari sifatini va raqobatbardoshligini oshiradi, sohadagi hujjatlarni tizimlashtiradi va qonunosti hujjatlarning qisqarishiga olib keladi.4 Auditorlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmagan, Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasida e’lon qilish to‘g‘risidagi ruxsatnomasi asosida auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan auditorlik faoliyati standartlari asosida amalga oshiriladi. Auditning xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun ularni tan olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Audit va ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari bo‘yicha kengashi tomonidan e’lon qilinadigan auditning xalqaro standartlari hamda sifat nazoratining xalqaro standartlari, tahliliy tekshiruvlarning xalqaro standartlari, ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari, turdosh xizmatlarning xalqaro standartlari auditorlik faoliyati standartlaridir Auditorlar va auditorlik tashkiloti xodimlari auditorlik xizmatlari ko‘rsatish jarayonida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni o‘ziga auditorlik xizmatlari ko‘rsatilgan shaxslarning yozma roziligisiz oshkor qilishga hamda o‘zgalarga berishga haqli emas, bundan korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. Auditorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • auditorlik faoliyatini va auditorlik xizmatlari bozoridagi halol raqobatni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • auditorlik tekshiruvlarining o‘rnini, ahamiyatini va ko‘rsatilayotgan auditorlik xizmatlarining sifati uchun auditorlik tashkilotlarining javobgarligini oshirish;

  • auditorlarni kasbga tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

  • auditorlik tashkilotlarining ishi sifatini tashqi nazorat qilish tizimini shakllantirish;

  • yoshlarni auditorlik kasbiga jalb etish va kasbga oid auditorlarning respublika jamoat birlashmalarining tegishli oliy ta’lim tashkilotlari bilan faol hamkorlik qilishini ta’minlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

  • auditorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibini belgilaydi;

  • auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihoni o‘tkazish tartibini belgilaydi;

  • auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish tartibini belgilaydi

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).

Vakolatli davlat organi:auditorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;

  • auditorlik faoliyati sohasidagi xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi;

  • o‘z vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

  • malaka komissiyasining ish tartibi va reglamentini belgilaydi;

  • auditorlarning respublika jamoat birlashmalari ishtirokida malaka imtihonini o‘tkazadi;

  • auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, uning amal qilish muddatini uzaytiradi va uning amal qilishini tugatadi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan sertifikat mustasno;

  • auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda auditorlar malakasini oshirishning namunaviy dasturini tasdiqlaydi;

  • Auditorlik tashkilotlarining reyestrini va Auditorlar reyestrini yuritadi;

  • auditorlik tashkilotlari va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan elektron tarzda hamkorlik qilish uchun mo‘ljallangan “Audit” dasturiy majmuining axborot tizimi takomillashtirilishini ta’minlaydi;

  • auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda auditorlik tashkilotlarining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazadi;

  • auditorlik xizmatlari rivojlanishini tahlil qilishni amalga oshiradi.

Vakolatli davlat organi o‘z faoliyatini ochiq va shaffof, boshqa davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga quyidagilar joylashtiriladi:

  • auditorlik faoliyatining standartlari;

  • Auditorlik tashkilotlarining reyestri hamda xalqaro auditorlik tashkilotining yoki xalqaro assotsiatsiyalarning a’zolari bo‘lgan auditorlik tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

  • malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berilgan, shuningdek xalqaro buxgalter sertifikatiga yoki kamida o‘n yillik uzluksiz auditorlik ish stajiga ega bo‘lgan talabgorlar ro‘yxati;

  • auditorning sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • malaka imtihonini topshirish, auditorning malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish hamda uning dublikatini berish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning ro‘yxati va arizalarning namunalari;

  • auditorning malaka sertifikati blankasining shakli;

  • auditorlar malakasini oshirishning namunaviy dasturi;

  • auditorlik tashkilotlarining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish tartibi;

  • majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditorlik tashkilotlarining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish natijalari;

  • auditorlik xizmatlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi axborot.

Vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida qonunchilikka muvofiq boshqa axborot joylashtirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z vakolatlari doirasida:

  • banklarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi;

  • banklarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatini berish tartibini belgilaydi va uni beradi;

  • banklarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan Auditorlarning reyestrini yuritadi va uni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.

Auditorlarni birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotlari auditorlarning respublika jamoat birlashmalaridir. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari auditorlarning kasbiy darajasini rivojlantirishga va saqlab turishga, ularning kasbiy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishga da’vat etilgandir. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari:

  • malaka imtihonlarini o‘tkazishda va test savollarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

  • auditorlar va auditorlik tashkilotlari tomonidan Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Xalqaro odob-axloq standartlari bo‘yicha kengashi tomonidan e’lon qilingan Professional buxgalterning odob-axloq kodeksiga (bundan buyon matnda Professional buxgalterning odob-axloq kodeksi deb yuritiladi) rioya etilishining tizimli monitoringi tashkil etilishini ta’minlaydi;

  • auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;

  • renking o‘tkazishning yagona tartibini belgilaydi;

  • renking o‘tkazilishini tashkil etadi va har yili 1-mayga qadar uning natijalarini o‘z rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi;

  • auditorlarning respublika jamoat birlashmalari a’zolarining reyestrlarini yuritadi va ularni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi;

  • zarurat bo‘lganda, buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning ishida ishtirok etadi;

  • har yili 10-yanvarga qadar auditorlarning malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risidagi axborotni vakolatli davlat organiga taqdim etadi.5

  • Auditorlik faoliyati nazorat va nazorat deb hisoblanadi va shu sababli davlat tomonidan qat'iy tartibga solinishi kerak. Audit nima? Qonunga muvofiq, bu buxgalteriya hisobi ma'lumotlarining muvofiqligini mustaqil tekshirish belgilangan standartlar... Muvofiqligi tekshirildi moliyaviy hisobotlar, buzilishlar va mumkin bo'lgan maxinatsiyalar aniqlandi. Auditor - bu bajaruvchi shaxs auditorlik xizmatlari... Ko'rib chiqilayotgan mutaxassisning barcha nazorat va nazorat faoliyati qonunchilikka qat'iy rioya qilishi kerak. IN aks holda amalga oshirilgan barcha ishlar auditorlik hisoblanmaydi. "Auditorlik faoliyati to'g'risida" gi 307-sonli Federal qonunida audit o'rnini bosa olmasligi ta'kidlangan boshqarish funktsiyalari davlat idoralari. Bu davlatning huquqni muhofaza qilish faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan qo'shimcha, mustaqil ish turlari. Auditorlik tashkiloti nima? "Auditorlik faoliyati to'g'risida" gi qonun quyidagi ta'rifni beradi: da tashkil etilgan tashkilotdir tijorat asoslari, bu tekshirilayotgan sub'ektning buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlarini ularning ishonchliligi to'g'risida fikr bildirish uchun mustaqil ravishda tekshiradigan auditorlar birlashmasi. Har bir auditorlik tashkiloti maxsus tarkibga kiritilishi kerak davlat reestri... Unda ishlaydigan shaxslar (auditorlar) ular bilan birga bo'lishlari shart malaka sertifikatiprofessional auditorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish. Majburiy audit quyidagi hollarda amalga oshiriladi: qimmat baho qog'ozlar tashkilotlar savdoga qabul qilinadi; tashkilot aktsiyadorlik jamiyatining tashkiliy-huquqiy shakliga ega; korxona yillik konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni taqdim etadi va ochib beradi; qonun bilan belgilangan boshqa hollarda. Har yili qonuniy audit o'tkaziladi."Auditorlik faoliyati to'g'risida" gi qonuni ushbu uyushmalarning asosiy vakolatlari va funktsiyalarini belgilaydi.6 Shunday qilib, auditor quyidagilarga haqli: professional xizmatlarni ko'rsatish usullari va shakllarini mustaqil ravishda aniqlash; tadqiqot uchun to `liq tekshirilayotgan sub'ektning iqtisodiy va moliyaviy faoliyati bilan bog'liq hujjatlar; hujjatlarda ko'rsatilgan har qanday mulkni tekshirish; dan olish mansabdor shaxslar tekshiruv paytida yuzaga keladigan masalalar bo'yicha tasdiqlash va tushuntirishlar; ularning mashqlarini bajarishdan bosh tortish ish vazifalariagar tekshiriluvchi barcha kerakli hujjatlarni taqdim qilmasa; shartnomada ko'rsatilgan boshqa huquqlardan foydalanish. Qonunni va auditorlarning asosiy vazifalarini himoya qiladi. Shunday qilib, bu erda ta'kidlash kerak: auditor tomonidan tekshirilayotgan sub'ektga a'zolik to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etish auditorlik tashkiloti; auditorlik hisobotlarini o'z vaqtida yuborish; rus tilidagi hujjatlarni tayyorlash; hujjatlar xavfsizligini ta'minlash; tekshirilayotgan shaxslarni bu haqda xabardor qilish korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va boshqalar. Auditorlarning yana bir mas'uliyati qat'iy rioya qilishdir professional standartlar. Qonun standartlarni quyidagicha tavsiflaydi maxsus turdagi auditorlik protseduralariga qo'yiladigan talablarni o'z ichiga olgan hujjatlar. Standartlar: xalqaro standartlarga zid; auditorlik faoliyatini amalga oshirishda to'siqlar yaratish. Auditorlarning kasbiy yurish-turish qoidalari nima? Qonunga ko'ra, bu auditorlar va auditorlar assotsiatsiyalari bajarishi kerak bo'lgan xulq-atvor qoidalari to'plamidir. Kod har bir o'zini o'zi tartibga soluvchi tashkilot tomonidan alohida tuziladi va qabul qilinadi. "Auditorlik to'g'risida" qonun auditorlar va ularning birlashmalarining mustaqilligini ko'rsatuvchi normalarni belgilaydi. Bu kim auditorlik tekshiruvi o'tkaza olmasligi haqida gapirishdan boshlanadi. Ushbu ro'yxatga auditorlar kiradi: tekshirilayotgan sub'ektning muassislari, uning bosh buxgalteri yoki menejeri bo'lganlar; tekshirilayotgan sub'ektning yaqin qarindoshlari bo'lganlar; uch yil davomida tekshiriluvchiga restavratsiya xizmatlarini ko'rsatgan individual auditorlar buxgalteriya hisobi, uni yuritish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash; va boshqalar, qonunga binoan. Ushbu me'yorlarning barchasi korrupsiyaning oldini olish va hamkasblarini "yashirish" uchun kiritilgan deb taxmin qilish oson. Auditorlik faoliyati uchun haq to'lash tartibi va uni to'lash shartnoma taraflari tomonidan belgilanadi. Auditorlar tekshirilayotgan shaxslarning manfaatlari va huquqlarini buzadigan harakatlar qilishga haqli emaslar. Shunday qilib, u joriy etildi maxsus tushuncha quyida muhokama qilinadigan auditorlik sirlari. "Auditorlik to'g'risida" qonun auditorlik sirlari kontseptsiyasini o'rnatadi. Bu nima? Qonunning 9-moddasi har qanday ma'lumot va hujjatlarni (auditorlik sub'ektining o'zi tomonidan oshkor qilingan ma'lumotlardan tashqari), xizmat ko'rsatish shartnomasini tuzish to'g'risidagi ma'lumotlarni, shuningdek ushbu xizmatlarning narxlarini oshkor qilishni taqiqlaydi. Auditorlik tashkilotining barcha xodimlari auditorlik sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlashga majburdirlar. Siz tashkil etadigan hujjatlar va ma'lumotlarni uzata olmaysiz sir berildi, aloqasi bo'lmagan uchinchi shaxslarga auditorlik shartnomasi. qonuniga muvofiq, auditorlik sirlarini oshkor qilish javobgarlikni yuklashga olib keladi. Qonunga binoan, ma'lumotlarning maxfiyligini buzgan shaxs, zararni belgilangan tartibda qoplashi shart qonun bilan belgilangan. Qabul qilingan qonuni auditorlarni va ularning birlashmalarini mustaqil shaxslarni chaqiradi. Biroq, mustaqillik printsipi uni davlat tomonidan nazorat qilishdan ozod qilmaydi. 10-moddada o'zini o'zi boshqarish haqida gap boradi. Shunday qilib, auditorlik kompaniyalari vakillari: qoidalarni o'rnatish va ularga rioya qilish ichki nazorat kasbiy faoliyat; faoliyatning tashqi nazoratidan o'tishi, vakili bo'lishi davlat organlari barcha kerakli hujjatlar; ishda qatnashish o'zini o'zi tartibga soluvchi tashkilot auditorlar, agar ular a'zo bo'lsa. 11-modda, aksincha, auditorlik tashkilotlari va ularning a'zolarini tashqi nazorat qilish bilan bog'liq. Xususan, tashqi boshqaruv mavzusi muhokama qilinadi.7 Bu qonunlarning talablariga muvofiqligi, shuningdek tomonidan qonuniy buyruqlarning o'z vaqtida bajarilishi davlat hokimiyati... Auditorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish bo'yicha bir oz batafsilroq quyida muhokama qilinadi. (30.12.2008) asosiy normalarni belgilaydi davlat tomonidan tartibga solish auditorlar faoliyati. Demak, davlat: rivojlantirish davlat siyosati auditorlik faoliyati sohasida; uni tartibga soluvchi normativ hujjatlarni qabul qilish; o'z-o'zini tartibga soluvchi tashkilotlarning davlat reestrini yuritadi; ko'rib chiqilayotgan federal qonunning 15-moddasida aks ettirilgan ba'zi boshqa vakolatlarni amalga oshirish.


1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish