Xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati kirish



Download 31,16 Kb.
bet1/2
Sana17.04.2022
Hajmi31,16 Kb.
#559309
  1   2
Bog'liq
Pandemiya inqirozi sharoitida aholi bandligini oshirish va ijtimoiy qo\'llab-quvvatlash yo\'nalishlari


REJA
KIRISH
1. Pandemiya inqirozi sharoitida aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash yo’nalishlari.
2. Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish joylarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH
Xalqaro mehnat tashkiloti kichik biznesda va o‘zini o‘zi band qilgan aholini, ayniqsa, norasmiy iqtisodiyotda ishlayotganlarni himoya qilish uchun shoshilinch va muhim siyosat choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.
Koronavirus Covid-19 pandemiyasi ijtimoiy soha hamda iqtisodiyot tarmoqlarini jiddiy sinovdan o‘tkazmoqda. Shu bilan birga, pandemiya davrida “Buyuk yopilish” atamasi bilan kirib kelgan iqtisodiy inqiroz xalqaro xo‘jalik aloqalarida “qiymat zanjirlari”ni uzilishi bilan birga xizmat ko‘rsatish va servis tarmoqlariga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatib Jahon iqtisodiyotining retsessiyasini boshlab berdi.
Bu inqirozning o‘ziga xos tomoni shundaki – unda ham talab, ham taklif inqirozi bilan birga tarixdagi eng katta ishsizlik muammosi kuzatilmoqda.
Bunga quyidagi omillar sabab bo‘ldi:
birinchidan, talab inqirozi – jahon aholisining 80%i karantinga tushishi natijasida tovar (asosan uzoq muddatli iste’mol tovarlari) va xizmatlar iste’moli pasayishi;
ikkinchidan, yirik iqtisodiyotlarda yalpi talab tushishi natijasi YaIMning o‘sish sur’atlari 5-10% pasaydi. Goldman Sachs prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda AQShda YaIM -6%ga, Xitoy YaIM -9%ga tushishi;
uchinchidan, yirik iqtisodiyotlardagi iqtisodiy muammolar ketidan rivojlanayotgan davlatlarda ham iqtisodiy muammolar kelib chiqa boshladi. Bu muammolar asosan, 2020 yil fevralidan boshlab jahon bozorlarida kuzatilayotgan xomashyolar narxlarining pasayishi, xususan neft narxining oxirgi 18 yillik minimumdan pasayib ketganligi, xomashyo eksportiga asoslangan iqtisodiyotlarga salbiy ta’siri sezilarli bo‘lmoqda (The Economist 2020a; CNN 2020);
to‘rtinchidan, pandemiya sharoitida qo‘llanilayotgan cheklovlar aholi salomatligini himoya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni deyarli deyarli barcha davlatlarda oshib ketishiga olib keldi.

O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi YaIM joriy yilning 1-choragida 4,1% ga o‘sdi (o‘tgan yilning shu davrida 5,3%). Tashqi savdo aylanmasi 10,2% ga kamaydi[2]. Ammo bu ko‘rsatkichlarda karantin choralarining qo‘llanilishi ta’siri minimal bo‘ldi. Chunki koronavirus birinchi chorak tugashiga ikki hafta qolganida aniqlandi va karantin tadbirlari 16 martdan 6 aprelgacha mamlakat bo‘ylab bosqichma-bosqich joriy etildi.
Agar tashqi savdo aylanmasi yil boshidan buyon Xitoy va Yevropada epidemiya ta’sirida salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, unda barcha savdo ob’yektlarini yopish (oziq-ovqat do‘konlari va bozorlardan tashqari), umumiy ovqatlanish va xizmatlar, mamlakat ichidagi transportda qat’iy cheklovlar va boshqa mamlakatlar bilan avto, havo va temir yo‘l aloqalarining to‘xtatilishi ichki talabning pasayishiga olib keldi.
Ichki talabni qo‘llab-quvvatlash uchun 14 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini 16% dan 15% ga tushirdi. Bu so‘nggi 5 yil ichida qayta moliyalash stavkasining ilk marta pasaytirilishi bo‘ldi[3].
Birinchi chorakda YaIM o‘sishining pasayishi ham o‘tgan 3 yil mobaynida O‘zbekiston iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotiga yanada faol integratsiyalashganini ko‘rsatdi.
So‘nggi yillarda xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori ko‘rsatkichlarda o‘sib borishi YaIM tuzilmasidagi ulushini ham oshishiga olib keldi. O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, 2019 yil yakunlariga ko‘ra YaIMda xizmatlar 35,5%, sanoat 30%, qishloq xo‘jaligi 28,1%, qurilish 6% ni tashkil etdi[4]. Demak xizmat ko‘rsatish sohasidagi og‘ir vaziyat iqtisodiy o‘sish sur’atlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy inqirozning aholi bandligiga ta’siri
Xalqaro mehnat tashkilotining 2020 yil 1 chorak yakuni bo‘yicha e’lon qilgan monitoring natijalariga ko‘ra, aprel oyining boshiga kelib Covid-19 pandemiyasi ta’sirida global miqyosda 2,7 mlrd ish o‘rinlarining to‘liq yoki qisman yopilishiga olib keldi, bu esa jahondagi ish bilan band aholining 81 %iga ta’sir qildi[5].
Jahonda kambag‘al aholi soni qariyb 2 baravarga yoki 500 million kishiga ko‘payish xavfi yuzaga kelmoqda.
Bularning natijasida ish o‘rinlari soni qisqarishi, ishlab chiqarish quvvatlarining qisman yoki to‘liq to‘xtalishi, masofadan ishlash tamoyillari joriy etilishi natijasida mehnat unumdorligi pasayishi kuzatilmoqda.
Ayniqsa, turizm, sayyohlik, mehmonxona va transport xizmatlari eng katta yo‘qotishlarga duch keldi. Yo‘qotishlarning hajmini yirik aviakompaniyalarning aksiyalari qiymati 50 foizga pasayganligida ham ko‘rish mumkin.
Iqtisodiy inqirozlar asoratlarini yumshatishda qaysi iqtisodiy siyosat dastaklaridan foydalanish mumkin?
Darhaqiqat, dunyoda qaysi sohani olmaylik, global inqiroz ish o‘rinlarini qisqarishiga keskin ta’sir ko‘rsatmoqda. Aksariyat siyosatchilar postpandemik davrda iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha zudlik bilan amalga oshirishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, ayniqsa, iqtisodiyotning yirik tarmoqlari, hayotiy muhim bo‘lgan sohalar va aholining aksariyat qismi band bo‘lgan tadbirkorlik sohalarini himoya qilish bo‘yicha jiddiy izlanishlar olib borilmoqda.
Nazariy jihatdan iqtisodiy siyosatning roli, tashqi, qarz olish va sug‘urta yetishmovchiligi kabi eksternaliyalardan (tashqi ta’sirdan) holi sharoitda Covid-19ning katta zararli ta’siri faqat qisqa muddatli V shaklidagi retsessiyani keltirib chiqaradi. Bunda ish o‘rinlari va ishlab chiqarish kamayishi bilan YaIM pasayadi. Kasallikning tarqalishini cheklash bo‘yicha chora-tadbirlarga rioya qilish uchun ularning iqtisodiy faoliyati, ammo keyin ishsizlik yoki biznes yopilmasdan, saqlash siyosati tugashi bilan hamma narsa normal holatga qaytadi. Iqtisodiyot bir muncha vaqt yuqoriroq ko‘rsatkichlarga erishishi mumkin. Chunki uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talab qondirildi.
Ammo amaliyotda Covid-19 uzoq davom etadigan chuqur turg‘unlik va keskin iqtisodiy o‘zgaruvchanlikni keltirib chiqarishi mumkin (Furman 2020). Makroiqtisodiy siyosatning maqsadi ushbu qisqa muddatli V shaklidagi turg‘unlikni replikatsiya qilishga harakat qilish, tashqi talablar va moliyaviy cheklovlarni yumshatish, salbiy zarbalarning ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan monetar va fiskal vositalardan foydalanish (Bernanke 2020; Blinder va Zandi 2015; Gali va Gambetti 2009).
So‘nggi empirik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, xususiy iste’mol davlat xarajatlari hisobiga rag‘batlantiriladi va bu dalil mavjud makroiqtisodiy nazariyaga ziddir. Unga ko‘ra davlat xarajatlarining o‘sishi (soliqqa asoslangan) iste’molni kamaytirishi kerak (Bouakez & Rebei, 2003). Vektorli avtoregressiya (VAR)ga asoslangan so‘nggi empirik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, davlat xarajatlarining ko‘payishi xususiy iste’molning sezilarli va doimiy o‘sishiga olib keladi va ular iqtisodiy taraqqiyotga olib keladi (Gali, Lopez-Salido & Valles, 2007; Okubo, 2003; Perotti, 2002).
Agar hukumat xarajatlarni ssudalar bilan moliyalashtirsa, xususiy iste’mol hajmi ham oshishi mumkin. Ammo kelajakda hukumat olingan tashqi qarzlarni so‘ndirib borishi va/yoki soliqlarni oshirishi kerak, shuning uchun bu ijobiy korrelyasiyani uzoq muddatda qo‘llab-quvvatlab bo‘lmaydi.
Shuningdek, xususiy sektor orqali mablag‘larni tarqatish davlat davlat tashkilotlari orqali taqsimlashdan ko‘ra unumliroq. Buni Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida o‘tkazilgan keng miqyosli tadqiqotlarda ko‘rish mumkin[6].
Xususan, Ruminiyadagi yalpi iste’mol va yalpi ichki mahsulot o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik borligi aniqlandi. Shu bilan birga, xususiy iste’mol va YaIM o‘rtasidagi bog‘liqlik kuchli, davlat iste’moli va YaIM o‘rtasidagi bog‘liqlik esa kuchsiz ekanligi isbotlandi.
Markaziy va Sharqiy Yevropaning 11 mamlakati uchun ishlab chiqilgan tadqiqotda, Gozgor (2013) faqat Xorvatiya va Sloveniyada moliya va byudjet siyosati uzoq muddatli istiqbolda xususiy iste’molga ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatgan bo‘lsa, boshqa 9 ta davlatida ta’sir kuchi vaqtinchalik bo‘lgan.
Ko‘plab kuzatuvchilar hozirgi kunda eng yaxshi rag‘batlantirish turi bu uy xo‘jaliklarining ayniqsa, pulni sarflash ehtimoli ko‘proq bo‘lgan qatlamiga, ya’ni ish joyi yoki daromadlari yo‘qotgan kam ta’minlanganlar va o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlaganlar uchun deb hisoblaydilar.
2020 yil 10 aprel holatiga jami 51 ta mamlakat tomonidan mehnat bozorini qo‘llab-quvvatlash 74 ta dastur ishlab chiqildi[7].
O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlari orqali jami 312,4 ming kishi ishtirok etgan anonim so‘rovnoma natijalariga asosan fuqarolarning 21 %i vaqtincha ishini yo‘qotgan, 7 %i o‘z hisobidan mehnat ta’tilida, 7 %i haq to‘lanadigan mehnat ta’tilida, 18 %i uyda masofadan turib va 21 %i ishxonaga qatnab ishlayotganligini bildirishgan[8].
Respublikadagi mavjud karantin rejimi tufayli jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlaridan tushumlar 3 barobarga, YaTTlarning qat’iy belgilangan solig‘i bo‘yicha tushumlar 84 foizga kamaygan[9].
Kichik biznes sohalarida ko‘plab ishchilar daromad manbaidan ayirilgani va ishdan bo‘shatilishlari kuzatilmoqda. Bu vaziyatda iqtisodiyotning bir qator tarmoqlari bo‘yicha korxonalar va aholining to‘lov qobiliyatiga jiddiy tahdid soluvchi omillar yuzaga kelmoqda. Xususan, norasmiy sektorda band bo‘lganlar ayniqsa, eng zaif va himoyalanmagan qatlam bo‘lib qoldi.
Krizisning norasmiy sektorda bandlarga salbiy ta’siri
Joriy qilingan karantin choralari ta’sirida eng qattiq zarba bergan sohalarda norasmiy ish band bo‘lgan qariyb 1,6 mlrd nafar ishchilarga jiddiy ta’sir qilgan.
Krizisning birinchi oyida norasmiy ish bilan band aholining taxminan 60 %ida daromadlar pasaygan. Ushbu ko‘rsatkich Afrika va Lotin Amerikasida 81 %ga tushgan.
Aholi tabaqalari kesimida esa 82 % past va o‘rta daromadli qatlam vaqtllari, 28 %i esa yuqori daromad qiladiganlarga to‘g‘ri kelgan. Yuqori daromadli davlatlarda bu ko‘rsatkich 76 %ni tashkil etgan.
Xalqaro mehnat tashkiloti kichik biznesda va o‘zini o‘zi band qilgan aholini, ayniqsa, norasmiy iqtisodiyotda ishlayotganlarni himoya qilish uchun shoshilinch va muhim siyosat choralarini ko‘rishga chaqirmoqda[10].
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra bugungi kunda O‘zbekiston mehnat bozorida 13,5 mln kishi band bo‘lib, ulardan 5,7 mln kishi rasmiy va 7,8 mln kishi norasmiy sektorda, shu jumladan, 2,6 mln kishi mehnat migranti sifatida mehnat qilmoqda[11].
Jahon banki tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Covid-19 pandemiyasi va qo‘llanilgan karantin choralari ta’sirida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz tufayli, pul o‘tkazmalarining umumiy hajmi 20%ga keskin tushadi[12]. O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari sonidan kelib chiqadigan bo‘lsak bu ko‘rsatkich 500 mingdan ko‘proq kishi koronavirus pandemiyasi ta’sirida doimiy ish joylariga ketolmay qolish ehtimoli yuqori.
Aksariyat hollarda norasmiy sektorda bandlar ko‘rsatkichi qishloq joylarida ko‘proq bo‘lishi hududlar kesimida tahlil qilinganda ham ko‘rinib turibdi.
O‘zbekistonda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan choralarning samarasi
Ko‘rilgan choralar natijasida O‘zbekistonda Covid-19 virusidan zararlanganlar orasida o‘lim darajasi 0,4% ni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda kasallikdan davolanayotganlar ham, kasallikda gumon qilinganlar ham, karantinda saqlanayotganlarning barchasi bepul, davlat byudjeti hisobidan davolanmoqda.
21 apreldan boshlab koronavirus bilan kasallanishlar soni kunlik statistikada tuzalganlar soni kasallanganlar sonidan oshayotganligi qabul qilingan qarorlar va ko‘rilgan choralarning samarali ekanligidan dalolat beradi.
Karantin davrida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi va Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan, 141 ming 800 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlanib, ularga 43 milliard 225 million so‘m ish haqi to‘lab berildi.
Ta’kidlash joizki, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – bu yangi ish o‘rinlarini yaratish, bozorda talab va taklifni shakllantirish, pirovardida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun katta imkoniyat va zaxira hisoblanadi.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun qonuniy faoliyat yuritish uchun qulay va sodda huquqiy tizim yaratish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligada 22 va 24 aprel kunlari o‘tkazilgan videoselektor majlislarida[13][14] karantin davrida aholi bandligi va daromadi keskin kamayishini oldini olish bir qator muhim tashabbuslar ilgari surildi:
o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun faoliyat turlari ro‘yxatini kengaytirish va qonunchilikda taqiqlanmagan barcha tadbirkorlik shakllariga ruxsat berish (hozirda 85 ta faoliyat turiga ruxsat berilgan);
aholi bandligini ta’minlashdagi muhim bo‘lgan servis sohasini rivojlantirish (ovqatlar va tovarlarni uyga yetkazib berish, ko‘chma savdo va xizmatlarni tashkil etib, bu korxonalarning kamida 70 foizini bemalol ishlatsa bo‘ladi);
onlayn ishlasa bo‘ladigan sohalarga maksimal imkoniyatlar yaratib berish;
tovarlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishni rag‘batlantirish;
yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik sub’yektlariga faoliyat yuritish uchun sharoit yaratib berish;
uy-joylarni remont qilish hamda avtotransport, maishiy texnika va boshqa tovarlarga kreditlar berishni kengaytirish;
qishloq xo‘jaligi kooperativlarini qo‘llab-quvvatlash orqali mavsumiy ishlarga aholini keng jalb qilish;
fermer xo‘jaliklari tomonidan dala tomorqalarida ekin ekishga aholiga yordam berish;
“oborot”dan chiqqan yerlarni o‘zlashtirib, kooperativlarni tashkil qilish;
aholi xonadonlarida issiqxonalarni ishga tushirish;
o‘zlashtirilmagan yerlarni uchun sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali yangi maydonlar tashkil etish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish;
ijtimoiy xizmat turlarini kengaytirish asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish (jamoat joylarini dezinfeksiyalash, qariyalar, nogiron va o‘zgalarning yordamiga muhtoj shaxslarni parvarishlash va boshqalar).
Eng asosiysi, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun faqat xabardor qilish orqali ro‘yxatdan o‘tib ishlash mexanizmini joriy etish bo‘yicha o‘ta dolzarb va muhim bo‘lgan topshiriq berildi. Mazkur topshiriq bilan uzoq vaqt mobaynida norasmiy sektorda band bo‘lgan aholini davlat ro‘yxatiga olish tizimini keskin soddalashtirish, bunda kundalik hunari bilan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatayotgan fuqarolardan umuman soliq undirilmasligi belgilandi. Mazkur tashabbus shu kungacha mehnat bozorini rivojlantirish bo‘yicha qilingan eng samarali islohotlardan biri sifatida e’tirof etish lozim.
Karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini markazlashgan holda qo‘llab-quvvatlash
O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’yektlari va mahalla institutini keng jalb qilish amaliyoti ham samarali tashkil etilganini ta’kidlash joiz. Yuzaga kelgan vaziyatda qisqa muddatda barcha kritik resurslarni jamlash va uni markazlashtirilgan holda aholiga samarali tarzda yetkazishda avvalambor eng zaif qatlamlar, ishsiz qolganlar, daromad manbaidan ayrilganlar va boshqa qatlamalar cheklovlarsiz xavfsiz yordam berish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Bunda nafaqat davlat idoralari balki ko‘p sonli ko‘ngillilar, xomiylar va tadbirkorlik sub’yektlarining birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaz va uning hududiy bo‘limlari tashkil etildi. Toshkent shahrida va hududlarda oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni qabul qilish va saqlash uchun maxsus pavilonlarda yordam olishning aniq tizimi ishga tushirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra 11 mayga qadar 1197 qisqa raqamiga murojaat orqali jami 378,813 ta xonadonga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi[15]. O‘zbekistonda oilalardagi aholi soni o‘rtacha 5,6 kishi tashkil etishini hisobga olganda jami 2,1 mln.ga yaqin aholi eng kerakli bo‘lgan mahsulotlarga ehtiyojini qondirish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hududiy tashabbuslar
Karantin davrida aholini faol ish bilan band qilish maqsadida hududlarda tadbirkorlar, fermerlar va banklar tomonidan bir qator tashabbuslar ishlab chiqilmoqda:
kambag‘al oilalarga tomorqada ekin ekishga yordamlashish, ularga qoramol va parranda tarqatish hamda kasanachilikni yo‘lga qo‘yish;
Toshkent shahrida xususiy banklar tumanlarga biriktirilib tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘mak berish;
karantinga qadar ishsiz bo‘lgan va kunlik daromad asosida yashab kelgan ko‘plab fuqarolar faol mehnat orqali ish bilan ta’minlash;
barcha hududlarda servis sohasini rivojlantirish;
ishlab chiqaruvchi korxonalarga tovarlarini aholiga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishni rag‘batlantirish;
tijorat banklari aholiga uy-joylarni remont qilish hamda avtotransport, maishiy texnika va boshqa tovarlarga kreditlar berishni kengaytirish;
onlayn texnologiyalar orqali o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun daromadlarini olish uchun zarur shart-sharoit va yengilliklar yaratish;
oilaviy va uy sharoitidagi hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha imtiyozlar berish va mahsulotlarini sotishga ko‘maklashish.
Taklif etilgan tashabbuslar har tomonlama samarali bo‘lishi uchun, inqirozdan keyingi davrda iqtisodiy jihatdan barqaror va yanada kuchli bo‘lish uchun aholi, davlat va biznes o‘rtasida uzviy aloqalar yanada mustahkamlanishi, o‘zaro ishonch oshishi, biznesning ijtimoiy mas’uliyati oshishi ijobiy samara berishi kutilmoqda.
Xozirgi, bozor munosabatlari jadallashib borayotgan bir davrda aholini ish bilan ta`minlash muammosi dolzarb bo`lib bormoqda. Shu sababli uni ham nazariy, ham amaliy jihatdan o`rganish muhim hisoblanadi. Bunda avvalo, ish bilan bandlik tushunchasining ijtimoiy-iqtisdiy mazmunini chuqur anglab yetish maqsadga muvofiqdir.
Aholini ish bilan ta`minlash inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri - uning mehnat sohasi va u bilan bog`liq bo`lgan rhtiyojlarni qondirish yo`lini ochib beradi. Ish bilan bandlik odamlar ish joylari qayerdaligidan qatiy nazar ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish yuzasidan o`zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Ish bilan bandlik munosabatlari mehnatga layoqatli odamlarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishini ko`rsatadi.
O`zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta`minlash to`g`risida”gi qununida qayd etilganidek: “Ish bilan ta`minlash – fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o`z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq bo`lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatdir”. Bundan ko`rinadiki, insonning ijtimoiy kamolotida va uning takror ishlab chiqarilishida ish bilan bandlik muhim rol o`ynaydi.
Darhaqiqat, ish bilan bandlik faqat iqtisodiy munosabatlar bo`libgina qolmay, u avvalo, ijtimoiy munosabatlardir. Shu bois qandaydir azaliy, bevosita yuzaga keladigan hodisa sifatidagi ijtimoiylik ularning asosiy xususiyati hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ish bilan bandlik ko`p ukladli iqtisodiyotning muhim ijtimoiy jihati, chunki bu bilan kishilarning daromadi hosil bo`ladi, ular ijtimoiy hayotda o`z o`rnini topadi, qobilyat va iste`dodlarini yuzaga chiqara oladi. Shundan kelib chiqib ish bilan bandlikning quyidagi eng kam deganda to`rtta ijtimoiy jihatini hisobha olish kerak bo`ladi:

  1. Ish bilan bandlik insonning Konstitutsiyada belgilab berilgan eng muhim huquqi- mehnat huquqi bilan mustahkam bog`liqligidir;

  2. Turmush darajasini va munosib shart-sharoitlarni shakllantirishda ish bilan bandlik hal qiluvchi rol o`ynaydi. Aynan shu ish bilan bandlik hozirgi vaqtda mehnatga qobilyatli fuqarolar va ular oilalarining turmush darajasini oshirishning eng muhim kafolatidir;

  3. Har kimning va umuman jamiyat farovonligining negizi bo`lgan yuqori unumli mehnatning yangi sababini shakllantiradi;

  4. Aynan mehnat faoliyati insonni o`zgartiradi, uning kasbiy imkoniyatlarini ochib beradi va shaxsiy rivojlanishini rag`batlantiradi.

O`zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta`minlash to`g`risida”gi qonuniga muvofiq quyidagilar ish bilan ta`minlangan deb hisoblanadi:

  • Yollanib ishlayotgan, shu jumladan, ishni to`liqsiz ish vaqtida haq evaziga bajarayotgan, shuningdek, haq to`lanadigan, boshqa ishga, shu jumladan, vaqtinchalik ishga ega bo`lgan fuqarolar;

  • Betobligi, mehnat ta`tilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarishni to`xtatib qo`yganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun hajjatlariga muvofiq ish joyida bo`lmagan, vaqtincha ish joyi saqlab turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo`lmagan fuqarolar;

  • O`zini ish bilan mustaqil ta`minlayotgan fuqarolar, shu jumladan, yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan fuqarolar, kooperativlarning a`zolari, fermerlar va ularning ishlab chiqishda qatnashayotgan oila a`zolari;

  • Qurolli kuchlarda, Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlarida va qo`shinlarida xizmatni o`tayotgan, shuningdek, muqobil xizmatni o`tayotgan fuqarolar;

  • Ta`lim to`g`risidagi qonun hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta`lim olayotgan fuqarolar;

  • Qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari va diniy muassasalarida ishlayotgan fuqarolar.

Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi “Mehnat kodeksi”ga muvofiq quyidagi sabablarga ko`ra vaqtinchalik ish joyida bo`lmagan fuqarolarning ish joyi saqlanib qolinadi va ular ish bilan ta`minlangan deb hisoblanadi:

  • Davlat va janoat vazifalarini bajarayotgan vaqtda;

  • Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarganda;

  • Jamoat manfaatlariga doir xarakat qilganda.

O`zini mustaqil ta`minlaydigan fuqarolar toifasiga quyidagilar kiradi:

  • Tadbirkorlar;

  • Fermerlar va ularning ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan oila a`zolari;

  • Dehqon xo`jaligining ishlab chiqarishda qatnashayotgan oila a`zolari;

  • Yozuvchilar, rassomlar va boshqalar.

Aholini ish bilan bandlik masalalarini o`rganish jarayonida mehnat va ish bilan bandlik o`rtasidagi tafovutni ajrata bilish han muhim hisoblanadi. Mehnat – insonning o`ziga xos bo`lgan xususiyatiga ega bo`lgan faoliyat bo`lib, unda harakat, kuch-quvvat sarflanishi, natijakorlik, ijtimoiy foydalilik kabi holatlar mavjud bo`ladi. Boshqacha qilib aytganda, mehnat- ishchi kuchini ishlab chiqishda ishlarish jarayonidir. Ish bilan bandlik esa insonning mehnat qilish munosabati bilan va ,ehnat sohasidagi ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq holda kechadigan ijtimoiy rivojlanishning muhin tomonidir.
Shuni ham ta`kidlab o`tish kerakki, aholining ish o`rinlariga bo`lgan talabining pasayishiga, uning ayrim guruhlarining xaddan tashqari ish bilan bandligiga barham berish, buning uchun bolali ayollar, ishni o`qish bilan qo`shib olib borayotgan yoshlarga handa pensionerlarga ijtimoiy yordam ko`rsatish dasturini takomillashtirishga mehnat unumdorligini oshirishni jadallashtirish sharoitida ish bilan to`liq bandlikni ta`minlashning zarur sharti deb qaralishi kerak.
MDH davlatlari ayrin iqtisodchi olimlari bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni tartibga solishni ish bilan bandlik siyosati, “mehnat”ni esa “ish bilan bandlik”ka tenglashtiradilar. Jumladan, E.Saruxanov ish bilan bandlikni mehnat faoliyatiga kirishish deb hisoblaydi hamda mehnat bozorini ish bilan bandlik deb atash, mehnat bozorini tartibga solishni esa ish bilan bandlik va ishsizlik muammosini tartibga solish, deb atash to`g`rib o`ladi degan xulosa chiqaradi. Uning hisoblashicha, ish o`rnini egallash bo`yicha munosabatlar ish bilan bandlik munosabatlaridir. Inson ishga kirishishi bilan bu munosabatlarning amal qilishi to`xtamaydi, shu vaqtdan boshlab navbatdagi- mehnat faoliyati bosqichi boshlanadi va bu ish bilan bandlik hamda mehnat bilan bog`liq emas.
Bu nuqtai nazarga zid qarashlarda mehnat bozori, ish bilan bandlik va ularni tartibga solish jarayonlari farqlanadi. Bu qarashlar tarafdorligi ish kuchini takror hosil qilish va mehnat bozori ish bilan bandlikning tarkibiy qismlari, deb hisoblaydilar. Masalan, G.G.Rudenko, M.I.Kulapov, S.A.Kartashov mehnat bozori odamlar ishlab chiqarish qobiliyatlarini takror hosil qilish bo`yicha bozor munosabatlarining tizimi ekanligini e`tirof etadilar. Mehnat bozori ish beruvchi uchun ish kuchini jalb etgan holda moddiy ne`matlar ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Yollanma xodim esa o`z ish kuchini sotishi hisobiga mehnatiga haq oladi va o`zining mehnat qobiliyatini takror hosil etadi
Aholining ish bilan bandligi sohasi tarkibiga mehnat bozoridan tashqari aholining o`zini-o`zi ish bilan ta`minlashi, ularning uy xo`jaliklari tarkibidagi faoliyatlari, kadrlarni tayyorlash, va ishga joylashtirish maqsadli dasturlari ham kiradi. Ya`ni, ish bilan bandlik sohasi mehnat bozori chunchasidan kengroqdir. Mehnat bozorini tartibga solish ish bilan bandlikning bir qismi hisoblanadi.
Iqtisodiyot fanida ish bilan bandlikning quydagi turlarini farqlaydilar:

  1. ish bilan bandlik – mehnatga qobilyatli aholining ijtimoiy foydali mehnatga eng ko`p jalb etish. Amalda bu ish bilan yalpi bandlik bo`lib, bunda mehnatga qobilyatli aholining 90,0 – 92,0 % to`liq bandlida mehnat qilishga muhtojlar va mehnat qilishni hohlovchilar ish bilan ta`minlanadi, bu ishchi kuchiga talab va taklifning mutanosibligini anglatadi.

  2. Ish bilan to`liq bo`lmagan bandlik – bu iqtisidiy faol aholining bir qismigina ijtimoiy foydali mehnat bilan ta`minlanganligini ko`rsatadi. Ish bilan mavsumiy bandlik – bu mehnatga qobilyatli aholini tabiiy – iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda vaqti – vaqti (odatda muayyan mavsumlarda) ijtimoiy foydaliy mehnatga jalb etishdir.

  3. Ish bilan yashirin bandlik – bu holda pul tolamaydigan uzoq muddatli ta`tilda bo`lgan norasmiy ravishda (ish bilan band sifatida rasman ro`yxatga olinmasdan) turli savdo-sotiq, aholiga xizmat ko`rsatish bilan mashg`ul bo`lishlarini anglatadi.

  4. Ish bilan davriy bandlik – bu muayyan muddatda mehnat faoliyati bilan mashg`ul bo`lish, muayyan muddatda dam olishni bildiradi. Ish bilan bandlikning bu turi asosan neft, gaz sanoati, baliqchilik tarmoqlarida vaxta usulida ishlovchilarni nazarda tutadi.

Ish bilan samarali bandlik – bu aholining ish bilan bandlika ehtiyojining mavjud ish o`rinlariga muvofiq kelishining sifat xususiyati bo`lib, iqtisidiy nuqtayi nazardan mehnat resurslaridan eng oqilona foydalanishni, ijtimoiy jihatdan mehnat faoloiyatining inson manfaatlariga eng muvofiq kelishni anglatadi.
Aholi bandligini ta`minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim iqtisodiy xususiyatlardan biri hisoblanadi va iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega. O`zbekistonda aholini ta`minlashni yanada yaxshilash va farovonligini oshirishning eng muhim yo`nalish sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko`rsatish va kasanachilik sohalarini qo`llab-quvatlash va rivojlantirishni rag`batlantirish bo`yicha ishlar amalga oshirlmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Davlat statistika qo`mitasi hamkorlikda 2010-yil mamlakatimizda “Yangi ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturiga asosan ish o`rinlarini hisobga olish va monitoringini yuritish tartibi”ni tasdiqladi
Ushbu tartib hududiy va tarmoq yangi ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi doirasida ish o`rinlarini tezkor va statistik hisobini yuritish va monitoring mexanizni tartibga soladi.
Ushbu Tartibda qo`lanilgan asosiy tushunchalar:

  1. Ish o`rni – muayyan kasbdagi bir xodimning mehnat vazifalarini amalga oshirishi uchun moslashtirilgan va ishni bajarish uchun ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan jihozlangan joy;

  2. Ish o`rinlari quydagilar hisobiga tashkil etiladi:

  • Yirik ishlab chiqarish ob`yektlarini yangisini ochish, kengaytirish va rekonstruksiya qilish orqali;

  • Tarmoqlarda yangi kichik korxona va mikrofirmalarni ochish orqali;

  • Yuridik shaxs bo`lmasdan yakka tadbirkorlikni rivojlantirish orqali;

  • Korxona va tashkilotlarda kasanachilik, hunarmandchilikda va oilaviy biznes sohasida yangi ish o`rinlarini tashkil etish orqali;

  • Aholi punktlarini obodonlashtirish, ishlab chiqarish va infratuzilmasini rivojlantirish orqali;

  • Faoliyat yuritmayotgan korxonalarni ishlashini ta`minlash orqali;

  • Dehqon va fermer xo`jaliklarida chorvachilik, dehqonchilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik va boshqa qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish va kengaytirish orqali.

Agar ish o`rinlari tezkor va statistik hisobotda ko`rsatilgan bo`lsa, haqiqatda yaratilgan hisoblanadi. Hisob davri – oy, chorak va yillik bo`ladi.
Yangi ish o`rinlarini tashkil etish quyidagicha hisobga olinadi:

  • Ushbu Tartibga binoan korxona va tashki,otlar tomonidan taqdim etilgan tezkor ma`lumotlar;

  • Korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan davlat statistika hisobotlari ma`lumotlari;

  • Tuman (shahar) hokimliklari mahsus ishchi guruhlari tomonidan tanlama monitoring natijalari asosida.

Ushbu ma`lumotlar hududlar, tarmoqlar va korxonalar bo`yicha umumlashtiriladi.
Tuman (shahar) Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tezkor ma`lumotlarni quydagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:

  • Hokimiyatlarning tadbirkorlik sub`yektlarini ro`yxatga olish bo`limlari tomonidan yangi tashkil etilgan yuridik va jismoniy shaxslarni hisobga olish orqali;

  • Hisobot davrida korxona va tashkilotlarining yangi ish o`rinlarini yaratilganligi bo`yicha ma`lumotnomasi;

  • O`z-o`zini boshqarish organlarining oilaviy biznes va hunarmadchilikni tashkil etganlar bo`yicha ma`lumotnomasi;

  • Hokimyatlarining yangi tashkil etilgan dehqon, fermer xo`jaliklari va shaxsiy tamorqa xo`jaliklari bo`yicha ma`lumotlari;

  • Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlaridan qoramol boqish, shaxsiy tomorqa xo`jaligini yuritish bo`yicha ro`yxatga olinganlar to`g`risidagi ma`lumotlari;

  • Yirik tashkilotlarning investitsiya va lokalizatsiya dasturlari doirasida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari va Iqtisodiyot boshqarmalarining yangi ish o`rinlarining yaratilganligi bo`yicha ma`lumotlar.

Dastur aholining keng qatlamlari bozor jarayonlarida ishtirokini davlat tomonidan har tomonlama qo`llab-quvvatlash asosida to`rtta yo`nalishlar bo`yicha:

  • Kichik biznesni faol rivojlantirish hamda ishlashi uchun, ayniqsa qishloq joylarida;

  • Bozor infratuzilmasini va sharoitlarini tashkil etish;

  • Davlatning qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari;

  • Moliyaviy ta`minot va tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirila boshladi.

Ushbu tartibga ko`ra kamchiliklar va boshqa holatlar yuzaga kelganda ular muhokama qilinib, kerakli qarorlar qabul qilinadi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, koronavirus pandemiyasi davrida aholini ijtimoiy va tibbiy muhofaza qilish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi birinchi navbatda aholi salomatligiga eng katta ustuvorlik berilgani va bu bo‘yicha barcha imkoniyatlar to‘liq safarbar etilganligi natijada qisqa muddatlarda karantin choralarini bosqichma-bosqich bekor qilinishiga erishildi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotning va barcha tarmoqlari, banklar, ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini ta’minlash bo‘yicha ko‘plab zamonaviy va samarali mexanizmlar ishlab chiqildi. Aholini ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash choralari tizimlashtirilgan holda yo‘lga qo‘yildi. Iqtisodiy faol aholining barcha qatlamlari uchun keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlash choralarining joriy etilishi pandemiyadan keyingi davrda milliy iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlari barqarorligini ta’minlash bilan birga joriy etilayotgan yengilliklar, imtiyozlar va tashabbuslar evaziga raqobatbardoshlikni oshirish imkonini beradi.


Download 31,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish