Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish



Download 36,5 Kb.
bet1/4
Sana28.05.2022
Hajmi36,5 Kb.
#614204
  1   2   3   4
Bog'liq
xalqaro munosabatlar


Mavzu: 1918-1923-yillarda xalqaro munosabatlar
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism:

  1. Parij tinchlik konferensiyasi

  2. Versal shartnomasi

  3. Vashington konferensiyasi

  1. Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Birinchi jahon urushi natijasida kapitalistik sistemaning iqtisodiy, siyosiy va ideologik tomonlarini o'z ichiga oluvchi inqirozi boshlanib, chuqurlashib bordi. Xalqaro miqyosda ham ziddiyatlar keskin tus oldi. Ikki xil ziddiyat Sovet Rossiyasi bilan kapitalistik davlatlar o'rtasidagi ziddiyat va kapitalistik davlatlarning o'z o'rtalaridagi ziddiyatlar kuchaydi.
Kapitalistik davlatlar Rossiyaning urushdan inqilobiy yo'l bilan chiqib, mustaqil taraqqiyot yo'liga o'tib olishiga, hokimiyat tepasida ishchi va dehqonlar turgan bir mamlakatning mavjud bo'lishiga chidab tura olmas edilar. Chet el monopolistlari chorizmga va Muvaqqat hukumatga qarz bergan milliard so'mlab pullaridan, Rossiyadagi shaxtalari va korxonalaridan tushayotgan juda katta foydalaridan ajralib qolishni aslo istamas edilar. Sovet Rossiyasiga qarshi kurashda Antanta davlatlari umumiy bir maqsadni kuzatgan bo'lsalar-da, ular o'rtasida, kuchli ziddiyatlar mavjud edi. Ayniqsa bosib olingan joylarni taqsimlab olish masalasida kapitalistik davlatlar o'rtasida ziddiyat keskinlashdi. Ular bir-birlarining haddan tashqari kuchayib ketishiga jiddiy qarshilik ko'rsatdilar. Jahon urushi mobaynida juda ham boyib, qarzdor mamlakatdan qarz beruvchi mamlakatga aylangan AQSh xalqaro munosabatlarda asosiy rol o'ynashga zo'r berib intildi. Angliya o'z mustamlaka yerlarini bosib olingan territoriyalar hisobiga kengaytirishga, Fransiya Yevropada gegemon bo'lib olishga va o'z mustamlakalarini kengaytirishga harakat qildi. Italiya o'z territoriyasini Bolqonda, asosiy janubiy slavyan yerlari hisobiga kengaytirib olishga,Yaponiya esa Xitoy yeri Shandunni va Germaniyaning Tinch okeandagi mustamlakalarini o'ziniki qilib olishga zo'r berib urindi.Shu negizda AQSh bilanAngliya,Fransiya bilan Angliya, Fransiya bilan AQSh, AQSh bilan Yaponiya o'rtasida ziddiyatlar keskinlashdi.
Germaniya qo'mondonligi jangni g'olibona ta'sirchan zarba bilan yakunlashga qaror qiladi. 1918 yil aprel oyida nemis qo'shinlari Antanta mavqelariga kuchli hujum boshladi. Dastlab ular muvaffaqiyatli hamla qilib, Antanta qo'shinlari mudofaasini yorib o'tdilar va Marna daryosi sohillariga chiqdilar. Uzoqqa otadigan to'plar bilan Parijni o'qqa tutdilar. Ammo muvaffaqiyatini mustahkamlash uchun Germaniya yetarli zaxira topa olmadi. Mamlakat holdan toygan, armiyaning harbiy ruhi cho'kkan, xalq urushdan charchagan edi. Ayni paytda Antanta AQShdan to'xtovsiz yordam olib turardi. AQSh “shartnomaga qo'shilgan mamlakat” sifatida 1917 yil aprelda urushga kirgan edi. Germaniya endi hujum qilishdan ojiz ekanligi ma'lum bo'lib qolgach, Antanta mamlakatlari barcha frontlarda qarshi hujumga o'tdilar va nemis qo'shinlarini bosib olingan Fransiya va Belgiya hududlaridan siqib chiqara boshladilar.

Download 36,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish