Amir Temur va Temuriylar mavzuiga bag‘ishlab yaratilgan yirik asarlar
G‘arbiy Yevropa xalqlari adabiyotlarida Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan asarlar nihoyatda kо‘p, biroq Sohibqiron haqidagi ilk asarlar esdaliklar tarzida yozilgan bо‘lib, ular Amir Temur zamondoshlari qalamiga mansubdir. Shulardan biri Erondagi Sultoniya shahrining arxiyepiskopi Jan (Ioann)ning «Amir Temur va uning saroyi haqida xotiralar»(Memoires sur Tamerlan et sa cour) asaridir. 1403 yil may oyining boshida Parijda bir ruhoniy paydo bо‘lib, о‘zini Amir Temurning elchisi deb tanishtiradi. Chindan ham u zarhal harflar bilan bitilib, Amir Temurning mо‘jazgina muhri bosilgan maktubini Fransiya qiroli Karl VIga topshiradi. Maktubni topshirgan Sultoniya arxiyepiskopi qirol saroyida Karl VI va Fransiyaning Berri, Burgundiya, Orlean, Burbon va Britaniya gersoglari hamda boshqa ayonlar huzurida nutq sо‘zlab, tashrifining ikki sababini aytadi: birinchisi, Amir Temurning Boyazid ustidan qozongan g‘alabasini ma’lum qilish; ikkinchisi — Amir Temur bilan Karl VI о‘rtasida doimiy diplomatik aloqalar о‘rnatish. Jan Rim papasi Bonifatsiy IX tomonidan 1398 yil 23 avgustda Sultoniya shahrining arxiyepiskopi etib tayinlangan. Janning aynan о‘sha yillari Sultoniyada xizmat qilganligini taniqli fransuz sharqshunos olimlari Silvestr de Sasi va X.Moranvile ham tasdiqlaydilar. Arxiyepiskop Jan Fransiya qiroli Karl VI topshirig‘iga binoan о‘zining «Amir Temur va uning saroyi haqida xotiralar»ini yozadi. Asar 23 qism(bob)dan iborat. Unda Sohibqiron Movarounnahr taxtiga chiqqan paytdan 1402 yil avgust oyigacha bо‘lib о‘tgan asosiy voqea va hodisalar tilga olinadi. «Xotiralar» bilan ilk bora tanishgan kishida u afsonalar va haqiqat omuxtasidan iborat asar, degan taassurot tug‘ilishi tabiiy. Haqiqatan ham muallif Amir Temur hayoti va faoliyati bilan bog‘liq bizga ma’lum va noma’lum afsona-rivoyatlardan keng foydalangan. Masalan, Amir Temurning amir Husayn elchilari oldida ishlatgan hiylasi (I bob) va Sohibqiron bilan Edigni(Idiku) о‘rtasidagi munosabat (XVII bob) haqidagi hikoyatlar shular jumlasidandir. Biroq, «Xotiralar»da boshqa manbalarda mavjud aniq tarixiy ma’lumotlar ham kо‘p.
Arxiyepiskop Janning «Xotiralar»i Sohibqiron bilan Samarqandda uchrashgan ovrupolik boshqa bir elchi — Rui Gonsales de Klavixoning «Kundaliklar»i kabi Amir Temur shaxsi, uning hayoti va faoliyatiga doir bebaho hujjat hisoblanadi. «Amir Temur va uning saroyi haqida xotiralar» tarjimasida muallif uslubini saqlashga intildik. Qavs ichidagi izohlar tarjimonniki.
Asar о‘zbek tilida ilk bora ayrim qisqartirishlar bilan e’lon qilinmoqda. Bu hukmdorning qо‘li dastlab unchalik uzun bо‘lmagan va uni kо‘pchilik tanimagan, uning qо‘l ostida о‘zining oilasiga о‘xshash oilalardan chiqqan atigi о‘n chog‘li maslakdoshi bо‘lgan. Biroq u yoshligidanoq о‘z aql-zakovati, uddaburonligi ila boylik orttira bordi, istehkom va amloklarni egallab, maslakdoshlari sonini nihoyatda kо‘paytirdi va kundan-kunga kuchayib bordi.
О‘zining ishlaridan Buyuk Mо‘g‘uliston imperatori(amir Qazog‘on)ning g‘azabi qaynab turganini sezgan Temurbey tо‘ppa-tо‘g‘ri Xitoy imperatorining huzuriga bordi. U kamarli nasroniylar (maroniy) mazhabidan bо‘lib, mо‘g‘ul imperatorining raqibi va dushmani edi. Temurbey shu nasroniy imperator huzurida kо‘p harakat qilib, undan qudratli bir qо‘shinni yordamga oldi; shu qо‘shin bilan u zikr etilgan Mо‘g‘uliston imperatorining katta yerlarini qо‘lga kiritdi, xususan, u Semerkant(Samarqand) shahrini egalladi. Shahar Sharqda joylashgan bо‘lib, Mо‘g‘uliston imperatoriga qarardi. Shundan sо‘ng u (Amir Temur) nasroniy imperatorning lashkariga ketish uchun ruxsat berdi. Temurbey tomonidan tahqirlangan va haqoratlangan mо‘g‘ullar imperatori (yuqorida arxiyepiskop amir Qazog‘on haqida sо‘z yuritsa, bu о‘rinda va undan keyin amir Husayn haqida sо‘z yuritadi) о‘z raqibiga qarshi kurashish uchun juda katta qо‘shin tо‘pladi va uning huzuriga elchilar yо‘lladi. Elchilar unga (Amir Temurga) yo jang maydoniga chiqish yoxud Mо‘g‘uliston imperatoriga sо‘zsiz itoat etishni aytishlari lozim edi; agar u (Amir Temur) unga itoat etsa, katta hokim qilib tayinlanishi va’da etilgandi. Huzuriga kelgan elchilarni kо‘rgan Temurbey zо‘r hiyla ishlatib, kо‘rpa-tо‘shak qilib yotib oldi. Zero, u zikr etilgan imperatorning qudratini yaxshi bilardi. Shu bois raqibi va uning elchilarini g‘aflatda qoldirishni о‘ylay boshladi. Yaxshilab fikrini jamlab olgach, yangi sо‘yilgan molning qonini keltirishlarini buyurdi va uni yutib oldi. Sо‘ngra elchilarning ne maqsadda kelganini bilish uchun ularni tezgina о‘z huzuriga chorladi. Elchilar huzuriga kirgan chog‘ unga (Amir Temurga) shoshilinch ravishda tog‘ora keltirdilar va u elchilar oldida yutgan qonini qayt qila boshladi; ular (elchilar) bu qonni uning (Amir Temurning) qoni deb о‘yladilar. Bu bilan u elchilarga о‘z taqdiridan qochib qutula olmasligi va dardiga hech qanday davo yо‘qligini, ya’ni tez orada о‘lajakligini bildirdi. Shundan sо‘ng elchilar bemalol qaytib ketdilar. Chunki ular Temurbeyning «о‘layotgani»ni о‘z kо‘zlari bilan kо‘rgan edilar. Bundan xabar topgan imperator kо‘p shodlandi va lashkarlariga ijozat berib, kichik bir askarlar guruhi va xotinlari hamda farzandlari bilan xursandchilikka berildi. Elchilar qaytib ketganiga ishonch hosil qilgan Temurbey sakrab tо‘shagidan turdi va butun qо‘shini bilan zikr etilgan imperatorning ketiga tushdi; Temurbey uni xotinlari va farzandlari hamda kichik bir ayonlar guruhi bilan aysh-ishrat qilib turgan chog‘ida uchratdi. Temurbey qilichini kо‘tardi va imperatorni mahv etdi, unga qarindosh bо‘lgan xotinini о‘ziga xotin qilib oldi, о‘z о‘g‘illariga imperatorning qizlarini olib berdi va uning erkak zotidan bо‘lgan yaqinlarining hammasini о‘ldirdi; faqat bittasidan tashqari, uni о‘z yonida olib qoldi, ismi Soltamakush (Suyurg‘atmish) edi. Temurbey uning nomidan hukmronlik qildi va shu yо‘l bilan u butun Transoksaniya imperiyasini qо‘lga kiritdi. Bu voqealar rо‘y berganida u qirq yoshda yoxud sal kattaroq edi. Shundan sо‘ng u Sharqdagi kо‘p viloyatlarni qо‘lga kiritdiki, jumladan, ularning biri Simenana (Simnon) deb atalardi, bu xususda keyinroq sо‘z yuritiladi. Bu imperatorning ismi Temurbey edi; bu ism quyidagicha talqin qilinadi va izohlanadi: Temurbey atoqli otdir va «temir» sо‘zidan kelib chiqqan bо‘lib, «fer» (fransuzcha «temir») ma’nosini bildiradi va «bey» sо‘zi «hukmdor» ma’nosiga teng bо‘lib, «temir hukmdor» degan ma’noni anglatadi. Boshqalar uni «Tamurlan» deb atashadi, bu sо‘z ham «temir»dan kelib chiqqan bо‘lib, fransuzchasiga «Temur oqsoq» degan ma’noni bildiradi. «Oqsoq» uning laqabi edi. Bu tatarcha va forscha talqinlardir. Eronda uni «miritabam», ya’ni «hukmdor» deb ham, «kalon», ya’ni «buyuk hukmdor» deb ham atashadi. «Temur Gerakan sosmus» («Temur Kо‘ragon sо‘zimiz») iborasi Temur «imperatorning о‘g‘li» yoki «kuyovi» degan ma’noni bildiradi va «sosmus» — «bizning qat’iy sо‘zimiz» deganidir. U о‘zini na qirol, na imperator va na boshqa nom bilan ataydi; qachon sо‘zlasa va amr etsa, imperator nomidan sо‘zlaydi va amr etadi, unga hurmat kо‘rsatib, yiliga bir marta uni borib kо‘radi; bu hurmatdan sо‘ng u о‘sha imperator haqida gapirib, unga о‘z saroyida izzat kо‘rsatayotganini aytadi. Biroq, Temurbey barcha ishni imperatorning muhrisiz amalga oshiradi. U kelib chiqishi bо‘yicha sharqlik barloslardan bо‘lib, ularning millati yokate (chig‘atoy) deb ataladi. Ba’zilar fikricha, shu tomonlarda bizning Iisus Xristosga teng keladigan uch qirol о‘tgan ekan. Bu о‘lkaga Hindiston tomonidagi Persiyadan keyin keladigan Korasan (Xuroson) viloyati, Media (Ozarboyjon) viloyati va boshqa viloyatlar kiradi. Bu о‘lka tarkibiga kiruvchi yana bir shahar, bu — Temurbeyning shahri Semerkantdan juda yiroqda, yuz kunlik masofada, Jiyon daryosidan narida – Persiyada joylashgan Suzis (Suza) shahridir. Temurbeyning kо‘p о‘g‘illari bо‘lgan va hozir ulardan atigi ikkitasi hayot, ularning kattasini Miranza(Mironshoh) deb atashadi va uning yoshi qirq yoki undan bir oz katta; eng kichigi Sonxarni(Shohrux) deb ataladi va uning yoshi yigirma ikki atrofida. Birinchisining ismi quyidagicha talqin qilinadi: mir – janob va za — qirol, ya’ni «janobi qirol». Ikkinchisining ismi fransuz tilida «qirolning yuzi» ma’nosida. Tо‘ng‘ich о‘g‘il barvasta, xushmuomala, hurfikr va otasining saroyida hamma uni hurmat qiladi. U nasroniylar va franklarni, ya’ni barcha lotinlarni (ovrupoliklarni) juda yaxshi kо‘radi; u bamisoli ikkinchi Aleksandr(Makedonyalik Aleksandr). Uning tо‘rt xotini va tо‘rt о‘g‘li bor: xotinlarining eng suyuklisi imperator avlodidan va Konzada (Xonzoda) deb ataladi. О‘g‘illarining lashkarlari katta, ya’ni 20-30 ming kishidan iborat va saroylari ham katta. Ayniqsa, Abasimeza (Mirzo Abubakr) ismli tо‘ng‘ich о‘g‘lining lashkari juda katta; bu ism «Xudoning marhamati ila tug‘ilgan», deb talqin qilinadi. Bu о‘g‘il qurol ishlatishga juda mohir. Tо‘rt о‘g‘ilning yana birining ismi Omariza (Umar Mirzo) bо‘lib, u Temurbeyning leytenanti: uning saroyida mulozimlar kо‘p, qо‘l ostida katta о‘lka bor. Temurbeyning oltmish-yetmish chog‘li yoxud undan ziyod jiyanu nabiralari bor. Ularning eng birinchisi katta akasining о‘g‘li bо‘lib, ona tomonidan imperator avlodidan va katta amlokka ega; ikkinchisining kо‘p о‘lkalarda о‘ziga maslakdosh va sodiq vassallari bor; uning ismi Mamuzatain(Mirzo Sulton Husayn)dir. Temurbeyning tо‘rt qonuniy xotini va kо‘plab kanizaklari bor. Katta xotini imperator oilasidan bо‘lib, Karon (Saroymulkxonim) deb ataladi va doim ayollar doirasida farog‘at topadi; erkaklarni aslo yoqtirmaydi. U sog‘ligi yomonligi tufayli har kuni davolanish uchun ming dukat (tilla) sarflaydi, doimo xotinlar qurshovida yuradi. Yoshligida u ham о‘z tengqurlariga о‘xshash yigit edi, ammo aql-zakovati, zukkoligi bilan ajralib turardi va doimo mard yigitlar qurshovida yurardi. U doimo xudoni olqishlab yuradi va nima qilsa barisini xudo uchun, uning xohishi bilan qiladi; о‘zining aytishicha, u bir bechora ayolning о‘g‘li, kuchsiz va kambag‘al yigit bо‘lgan, u nimaga erishgan bо‘lsa, xudoning marhamati ila erishgan, vaqti kelib bularning hammasini xudoga qaytaradi. Yana uning aytishicha, barcha rо‘y beradigan narsani xudo unga oldindan bashorat qiladi.
Hozir u juda katta va qudratli hukmdor. Zero shu paytgacha Sharqda hech kim unga teng keladigan birorta insonni kо‘rgan ham, uchratgan ham emas. Ayniqsa, u Semerkant shahrini va Transoksaniya imperiyasini qо‘lga kiritganidan keyin shunday qudratga ega bо‘ldi. Zotan, u (imperiya) Sharqqa tomon shuncha katta makonni egallaganki, uning bir sarhadidan ikkinchisiga yetish uchun tinmay yarim yil yо‘l bosish kerak. U kо‘plab viloyatlar, shaharlar, qо‘rg‘onlar, amloklarni qо‘lga kiritdi va tobe etdi. Jumladan, u Hindistondagi Dilli (Dehli) degan shaharni ishg‘ol qildi va qirolini bо‘ysundirib, shundan sо‘ng G‘arbga tomon yurdi hamda Konstantinopolgacha bо‘lgan barcha о‘lkalarni egalladi. Temurbey qо‘l ostidagi Hindistondan Turkiyagacha bо‘lgan hududni bir odam piyoda naq bir yilda, otda esa tо‘qqiz oyda bosib о‘tadi. Uning saltanati tarkibiga, jumladan, quyidagi о‘lkalar kiradi: Dilli — yirik shahar; Simenana — viloyat; Malastan (Badaxshon) — viloyat; qimmatbaho toshlar о‘lkasi; Ferinus (Kimexredgan) hind ziravorlari shu yerdan keladi va Siyon (Sayhun) daryosi orqali boshqa о‘lkalarga olib о‘tiladi; Organun, bu viloyat Persiyada Korasmo (Xorazm) deb ataladi; Chin-Mochin (Xitoy) — shifobaxsh о‘simliklar о‘sadigan viloyatlar, u yerlarda yasalgan chiroyli buyumlarni Genuyaga olib ketishadi, yaxshi saqlanadi, aytishlaricha, bir buyumni qirq yilda yasashar ekan; Bokara (Buxoro) — a’lo sifatli oltini bilan mashhur viloyat; Korosan (Xuroson) — о‘ttizta shaharli viloyat; Media (Ozarboyjon) — juda katta viloyat; Spaxan (Isfahon) – viloyat; Siras (Sheroz) — viloyat; Shilan (G‘ilon) — shahar va viloyat, Kaspiy yoxud Bachin dengizi yaqinida; Aran — juda katta viloyat; Port Ferre — juda katta viloyat va Aleksandr dengizni Kavkazi deb atalgan toqqacha qazib olib borgan shahar, bu tog‘da turfa tilli xalqlar yashaydi; Jorjiya (Gruziya) — qirollik va juda katta viloyat; Buyuk Armeniya, u yerda Nuh payg‘ambarning yoyi joylashgan tog‘ bor; Kurdiston — juda katta viloyat; Kaldeya (Iroqi Arab) — viloyat; Astriya (Assiriya) — viloyat; Rum — viloyat; Turkiya — viloyat.
Bundan tashqari, kо‘plab viloyatlar va shaharlar Temurbey saltanati tarkibiga kiradi, ularning soni yuz mingta, sо‘zimizni qisqaroq qilish maqsadida nomlarini keltirmaymiz. Qisqacha aytganda, Temurbey janggohlarda barchani, jumladan, kо‘plab qirollar va shahzodalarni yengdi, na biror shahar va na biror istehkom unga dosh bera olgan; u son-sanoqsiz shaharlaru qо‘rg‘onlarni zabt etdi, hisobsiz xalqlarni о‘ziga tobe qildi; sanoqsiz muhorabalarda zafar qozondi va mana hozir ham u Buyuk Turkni (Boyazid Yildirimni) mahv etdi — Turkiya uniki bо‘ldi, kо‘plab qirollar va shahzodalar, katta hokimlar uning tarafida. Bu xususda har xil gaplar yuradi, biroq uning lashkarlari soni qanchaligini hech kim aniq bilmaydi: ayrimlarning aytishicha, uning qо‘shini о‘n yuz ming (million) askardan va kamida sakkiz yuz ming otdan iborat; tuyalar va boshqa jonivorlarning esa aslo hisobi yо‘q. Uning yana qirq jangovar fili bor, askarlar ularning ustida о‘tirib jang qiladilar; qurollangan suvoriy shahzodalar va mard navkarlar u bilan birga yuradilar; ular yengil qurollangan va ortiqcha aslahalari yо‘q, shamshirlari va kamonlariga ishonadilar va, xususan, unga о‘ttiz olti yildan beri hamrohlik qilib kelayotgan odamlari shaharlarga kirmaydilar, ochiq dalada tunaydilar. Uning boyliklarining son-sanog‘i va miqdorini hech kim bilmaydi... Qimmatbaho narsalarga kelganda esa, aytishadiki,— men bunga ishonaman,— birorta ham hukmdor, u qanchalar buyuk va qudratli bо‘lmasin, u qadar kо‘p boylik tо‘play olmagan. Yana u о‘z qо‘l ostidagi barcha viloyatlardagi yerosti boyliklarini ham qidirib topdirib, ularga ega bо‘ldi; aytishlaricha, о‘tgan yili (1401 yil) u og‘irligi yuz о‘n yetti se ( se — taxminan bir misqol) keladigan bir javohir topganki, olti se bir unsiyaga tengdir. Sо‘ngra, Bag‘dod shahri olingach, u Yevfrat (Frot) daryosiga g‘arq bо‘lgan bir kemani topdi, kemaga Persiya qirollarining barcha boyliklari ortilgan edi. Xazinadan sof va nafis oltin daraxt chiqdi, unda turfa rangli va turfa xil qimmatbaho toshlar, son-sanoqsiz marvaridlar bо‘lib, bunchalik katta ahamiyatga va qimmatga ega bо‘lgan yoxud ulardan yaxshiroq marvaridlarni hech kim kо‘rgan emasdi. ohibqiron Amir Temur shaxsi jahonning kо‘pgina ijodkorlarini doimo qiziqtirib kelgan va bu jarayon davom etayotir. Fransiyalik adib Marsel Brion ham Amir Temurni fransuzlarga tanitishga о‘z hissasini qо‘shgan ijodkorlardan. Bu mavzuda u imkoni qadar yozgan, Sohibqiron hayotidan hikoya qiluvchi tarixiy asarlardan parchalarni fransuz tiliga tarjima qilgan. Yaqinda M.Brionning “Menkim, Sohibqiron – jahongir Temur” nomli kitobi rus tilidan о‘zbekchaga tarjima qilinib nashr etildi. Ammo bu kitob ruschasida va о‘zbekchasida M.Brionning yozganlariga qanchalik mos keladi? Quyida shu xususda mulohazalarimizni bildirmoqchimiz. Marsel Brion 1895 yil 21 noyabrda Fransiya janubidagi Marsel shahrida advokat oilasida tug‘ilgan. Dastlab Shveysariyaning Lozanna shahridagi kollejda, sо‘ng Marseldagi Tiyer litseyida falsafa yо‘nalishida va Eks-an-Provans universitetining huquqshunoslik fakultetida tahsil olgan. 1920-1924 yillarda Marsel shahar sudida advokat bо‘lib ishlagan adib keyin bu xizmatdan voz kechib, о‘zini adabiyot va san’atga bag‘ishlagan. M.Brion 1964 yili Fransiya Fanlar akademiyasiga haqiqiy a’zolikka saylangan. 1984 yil 23 oktabrda Parijda olamdan о‘tgan. Vatani oldidagi xizmatlari, moziyshunoslik, san’atshunoslik va badiiy adabiyotni rivojlantirishga qо‘shgan hissasi uchun Fransiyaning yuksak mukofotlariga sazovor bо‘lgan: “Faxriy Legion”, “1914-1918 yillar urushidagi jasorati uchun”, “Adabiyot va san’atni rivojlantirishga qо‘shgan hissasi uchun” singari ordenlar bilan taqdirlangan.
M.Brion buyuk vatandoshimiz Amir Temur hayoti va faoliyatiga katta qiziqish bilan qaragan. Uning “Amir Temur” (“Tamerlan”) nomli kitobi 1942 yilda e’lon qilingan. Bu asar 1963 yili tо‘ldirilgan holda (“XIV asr. Tarixni yaratgan insonlar”) nomi bilan nashr etilgan. Kitobning kattagina “Kirish” qismini akademik Jerar Valter yozgan (9–48-betlar). Kitobdan, asosan, M.Brionning “Amir Temur portreti” nomli ocherki (84x1081/32 formatdagi 85 sahifa) joy olgan bо‘lib, asar “Buyuk Insonlar. Amir Temur tuzuklari asosida” (151–188-betlar), “Amir Temurning Ibn Xaldun bilan uchrashuvi. Damashq, 1401 yil” (189–203-betlar), “Amir Temur g‘anim kо‘zi bilan: Ibn Arabshohning “Temur tarixida taqdir ajoyibotlari” asari“ (211–236-betlar), “Amir Temur tuzuklari” (237–274-betlar), “Amir Temur Marshal Busiko nigohi bilan” (275–278-betlar), “Amir Temur va uning saroyi Sultoniya arxiyepiskopi nazarida” (279–302-betlar), “Amir Temur va uning saroyi ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo tasvirida” (303–356-betlar) kabi bо‘limlardan tarkib topgan. Bu bо‘limlar turli asarlarning asliyatlaridan fransuz tiliga qilingan tarjimalardan iborat. Kitobning umumiy hajmi 381 sahifa. M.Brion Amir Temurga odilona baho beradi: “Temurdan oldin о‘tgan birorta ham mо‘g‘ul yoki turk fotihi u kabi dono va madaniyatli bо‘lgan emas. Atilla va Aleksandr Makedonskiyda alohida-alohida mavjud bо‘lgan xislatlar Temur shaxsida g‘alati bir uyg‘unlik hosil qilganini kо‘rib hayratga tushadi kishi”. Adib Sohibqironning tashqi va ichki siyosatini yuksak baholaydi, Amir Temurni “mohir strateg, omadli sarkarda”, deb ta’riflaydi va uning e’tiqodi, saltanatida dinlarning о‘rni, holati xususida quyidagilarni yozadi: “Saltanatda diniy huquq hukmron bо‘lsa-da, Amir Temur shu qadar dono ish yuritar ediki, о‘zini islomning sodiq bandasi ekanligini kо‘rsatar va shu bilan birga, Ollohdan о‘zga tangrilarga e’tiqod qо‘ygan fuqarolariga ham qarshilik bildirmasdi”. Fransuz adibining ta’kidlashicha, “Temur olimlar, ulamolar, shoirlar va san’atkorlarni о‘z himoyasiga olar, ularga g‘amxо‘rlik qilardi. Uning ushbu harakati ma’lum maqsadga yо‘naltirilgan bо‘lib, unga ilm va san’at ahli posboni, yuksak darajada madaniyatli hukmdor degan shuhrat keltirdi”. Amir Temurning ismi tarixda abadiy qolajakligiga chuqur ishonch bilan qaragan M.Brion shunday yozadi: “Jasur jangchilarni taqdirlashdagi saxovati, bahodirlarga iltifoti, jangohlarda kо‘rsatgan shaxsiy jasoratlari xalqlar orasida uning obrо‘-e’tiborini oshirib, ismini afsonalarga jo qildi. Uning ilohiy beqiyosligi haqidagi behisob qо‘shiqlar, balki Markaziy Osiyoda bugun ham jaranglayotgandir. U qudratli sarkarda, mohir siyosatchi, buyuk bunyodkor, barlos urug‘i vakillari oddiy xislatlarini yuksak madaniyat belgilariga mushtaraklashtirgan inson sifatida tarixda qoldi”. 2011 yili “Yangi asr avlodi” nashriyotida M.Brionning “Menkim, Sohibqiron – jahongir Temur” nomli kitobi о‘zbek tilida chop etildi. Bu “yangi asar”ni Farhod Rо‘ziyev va Fozil Tilovatov о‘zbekchalashtirgan. Biroq kitob qaysi tildan tarjima qilingani kо‘rsatilmagan. Biz uning rus tilidan о‘girilganini aniqladik. M.Brion asarining ruscha varianti Tehrondagi “Mastoufi” nashriyotida bosilgan, kitob nashri bilan bog‘liq barcha huquqni ushbu nashriyot gо‘yo “M.Brion merosxо‘rlaridan sotib olgan”. Asarning о‘zbekcha nashriga yozilgan sо‘zboshi va tarjimada talaygina anglashilmovchiliklar bor. Jumladan, “Ulug‘lashga loyiq inson, sarkarda va davlat arbobi haqida asar” sarlavhali sо‘zboshida (mualliflar: tarix fanlari doktori, professor Shodmon Vohidov, iqtisod fanlari nomzodi Farhod Rо‘ziyev) “Tamerlan” asarining birinchi tahririni M.Brion 1942 yili, tо‘ldirilgan va qayta ishlangan ushbu romanini 1963 yili Parijdagi Albin Mishelga qarashli “Wraitten in French” bosmaxonasida chop ettirgan”, deyiladi. Birinchidan, M.Brionning “Tamerlan”i roman emas, balki “Amir Temurning portreti” ocherki, “Temur tuzuklari” va turli manbalardan olingan parchalardan iborat tо‘plamdir. Ikkinchidan, “Menkim, Sohibqiron — jahongir Temur”ning о‘zbekcha tarjima sо‘zboshisi mualliflari ta’kidlaganidek, asarning 1963 yildagi nashri Albin Mishelga qarashli “Wraitten in French”da emas, “Alben Mishel” (“Albin Michel”) nomli nashriyotda chop etilgan. “Wraitten in French” esa bosmaxonaning nomi emas, balki Fransiyada nashr etiladigan aksariyat kitoblarning oxirida yozib qо‘yiladigan eslatma bо‘lib, ingliz tilidan о‘zbekchaga “Fransuz tilida yozilgan” deb tarjima qilinadi. “Menkim, Sohibqiron — jahongir Temur”ning “Bolalik yillarim va shayx Shamsiddindan saboq olgan davrlarim” deb nomlangan birinchi bobining sо‘nggi xatboshisi quyidagicha yakunlanadi: “Otamdan iltimos qilib, shu masalani bir-ikki yil tо‘xtatib turishlarini sо‘radim. Chunki uylanish yigitning kuchini kesib, uni zaif qilib qо‘yadi, deb hisoblar edim. Biroq keyinchalik Sultoniya shahrining nasroniy yepiskopi bilan qilgan suhbatim asnosida bildimki, о‘z vaqtida uylanish yigitning jismoniy quvvatini kamaytirmas ekan”. Bu gaplarga tarjimonlar quyidagicha izoh berishgan: “Sultoniya shahrining nasroniy yepiskopi Amir Temur Kо‘ragon bilan qilgan qizg‘in suhbatlari ta’sirida juda qimmatli esdalik yozdirib qoldirgan. Biz ayni shu joyda mazkur memuarni e’tiboringizga havola etamiz va u Marsel Brion tomonidan Fransiya Milliy kutubxonasidan topilganini va о‘zbek tilida ilk bor о‘quvchilar etiboriga havola etilayotganini eslatib о‘tmoqchimiz”. Aslida esa Sultoniya shahrining arxiyepiskopi Ioann Amir Temur tomonidan Fransiya qiroli Karl VI huzuriga elchi sifatida yuborilgan va qirolga Sohibqironning maktubini yetkazgan. Ruhoniy Ioann 1403 yil may oyining boshida Parijda paydo bо‘ladi. U Amir Temurning mо‘jazgina tamg‘asi bosilib, zarhal harflar bilan bitilgan ishonch yorlig‘ini — maktubini Fransiya qiroli Karl VIga topshiradi. Arxiyepiskop qirol saroyida Karl VI va Fransiyaning beshta — Berri, Burgundiya, Orlean, Burbon va Britaniya gersoglari hamda kо‘plab boshqa yuqori mansabli shaxslar huzurida nutq sо‘zlab, tashrifining ikki sababini bayon qiladi: birinchisi, Amir Temurning Boyazid ustidan qozongan g‘alabasini ma’lum qilish, ikkinchisi, Fransiya qirolini о‘z kо‘zi bilan kо‘rish va u haqida Amir Temurga sо‘zlab berish. Arxiyepiskop Karl VIning topshirig‘iga binoan “Amir Temur va uning saroyi haqida xotiralar”ini bitgan. “Xotiralar”ning Fransiya Milliy kutubxonasining fransuz fondida 5624 va 12201 (fol.84 Ie) raqamlari ostida saqlanayotgan ikki fransuzcha qо‘lyozmasini 1894 yil fransuz sharqshunosi Xenri de Moranvile topgan va bu haqida Fransiya Akademiyasida ma’ruza qilgan X.Moranvilening guvohlik berishicha, arxiyepiskop о‘zining “Amir Temur va uning saroyi haqida xotiralar”ini fransuz tilida bitib, fransuz tilida ma’ruza qilgan. Kо‘rinib turibdiki, о‘zbek tarjimonlari “Sultoniya shahrining nasroniy yepiskopi Amir Temur Kо‘ragon bilan qilgan qizg‘in suhbatlari ta’sirida yozilgan juda qimmatli esdalik… Marsel Brion tomonidan Fransiya Milliy kutubxonasidan topilganini va о‘zbek tilida ilk bor о‘quvchilar etiboriga havola etilayotganini” ma’lum qilib, kitobxonlarni chalg‘itadi. Mutarjimlar Sultoniya arxiyepiskopi Ioannning “Xotiralar”i ancha ilgari о‘zbek tiliga eski fransuz tilidan bevosita tarjima qilinib, respublikamizda uch bora e’lon qilinganidan xabarlari yо‘qqa о‘xshaydi (tarjimon B.Ermatov). Zero, bu “Xotiralar” ilk bor “О‘zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligida (“Amir Temur va uning saroyi”, 2005 yil, 13 may soni), sо‘ng “Jahon adabiyoti” jurnalida (“Amir Temur va uning saroyi haqida xotiralar”, “Jahon adabiyoti”, 2007 yil, 4-son) va tо‘ldirilgan varianti G‘afur G‘ulom nomidagi NMIUda chop etilgan “Amir Temur Yevropa elchilari nigohida” kitobida bosilgan. Bundan tashqari, asarning birinchi bobi sо‘ngida “Sultoniya yepiskopining esdaligi” keltiriladi. Unda, jumladan: “Samarqandda Ispaniya elchisi Klavixoni hurmat-ehtirom bilan qabul qilib, undan: “Bizning sevimli о‘g‘limiz Kastiliya qirolining ahvoli qanday?” — deb sо‘raganini о‘zim eshitdim” deyiladi. Bunga quyidagicha e’tirozimiz bor. Birinchidan, “Sultoniya arxiyepiskopi Ioannning Amir Temur haqidagi esdaliklari” asarning ruscha nashrida ilova tarzida berilgan. Unda Amir Temur sо‘zi sо‘ngidagi “…deb sо‘raganini о‘zim eshitdim” jumlasi yо‘q. Ikkinchidan, Sultoniya arxiyepiskopi Ioann hech qachon Samarqandda bо‘lmagan (garchi ruscha variantda “YA bil v Samarkande” deb yozilgan bо‘lsa ham) va shu sababli Sohibqiron bilan Klavixo о‘rtasidagi suhbatni “о‘zi eshitishi” mumkin emas. Uchinchidan, “Sultoniya yepiskopining esdaligi”ning ruscha varianti — “Vospominaniya yepiskopa Sultanii o Timurlange” g‘irt bо‘htondan iborat. Bunga ishonch hosil qilish uchun X.Moranvilening yuqorida keltirilgan asariga hamda arxiyepiskop Ioann xotiralarining о‘zbek tilida e’lon qilingan nashrlariga murojaat etish kifoY. Sultoniya yepiskopi Amir Temurning Yevropadagi elchisi bо‘lgan. Qaysi bir elchi о‘z davlatining rahbari haqida bо‘hton gaplarni aytishi yoki ularga chidab turishi mumkin?! Kitobda tarixiy haqiqatga zid bir qancha voqealar, jumlalar keltirilgan. Jumladan, Samarqandga Amir Temur huzuriga Shomdan “mashhur sayyohlar, taniqli olimlar” tashrif buyurishadi. Kitobda yozilishicha, “Keyinroq ma’lum bо‘ldiki, mehmonlarning biri — Halab fuqarosi, ikkinchisi esa damashqlik ekan… о‘sha kuni Samarqandda kо‘rishganim ikki sayyohning avlodidan ikkita olim chiqib, ikkisi ham men haqimda kitob yozishi xayolimga ham kelgan emas… Sayyohlardan biri shomlik Kamoliddin xonadonida ulg‘aygan Nizomiddin Shomiy men haqimda “Zafarnoma” kitobini yozdi. Damashqlik Arabshoh xonadonida dunyoga kelgan farzand, hozirda Ibn Arabshoh nomi bilan mashhur olim esa men haqimda kitob boshlab, hali yozib tugatgani yо‘q. Men bu kitobni kо‘rganim yо‘q, ammo uning о‘zi bu kitobni “Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur” (“Temur tarixida taqdir ajoyibotlari”) deb nomlamoqchi ekanini aytdi”. Bu yerda ham yolg‘on bor. Ibn Arabshoh “Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur” asarini 1436-1437 yillarda bitgan va unda Ibn Arabshohning Sohibqiron bilan uchrashgani haqida biror sо‘z yо‘q. “Menkim, Sohibqiron — jahongir Temur” kitobining haqqoniyligi bizdan ilgari ham yurtimizning taniqli adib va olimlari tomonidan shubha ostiga olingan edi. Asar “Menkim, fotih Temur” nomi bilan qisqartirilgan holda 1995 yilda “Sharq yulduzi” jurnalining 1–2-sonlarida bosilgan. Unga tezlik bilan о‘z fikrini bildirgan adib Muhammad Ali (1995 yil, 26 may), jumladan, shunday yozadi: “Ibn Arabshohning kitob yozgani haqida gapirish noо‘rin, chunki 1436 yilda yozilgan kitob haqida Amir Temurning ma’lumot berishi anaxronizmdan boshqa narsa emas. Xulosa shulki, ushbu asar Amir Temur tomonidan emas, balki anonim avtor tomonidan yozilgan, degan fikrga boradi kishi. Bunga asarning kelish yо‘li – turkiysi topilmagach, inglizchadan fransuzchaga, undan forschaga, undan о‘zbekchaga tarjima qilinishi — dalolatday tuyuladi” (Muhammad Ali, “Amir Temur chamani”, 2006, 128-bet). Hakim Sattoriyning fikricha ham bu kitob “Sohibqironning haqiqiy hayotidan chala xabardor kishi tomonidan yozilganga о‘xshaydi”. Pirimqul Qodirov “Menkim, Sohibqiron — jahongir Temur”ning 1971 yili Tehronda nashr etilgan forscha “Manam Temuri Jahonkusho” matnini о‘qigan. Adibning ta’kidlashicha: “…M.Brionning mazkur kitobida haqiqatga tо‘g‘ri kelmaydigan xayoliy uydirmalar kо‘p uchraydi”. Eng asosiysi, Marsel Brion “Men kim, Sohibqiron — jahongir Temur” nomli kitobni yozgan ham, “tuzgan” (ruscha nashrda “sostavitel” deyilgan) ham emas. Kitobning noshiri Zabiulla Mansuri mashhur adib Marsel Brion nomidan ustalik bilan foydalangan. Asarning ruscha matniga sо‘zboshi bitgan Abdul Jalil Abdul Rashid va noma’lum tarjimon esa unga “Marsel Brion bilmagan ayrim faktlarni kiritib, tо‘ldirganlar”. Natijada M.Brionning 84x1081/32 formatdagi 85 sahifali “Amir Temur portreti” ocherki ruscha Tehron nashrida 511, uning о‘zbekcha tarjimasida esa 571 sahifaga aylangan. Demak, о‘zbekcha tarjimadagi 426 sahifa Marsel Brion qalamiga tegishli emas! Forscha, ruscha tarjimalardagi mutarjimlar qо‘shgan boblar M.Brion nomidan ketgan. Bu esa о‘quvchilarni chalg‘itadi, adib haqida notо‘g‘ri fikrlarga olib boradi.
Xulosa
Istiqlolga erishganimizdan so`ng biz tarixiy adolatni qaror toptirish, xalqimizning toptalib kelgan milliy g`ururini yuksaltirish maqsadida Sohibqiron Amir Temur bobomizning nafaqat muborak nomi,boy merosi va xotirasini,ayni paytda tarixiy siymosini ham tiklashga qaror qildik. Bugun Sharqda tengi yo`q sarkarda mustaqillik,istiqlol sharofati bilan o`z vataniga qaytdi.Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o`z vatandoshini qadrlash,uning tarixiy mavqeini munosib o`ringa qo`yish imkonidan mahrum edi. Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo`yoq bilan o`chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g`urur tuyg`usini yo`qotish, uni qaramlikga, tobelikka ko`ndirish edi. Mustabid tuzum davrida bu masalada g`arazli siyosat olib borilgani, asossiz ravishda bobomiz jaholat va yovuzlik timsoli sifatida ko`rsatib kelingani bugun hech kimga sir emas.Nega deganda,mustabid tuzum tarixiy haqiqatni namoyon etishdan,bizning milliy o`zligimizni anglashimizdan mutlaqo manfaatdor emasdi.1 Lekin, o`zbek xalqi o`z ajdodlarini, o`z bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to`rida saqladi. “Temuriylar davri tarishunosligi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishimni tayorlash jarayonida Sohibqiron bobomiz Amir Temur va Temuriylar davri tarixi yoritilgan qimmatli,nodir manbalarni bo`lajak tarixchi sifatida tarixshunoslik tamoyillari asosida o`rganib tahlil qilishga harakat qildim.Zero,manbalar o`tmishning o`lmas elchilaridir.Biroq,ushbu manbalarni tarixning ilmiylik,xolislik,tarixiylik qonuniyatlari asosida o`rganib,tahlil qilish,ulardagi voqea va hodisalarni qiyoslab odilona xulosa chiqarish biz bo`lajak tarixchilarning ma`suliyatli vazifamizdir. Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov 1996 yil 24 aprelda Yunesko qarorgohidagi “Temuriylar davrida ilm – fan, madaniyat va maorifning gullab – yashnashi “ ko`rgazmasining ochilish marosimida so`zlagan nutqida: “Marifatli Movarounnahr ruhi Temuriylar davrida fan va san`atning gullab – yashnagani Evropada uyg`onish jarayoniga hayotbaxsh ta`sir etganini, umumjahon taraqiyotiga ko`maklashganini anglab faxrlanamiz” – deydi. Istiqlol yillari ma`naviyat manbalariga, milliy ildizlarimizga qaytish, tarixiy xotirani, madaniyat va ma`naviyatni qayta tiklash yillari bo`ldi. Zero, yurtboshimiz “Ma`naviyatni tiklashi, tug`ilib o`sgan yurtida o`zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko`tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak”, deb bejiz ta`kidlamaganlar. 1 Sohibqiron Amir Temur hazratlari – millatimizning suyangan tog`I, xalqimizning abadiy faxri va g`ururidir. U Turonzaminni mo`g`ullar istilosi, asoratidan ozod etdi. Mamlakat va xalq daxlsizligini, tinchligi va osoyishtaligini, obodlikda va farovonlikda rivojlanishini to`liq va ishonchli kafolatlay oladigan markazlashgan qudratli davlatni vujudga keltirdi, uning amru irodasi ostida bu erda hayot har taraflama gullab – yashnadi. Turonzamin Amir Temur davrida Buyuk Ipak yo`lining qaynoq, gavjum, fayzli – barakali go`shalaridan biriga aylandi. Sohibqiron saltanati er yuzidagi ko`pgina davlatlar va ellar bilan siyosiy – diplomatik, iqtisodiy – savdo va madaniy aloqalar o`rnatdi. Shu boisdan ham, Amir Temur va Temuriylar davri dunyo ilmiy tadqiqotlarida Markaziy Osiyo tarixidagi buyuk yuksalish davri, deb baholab kelinmoqda. Amir Temur – jahon tarixidagi buyuk siymolardan biri. O`tgan asrlar mobaynida jahonning ellikdan ortiq davlatlarida Amir Temur mavzuida behad ko`p tarixiy, adabiy va san`at asarlari yaratilgan. Ularni bir joyga to`plashning imkoni bo`lsa, dunyoning eng mahobatli kutubxonalaridan biri dunyoga kelar edi. Amir Temurning insoniyat oldidagi bebaho xizmatlari asirlar o`tsada bukilmas, sinmas haqiqatdir. Bu haqiqatlar XX asr oxirida xalqimiz mustaqillikka erishgach, milliy tariximizga nisbatan adolatli qarash va uni adolatli idrok etish imkoniyati vujudga kelgach, ro`yi – rost yuzaga chiqa boshladi. Yurt boshimiz istiqlolning ilk kunlaridanoq xalqimizning milliy o`zligini tiklash masalasini davlat siyosati darajasiga ko`tardi. Jumladan, milliy tariximizga adolatli yondashuv, buyuk milliy siymolarimizning hurmati va ehtiromini o`rniga qo`yish borasida davlatimiz raxbari dadil qadamlarni qo`ydi. Bugun O`zbekistonda sohibqironning millatimiz hamda umuminsoniyat tarixidagi faxrli va salobatli o`rnini teran idrok etgan yangi avlod dunyoga keldi. Ilmiy – tarixiy tadqiqotchilikda va ta`lim – tarbiya sohasida Amir Temur dahosini zamonaviy tushunish tobora takomillashmoqda. Amir Temur va Temuriylar davri tarixi yoritilgan o`z davrining noyob, qimmatli tarixiy manbalarini chuqur tahlil etib o`rganish, xolisona, adolatli tarixiy xulosalarga kelish biz bo`lajak tarixchilarning muqaddas burchimizdir. Zero, haqqoniy tarixni bilmasdan turib o`zlikni anglash mumkin emas. Madomiki, o`z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni engib bo`lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni anashu tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |