Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi



Download 96,6 Kb.
bet1/6
Sana22.07.2022
Hajmi96,6 Kb.
#838574
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xiva xonligi arxivi


Kirish
1. Xiva xonligining manbalarda yoritilishi
2. Xiva xonligi haqidagi arxiv hujjatlari orqali tarixi yoritilishi
3. Xiva xonligi tarixiga doir xorij olimlarining asarlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zbek davlatchiligi tarixiga katta e'tibor qaratila boshlandi. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori o‘zbek davlatchiligi tarixi muammosining maqsadli rivojlanishiga imkon yaratdi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashuvidagi tarix fani borasida bildirgan fikrlari o‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi konsepsiyasining yaratilishiga g‘oyaviy asos bo‘lib, unda “ilmiy nuqtai nazarga tayangan davlatchilik tarixini yaratish” asosiy maqsad sifatida belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning Xiva shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida, “Xorazm Ma'mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida”1gi farmonida Xorazmning shaharsozlik va davlatchilik tarixini o‘rganish masalasi ilgari surilgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi sharoitida Xorazm vohasining XIX asr ikkinchi yarmi-XX asrning 20-30 yillari davri tarixshunosligini yoritish, turli davrlarda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari asosida davlatchilik muammosining o‘rganilishiga haqqoniy baho berish muhim vazifalardan biriga aylandi. Zero, Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr 20-30 yillari davri tarixi keng o‘rganilgan bo`lsa-da, lekin sovet davri tarixshunosligida turlicha qarashlar mavjud bo`lgan. XIX asr boshida ushbu sulola vakillari hokimiyat tepasiga kelgandan keyin jamiyatda mavjud bo‘lgan nisbatan barqarorlik va osoyishtalik jarayoni xonlikning taraqqiy qilishiga asos bo‘ldi. Bu davrda Xorazm tarixnavislik maktabi o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarildi. Mahalliy tarixchilar tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar xonlik tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qildi. Shu bilan birga, Rossiyadan ko‘plab elchilar, savdogarlar,harbiylarning xonlikka yuborilishi natijasida hisobot, xotira va monografiyalarning paydo bo‘lganligi xonlik haqida keng ma'lumotga ega bo‘lish imkonini beradi.XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, Xiva xonligiga oid ilk yozma manbalar o‘rganila boshlangan bo‘lsa ham, ularning mazmuni kam tadqiq etilgan. XX asrning 20 - 30-yillariga kelib, arxiv ma'lumotlarini tarixiy adabiyotlardagi ma'lumotlar bilan qiyosiy tahlil qilish imkoniyati yuzaga kelgan.Ammo, sovet tarixshunosligida Xiva xonligining davlatchilik tarixi alohida ilmiy tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilmaganligi ko‘zga tashlanadi. Chunki, bu davrda davlatchilik yagona bo‘lgani holda, milliy respublikalarning davlatchiligi ko‘pincha yo‘l-yo‘lakay, u yoki bu davlatning mavjud bo‘lganligini qayd etish shaklida tavsiflanar edi.

Download 96,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish