Reja: Kirish Aksiyalarni ommaviy joylashtirish mohiyati
Aksiyalarni ikkilamchi ommaviy joylashtirish amaliyoti tahlili
Aksiyalarni ikkilamchi ommaviy joylashtirish amaliyotini samarali tashkil etish masalalari
Xulosa Foydalangan adabiyotlar ro`yxati
Kirish Аktsiyadorlik jamiyat (АJ)lari yangi aktsiyadorlar hisobiga qoʼshimcha yirik moliyalashtirishni amalga oshirishni xohlasalar yoki bunga ehtiyoj sezsalar – u holda IPO orqali moliyalashtirishdan foydalanadilar. Qoidaga koʼra, korporatsiyalar ochiq savdoga aktsiyalarni biznesga qoʼshimcha yangi kapital jalb etish uchun chiqaradilar. Ushbu holatda aktsiyadorlarning keng ommaviy mablagʼlari moliyalashtirish manbasi boʼlib xizmat qiladi. АJlarini birlamchi ommaviy taklif orqali moliyalashtirish amaliyoti borgan sari butun dunyoda keng tarqalmoqda. Mazkur moliyalashtirish usuli qisqacha qilib IPO deyiladi. IPO tushunchasi inglizcha «Initial Public Offering» soʼzlarining qisqartmasidan iborat. Ushbu holatda korporatsiyaga qoʼshimcha mablagʼ jalb etish uchun yangidan qoʼshimcha aktsiyalar emissiya qilinadi. Respublikamiz qonunchiligida keltirilgan taʼrifga koʼra: «aktsiyalarning birlamchi ommaviy taklifi (IPO) – aktsiyalarni АJ tomonidan (IPO tashabbuskori) fond birjasida investorlarning cheklanmagan tartibda joylashtirishi hisoblanadi».
Shuningdek, amaliyotda aktsiyalarning SPO (secondary public offering) asosida sotilishi ham mavjud. «Аktsiyalarning ikkilamchi ommaviy taklifi (SPO) – aktsiyalarni aktsiyador tomonidan oʼziga tegishli aktsiyalarni fond birjasida investorlarning cheklanmagan doirasiga sotishi hisoblanadi». SPO IPOdan farqli ravishda АJning ustav kapitali miqdoriga taʼsir koʼrsatmaydi. Аmmo, bunday sotuvni amalga oshirish kompaniya aktsiyalarini kapital bozorida erkin muomalada boʼlishini, kompaniyaning ommaviylashuvini, davlat ulushi sotiladigan boʼlsa – mazkur ulushning kamayishi hisobiga xususiy investorlar hissasi oshishini taʼminlaydi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy resurslarga katta ehtiyoj mavjud. Ushbu ehtiyojlarni qanoatlantirishda kapital bozori va u orqali jalb qilinadigan investitsiyalar muhim o‘rin tutmoqda. Qolaversa, rivojlangan mamlakatlarda ham kapital bozori yangi loyihalarni moliyalashtirish, aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini yaxshilashdagi ahamiyatini oshirib bormoqda. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki,
Xulosa Kapital bozorini rivojlantirishda aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyotlarining xorij tajribasi va uning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish asosida quyidagilarni xulosa qilish mumkin: Aksiyalarni ommaviy joylashtirish orqali kompaniyalar katta miqdordagi kapital jalb qilish, fond bozorida o‘z imijini shakllantirish, investitsion jozibadorligini oshirishga erishishi mumkin. Bu yangi biznes loyihalarni amalga oshirish va biznesni kengaytirishga yordam beradi va bu orqali kapital bozorini rivojlantirish imkoniyati oshadi; Aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyotlarini o‘tkazish bosqichlarini to‘g‘ri ketma-ketlikda amalga oshirish zarur. Bu kompaniyalar uchun vaqt va xarajatni qisqartirishga yordam beradi. Shuningdek, narxlash jarayoniga alohida e’tibor berish va to‘g‘ri usulni tanlash lozim.; Aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyoti davlat egaligidagi korxonalarni xususiylashtirishda samarali vosita hisoblanadi. Xususan, mamlakatimiz amaliyotida davlat egaligidagi korxonalarni xususiylashtirishda ushbu amaliyotdan foydalanish orqali ijobiy natijalar kutishimiz mumkin; Mamlakatimizda aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyotini samarali yo‘lga qo‘yish mahalliy institutsional investorlarning vositachilik faoliyatini ham rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Ushbu amaliyotda anderrayterlik xizmatlarining muhim o‘rin tutishi tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari va investitsiya fondlarining mahalliy kapital bozoridagi samarali faoliyatini tashkil etishda qo‘l keladi.
Maqolada olib borilgan tadqiqotlar natijasida biz tomonimizdan quyidagi xulosalar shakllandi:
- aktsiyadorlik moliyalashtirish mexanizmlaridan hisoblangan IPO
orqali korporatsiyalarga yirik investitsiyalarni jalb etish bilan birga davlat
ulushini ham kamaytirish mumkin hisoblanadi;
- SPO IPOdan farqli ravishda АJning ustav kapitali miqdoriga taʼsir
koʼrsatmasada, bunday sotuvni amalga oshirish kompaniya aktsiyalarini kapital
bozorida erkin muomalada boʼlishini, kompaniyaning ommaviylashuvini, davlat
ulushi sotiladigan boʼlsa – mazkur ulushning kamayishi hisobiga xususiy
investorlar hissasi oshishini taʼminlaydi;
- aktsiyalarni ikkilamchi ommaviy joylashtirish (SPO) korxonalarni
IPOga tayyorlash uchun ham xizmat qiladi;
- «Kvarts» АJ aktsiyalarining ilk bor IPO usulida joylashtirilishi
hamda «QMZ» АJ aktsiyalarining SPO asosida ilk bor sotilishi bilan ushbu
bozorga dastlabki qadam qoʼyildi, ayrim kamchiliklarga yoʼl qoʼyilgan boʼlsada,
umuman, jarayon muvaffaqiyatli yakunlandi;
- dastlabki IPO muvaffaqiyatli oʼtdi, hech qanday muammo boʼlmadi desak
– xato qilgan boʼlamiz. Bu boradagi eng asosiy muammo – IPO uchun chiqarilgan
aktsiyalarning toʼliq joylashtirilmaganligi hisoblanadi. Yaʼni, aktsiyalarning
bor-yoʼgʼi 54 foizi joylashtirildi;
- «Kvarts» АJning IPO tarzida joylashtirilishi kerak boʼlgan
aktsiyalarining toʼliq joylashtirilmaganligining bir sababi, «Road
Show»ning talab darajasida amalga oshirilmaganligidir. Yaʼni, aholining
keng ommasi oʼz vaqtida, yetarli darajada ushbu IPOdan xabardor qilinmadi,
aktsiyalarni sotib olishga qiziqtiruvchi marketing usullaridan
foydalanilmadi;
-«Kvarts» АJning IPO tarzida joylashtirilishi kerak boʼlgan
aktsiyalarining toʼliq joylashtirilmaganligining boshqa sabablari, aholida
qimmatli qogʼozlarga nisbatan ishonchning toʼliq shakllanmaganligi hamda
bitta aktsiyador uchun aktsiyalarni sotib olishning umumiy miqdori emissiya
hajmining 0,05 foizidan oshib ketmasligi borasidagi cheklovdir.
Shuningdek, maqolada olib borilgan tadqiqotlar hamda ular zamirida
chiqarilgan xulosalar natijasida biz tomonimizdan quyidagi takliflar
berilmoqda:
“Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. № 5, oktyabrь, 2019 yil
10
- fikrimizcha, bitta aktsiyador uchun aktsiyalarni sotib olishning umumiy
miqdori emissiya hajmining 0,05 foizidan oshib ketmasligi borasidagi
cheklov miqdorini yumshatish, yaʼni, keyingi IPO hamda SPOlarda jami
sotiladigan aktsiyalar hajmiga nisbatan kamida 0,1% miqdorida belgilash
lozim. Mazkur taklifning hisobga olinishi keyingi aktsiyalar IPOlarini
toʼliq joylashtirishga xizmat qiladi;
- aktsiyalari IPO orqali joylashtirilgan «Kvarts» АJning hamda
aktsiyalari SPO orqali sotilgan «Qoʼqon mexanika zavodi» АJning rahbariyati
fond birjasida mazkur АJ aktsiyalarining kotirovkasi tushib ketmasligi
uchun barcha choralarni koʼrishlari, xususan, korporativ boshqaruvning
zamonaviy usullarini muntazam qoʼllashlari lozim;
- aholining moliyaviy savodxonligini, ayniqsa qimmatli qogʼozlar
bozori borasidagi savodxonlik darajasini keskin koʼtarish, buning uchun
alohida dasturlar qabul qilish, televedenie orqali muntazam, qiziqarli
koʼrsatuvlar berib borish lozim;
- ustav kapitalida davlat yoki xoʼjalik boshqaruvi organlarining ulushi
(aktsiya paketi) mavjud boʼlgan АJlarini moliyalashtirishning ustuvor
yoʼnalishi sifatida davlat hamda xoʼjalik boshqaruvi organlarining
ulushlari (aktsiya paketlari)ni (IPO oʼtkazish orqali joylashtirish lozim.
Buning natijasida АJlarini aktsiyalar orqali moliyalashtirishni samarali
tashkil etish, АJlariga qoʼshimcha mablagʼ hamda xususiy investorlarni jalb
etish imkoniyatlari yaratiladi;
- ustav kapitalida davlat yoki xoʼjalik boshqaruv organlarining ulushi
(aktsiya paketi) mavjud boʼlgan АJlarida davlat aktsiyalari paketini
ikkilamchi SPO oʼtkazish orqali sotish lozim. Buning natijasida
iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish va mamlakat moliya bozorini
rivojlantirish imkoniyatlari yaratiladi.